To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


investorlar  mulk  huquqini  am alga  oshirishning  shakllari  -   kontsessiya



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

investorlar  mulk  huquqini  am alga  oshirishning  shakllari  -   kontsessiya, 
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar,  ulam i realizatsiya qilish  tartibi,  xorijiy 
subyektlar mulk huquqining mazmuni kabi m asalalar yoritiladi.
1. Chet el fuqarolarining 0 ‘zbekiston Respublikasida mulk huquqi
Chet  el  fuqarolari  ham  O'zbekiston  Respublikasi  hududidagi 
mulklariga egalik huquqiga egadirlar.  Davlat bu mulkning daxlsizligini va 
boshqa davlatlarga erkin o'tkazilishini kafolatlaydi.
O'zbekiston  Respublikasi  FKning  17  va  22-moddalariga  ko‘ra, 
fuqarolaming  huquq  va  muomala  layoqati  tushunchalariga  quyidagicha 
normalangan:  barcha  fuqarolaming  fuqarolik  huquqlariga  va  burchlariga 
ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.
Fuqaroning  huquq  layoqati  u  tug‘ilgan  paytdan  e’tiboran  vujudga 
keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
Fuqaroning o ‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va 
ulami  amalga  oshirish,  o ‘zi  uchun  fuqarolik burchlaiini  vujudga  keltirish 
va ulami  bajarish  layoqati  (muomala layoqati)  u  voyaga  etgach,  ya’ni  o‘n 
sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi.
Jismoniy  shaxsning  bitimlar  va  zarar  yetkazilishi  oqibatida  yuzaga 
keladigan  majburiyatlarga  nisbatan  fuqarolik  muomala  layoqati  bitimlar
277


tuzilgan  yoki  zarar yetkazilishidan  kelib  chiqadigan  majburiyatlar  yuzaga 
kelgan mamlakat huquqi bo‘yicha belgilanadi.
Jismoniy  shaxsning  xususiy  tadbirkor  bo'lishi  hamda  bu  bilan 
bogiiq  huquqlar  va  majburiyatlarga  ega  bo‘lish  layoqati  jismoniy  shaxs 
xususiy  tadbirkor  sifatida  ro‘yxatga  olingan  mamlakat  huquqi  bo‘yicha 
belgilanadi.  Ro'yxatga olish mamlakati bo‘lmaganda,  xususiy tadbirkorlik 
faoliyati  amalga  oshiriladigan  asosiy  joy  bo‘lgan  mamlakatning  huquqi 
qoilaniladi.
Jismoniy  shaxsni  muomalaga  layoqatsiz  yoki  muomala  layoqati 
cheklangan  deb  topish  sud  qaysi  mamlakatniki  bo‘Isa,  shu  mamlakat 
huquqiga bo‘ysunadi (FKning  1169-moddasi, 3-5-qismi).
Shaxsiy  nomulkiy  huquqlarga  nisbatan  bunday  huquqlarni  himoya 
qilish  to‘g‘risidagi  talab  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qilgan  harakat  yoki 
boshqa  holat  sodir  etilgan  mamlakat  huquqi  qo‘llaniladi  (FKning  1179- 
moddasi).
Intellektual  mulkka  boigan  huquqlarga  nisbatan  bu  huquqlarni 
himoya  qilish  so'raladigan  mamlakat  huquqi  qo‘llaniladi  (FKning  1180- 
moddasi,  1-qismi).
Vorislikka doir munosabatlar,  meros  qoldiruvchi vasiyatnomada o ‘zi 
fuqarosi  bo'lgan  mamlakatning  huquqini  tanlagan  bo'lmasa,  meros 
qoldiruvchi  oxirgi  doimiy  turar joyga  ega  bo‘lgan  mamlakatning  huquqi 
bo‘yicha belgilanadi (FKning  1197-moddasi).
Ko'chmas  mulkka  vorislik  mazkur  mulk  joylashgan  mamlakat 
huquqi bo‘yicha, 0 ‘zbekiston Respublikasining reestrida qayd etilgan mol- 
mulkka  vorislik  esa,  0 ‘zbekiston  Respublikasining  huquqi  bo'yicha 
belgilanadi (FKning  1199-moddasi).
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
23-moddasida 
quyidagilar  belgilangan:  “0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududidagi  chet  el 
ftiqarolarining  va fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslaming huquq va erkinliklari 
xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi.
Ular  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  qonunlari  va  xalqaro 
shartnomalar bilan belgilangan majburiyatlami bajaradilar”.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududida  doimiy  ravishda  istiqomat 
qiluvchi chet el fuqarosining huquqiy holati respublika hududida vaqtincha 
yashovchi chet ellikning huquqiy holatidan farqlanadi.
FKning  1169-moddasi  2-qismiga  asosan  chet  el  fuqarolari  va 
fuqaroligi  bo'lmagan  shaxslar  0 ‘zbekiston  Respublikasida  uning 
fuqarolari bilan bir qatorda teng huquq layoqatiga egadirlar.
278


Keltirilgan  holat  0 ‘zbekiston  Respublikasida  chet  elliklarga  milhy 
tartibning  taqdim  etilishini  mustahkamlaydi.  Shu  bois  chet  elliklar 
respublikamizda  o ‘zbekistonlik  fuqarolar  bilan  bir  fuqarolik  huquqiy 
layoqatidan foydalanadilar.  Bu degani,  0 ‘zbekiston Respublikasida chet el 
fuqarosining  fuqarolik  huquqiy  layoqati  asosan  0 ‘zbekiston  qonunchiligi 
bilan belgilanadi.
Chet  elliklarga  milliy  tartibning  taqdim  etilishidan  shu  holat  ham 
kelib  chiqadiki,  0 ‘zbekiston  Respublikasida  chet  elliklar  mahalliy 
fuqarolarga  berilgan  fuqarolik  huquqlaridan  o ‘zga  huquqlarga  da’vo 
etolmaydilar;  chet  el  fuqarosi  unga  imtiyozlar  berilishini  yoki  mahalliy 
qonundan istisnolar belgilashni talab qilishi mumkin emas.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligida  mustahkamlangan  va  chet 
elliklaming  fuqarolik  huquqiy  layoqatiga  nisbatan  qo‘llanuvchi  milliy 
tartib  qat’iy  xarakterga  ega,  ya’ni  u  chet  el  fuqarosiga  har  bir  ma’lum 
holatda  o'zarolikni  talab  qilmagan  holda  taqdim  etiladi.  Chet  el 
fuqarosining  turli  sohalardagi  huquqini  tartibga  soluvchi  boshqa 
qonunchilik aktlari ham ushbu tamoyildan kelib chiqadi.
Chet el fuqarolariga 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bir xil 
fuqarolik  huquqiy  layoqatlaming  taqdim  qilinishi,  odatda,  chet  el 
fuqarosining  respublikamizda turar joyga  ega  bo‘lishi  bilan  bog‘liq  emas. 
Biroq  qonunda  to‘g ‘ridan  to‘g ‘ri  ko‘zda  tutilgan  ayrim  hollarda  chet  el 
fuqarosiga 
ma’lum 
huquqlaming 
berilishi 
uning 
0 ‘zbekiston 
Respublikasida doimiy ravishda istiqomat qilishi bilan bog‘liq.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
qonunchiligining 
fuqarolar 
mulki 
to‘g ‘risidagi  umumiy  qoidalar  chet  el  fuqarolariga  ham  taalluqlidir.  Chet 
elliklar,  xuddi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  kabi  o ‘zlariga  tegishli 
bo‘lgan mulkka,  albatta qonunda belgilangan chegaradan chiqma^an holda 
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilishlari mumkin  .
Bu  holat  chet  el  fuqarosiga  umuman  tegishli  bo‘lishi  mumkin 
predmetlar doirasi  va  chet  ellikning  o ‘z  mulk  huquqlarini  amalga  oshirish 
chegaralariga  taalluqlidir.  Shu  borada,  qonunchilikda  belgilangan 
qoidalarga  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududidagi  barcha  shaxslar  va  shu 
bilan birga chet elliklar ham rioya qilishlari zarur.
FKning  1169-moddasining  2-qismi  qonun  tomonidan  chet  el 
fuqarolariga  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  bilan  teng  huquqlaming 
berilishi borasida ayrim istisnolar belgilash imkoniyatini ko‘zda tutadi.
1  O ’zbekiston  RespuWikasiwng  “G ’abekiston  Reepttblikasida  mulkchilik  to ’g’risida”gi  qonuni  //  O’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi,  1990 yil, 31-33-son,  371-modda.
279


Chet  el  fuqarolariga  milliy  tartibning  taqdim  etilishi,  ulami  nafaqat 
fuqarolik  huquqi  sohasida  o ‘zbekistonlik  fuqarolar  bilan  tenglashtirish, 
balki,  fuqarolik  munosabatlari  ishtirokchilari  sifatida  ularga  milliy 
qonunchilik  qoidalaridan  kelib  chiquvchi  majburiyatlami  yuklash 
demakdir.  Masalan,  FKning  1194-moddasiga  asosan  fuqaro  (yoki 
tashkilot)  hayoti,  sog‘lig‘i,  mulkiga  zarar  yetkazilishi  oqibatida  zarami 
undirish  majburiyatlari  kelib  chiqadi.  Bunday  majburiyatlar  chet  el 
fuqarolariga zarar yetkazilishi hollarida ham kelib chiqadi.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish