To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Chet el davlatining 0 ‘zbekiston Respublikasida mulk huquqi



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

3. Chet el davlatining 0 ‘zbekiston Respublikasida mulk huquqi
Ajnabiy 
davlatlar 
va 
xalqaro 
tashkilotlaming 
O'zbekiston 
Respublikasi  hududida  xalqaro  shartnomalarda  hamda  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  hollarda  va  tartibda 
diplomatik,  konsullik,  ijtimoiy-madaniy,  xayriya  va  boshqa  halqaro 
munosabatlarni  amalga  oshirish  uchun  zarur  mol-mulkka  egalik  qilishga 
haqlidirlar, ulaming mol-mulkni asrash, ko‘paytirish va boshqa davlatlarga 
o'tkazish imkoniyati kafolatlanadi.
Ma’lumki, 
davlatlar 
xalqaro 
huquqning 
asosiy 
subyektlari 
hisoblanadi.  Davlatlar  bor  ekan,  ularga  huquqiy  subyektlik  xosdir. 
Davlatlar  hokimiyat  va  boshqaruv  apparatlari  hamda  o ‘z  hududi,  aholisi 
va, eng muhimi, suverenitetga egadirlar.
Davlat  o ‘z  vakolatxonalari  uchun  chet  elda  mol-mulk  orttirish,  chet 
el  yuridik  shaxslari  va  fuqarolari  bilan  mulkiy  xarakterga  ega  bo‘lgan 
bitimlami  tuzish,  chet  elda  ochilgan  merosni  qabul  qilish  vaqtida  davlat, 
o ‘z navbatida, xalqaro-xususiy huquqiy munosabatlarda qatnashadi.
Fuqarolik 
qonunchiligi 
tomonidan 
tartibga 
solinuvchi 
munosabatlarda ishtirok etayotgan  davlat,  boshqa qatnashchilar bilan teng 
ravishda qatnashadi.
Ushbu  munosabatlarda  davlat  nomidan  davlat  hokimiyat  va 
boshqaruv  organlari  yoki  ular  tomonidan  tayinlangan  maxsus  organlar 
qatnashadilar.
FKning  79-moddasi  3-qismiga  muvofiq,  davlat  o'zining  fuqarolik- 
huquqiy majburiyatlari bo'yicha o‘z mulki bo‘lgan mablag'lari bilan javob 
beradi.
Shuningdek,  FKning  1178-moddasiga  ko'ra,  davlatning  chet  el 
elementli  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarida  ishtirok  etishi  ehtimoli 
ko'rsatilgan.
287


Yuqorida  qayd  etilganlar  asosida  ta’kidlab  o ‘tish  joizki,  davlat 
nafaqat  xalqaro  ommaviy  huquq,  balki  turli  xil  fuqarolik-huquqiy 
munosabatlaming  teng  huquqli  ishtirokchisidir.  Shu  bilan  birga,  u  chet  el 
elementi  mavjud  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  qatnashadi  va,  bu 
holatda,  uning  suverenligi  to‘liq  ravishda  saqlanadi,  ya’ni  u  butunlay 
mustaqil  bo‘lib  qoladi:  boshqa  davlatlar  va  ulaming  organlariga 
bo'ysunmaydi  (keyingi o'rinda qayd etiluvchi holatlar bundan istisno).
Davlat  o ‘zi  chiqargan  zayomlar  bo‘yicha  obligatsiyalami  chet  el 
fuqarolariga  sotishi  jarayonida  vujudga  kelgan  huquqiy  munosabatlarda 
taraflardan  biri  bo‘lib  chiqishi  mumkin.  U  konsessiya  shartnomalarining, 
va  umuman  olganda,  davlat  tomonidan  chet  el  xususiy  kompaniyalarga 
konsessiyalar berilishi jarayonida taraflardan biri bo‘lishi mumkin.
Masalan,  1995-yil  30-avgustda  qabul  qilingan  “Konsessiyalar 
to‘g ‘risida”1gi  Qonunning  5-moddasiga  ko‘ra,  quyidagilar  konsessiyaviy 
huquq munosabatlarining subyektlaridir:
-  konsessiya  organlari  -   0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi  vakil  qilgan  davlat  boshqamvi  organi,  shuningdek joylardagi 
davlat hokimiyati organlari;
- konsessiyachi -  konsessiya shartnomasi tuzgan chet ellik investor.
Xorijiy  mamlakatda  elchixona  uchun  bino  qurish,  yer  uchastkasi  va
turar  joy  binosini  ijaraga  olish  vaqtida  davlatning  o ‘zi  ham  mulkiy 
munosabatlar  subyekti  sifatida  qatnashadi.  Bu  holda  bitimlar  u  yoki  bu 
davlat nomidan uning elchixonasi tomonidan tuziladi.
Shuningdek,  davlat  chet  elda  fuqarolik  muomalasiua  uning  fuqarosi 
vafotidan  so‘ng  qolgan  egasiz  mol-mulkning  vorisi  yoki  vasiyatnoma 
bo‘yicha voris sifatida qatnashishi mumkin.
Mulkiy  munosabatlar  sohasida  davlatga,  yuridik  shaxs  boimagani 
sababli, huquqning alohida subyekti sifatida qaraladi.
Yuridik  shaxs  toifasi  -   har  bir  davlat  ichki  milliy  huquqining 
toifasidir.  Davlatning  o ‘zi  u  yoki  bu  tuzilmaga  yuridik  shaxs  huquqini 
berishi mumkin, ya’ni  davlatning o ‘zi u yoki bu tuzilmaning yuridik shaxs 
bo‘lish-bo‘lmasligini  belgilaydi.  Bu  yerda  e’tibomi  davlat  yuridik 
shaxslari  va  nafaqat  ular,  balki  ular  huquqiy  holatining  davlat  huquqiy 
holatiga  o ‘xshash-o‘xshamasligiga  qaratish  lozim.  Nazarimizda,  bu 
savolga  to‘liq  javobni  FKning  80-moddasidan  olish  mumkin:  davlat 
tomonidan  tuzilgan  yuridik  shaxs  davlat  majburiyati  bo‘yicha  javob 
bermaydi.  Davlat  ham,  o ‘z  o'rnida,  u  tomonidan  tuzilgan  yuridik  shaxs 
majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  3995 yiJ, № 9 ,185-modda.
288


Agar  davlat,  o'zi  tuzgan  shartnomaga  ko'ra  yuridik  shaxs 
majburiyatlari  bo‘yicha  kafillikni  o ‘z  zimmasiga  olgan  bo‘lsa,  yoki 
aksincha,  yuridik  shaxs  davlat  majburiyatlari  bo'yicha  kafilliklami  o ‘z 
zimmasiga  olsa,  qayd  etilgan  qoidalar  tatbiq  qilinmaydi.  Masalan, 
“Investitsiya  faoliyati  to‘g ‘risida”gi  Qonuiming  15-moddasi  2-bandiga 
ko‘ra,  “0 ‘zbekiston  Respublikasi  hukumati  kafolati  ostida  chet  el 
investitsiyalari  va  kreditlarini  jalb  etgan  holda  amalga  oshiriladigan 
investitsiya markazlashtirilgan investitsiya hisoblanadi”.
“Davlat,  davlat  boshqaruv  organlari  va  mahalliy  davlat  hokimiyati 
organlari  chet  el  investori  bilan  tuzilgan  tegishli  shartnomalarda  o ‘z 
zimmasiga  olgan,  vakolatlari  O'zbekiston  Respublikasi  qonun hujjatlarida 
belgilangan  tartibda  tasdiqlangan  shaxslar  imzolagan  majburiyatlar 
bo‘yichagina javob beradilar.
Davlat  chet  el  investitsiyalarini  jalb  etayotgan  O'zbekiston 
Respublikasi  rezidentlarining  majburiyatlari  yuzasidan  javob  bermaydi, 
bunday  majburiyatlar  qonunda  belgilangan  tartibda  davlat  tomonidan 
kafolatlangan  hollar  bundan  mustasno”,  deb  belgilanadi  “CHet  el 
investitsiyalari to‘g ‘risida”gi Qonunida.
“Chet  ellik  investorlar  huquqlarining  kafolatlari  va  ulami  himoya 
qilish  choralari  to‘g‘risida”gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining  4- 
moddasi  4-bandida  esa  quyidagi  holat  belgilangan:  “CHet  ellik 
investorlarga  qo'shimcha  kafolatlar  va  ulami  himoya  qilish  choralari  ... 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  tomonidan  ham  beriladi”.  Masalan, 
1998-yil  26-oktyabrda  akkumulyator  batareyalarini  ishlab  chiqaruvchi 
“0 ‘zEksayd”  0 ‘zbekiston-Amerika  qo‘shma  korxonasini  tashkil  etish 
to ‘g ‘risida”gi  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  45Z- 
sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu  Qaroming  10-bandi  O'zbekiston  Respublikasi  Moliya 
vaziriga belgilangan  tartibda,  ushbu  loyihani  amalga  oshirish  uchun  zarur 
bo'lgan  jalb  etilayotgan  kreditlar  bo'yicha  O'zbekiston  Respublikasi 
Hukumatining kafolatini taqdim qilish vakolatini beradi.
Demak,  bu  vaziyatda  davlat  Moliya  vazirligi  orqali  yuqorida 
ko'rsatilgan  loyihani  amalga  oshirish  borasida  majburiyatlar  bo'yicha 
javobgarlikni  o'z  zimmasiga  oladi  va  bu  degani,  fuqarolik-huquqiy 
munosabatlar qatnashchisi hisoblanadi.
Shunday  qilib,  umumiy  qoidaga  ko'ra,  yuridik  shaxslar,  ular  davlat 
tomonidan  tuzilgan  bo‘lsa-da,  chet  el  elementli  xususiy-huquqiy 
munosabatlarda  qatnashganda,  immunitetga  (daxlsizlikka)  ega  bo‘lmaydi 
hamda davlat,  yuridik shaxs  majburiyatini o'z zimmasiga olgan holda,  o'z 
immunitetini avtomatik ravishda cheklaydi.
289


Ko'pincha  davlatni,  fuqarolik  oboroti  tartibini,  o ‘zining  huquqiy 
layoqati  mazmunini  va  chegarasini  shakllantirishi  mumkinligi  sababli, 
huquqning  alohida  subyekti  deb  atashadi.  Lekin,  bir  tomondan  davlat 
maxsus  hokimiyat  vakolatlariga  ega  bo‘lib,  boshqa  tomondan  xo‘jalik 
subyekti  bo'lishi  ehtimolining  mavjudligi,  davlatning  maxsus  huquqiy 
subyektligi  natijasidir,  ammo  bu  hoi,  uning  ishtirok  etayotgan  fuqarolik 
huquqiy munosabatlarining tabiatini o ‘zgartirmaydi va ulami hokimiyat va 
bo‘ysunish  elementlarini  o ‘z ichiga  oladigan  munosabatlarga  aylantirishga 
asos bo‘la olmaydi.
Boshqacha  aytganda,  bozor  sharoitida  davlat  fuqarolik  huquqiy 
munosabatlarda  jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  teng  bo‘lgan  huquq 
subyekti bo‘lib qatnashadi. Davlatning fuqarolik huquqi subyekti sifatidagi 
huquqiy  holatining  zamonaviy  tushunchasi  shundan  iboratdir  va  bundan 
ichki  fuqarolik  oborotida  davlat  immunitet  huquqiga  ega  emasligi  kelib 
ehiqadi.
Davlat chet el elementli fuqarolik-huquqiy munosabatlar qatnashchisi 
sifatida  kelganda,  vaziyat  murakkablashadi.  Bu  yerda,  davlatning  mutlaq 
immuniteti amal qiladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  suveren  davlat  sifatida  faqat  xalqaro 
ommaviy  huquq  subyekti  bo‘lib  qolmasdan,  balki  fuqarolik-huquqiy 
munosabatlaming ham alohida subyekti bo‘lib hisoblanadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  chet  el  elementi  bilan  bogiiq  fuqarolik- 
huquqiy  munosabatlarida  ham  o ‘z  suverenligini,  mustaqilligini  saqlab 
qoladi  va  hech  qanday  boshqa  davlatlarga  yoki  uning  organlariga 
bo‘ysunmaydi.
Shunday  qilib,  yuridik  doktrinada,  odatda,  davlat  immunitetining 
ikkita:  mutlaq  va  cheklangan  (u  xaqda  keyingi  o ‘rinlarda  bayon  qilinadi) 
konsepsiyalari  mavjud.  Mutlaq  immunitet  konsepsiyasi  quyidagilardan 
kelib ehiqadi:
a)  chet  el  davlatiga  nisbatan  da’volar,  ulaming  roziligisiz  boshqa 
davlatlaming sudida ko‘rib chiqilishi mumkin emas;
b)  da’voni  ta’minlash  maqsadida  u  yoki  bu  davlatning  mulkiga 
nisbatan boshqa biron bir davlat majburiy chora ko‘ra olmaydi;
v)  davlatning  roziligisiz  uning  mulkiga  nisbatan  majburan 
qo'llanuvchi choralar ko‘rilishi mumkin emas.
Shunga  ko‘ra,  odatda,  daxlsizlik  huquqining  quyidagi  turlari 
farqlanadi:  sudlovdan daxlsizlik,  oldindan da’voni ta’minlashga daxlsizlik, 
qaromi majburiy ijro etishga daxlsizlik.
290


Sudga  daxlsizlik  shundan  iboratki,  davlat  boshqa  davlatlaming 
sudloviga  tegishli  emas  (bir  davlat  ikkinchi  davlatning  sudi  tomonidan 
sudlana  olmaydi).  Bir  davlat ikkinchi davlatning  sudi tomonidan javobgar 
sifatida  jalb  etilmaydi,  davlat  tomonidan  bunga  aniq-ravshan  rozilik 
berilgan hollar bundan mustasno.
Oldindan  da’voni  ta’minlashga  daxlsizlik  shundan  iboratki,  davlat 
mulki da’voni ta’minlash predmeti bo‘la olmaydi.
Qaromi  ijro  etishga  daxlsizlikka  ko‘ra,  davlatning  ixtiyorisiz 
(roziligisiz)  davlatga  qarshi  chiqarilgan  qaromi  majburiy  ijro  etishni 
amalga oshirish mumkin emas.
Yana  tarixiy  rakursga  qaytamiz.  Bu  haqda  shuni  aytsa  bo'ladiki, 
mutlaq  immunitet  doktrinasi  birinchi  Jahon  urushiga  qadar  amalda 
bo‘lgan.  Davlat iqtisodiy jarayonlarda faol  qatnashayotganligi  sababli  (bu 
holat  keskin  ravishda  birinchi  Jahon  urushi  davrida  rivojlana  boshladi) 
mutlaq  immunitet  doktrinasi  asta-sekin  parchalana  boshladi.  Ayniqsa, 
Evropa  kontinental  mamlakatlarida  (Belgiya,  Germaniya)  mutlaq 
immunitetning  o ‘miga  nisbiy,  sektoral  immunitetni  vujudga  keltirgan 
doktrina  paydo  bo‘ldi.  Shundan  keyin,  Oliy  hokimiyat  aktlari  (acta  jure 
imperii)  va  iqtisodiy  (xo'jalik)  oboroti  doirasidagi  harakatlar  (acta  jure 
qestions)  farqlana  boshladi.  Hozirgi  vaqtda,  hech  qanday  shak-shubhasiz, 
belgilanadiki,  mutlaq  davlat  immunitetining  eski  doktrinasi  butunlay 
engilgandir. Bu holat, muhim ahamiyatga egadir, chunki bir vaqtda u shuni 
ko'rsatadiki,  milliy  qonunda  chet  el  davlati  immunitetiga  chek  qo‘ygan 
milliy qonun chiqaruvchi xalqaro huquqqa zid emasdir.
Ushbu  rivojlanish  ma’lum  bir  vaqtda  turli  xil  elementlar  yordamida 
amalga  oshirildi.  Uning  echimi  sud  qarorlari  asosida  boshlandi. 
Keyinchalik,  birinchi  xalqaro  hujjat,  ya’ni  1972-yil  16-may  “Davlatlar 
immuniteti to‘g‘risida”gi Bazel Evropa kelishuvi vujudga keldi.  Shu bilan 
birga,  birinchi qonunlar qabul  qilindi:  G ‘oreign Sovereign Immunities  Act 
(AQSH,  1976-yil),  State  Immunity  Act  (Buyuk  Britaniya,  1978-yil). 
Davlatlar uyushmasi “Xalqaro davlatlar immuniteti Konvensiyasi”ni ishlab 
chiqishga tayyorlana boshladilar.
Cheklangan  immunitet  konsepsiyasiga  binoan,  chet  el  davlatlari, 
uning  organlari  va  mulki  immunitet  huquqi  bilan  faqatgina  davlatlar 
suveren  vazifalarini,  ya’ni  jure  imperii  harakatlarini  amalga  oshirganda 
foydalanadilar.  Agar  davlat,  tijorat  xarakteridagi  (tashqi  savdo  bitimlar 
tuzish,  konsessiya va boshqa bitimlar va h.k.)  (jure gestiones) harakatlami 
amalga  oshirsa,  u  immunitet  huquqidan  foydalanmaydi.  Boshqacha  qilib 
aytganda, 
cheklangan 
immunitet 
konsepsiyasi 
tarafdorlari 
shuni
291


ta’kidlashadiki,  agar  davlat  o ‘zini  xususiy  shaxs  holatiga  qo‘ysa,  unga 
nisbatan  da’vo  qo‘zg‘atish  va  uning  mulkiga  nisbatan  majburiy  choralar 
ko'rish mumkindir.
Yigirmanchi  asming  ikkinchi  yarmidan  boshlab  cheklangan 
immunitet  konsepsiyasi  turli  xil  mamlakatlaming  qonunchilik,  sud  va 
shartnomaviy  amaliyotida  keng  tarqaldi.  Bu  esa  davlatning  iqtisodiy 
faoliyatida qatnashish doirasi kengayganidan dalolatdir.
Natijada  chet  el  davlati  immunitetini  cheklovchi  shartnomaviy  va 
xalqaro huquqiy normalami tatbiq qilish doirasi tobora kengaymoqda.  Shu 
bilan  birga,  davlatning  mutlaq  immunitetiga  tegishli  xalqaro  huquqiy 
normalami tatbiq qilish doirasi esa torayib bormoqda.  Ma’lum bir ishlarga 
nisbatan mutlaq immunitet konsepsiya tarafdorlari bo‘lgan davlatlar undan 
voz  kechayotgan  hollari  tez-tez  uchrab  turibdi.  Bu  hoi  ular  tomonidan 
qabul  qilingan  qonunlarda  o ‘z  aksini  topayapti.  Masalan,  yuqorida 
ko'rsatilgan  immunitet  to ‘g ‘risidagi  qonunlardan  tashqari,  AQSH  (1976), 
Buyuk  Britaniya  (1978),  shunday  qonunlar  Avstriya  (1979),  Kanada 
(1981), Pokiston (1981) va boshqalarda qabul qilingan.
Ba’zi  bir  MDH  davlatlarining  fuqarolik  prosessual  kodekslarida 
qaysi  chet  el  mamlakatida  davlat  immuniteti  taqdim  etilmasa,  unga 
javoban  choralar  ko'rilishi  ko'zda  tutilgan  holatlar  biriktirilgan  bo‘lsa-da 
(masalan,  Ukraina  FPKning  425-moddasi),  bu  imkoniyatning  belgilanishi 
o'zarolik prinsipini qo'llashga olib kelmaydi va amaliyotda o ‘z  samarasini 
yo'qotadi,  degan  fikrga  qo‘shilish  mumkin.  Hech  bo‘lmaganda,  bu  holat 
immunitetni  cheklaydigan  qonunlar  (yuqorida  aytilganidek)  qabul  qilgan 
yoki  sud  amaliyoti  cheklangan  immunitet  konsepsiyasi  tarafdori  boigan 
(Germaniya,  Avstriya,  Fransiya,  Belgiya,  Shveysariya,  Italiya,  Daniya, 
Finlyandiya,  Gresiya,  Norvegiya  va  boshq.)  mamlakatlarga  nisbatan 
taalluqlidir.
Shunday  qilib,  u  yoki  bu  MDH  davlatining  qonunchiligida  chet  el 
davlatining  mutlaq  immuniteti  mustahkamlangan  bo‘lsada,  bu  chet  el 
davlati  sudlarida ham MDH  davlatlarining  immuniteti  avtomatik ravishda 
tan  olinadi  degani  emasdir.  Chet  el  sudlari  har  bir  konkret  vaziyatda, 
boshqa  davlat  va  uning  organlari  immunitet  huquqidan  foydalanish  -  
foydalanmasligini  o ‘z  milliy  qonuni  asosida  o ‘zlari  hal  qiladilar  va  bu 
ma’lum  bir  vaziyatda  har  qanday  davlat  chet  el  sudi  yurisdiksiyasiga 
bo‘ysunishi imkoniyatiga olib keladi.
Shuni  ta’kidlash  joizki,  0 ‘zbekiston  Respublikasida  “Davlat 
immuniteti  to‘g ‘risida”gi  qonun  ustida  izlanish  ishlari  olib  borilmoqda. 
Uning  maqsadi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  sud  ishlarini  ko‘rib  chiqish,
292


0 ‘zbekiston  Respublikasining  chet  el  davlatlariga  nisbatan  da’vo 
qo‘zg‘atishi va chet el davlatlarining  0 ‘zbekiston Respublikasiga nisbatan 
da’vo  qo‘zg‘atishi,  mazkur  da’volar  bo'yicha  sud  qarorlarini  bajarish 
hamda ulaming  vakillarining  immunitet va imtiyozlariga tegishli  qoida va 
tartiblarini o ‘matishga qaratilishi lozim.
Ushbu  qonunni  ishlab  chiqish  va uni  qabul  qilish  sud  amaliyotining 
tajribasi  etarli  bo‘lmagan  mamlakatlarga foydasi ko‘proq tegadi.  Shunday 
mamlakatlarga  MDH  davlatlari  ham  kiradi,  lekin  asosiysi,  albatta,  bu 
borada  yangi  mustaqil  davlatlaming  xalqaro  iqtisodiy  va  madaniy 
hamkorligi  rivojlanishini  immunitet,  chet  el  investisiyalari  barqaror 
huquqiy  muhit yaratishni  o ‘z  oldiga maqsad qilgan va,  boshqa  tomondan, 
milliy  korxona  va  tashkilotlarining  huquq  va  manfaatlarini  himoya 
qiluvchi huquqiy tartibga solishni barpo etishdir.
Shunday  qilib,  0 ‘zbekiston  Respublikasining  “Davlat  immuniteti 
to ‘g ‘risida”gi  qonun  qabul  qilinishi  0 ‘zbekistonning  Jahon  Savdo 
Tashkiloti  (WTO)  da  qatnashishlikka  undaydi  va  chet  el  investisiyalarini 
jalb etishga ko‘mak beradi.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish