To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

tanlashning imkoni ham mavjud emas edi.
Yu.K.Tolstoy fikricha,  operativ boshqarish huquqi fuqarolik-huquqiy 
va  ma’muriy-huquqiy  unsurlami  o ‘zida  qamrab  olgan  aralash  xarakterli 
huquqdir1, -  degan xulosaga keladi.
Sh.M.Asyanovning  fikriga  ko‘ra,  operativ  boshqarish  huquqi 
ashyoviy  huquqlar  tizimiga  kirmaydi.  Bu  huquq  mulkdor  davlatning  o ‘z 
organlariga  mol-mulkni  biriktirib,  uni  boshqarish,  undan  foydalanish 
tartibi  va  shartlarini  belgilovchi  huquqdir.  Operativ  boshqarish  huquqi 
mutlaq huquq hisoblanmaydi2.
U.A.Aripdjanovning  fikricha,  operativ  boshqarish  huquqida  davlat 
korxonasi va muassasasiga biriktirilgan mol-mulkni boshqarishga nisbatan 
har  qanday  farmoyish  faqatgina  mulkdoming  roziligi  bilan  amalga 
oshiriladi,  bunday  mol-mulkning  ortiqcha  qismi  yoki  foydalanilmayotgan 
qismi  mulkdor  tomonidan  olib  qo'yilishi  mumkin.  Bunda  davlat  o ‘ziga 
tegishli korxona yoki  muassasaga biriktirilgan  mol-mulkka nisbatan to‘liq 
ashyoviy  huquqlami  saqlab  qoladi,  bunga  qo‘shimcha  ravishda 
majburiyatlari  yuzasidan  mol-mulk  bilan  javobgarlikni  ham  o ‘zi  tashkil 
qilgan yuridik shaxslarga yuklaydi3.
Ushbu  fikrlaming  har  biri  turli  nuqtai  nazardan  bildirilgan  bo‘lib, 
muayyan  ma’noda  to‘g ‘ri  hisoblanadi.  Lekin  ulaming  barchasi  operativ
1 Толстой Ю.К.  Основы гражданско-гтравогого законадательсгва-М .:  1964. -С .59-63.
2  Асьянов  1II.M.  Право  публичной  собственности  / М атериалы  практической  конференции  Совершенствование 
законадательства в условиях рыночной  экономики. -Таш кент:  ГГЦ,  1995.  -25 с.
3  Арипджанов  У.А.  Право  собственности  в  системе  вещных  прав:  Авторсф.  дис.  ...канд.  юрид.  наук.  -Тош кент:
ООО NISIM , 2000. -22 с.
263


boshqarish  huquqini  davlat  mulk  huquqini  amalga  oshirish  usuli  sifatida 
emas,  davlat  organlari,  muassasalari  va  korxonalarining  mulkiy  huquqi 
sifatida tushuntirishga harakat qilgan.
O'zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  178-moddasiga 
muvofiq,  davlat  korxonasi,  shuningdek  muassasasi  o'zlariga  biriktirib 
qo'yilgan  mol-mulkka  nisbatan  qonunda  belgilab  qo'yilgan  doirada,  o ‘z 
faoliyatining  maqsadlariga,  mulkdoming  topshiriqlariga  hamda  mol- 
mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf  etish  huquqlarini  amalga  oshiradilar.  Aynan  ana  shu  amalga 
oshiriladigan  huquqlar  davlatga  tegishlidir1.  Davlat  o ‘ziga  tegishli  mol- 
mulkni  va  unga  nisbatan  mulkiy  (ashyoviy)  huquqlami  o ‘z  organiga  yoki 
o‘zi tashkil etgan yuridik shaxsga topshirar ekan,  ulami  amalga oshirishga 
nisbatan bir qator talablami belgilaydi. Bunday talablar jumlasiga:
1)  qonunda belgilab qo‘yilgan doirada harakat qilish;
2)  o'z  faoliyatining  maqsadlariga  ko‘ra  mulkiy  huquqlami  amalga 
oshirish;
3) mulkdor (davlat) ning topshiriqlariga amal qilish;
4)  mol-mulkning  vazifasini  hisobga  olgan  holda  unga  nisbatan 
huquqlami amalga oshirish.
Davlat  mulk  huquqini  amalga  oshirishda  qonunda  belgilangan  doira 
-   davlat  yuridik  shaxslarining  davlat  mulk  huquqini  amalga  oshirish 
yuzasidan  ularga  berilgan  huquq  va  majburiyatlar  hajmiga  asoslaniladi. 
Bunday huquq  va  majburiyatlar yuridik  shaxs  (davlat korxonasi  va  davlat 
muassasasi)  ning  Ustavi  yoki  Nizomida  belgilanadi.  Ustav  yoki  Nizom 
mulkdor  (davlat)  tomonidan  tayyorlanadi  va  davlatning  vakolatli  organi 
(Adliya vazirligi) tomonidan ro'yxatga olinadi.  Davlat korxonasi va davlat 
muassasasi  davlat  mulk  huquqini  amalga  oshirishda  ana  shu  huquq  va 
majburiyatlar doirasida harakat qilishlari kerak.
Agar  operativ  boshqarish  huquqi  berilgan  davlat  korxonasi  yoki 
muassasasi  davlat  mulk  huquqini  amalga  oshirishda  o'z  vakolatlari 
doirasidan chetga chiqsa,  u holda mulkdor o'z mulkiy  huquqlarini  amalga 
oshirish huquqini o'z zimmasiga olishi mumkin.
Ma’lumki,  davlat  korxonasi  va  muassasasiga  mulk  muayyan 
faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  biriktiriladi.  Har  qanday  hollarda  ham 
operativ  boshqarish  huquqidan  foydalanayotgan  davlat  yuridik  shaxslari 
mulkdan  o'zlarining  faoliyat maqsadlari  yo'lida  foydalanishlari  va mulkiy 
huquqning  boshqa  elementlarini  amalga  oshirishlari  lozim.  Masalan,
1  Zero, davlat korxonasi va m uassasasiga biriktirib qo’yilgan mol-mulkning mulkdori davlat b o ’lganligi sababli, bunday 
m ol-m ulkka  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va uni tasarruf etish  huquqlari  ham   davlatga tegishlidir.  Shu  munosabat 
bilan operativ boshqarish shubhasiz, davlat mulk huquqini amalga oshirishning huquqiy shakli hisoblanadi.
264


Toshkent  davlat  yuridik  institutiga  bino  talabalami  o'qitish  va  o'qitishni 
tashkil etish uchun biriktirilgan va bu muassasaning faoliyat maqsadi qilib, 
mamlakatimizga huquqshunos  kadrlar  etishtirib  berish  vazifasi  qo‘yilgan. 
Agar Toshkent  davlat  yuridik  instituti  binodan  o ‘zga  maqsadlarda  (qonun 
hujjatlari,  Nizom  yoki  Ustavda  belgilangan  holatlar  bundan  mustasno) 
foydalansa  yoki  umuman  foydalanmayotgan  bo‘Isa,  mol-mulkning  egasi 
mol-mulkni  olib  qo‘yish  hamda  uni  o ‘zi  xohlagan  tarzda  tasarruf  etishga 
haqli  (FKning  178-moddasi  2-qismi  mazmunidan).  Zero,  bunday  tasarruf 
etish  sud  tartibida  emas,  mulkdor  (davlat)  ning  o ‘z  xohishi  bilan  amalga 
oshiriladi1.
Agar  ta’sis  hujjatlariga  muvofiq  muassasaga  daromad  keltiradigan 
faoliyat  bilan  shug‘ullanish  huquqi  berilgan  bo'lsa,  bunday  faoliyatdan 
olingan  daromadlar  bu  daromadlar  hisobidan  sotib  olingan  mol-mulk 
muassasaning mustaqil tasarrufiga o ‘tadi va alohida balansda hisobga  olib 
boriladi  (masalan,  davlatga  qarashli  oliy  o‘quv  yurti  kafedrasi  tomonidan 
shartnoma  asosida  tadqiqotlar  o ‘tkazilib,  ishlab  topilgan  mablag‘lar xuddi 
shunday tartibda tasarruf qilinadi).
Operativ  boshqarish 
orqali 
davlat 
mulk 
huquqini 
amalga 
oshirayotgan  davlat  korxonasi  yoki  muassasasi  mulkdoming,  ya’ni 
davlatning topshiriqlarini bajarishi lozim.  Zero,  mulkdor-davlat bu holatda 
fuqarolik  huquqining  boshqa mustaqil  subyekti  bilan  emas,  o ‘zining  mol- 
mulki  asosida  faoliyat  yuritayotgan  va  davlatning  mulk  huquqini  amalga 
oshirayotgan  subyekt va qolaversa,  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  o‘z 
mulki hisoblangan obyekt  bilan munosabatga kirishadi.  Shu sababli davlat 
o ‘z  mulki3  hisoblangan  korxona  va  muassasa  yuzasidan  har  qanday 
qonuniy topshiriqni berishga haqli.  Bunda davlat o ‘z mol-mulkiga nisbatan 
mulkiy  huquqning  istalgani  yuzasidan  topshiriq  bera  oladi.  Aynan 
davlatning  ana  shunday  topshirig‘i  uning  o ‘z  mulk.  huquqini  bevosita 
amalga  oshirishi  hisoblanadi.  Zero,  mulkdor  o ‘z  mol-mulkining  yagona 
xo‘jayini  va  o ‘z  ashyosining hukmdori  sifatida o ‘z  xohish-irodasi  asosida 
mulk huquqini amalga oshiradi.
FKning  179-moddasiga  muvofiq,  davlat  korxonasi  o ‘ziga  biriktirib 
qo‘yilgan  mol-mulkni  mulkdoming  roziligi  bilangina  boshqa  shaxsga 
berishga  yoki  uni  boshqacha  usulda  tasarruf  etishga  haqli.  Ko‘rinib 
turibdiki,  operativ  boshqarish  huquqi  mulkdoming  o ‘z  mulk  huquqini
1  R ahm onqulov  H.  O ’zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  birinchi  qism iga  umum iy  tavsif  va  sharhlar.  -  
Toshkent: Iqtisodiyot va huquq dunyosi,  1997.  *323  b.
2  Davlat  korxonasi  yoki  muassasasi  yoxud  barcha  yuridik  shahslar  (davlatga  tegishli  yoki  nodavlat  yuridik  shaxs 
ekanligining  ahamiyati  yo’q)  bir  vaqtning  o ’zida  fuqarolik  huquqining  sub’yckti  va  ob'yekti  ekanligini  esdan 
chiqarm aslik lozim.
3  K orxona yoki m uassasaning yoxud o’zga yuridik shaxs davlat mulki ekanligi shubhasizdir.
265


to‘liq  ravishda  o'z  korxonasiga  topshirish  holati  emas.  Agar  operativ 
boshqarish  huquqi  asosida  o'tishi  lozim  bo‘lgan  ashyoviy  huquqlaming 
nisbatiga  e’tibor  qaratadigan  bo'lsak,  mulkni  egallash  huquqi  davlat 
korxonasi yoki muassasasiga to'liq o'tkazilishini,  foydalanish huquqi ham 
egalik  huquqi  kabi  to'liq  o ‘tkazilsa-da,  bu  huquqning  amalga  oshirilishi 
mulkdor  tomonidan  nazorat  etilishini  (FKning  178-moddasi  2-qismi), 
tasarruf  etish  huquqi  esa  to'liq  mulkdoming  o'zida  saqlanib  qolishini 
ko'rish  mumkin.  FKning  180-moddasiga  muvofiq,  muassasa  o'ziga 
biriktirib  qo'yilgan  mol-mulkni  va  smeta  bo'yicha  unga  ajratilgan 
mablag'larga  sotib  olingan  mol-mulkni  boshqa  shaxsga  berishga  yoki 
o'zgacha usul bilan tasarruf etishga haqli emas.
Garchi FKning  178-moddasi  1-qismi davlat korxonasi  va muassasasi 
bir necha  shartlar  asosida mol-mulkka egalik  qilish,  undan  foydalanish va 
uni  tasarruf  etish  huquqini  amalga  oshirishini  bayon  etsa-da,  bu  shartlar 
orasida ustuvor o'rinni  mulkdoming topshirig'i egallaydi.  Qolaversa,  178- 
moddada  belgilangan  barcha  shartlar  davlat korxonasi  va  muassasasining 
operativ  boshqarish  huquqi  asosida  oladigan  ashyoviy  (yoxud  mulkiy1) 
huquqlariga nisbatan cheklov hisoblanadi.
Davlat  korxonasi  va  muassasasiga  biriktirilgan  mol-mulkning 
vazifasi  uning  xo'jalik  faoliyatida  tayinlanish  maqsadi  bilan  aniqlanadi. 
Masalan,  Oliy  o'quv  yurtiga  stol-stullar  talabalar  dars  jarayonida 
o'tirishlari uchun foydalaniladi yoxud kompyuter vazifasi davlat korxonasi 
yoki  muassasasining  o'z  faoliyatini  amalga  oshirishda  xizmat  qilish 
hisoblanadi.
Umumiy  qoidaga  ko'ra,  operativ  boshqarish  huquqi  davlat 
korxonalari  (FKning  72-moddasi)  va  muassasalariga  beriladi.  Bular 
jumlasiga,  madaniy-ma’rifiy,  oqartuv,  ta’lim,  maorif,  boshqamv  sohasida 
faoliyat yuritadigan davlat muassasa va tashkilotlari kiradi.
Yuqorida  ta’kidlanganidek,  operativ  boshqarish  huquqi  sovet 
huquqining  davlat  mulkini  boshqarishdagi  o'ziga  xos  usuli  sifatida
1  D avlat  korxonasi  v a  m uassasasiga  beriladigan  operativ  boshqarish  huquqini  ashyoviy  huquqlar  jum lasiga  kintish 
ancha  bahsli.  Garchi,  FKning  165-moddasi  bu  huquqni  ashyoviy  huquq  sifatida  e ’tirof  etsa-da,  davlat  korhonasi  va 
m uassasasi  bir  vaqtoing  o ’zida  ham   fuqarolik  huquqining  sub’yekti,  ham   o b ’yekti  b o ’lganligi  sababli  ularga  berilgan 
operativ  boshqarish  huquqini  m ulk  huquqini  amalga  oshirish  usuli,  deb  qarash  joiz.  SH.M .Asyanovning  fikricha, 
operativ boshqarish huquqini m utlaq huquqlar tarkibiga k intish mum kin emas. Operativ boshqarish huquqining vujudga 
kelish  holati,  uni  titui  m ulkdor-davlat  nomidan  davlat  tashkiloli  am alga  oshirilishi  uning  mutlaq  em asligi  to ’g ’risida 
hulosani  vujudga  keltiradi.  А сьянов  Ш .М .  Право  публичной  собственности  /  М атериалы  практической 
конференции  Совершенствование  законадательства  в  условиях  рыночной  экономики.  -Таш кент:  ГТЦ,  1995.  -  
С.24-25.  K o’rinib  turibdiki,  Sh.M .A syanov  bu  o ’rinda  operativ  boshqarish  huquqini  nisbiy  huquqlar jum lasiga,  y a’ni 
m ajburiyat  huquqiga  kiritadi.  Bu  hususda  Sh.M.Asyanovning  fikriga  q o ’shilib  b o ’lm aydi.  Nazarimizda,  operativ 
boshqarish  huquqi  mulk  huquqini  am alga  oshirishning  bir k o ’rinishi,  hoios.  Bu  huquqni  o'zgacha  talqin  etish,  barcha 
holatlarda ham  o ’z bahsliligini saqlab qolaverdi.
266


vujudga  kelgan1  va  asosan  sotsialistik  prmsiplar  (xususiy  mulkka  yo‘l 
qo‘yilmasligi, 
planli 
boshqaruv, 
ma’muriy-buyruqbozlik, 
hududli 
ixtisoslashuv  va  boshqalar)  ga  tayangan  holda  amalda  bo'lgan.  Hozirgi 
bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif, raqobat asosida shakllanadigan 
munosabatlarda  operativ  boshqarish  huquqining  amalda  bo‘lishi  ancha 
bahsli masaladir.
H.Rahmonqulovning 
fikricha, 
operativ 
boshqarish 
huquqi 
O'zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksiga hali korxonalaming  asosiy 
qismi  davlat mulki  bo'lgan paytda  kiritilgan.  Bunday korxonalar mulkdor 
bo‘lmaganligi  sababli,  davlat  mulkini  ashyoviy  huquqlarga  (FKning  165- 
moddasi)  muvofiq  egallardi,  foydalanardi  va  tasarruf  etardilar.  FK  qabul 
qilinganidan  so‘ng  o'tgan  davrda  mobaynida  ko‘plab  davlat  korxonalari 
xususiylashtirildi. Bu jarayon hozirgi kunda ham jadal davom etmoqda. Bu 
holatlaming  barchasi  O'zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksi 
kelgusida  takomillashtirilishi  va  operativ  boshqarish  huquqi  sovet 
davridagi  huquq  tizimining  instituti  sifatida  o'z  ahamiyatini  yo'qotganligi 
sababli  fuqarolik-huquqiy  qonunchilikda 
ifodalanmasligi 
lozimligi 
to'g'risida xulosa chiqarishga asos bo'ladi2.
Nazarimizda, 
bu 
o'rinda 
H.Rahmonqulovning 
fikrlariga 
qo'shilmaslikning  iloji  yuq.  Zero,  yuqorida  ta’kidlanganidek,  davlat  mulk 
huquqining  obyekti  va  davlat  mulk  huquqini  amalga  oshiruvchi  subyekt 
hisoblangan  davlat  muassasasi  mulkdor  tomonidan  berilgan  mulkiy 
huquqlami  amalga  oshirar  ekan,  huquqlami  berishni  fuqarolik-huquqiy 
tartibda emas, ma’muriy-huquqiy  tartibda, joriy me’yoriy hujjatlami qabul 
qilish orqali amalga oshirishi mumkin.
Xo'jalik yuritish huquqi  ham  operativ  boshqarish huquqi kabi davlat 
mulk  huquqini  amalga  oshirish  usuli  hisoblanadi.  Ma’lumki,  xo'jalik 
yuritish  huquqi  operativ  boshqarish  huquqiga  qaraganda  ancha  keyin 
paydo bo'lgan.  Agar operativ boshqarish huquqi o'tgan asming 40-yillari- 
da nazariy jihatdan  vujudga kelib,  amaliyotda  60-yillarda  qo'llanila bosh- 
langan  bo‘Isa,  xo'jalik yuritish huquqi  80-yillaming  o'rtalaridan  (ungacha 
to'la operativ boshqamv huquqi) amaliyotda qo‘llanilib kelinmoqda3.
Xo'jalik yuritish huquqi  1963-yilgi  O'zbekiston  SSRning  Grajdanlik 
kodeksida o !z ifodasini  topmagan.  Davlat mulkini  amalga oshirishning bu 
usuli sobiq Ittifoqdagi qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan.
1 O ’zbekiston SSRning  1963  yil  1  yanvardan kuchga kiritilgan G rajdanlik kodeksining  106-moddasi.
2  Рахманкулов  X,  Законодательные  источники 
1
"ражданского  права  РУз  и  задача  по  их  соверш енствование  / 
Бозор  икгисодиёти  шароитида  савдо  муносабатларини  хукукий  таъминлаш  муаммолари  мавзусидаги 
конференция материаллари туплами. -Т о ш кекг: ТДЮ И, -12 с.
3 Гражданское право. Учебник.  6-е изд. / Отв.  ред.  А.П .Сергеев,  Ю .К.Толстой. Т.1. -М .:  Проспект, 2003. -485  с.
267


Shu  o'rinda  davlat  mulk  huquqini  amalga  oshirishning  usullari 
hisoblangan  xo'jalik  yuritish  va  operativ  boshqarish  huquqining  o'xshash 
va  farqli  jihatlari  to'g'risida  to'xtalib  o'tish  joiz.  Ushbu  huquqlaming 
o'zaro о 'xshash jihatlari quyidagilarda ko'rinadi:
-xo'jalik yuritish va  operativ boshqarish huquqi  sof ma’nodagi  mulk 
huquqi emas, balki davlat mulk huquqini amalga oshirish shaklidir1;
-ikkala  holatda  ham  davlat  o'zining  mulkiy  huquqlari  tarkibiga 
kiravchi huquqlaming ma’lum bir qismini beradi;
-xo'jalik yuritish va operativ boshqarish huquqlari mulkiy huquqning 
cheklanishi bilan bog'liq;
-mulk huquqining  asosiy  elementi -  tasarruf etish elementi  har doim 
mulkdorda qoladi.
Xo'jalik  yuritish  huquqi  operativ  boshqarish  huquqidan  farqli 
tomonlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:
-xo'jalik  yuritish  huquqi  operativ  boshqarish  huquqidan  farqli 
ravishda  odatda,  davlatning  tijoratchi  yuridik  shaxslariga  beriladigan 
huquqdir.  Masalan,  davlat  unitar  korxonasi  tijorat  tashkilotidir  (FKning 
70-moddasi);
-xo'jalik yuritish huquqiga ega subyekt operativ boshqarish huquqiga 
ega  shaxsga  qaraganda  davlat  mulkini  boshqarishda  kengroq  huquq  va 
imtiyozga ega bo'ladi2;
-xo'jalik yuritish huquqi  asosida faoliyat yuritayotgan unitar korxona 
davlat muassasasidan farq  qilib,  o'zining xo'jalik yuritishida bo'lgan mol- 
mulkni  ishlatishdan  kelgan  foydaning  bir  qismini  olish  huquqiga  ega 
(FKning  177-moddasi 2-qismi);
-xo'jalik  yuritish  huquqi  asosida  faoliyat  yuritayotgan  korxona 
muassasadan  farq  qilib,  o'z  majburiyatlari  yuzasidan  mustaqil  javobgar 
bo'ladi (FKning  177-moddasi 3-qismi).
FKning  176-moddasiga  muvofiq  xo'jalik  yuritish  huquqi  asosida 
ixtiyorida  mol-mulk  bo'lgan  unitar  korxona  bu  mol-mulkka  ushbu 
Kodeksda  belgilangan  doirada  egalik  qiladi,  undan  foydalanadi  va  uni 
tasarruf etadi.
1  Yu.K.Tolstoy  xo'jalik  yuritish  va  operativ  boshqarish  huquqini  cheklangan  ashyoviy  huquqlar  jum lasiga  old  deb 
hisoblaydi  va ulam ining  davlat m ulk huquqini  amalga oshirish usullari ekanligini ta'kidlab  o'tadi.  Гражданское право. 
Учебник.  6-е  изд.  /  Отв.  ред.  А.П.Сергеев,  Ю .К.Толстой.  Т.1.  -М .:  Проспект,  2003.  -481  с.  Nazarimizda, 
Y u.K.Tolstoy  bu  erda  sovet  huquq  tizim idagi  an’nalardan  kelib  chiqib,  shunday  fikr bildiradi.  Zero,  m ulkdor  o'zining 
mulkiy huquqlarini boshqa sub'yektga o'tkazsa, bunday huquq ashyoviy (yoki  mulkiy) huquq sanaladi.  X o'jalik yuritish 
va  operativ  boshqarish  huquqlari  esa  bunday  holatni  vujudga keltirm aydi,  Chunki  b itta  sub'yektga  tegishli  bir  necha 
shahslar o'rtasidagi m ulkiy yoki ashyoviy huquqlar harakati,  m ulkdor bir shahs  bo’lganligi sababli  so f m a'nodagi mutlaq 
ashyoviy huquq emas.
2  Комментарий  к  Гражданскому  кодексу  Российской  Федерации.  4 .1 .  /   Отв.  ред.  О.Н.Садыков.  -М .: 
Ю ринформцентр,  1997. -316 с.
268


H.Rahmonqulovning 
fikricha, 
xo'jalik 
yuritish 
huquqining 
subyektlari  (korxonalar)  o'z  ixtiyoridagi  mol-mulkka  nisbatan  mulk  egasi 
huquqlariga  ega  emaslar,  lekin  ular  mulk  egasi  tuzgan  tartib  bo'yicha, 
ushbu  mol-mulkdan  faqat  o'zlarining  emas,  balki  mulk  egasining  ham 
manfaatlarini  ko'zlab  egallaydilar,  undan  foydalanadilar  va  uni  tasarruf 
etadilar.
Xo'jalik  yuritish  huquqiga  ega  korxonalar  o'z  faoliyatini  ommaviy 
shakldagi,  ya’ni  davlat va  fuqarolaming  o'zini  o'zi boshqarish  idoralariga 
tegishli  mulk  asosida...  amalga  oshiradilar1.  Darhaqiqat,  xo'jalik  yuritish 
huquqi  fuqarolaming  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari  tomonidan  ham 
amalga 
oshiriladi. 
O'zbekiston 
Respublikasining 
“Mulkchilik 
to'g'risida”gi qonuni  10-moddasi  2-qismiga muvofiq, mahallada istiqomat 
qiluvchi  aholi  mahalla  mulkining  subyektidir.  O'zi  saylab  qo'ygan 
organlar -  mahalla mulkini to'la xo'jalik yuritish  asosida egallaydi,  undan 
foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Garchi  FK  xo'jalik  yuritish  huquqi  faqat  davlat  unitar  korxonasiga 
tegishli,  -   degan  normani  belgilamasa-da,  amaliyotda  mulkdoming  mulk 
huquqini  amalga  oshirish  usuli  sifatida  xo'jalik  yuritish  huquqi  faqat 
davlat  unitar  korxonalariga  nisbatan  qo'llaniladi.  Fikrimizcha,  amalda 
xo'jalik  yuritish  huquqini  mulkning  boshqa  shakllariga  nisbatan  tatbiq 
etish bir qator tushunarsiz holatlami keltirib chiqarardi.
Ma’lumki,  xo'jalik  yuritish  huquqi  sovet  huquqining  mahsuli 
hisoblanadi  va  o'sha  davrlarda  faqat  davlat  mulkiga  nisbatan  ishlab 
chiqilgan  mulk  huquqini  amalga  oshirish  usuli  sifatida  tatbiq  etilgan. 
Bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  munosabati  bilan  vujudga  kelgan  turli  mulk 
shakllarida  mulkdor  o'z  mulkiy  huquqlarini  amalga  oshirishning  boshqa 
o'zi  uchun  ko'proq  foydali  usullarini  tanlaydi  (masalan,  ijara,  ishonchli 
boshqarish,  ishonchnoma  va  h.k.).  Shu  sababli  xo'jalik  yuritish  huquqi 
hali-hanuz  davlat  mulkini  amalga  oshirish  usuli  sifatida  faqat  davlat 
korxonalariga tatbiq etilmoqda.
V.V.Laptev  kooperativ,  jamoat  va  diniy  tashkilot  sho'ba  korxona 
tashkil  etib,  o'z  mulkining  muayyan  qismini  xo'jalik  yuritish  huquqi 
asosida  unga  biriktirib  qo'yishi  mumkin  emasligini  tushunish  qiyin  holat, 
nega  endi  ular  muayyan  faoliyatni  amalga  oshirishlari  uchun  aynan 
xo'jalik  jamiyati  va  shirkati  tuzishlari  va  unga  mulk  huquqini  berishlari 
lozim2, -  deydi.
1  R ahm onqulov  H.  O ’zbekiston  RespubHkasi  Fuqarolik  kodeksining  birinchi  qismiga  umum iy  tavsif  va  sharhlar.  -  
Toshkent:  Iqtisodiyot va huquq dunyosi,  1997. - B .321-322.
2 Лаптев В. В. Предпринимательское право. -М .:  1997.  -58 с.
269


Darhaqiqat,  ushbu  holat  anchayin  tushunarsizdir.  Zero,  qonun  yo'l 
qo‘ygan  harakatlami  subyektlaming  o'zlari  amalga  oshirmasliklari 
ulaming  subyektiv  erk-irodasiga  bog‘liq.  Shu  sababli  xo'jalik  yuritish 
huquqidan  foydalanish  yoki  foydalanmaslik  bu  turli  mulk  shakllari 
subyektlarining  subyektiv  huquqi,  bu  huquqni  amalga  oshirish  yuzasidan 
ta’sir ko'rsatish mumkin emas.
V.V.Chubarovning  fikricha,  ushbu  ashyoviy  huquqning  obyektini 
tashkil  etuvchi  mol-mulk jumlasiga,  binolar,  inshootlar,  asbob-uskunalar, 
talab  qilish huquqi  va boshqalar kiradi1. Ushbu fikrlarga qo'shilgan holda, 
bu  huquq  asosida  beriladigan  mol-mulklar  jumlasiga  yana,  korxonaga 
berilishi  mumkin  bo'lgan  qimmatli  qog'ozlar,  turli  xildagi  o'zga 
ashyolami kiritish mumkin.
Ma’lumki,  xo'jalik  yuritish  huquqi  asosida  biriktirilgan  mulkiy 
huquqlar turli ko'rinishda bo'ladi.
Xo'jalik  yuritish  huquqida  mulkiy  huquqlar  o'z  mazmuniga  ko'ra 
ikki qismdan iborat bo'ladi:
a)  xo'jalik  yuritish  huquqi  asosida  korxonaga  biriktirib  qo'yilgan 
mol-mulkka nisbatan mulkdoming huquqlari;
b)  xo'jalik  yuritish  huquqi  asosida  o'ziga  mol-mulk  biriktirilgan 
korxona  bu  mol-mulkka  nisbatan  huquq  va  majburiyatlami  amalga 
oshirishga  haqli.  Ya’ni,  korxonaga  qarashli  mol-mulkni  mustaqil  tasarruf 
etadi.
FKning  177-moddasiga  muvofiq,  xo'jalik  yuritishida  bo'lgan  mol- 
mulkning  egasi  qonunga  muvofiq  korxona  tashkil  etish,  uning  faoliyat 
sohasini  va  maqsadlarini  aniqlash,  uni  qayta  tashkil  etish  va  tugatish 
masalasini hal qiladi, korxona direktorini  (rahbarini) tayinlaydi, korxonaga 
qarashli  mol-mulkdan  belgilangan  maqsadlarda  foydalanilishi  va  uning 
saqlanishini  nazorat  qiladi,  korxonaning  xo'jalik  yuritishida  bo'lgan  mol- 
mulkni ishlatishdan kelgan foydaning bir qismini oladi.
Mulkdoming  ushbu  huquqlari  ayni  vaqtda  xo'jalik  yuritish 
korxonasining  majburiyatlari hamdir.  Shu munosabat bilan unitar korxona 
xo'jalik  yuritish  huquqi  asosida  o'ziga  qarashli  bo'lgan  ko'chmas  mulkni 
mulkdoming  roziligisiz  sotishga,  ijaraga  berishga,  garov  qo'yishga, 
xo'jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarining  ustav  fondiga  hissa  sifatida 
topshirishga  yoki  bu  mol-mulkni  boshqacha  usulda  tasarruf etishga  haqli 
emas.
1  Комментарий  к  Гражданскому  кодексу  Российской  Федерации.  4 .1 .  /   Отв.  ред.  О.Н.Садыков.  -М .: 
Ю ринформцентр,  1997. -317 с.
270


Lekin  operativ  boshqarish  huquqidan  farq  qilib,  xo‘jalik  yuritish 
huquqida  korxona  o'ziga  qarashli  mol-mulkni  mustaqil  tasrruf  etish 
huquqiga ega bo'ladi.
Yu.K.Tolstoyning  ta’kidlashicha,  xo'jalik  yuritish  huquqi  o'z 
mazmuniga  ko'ra  chegaralangan  huquqdir.  Bu  holat  uning  respublika  va 
munisipal mulk bilan uzviy bog'liqligidan kelib chiqadi1.
Haqiqatan xo'jalik yuritish huquqi o'z mohiyatiga ko'ra ushbu huquq 
egasiga  nisbatan  bir  necha  talablar  qo'yadi.  Garchi  xo'jalik  yuritish 
huquqining  sohibi  mulkdoming  roziligisiz  korxonaga  qarashli  bo'lgan 
ko'chmas  mulkni  sotishga,  ijaraga  berishga,  garovga  qo'yishga,  xo'jalik 
shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondiga hissa sifatida topshirishga yoki 
bu  mol-mulkni  boshqacha  usulda  tasarruf  etishga  haqli  bo'lmasa-da, 
qonun yoki o'zga me’yoriy hujjatlarda ta’qiqlanmagan hollarda korxonaga 
tegishli ko'char mol-mulklami mustaqil tasarmf etishga haqli bo'ladi.
Mulkdor  xo'jalik  yuritish  huquqi  bo'yicha  faoliyat  yuritayotgan 
korxona majburiyatlari uchun javobgar bo'lmaydi  (FKning 48-moddasi  3- 
qismi bundan mustasno).
Ma’lumki,  unitar  korxona  xo'jalik  yuritish  huquqi  asosida  faoliyat 
yuritadigan  subyektlaming  tipik  namunasi  hisoblanadi.  Xo'jalik  yuritish 
huquqiga  asoslangan  unitar  korxona  mulkdoming  yoki  u  vakil  qilgan 
organning  qaroriga  muvofiq  tashkil  etiladi  va  bunday  unitar  korxona  o'z 
mol-mulkining  bir  qismini  xo'jalik  yuritish  uchun  belgilangan  tartibda 
topshirish yo'li bilan yuridik shaxs bo'lgan boshqa unitar korxona (sho'ba 
korxona)  tashkil  etishi  mumkin.  Bu  holatda  sho'ba  korxonasida  unga 
berilgan  mulkka  nisbatan  ikkilamchi  xo'jalik  yuritish  huquqi  vujudga 
keladi.  Lekin  ulaming  bir-biriga  nisbatan javobgarligiga  nisbatan  FKning 
48-moddasi 3-qismi talablari qo'llaniladi2.
Sh.Ro'zinazarovning  ta’kidlashicha,  unitar  korxonaning  mol-mulki 
unga  xo'jalik  yuritish  yoki  operativ  boshqarish  tartibida  qarashli  bo'ladi. 
Unitar korxonaning  firma nomida uning  mol-mulkining  egasi ko'rsatilgan 
bo'lishi kerak3.
Mazkur  fikrdan  shuni  anglash  mumkin-ki,  unitar  korxona  fuqarolik 
huquqining 
subyekti 
hisoblansa-da, 
sof 
ma’nodagi 
mulkdor 
hisoblanmaydi.  Chunki  uning  firma  nomida  egasi  (mulkdori)  ko'rsatilishi
1 Гражданское право. Учебник.  6-е изд. / Отв. ред. А.П.Сергеев, Ю .К.Толстой. Т.1. -М .:  П роспект, 2003. -483 с.
2  Y uridik  shaxs  m uassisi  (ishtirokchisi)  yoki  uning  m ol-mulkining  egasi  yuridik  shahsning  majburiyatlari  b o ’yicha 
javob  berm aydi,  yuridik  shahs  esa  muassis  (ishtirokchi)  yoki  m ulkdom ing  majburiyatlari  bo’yicha  javob  bermaydi, 
ushbu  K odeksda  yoki  yuridik  shaxsning  ta'sis  hujjatiarida  nazarda  tutilgan  hollar  bundan  m ustasno  (FK ning  48- 
m oddasi 3-qismi).
3  R o’zinazarov  Sh.  Bozor  sharoitida  qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqarish  tuzilm alarining  fuqarolik  huquqiy  maqomi.  -  
Toshkent: Adolat,  1997.  -143 b.
271


lozim.  Shu  bilan birga,  unitar korxona  ashyoviy  huquq  sohibi emas, balki 
mulkdoming mulkiy huquqlarini amalga oshiruvchi subyektdir.
Umuman  olganda,  davlat  mulk  huquqini  amalga  oshirishning  bu 
shakli  davlat  mol-mulki  asosida  faoliyat  yuritayotgan  yuridik  shaxs  va 
organlar  mulkining  huquqiy  maqomini  belgilab  beradi.  Shu  munosabat 
bilan  biz  ulami  ashyoviy  huquq  yoki  majburiyat  huquqi  deb  emas,  mulk 
huquqini (davlat mulk huquqini) amalga oshirish usuli, deb hisoblaymiz.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish