Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/120
Sana05.06.2022
Hajmi6,47 Mb.
#639469
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   120
Bog'liq
bank aktiv va passivlarini boshqarishpdf

tashqi omillari
quyidagilardan iborat

-
xalqaro va mahalliy fond bozorlarida qimmatli qog’ozlar bahosi 
indekslarining o’zgarishi
. Tijorat banklari kapitali ustav fondi asosan ular 
tomonidan chiqarilgan aktsiyalar hisobidan shakllantiriladi. Bank aktsiyalari oddiy 
va imtiyozli aktsiyalardan tashkil topgan bo’lib, bu haqda oldingi paragrafda 
atroflicha mushohada yuritgan edik. Tijorat banklari aktsiyalarining oldi-sotdisiga 
mamlakatda qimmatli qog’ozlar bozorining holati bevosita ta’sir qiladi. Ayniqsa, 
ikkilamchi qimmatli qog’ozlarning rivojlanganligi tijorat banklari aktsiyalarini 
oldi-sotdi hajmiga sezilarli ta’sir o’tkazish orqali ularning asosiy kapitali 
tarkibidagi emission daromadlarning vujudga kelishiga olib keladi.
Tijorat banklari kapitali tarkibida emission daromadning vujudga kelishi 
ularning aktsiyalari bahosining ortib borayotganligidan dalolat beradi. Shu bilan 
birga, xalqaro fond bozorlarida aktsiyalar bahosining tushib ketishi banklar kapitali 
barqarorligiga to’g’ridan-to’g’ri salbiy ta’sir qilib, ularni inqiroz holatiga olib 
kelishi mumkin. Buni, dunyoda, keyingi 200 yil davomida ro’y bergan 20 dan ortiq 
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozlari, shuningdek AQShda 2008 yilda yuz bergan 
jahon moliyaviy inqirozlari ham tasdiqlab turibdi; 
-
xalqaro to’lov vositasi vazifasini bajarayotgan valyutalar kursining 
barqarorligi va mustahkamligi
. Ma’lumki, o’tish davrini boshidan kechirayotgan 
mamlakatlarning ko’pchiligida, shuningdek, respublikamizda ham tijorat banklari 
minimal kapitaliga qo’yilgan talablar AQSh dollari yoki evroda o’rnatiladi. Buning 
asosiy sababi, ushbu valyutalarning to’lov qobiliyati boshqa valyutalarga nisbatan 
mustahkam bo’lib, ularning kursi sezilarli ravishda tebranib turmaydi. Shu bois 


140 
ham tijorat banklari ustav kapitali minimal darajasiga qo’yilgan talabning ushbu 
valyutalarda belgilanishi milliy valyutalar kursining mazkur valyutalarga nisbatan 
tushib ketgan holatida ham bank ta’sischilari tegishli miqdordagi moliyaviy 
mablag’ni jamg’arish zaruriyatidan ozod etilmaydi yoki boshqacha talqin qiladigan 
bo’lsak milliy valyutaning inflyatsiyaga uchrashi ta’sischilarga bank ochishda hech 
qanday engillik tug’dirmaydi.
Biroq shuni ta’kidlash joizki, keyingi paytlarda xalqaro moliya 
tashkilotlarining o’zaro yaqinlashuvi va ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarning 
chuqurlashuvi jahon zaxira va to’lov vositasi vazifasini bajarayotgan valyutalar 
kursining sezilarli ravishda tebranishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, 2008 yil 
iyulda AQSh dollari kursi dunyodagi etakchi valyutalariga nisbatan juda past 
darajaga tushib ketdi. Jumladan, AQSh dollari evroga 35-50 tsentga va Britaniya 
funtiga 20-30 tsentga (1981 yil iyunidan buyon eng past daraja) pasaydi, 
shuningdek, Yangizellandiya dollariga 79,41 tsentgacha pasaydi (bu 1985 yil mart 
oyidan buyon eng past daraja), Kanada dollariga nisbatan 96 tsentga pasayishi 
keyingi 30 yil ichidagi eng yuqori pasayish hisoblandi.
Buning 
asosiy 
sababi, 
bizning 
nazarimizda, 
jahondagi 
ko’plab 
mamlakatlarning iqtisodiy salohiyati ortib borishi bilan birga, ularning oltin va 
valyuta zaxiralari tarkibida AQSh dollarining salmog’i ortib borishi bilan 
izohlanadi. Chunki ushbu mamlakatlar AQSh iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri 
iqtisodiy ta’sir qilish imkoniyatiga ega bo’lib, ayrim hollarda informatsion xurujlar 
ham salbiy ta’sir qilmoqda.
-
Markaziy bankning pul-kredit siyosati va iqtisodiy me’yorlari.
Markaziy 
bank pul-kredit siyosati va iqtisodiy me’yorlari orqali tijorat banklari kapitali 
barqarorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Xususan, Markaziy bank qayta moliyalash 
stavkasini pasaytirishi natijasida tijorat banklari jalb qilingan resurslari hajmini 
oshirishi mumkin, bu o’z-o’zidan ularning kredit berish imkoniyatini oshirish bilan 
birga tijorat banklari riskka tortilgan aktivlariga nisbatan kapitalini ko’paytirishni 
talab etadi; 


141 
-
milliy iqtisodiyot va milliy valyutaning barqarorligi
. Mamlakatda milliy 
iqtisodiyot va milliy valyutaning barqarorligi tijorat banklari kapitali barqarorligiga 
bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga ta’kidlash joizki, millliy valyuta 
barqarorligiga milliy iqtisodiyot barqarorligi chambarchas bog’liqdir. Agar milliy 
iqtisodiyot barqarorligi va raqobatbardoshligi yuqori bo’lmasa, uning tashqi 
importga bog’liqligining ortishiga olib keladi. Bu o’z navbatida milliy valyutaning 
xarid qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, mamlakat ehtiyoji uchun zarur 
bo’lgan tovarlarning asosiy qismi chetdan keltirilishi xorijiy valyutalarni turli 
yo’llar bilan mamlakatdan chiqib ketishiga olib keladi, bu esa xorijiy valyutalarga 
ichki talab darajasini oshishiga sabab bo’ladi.
Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga bog’liqligining ortib borishi bankdan 
tashqari aylanmalar hajmining ortishi, milliy valyutaning rasmiy kursi bilan 
birgalikda ―qora bozor‖ kursining vujudga kelishi kuzatiladi va ular o’rtasidagi 
farq sezilarli darajada o’sib boradi, shuningdek, tovar va xizmatlar bahosining 
naqd pulda va naqdsiz puldagi baholari o’rtasida farq paydo bo’ladiki, naqd 
puldagi baholar naqd pulsizga nisbatan arzon bo’ladi. Bularning barchasi bevosita 
va bilvosita tijorat banklari kapitali barqaroligiga ta’sir ko’rsatadi;
-
mamlakat tashqi siyosati va iqtisodiyotni boshqarishning shaffofligi

Ma’lumki, mamlakat tashqi siyosatining barqarorligi xalqaro moliyaviy aloqalar 
hamda eksport va import borasidagi munosabatlarning rivojlanishiga bevosita 
ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu o’z navbatida mamlakat to’lov balansi va milliy valyuta 
kursiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Milliy valyuta kursining xorijiy valyutalar kursiga 
nisbatan mustahkamlanishi aktsiyador, investor, omonatchi va xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar daromadi barqarorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bularning barchasi 
mamlakat tijorat banklari kapitali barqarorligida o’zining aksini topadi.

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish