Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/120
Sana05.06.2022
Hajmi6,47 Mb.
#639469
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120
Bog'liq
bank aktiv va passivlarini boshqarishpdf

Nazorat uchun savollar 
1. Tezkor rejalashtirish nima uchun tijorat banklariga kerak? 
2. Tijorat banklari uchun strategik rejalashtirish nima uchun zarur? 
3. Banklarda tezkor rejalashtirish qaysi ko’rsatkichlar asosida amalga 
oshiriladi? 
4. Tijorat banklarida strategik rejalashtirish qaysi ko’rsatkichlar asosida 
amalga oshiriladi? 
5. Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi qanady 
ko’rsatkichlar mavjud? 
 
10-BOB. TIJORAT BANKLARI KAPITALINI BOSHQARISH
 
10.1. Bank kapitalini tashkil qiluvchi asosiy elementlarning tavsifi 
1988 yilda Bazel qo’mitasi tomonidan Kapitalni hisoblash va kapital 
standartlarini xalqaro unifikatsiyalash to’g’risidagi Kelishuv qabul qilindi.
Mazkur Kelishuvda tijorat banklari kapitalining tarkibini shakllantirish
kapitalning 
etarliligi, 
aktivlarni 
riskka 
tortishga 
nisbatan 
yagona, 
unifikatsiyalashgan talablar belgilandi. 
Regulyativ kapital = Asosiy kapital + Qo’shimcha kapital 
Asosiy kapital tarkibi: 
1. Ustav kapitalining to’langan qismi. 
2. Bankning emission daromadi. 
3. O’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi. 
4. Zaxira kapitali. 
5. Nokumulyativ imtiyozli aktsiyalarni sotishdan olingan tushumlar. 
Asosiy kapitaldan quyidagilar chegirib tashlanadi: 
1. Gudvil 
2. Nomoddiy aktivlar 
Qo’shimcha kapital tarkibi: 


126 
1. Kreditlardan ko’rilgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxiralarning 
aktivlarni riskka tortilgan summasining 1,25 foizidan oshmaydigan qismi. 
2. Qayta baholash zaxirasi. 
3. Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari. 
4. Riskka tortilgan aktivlar summasining 1,25 foizidan oshmaydigan 
miqdorda aktivlarning qadrsizlanishiga qarshi qilingan zaxiralar. 
5. Gibridli moliyaviy instrumentlar (imtiyozli kumulyativ aktsiyalar). 
Xalqaro hisob-kitoblar bankining ma’lumotlariga ko’ra, dunyoning 150 dan 
ortiq mamlakatida (dunyoda 193 ta mustaqil davlat mavjud), shu jumladan, 
O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari kapitalining etarliligini baholash 
bo’yicha Xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan standart qo’llaniladi. 
Ushbu standartga ko’ra, tijorat banki regulyativ kapitalining etarliligini aniqlash 
uchun regulyativ kapital summasi bankning riskka tortilgan aktivlari summasiga 
bo’linadi. Ushbu koeffitsientning eng past me’yoriy darajasi 0,08 yoki 8% qilib 
belgilangan. Agar tijorat bankida mazkur koeffitsientning amaldagi darajasi 8 
foizdan past bo’lsa, u holda, ushbu bankning balansi nolikvid hisoblanadi.
Bazel-3 standartiga ko’ra, tijorat banklari kapitalining tarkibiy tuzilishi 
o’zgardi. 
Tijorat banklarining birinchi darajali kapitali 2 qismga ajratildi: 
1. Birinchi darajali asosiy kapital. 
2. Birinchi darajali qo’shimcha kapital. 
Birinchi darajali asosiy kapitalning tarkibi: 
1. Bankning to’liq to’langan oddiy aktsiyalari 
2. Qo’shilgan kapital (oddiy aktsiyalarni bozor bahosi va nominal qiymati 
o’rtasidagi farq) 
3. Taqsimlanmagan foyda
(30905 va 30908 – hisobraqamlar olinmaydi) 
4. Ozchilikning ulushi
5. Devalvatsiya zaxirasi 
Birinchi darajali qo’shimcha kapital tarkibi: 


127 
1. Nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aktsiyalar 
2.Qo’shilgan kapital
(imtiyozli aktsiyalarning bozor bahosi va nominal qiymati o’rtasidagi farq) 
3. Birinchi daraji qo’shimcha kapitalga qo’shilish shartlariga javob beruvchi 
sho’’ba korxonalarning ishtirok etish ulushi (sho’’ba korxonalari tomonidan 
chiqarilgan va uchinchi shaxslar ixtiyorida bo’lgan kapitalga tenglashtirilgan 
vositalar) 
Birinchi darajali kapitaldan chegirmalar: 
* nomoddiy aktivlar; 
* birlashmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kapitaliga qilingan barcha 
investitsiyalar; 
* boshqa banklarning kapitaliga qilingan investitsiyalar. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish