To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


„ Xo‘jalik yuritish huquqi



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

2„ Xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi
Fuqarolik  huquqlarini  amalga  oshirishda  har  bir  huquq  sohibi 
(huquqdor  shaxs)  o ‘ziga  tegishli  huquqlami  o ‘z  xohish-irodasiga 
asoslanadi.  Bu  esa  o ‘z  navbatida,  subyektiv  huquq  bilan  bog'liq  barcha 
masalalar,  shu  jumladan,  ulami  amalga  oshirish  hajmi  va  usullari, 
shuningdek  subyektiv  huquqdan  voz  kechish,  huquqlami  boshqa  shaxsga 
o ‘tkazish huquq sohibining erkiga ko‘ra hal etilishini bildiradi1.
Davlat mulk huquqini  amalga oshirish ham davlat va uning  vakolatli 
organlarining  subyektiv  fuqarolik  huquqlari  boiib,  ular  ham,  FKning  9- 
moddasiga  muvofiq,  fuqarolar  va  yuridik  shaxslar  kabi  o ‘zlariga  tegishli 
bo'lgan fuqarolik huquqlarini,  shu jumladan, ulami himoya qilish huquqini 
o ‘z  xohishlariga  ko'ra  tasarruf etadilar.  Shunday  ekan,  davlat  ixtiyoridagi 
mol-mulkni  boshqarish,  ulardan  foydalanish  va  mulk  huquqini  amalga 
oshirish  bilan  bog'liq  boshqa  harakatlar2ning  sodir  etilishida  turli-tuman 
mulk  egasi  hisoblangan  va  bir  qancha  organlar  orqali  o‘z  faoliyatini 
yuritadigan  davlatning  vakolatlari  nimalardan  iborat  bo‘ladi?  -   degan 
savol  tug‘iladi.  Zero,  bozor  munosabatlariga  o ‘tish  sharoitida  davlat 
mulkini  amalga  oshirish  masalasi  jiddiy  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunday 
jiddiylik quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1)  davlat  mulk  obyektlarining  xilma-xilligi  ularga  nisbatan  mulk 
huquqini  amalga  oshirishda  turli  usul  va  vositalari  qo‘llashni  talab  etadi. 
Masalan,  tabiiy  resurslarga  nisbatan  o ‘zgacha  (masalan,  davlatning 
bevosita  o‘zi  tomonidan  yoki  uchinchi  shaxslarga  konsessiya  berish 
orqali3) usullar orqali mulk huquqi amalga oshirilsa, davlat muassasalarida 
operativ boshqaruv va h.k;
2)  muayyan mol-mulkni  boshqarishda  va o ‘ziga biriktirilgan  mulkka 
nisbatan  mulk  huquqini  amalga  oshirishda  har  bir  davlat  organi  o ‘z 
faoliyatining  yo'nalishidan kelib  chiqib,  turli vakolatlarga  ega  bo'ladi.  Bu 
esa  davlat  mulk  huquqini  amalga  oshirishning  murakkab  jarayon 
ekanligidan dalolat beradi;
3)  xalq  va  jamiyat  manfaatlari  davlat  mulk  huquqini  amalga 
oshirishda  ustuvor,  eng  muhim  va  birlamchi  vazifa  hisoblanadi.  Har 
qanday  holatda  ham  davlat  va  u  vakolat  bergan  boshqa  shaxslar  davlat
1  Гражданское  право:  Учеб.:  В  3  т.  Т.1.  -6-е  изд.  .перераб.  Г75  и  доп./Н.Д.Егоров,  И .В.Елисеев  и  др.;  Отв.  ред. 
А.П.Сергеев, Ю .К.Толстой. -М .:  ТК Велби, Изд-во Проспект, 2003.  -315  с.
2  U m um iy  qoidaga  k o ’ra,  mulk  huquqi  uch  asosiy  unsur  (element):  egallash,  foydalanish  va  tasarruf etishdan  iborat. 
Shunday  ekan,  mulk  huquqini  am alga  oshirishga  qaratilgan  barcha  harakatlar  ana  shu  uch  unsur  atrofida  b o ’Iadi  va 
ulam i ro ’yobga chiqarishga xqiladi.
3  Х амроев  С.  Узбекистонда  табиий  бойликлардан  фойдаланиш  шартномалари  (концессия)  нинг  хуку кий 
тартибга солиниши. -Тош кент: Н ПО  Восток,  1999. -Б .3-24.
261


mulk  huquqini  xalq  va  jamiyat  manfaatlaridan  kelib  chiqib  amalga 
oshirishlari lozim bo'ladi;
4) davlat mulk huquqini amalga oshirish  usul  va vositalari fukarolik- 
huquqiy  ahamiyat  kasb  etishi  bilan  birga,  ma’muriy-huquqiy  ahamiyatga 
ham  ega  bo'ladi.  Zero,  davlat  hamma  vaqt  hokimiyat  organi  sifatida 
muayyan tartib va qoidalarga asosan faoliyat yuritadi;
5)  davlatning  fuqarolik  huquqida  o'ziga  xos  subyekt  ekanligini 
hisobga  olgan  holda,  mulk  huquqini  amalga  oshirishda  ham  o'ziga 
xosliklarga ega, degan xulosaga kelish rnumkin va bu  o'ziga xoslik davlat 
o'z mulk huquqini amalga oshirish jarayonida kuzatiladi1;
6)  davlat  o'ziga tegishli  mulk huquqini  sof subyektiv  huquq  sifatida 
amalga  oshira  olmaydi.  Zero,  davlat  obyektiv  normalar  yaratuvchisi 
sifatida subyektiv huquqni to'liq va bevosita amalga oshirish imkoniyatiga 
ega bo'lmaydi.
Ushbu  holatlardan  kelib  chiqib,  mulk  huquqini  amalga  oshirishda 
davlat mulkdor shaxs kabi o'ziga tegishli mol-mulkni bevosita o'zi (davlat 
hokimiyati  organlari,  munitsipal  organlar)  va  o'zi  tashkil  etgan  yuridik 
shaxslari orqali boshqarishini ta’kidlab o'tish joiz. Birinchi holatda (Ya’ni, 
davlatning  mulk  huquqi  bevosita  amalga  oshirilganda)  davlat  organlari 
davlatning  yuridik  shaxslarga  biriktirilmagan  mol-mulkiga2  nisbatan 
egallash,  foydalanish  va  tasarruf  etish  huquqlarini  amalga  oshirsalar, 
ikkinchi  holatda,  davlat  tomonidan  tashkil  etilgan  yuridik  shaxslar 
o'zlariga  muayyan  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  biriktirilgan  mol- 
mulkka nisbatan davlat mulk huquqini bevosita amalga oshiradilar.  Bunda 
ushbu 
yuridik 
shaxslar 
bir 
vaqtning 
o'zida 
fuqarolik-huquqiy 
munosabatlarda  o'z  nomidan  ishtirok  etishini  hisobga  olib,  qaysi  vaqtda 
ular  davlat  mulk  huquqini,  qaysi  vaqtda  esa  o'zlarining  mulk  huquqini 
amalga oshirishlarini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega bo'ladi.
Davlat tomonidan  tashkil  etilgan  yuridik  shaxslaming  davlat va  o'z­
larining  mulk  huquqini  amalga  oshirayotganliklarini  aniqlashda,  ulaming 
qaysi vazifa va maqsad yuzasidan mulkiy munosabatlarga kirishganliklari- 
ni  belgilab  olish  va  shundan  so'ng  bir  to'xtamga  kelish  mumkin.  Aks 
holda ko'p  qirrali  faoliyat  olib  boradigan yuridik  shaxslaming qaysi mulk 
huquqini  (davlatning  yoxud  o'zining)  amalga  oshirayotganliklarini 
aniqlash turli chalkashliklami vujudga keltirishi mumkin.
1  D avlat o ’z m ulk huquqini am alga oshirish jarayonida turli hildagi normativ harakterdagi hujjatlar qabul  qiladi ham da 
ulam ing  ijrosini  tegishli  vakolatli  organga  yuklaydi.  Fuqarolik  huquqining  boshqa  sub’yektlari  esa  o 'zlarig a  tegishli 
mulk huquqini am alga oshirishda bunday hujjatlam i qabul qilmaydilar.
2  D avlat byudjeti  v a  davlat  zahirasidagi,  shuningdek  hali  biror-bir  organga yoki  yuridik  shaxsga  biriktirilm agan  mol- 
mulklar.
262


Hozirgi  kunda  davlat  mulk  huquqi  davlat  mulki  biriktirib  qo‘yilgan 
yuridik shaxslar (davlat tomonidan tashkil etilgan,  lekin fukarolik-huquqiy 
munosabatlaming  mustaqil  ishtirokchisi  bo‘ladigan  subyekt)  va  davlat 
organlari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Zero,  FKning  214-moddasi  3- 
qismiga  muvofiq,  Respublika  mulki  bo‘lgan  davlat  mol-mulki  davlat 
yuridik  shaxslariga  xo‘jalik  yuritish  yoki  operativ  boshqarish  huquqi 
asosida biriktirib qo'yilishi mumkin.
Shu  munosabat  bilan  amaliyotda  davlat  mulk  huquqini  amalga 
oshirishning  ikki  asosiy  shakli  mavjud  bo‘lib,  ular  xo‘jalik  yuritish  va 
operativ  boshqarish  huquqidir.  Umuman  olganda,  xo‘jalik  yuritish  va 
operativ 
boshqarish 
huquqi 
sovet 
huquqidagi 
davlat 
mulkini 
boshqarishning  o'ziga  xos  shakli  sifatida  vujudga  kelgan.  Zero,  sobiq 
Ittifoq davridagi mulkiy munosabatlaming davlat mulki bilan chambarchas 
bog‘liqligi,  markazlashgan  boshqaruv  va  ma’muriy-buyruqbozlikka 
asoslangan  davlatda  mulkni  boshqarishning  o‘zga  maqbul  usulini 

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish