134
foizlarda daromad keltiradi va banklarning foizli daromadlarini ko’paytirish yo’li
bilan ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ana shu
xususiyatlari tufayli ham hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan
investitsiyalari tijorat banklari likvidliligini ta’minlashning
nisbatan ishonchli va
daromadli vositasi hisoblanadi.
Rivojlangan
xorijiy
davlatlarning
ko’pchiligida joriy likvidlilik
koeffitsientlari mavjud bo’lib, ular bank kapitaliga nisbatan o’rnatilgandir.
Masalan, Frantsiyada likvidlilik koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: kreditlarning
umumiy miqdori bank o’z mablag’i (kapitali) ning miqdoridan va ayrim balans
passividagi elementlar miqdoridan uch martadan ortiq bo’lmasligi lozim.
Germaniyada ushbu ko’rsatkich to’rt marta qilib belgilangan. Bu har ikkala
ko’rsatkich bankning o’rta va uzoq muddatlilik ko’rsatkichlaridir. O’rta va uzoq
muddatli likvidlilik ko’rsatkichlari AQSh, Angliya va Yaponiyada o’rnatilmagan.
Bozor iqtisodiyotining tobora rivojlanib va takomillashib borayotganligi
mamlakatimizda ko’chmas mulklar, ayniqsa shaharlardagi
binolarning likvid
aktivlar sifatidagi ahamiyatini oshirmoqda. Keyingi yillarda ko’chmas mulklarning
bahosi sezilarli ravishda ortib bormoqda. Tijorat banklari geografiyasiga e’tibor
beradigan bo’lsak, ular asosan iqtisodiy jihatdan rivojlangan yirik shaharlardagi
ko’rkam va nufuzli binolarda joylashgan. Shu bois, ular ustav kapitalining asosiy
qiymati 10 foizgacha bo’lgan qismini ko’chmas mulklarda shakllantirishga ruxsat
berilishi ularning kapitallashuv darajasini oshirishga ijobiy ta’sir qiladi;
–Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining subordinar qimmatli
qog’ozlarni sotib olish orqali uzoq muddatli kreditlarni berishni yo’lga qo’yish
lozim
. Markaziy bank tomonidan tijorat banklari kapitalini oshirish maqsadida
berilgan subordinar kreditlar quyidagi ijobiy natijalarni beradi:
–respublikamizda monetizatsiya koeffitsientining oshishiga olib keladi.
Ma’lumki, respublikamiz iqtisodiyotida monetizatsiya koffitsienti nisbatan past
darajada (15–17 foiz) qolmoqda;
135
–tijorat banklarida nisbatan arzon manbalar
hisobidan kapitallashuv
darajasini oshirish imkoniyati tug’ildi. Bu esa o’z navbatida ularning real sektorni
kreditlashga yo’naltirayotgan mablag’lari hajmining ortishiga olib keladi;
–Markaziy bank iqtisodiyotdagi pul va tovar massasi o’rtasida muvozanatni
ta’minlanishi bilan birga, yuqori miqdorda bo’lmasada qo’shimcha daromad
manbaiga ega bo’ladi.
–banklarning qarz aktsiyalarini muomalaga chiqarish lozim.
Xalqaro bank
amaliyotida tijorat banklarini uzoq muddatli resurslarga bo’lgan talabini
qondirishda ta’minlanmagan obligatsiyalarni muomalaga chiqaradi. Odatda ushbu
uzoq muddatli majburiyatlar
ta’minlamagan obligatsiya
(dibenchir)lar hisobiga
shakllantiriladi.
Xalqaro
amaliyotda
ushbu
moliyaviy
instrumentlarni
muomalaga
chiqarishdan asosiy maqsad banklar kapital bazasini mustahkamlashga qaratilgan
bo’lib, ikkinchi jahon urushiga qadar ko’zda tutilmagan holatlar vujudga keladigan
zararlarni qoplash maqsadida, 60 yillardan keyin esa banklarning resurs (kapital)
bazasini mustahkamlash maqsadida odatiy holat sifatida muomalaga chiqarila
boshlandi. Tijorat banklariga aktsiyalardan ko’ra nota va obligatsiyalarni
muomalaga chiqarishning
afzalligi shundaki, ular bo’yicha to’lanadigan
dividendlar miqdori soliqqa tortish bazasidan chegirib tashlanadi.
Angliya banklari kapitallashuv darajasini oshirish maqsadida 60–yillardan
keyin «qarz aktsiya» larini muomalaga chiqara boshladi. Ular o’rta va uzoq
muddatli nomli qimmatli qog’ozlar hisoblanib, banklar belgilangan muddatlarda
foizlarni to’lab turish va qayta sotib olish sharti bilan moliya bozorlariga taklif
etadi. Masalan, Angliyaning «Midlend benki» 1983 yilda yillik 10,75 foiz bilan
1993–1998 yillarda so’ndirish sharti bilan muomalaga chiqargan qarz aktsiyalarini
keltirish
mumkin
23
. Bu aktsiyalarning qaysidir jihati imtiyozli aktsiyalarga ham
o’xshaydi, chunki bank iqtisodiy jihatdan foyda ko’rmaganda ham belgilangan
foizlarni to’lab turishi shart hisoblanadi.
23
УсоскинВ.М. Современный коммерческий банк: Управление и операции. –М.: Вазар-Ферро, 1994. -С. 96.
136
O’zbekiston tijorat banklari kapitali tarkibida muddati jihatidan «uzun»
mablag’larning mavjud emasligini inobatga oladigan bo’lsak,
qarz aktsiya
larning
muomalaga chiqarilishi kapitallashuv darajasini oshirishda muhim moliyaviy
dastak bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: