(199,3 trln. so’m x 0,1%) / 100%=199 mlrd. so’m
3. Davlat qimmatli qog’ozlaridan ochiq bozor ob’ektlari sifatida foydalanish
bilan bir vaqtning o’zida xalqaro reyting agentliklarining (Standart & Poor’s,
Mood’s, Fitch Reytings) yuqori kredit reytingiga ega bo’lgan (kamida VVV
reyting bahoga) tijorat banklari va korxonalarning qimmatli qog’ozlari (depozit
sertifikatlari, jamg’arma sertifikatlari, obligatsiyalari) hisobidan Markaziy
bankning ochiq bozor operatsiyalarini yo’lga qo’yish lozim.
Buning uchun zarur shart-sharoitlarni ham yaratish lozim. Masalan, tijorat
banklarida Markaziy bankka, pul-kredit organi sifatida, ishonch bo’lishi lozim.
Bundan tashqari, inflyatsiya va milliy valyutaning qadrsizlanishi ta’sirida qimmatli
qog’ozlarning real qiymati pasaymasligi kerak.
4. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan markazlashgan
diskont va lombard kreditlari berish amaliyotini yo’lga qo’yish hamdatijorat
banklarini Markaziy bank tomonidan to’g’ridan - to’g’ri kreditlar (overdraft,
kunlik, muddatli shakllardagi kreditlar) berish uzluksizligini ta’minlash yo’li bilan
qayta moliyalash siyosatining bank tizimining likvidliligini ta’minlashdagi rolini
oshirish zarur.
Markaziy bankning overdraft kreditlari tijorat banklarining milliy valyutadagi
―Nostro‖ vakillik hisobraqamida yuzaga kelgan pul mablag’lari etishmasligi
48
muammosini hal qilish maqsadida beriladi. Kunli kreditlar esa, bir operatsion kun
davomida beriladi.
Dunyoning bir qator mamlakatlarida (Shvetsiya, Rossiya) kunlik kreditlar
Markaziy banklar tomonidan qimmatli qog’ozlarni garovga olgan holda foizsiz
beriladi va ular milliy to’lov tizimini qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi.
4.4. Tijorat banklarining likvidliligini boshqarish usullari
Bank likvidligini boshqarishning asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi:
lahzalik, joriy va uzoq muddatli likvidlikni ta’minlash va holatini tahlil
qilib borish;
qisqa muddatli likvidlik bashoratini amalga oshirish;
bankning likvidligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan holatlarni tahlil
qilish (mahalliy va xorijiy moliya bozorlaridagi holatni o’rganish, bank
omonotchilari va qarzdorlarining moliyaviy holatlarini doimiy tahlil etib borish va
boshqalar);
bank likvidlik mablag’lari ortiqchaligi
/
taqchilligini aniqlash;
xorijiy valyutalar bilan bog’liq operatsiyalarning bank likivdlik darajasiga
ta’sirini o’rganish.
Banklarda likvidlikni boshqarishda uchta iqtisodiy (lahzalik, joriy va uzoq
muddatli) me’yordan foydalaniladi. Ular bank aktivlari va passivlarini muddatlari,
summalari, turlari va boshqa jihatlari nuqtai nazardan likvidlikni ta’minlashda
qo’llaniladi.
Yuqori likvidli mablag’lar bankning majburiyatlarini to’xtovsiz, to’liq va
zudlik bilan bajarish imkoniyatini beradi. Biroq, ushbu mablag’lar (hukumat va
Markaziy bankning qimmatli qog’ozlariga joylashtirilgan mablag’lar bundan
istisno) bankka qo’shimcha daromad keltirmaydi, aksincha saqlash, tashish va
xavfsizligi ta’minlash bo’yicha qo’shimcha xarajatlarni talab etadi.
Banklarning past likivdli aktivlari zarur bo’lganda zudlik bilan bankning
majburiyatini qondirish imkoniyatini bermaydi, shuningdek, ularni yuqori likvid
49
mablag’lar (naqd pul)ga aylantirish jarayoni ancha qiyin bo’lib, hatto har doim
ham buning imkoniyati bo’lavermaydi. Banklarning past likvidli aktivlari tarkibiga
quyidagilar kiradi:
boshqa banklardagi mablag’lari;
berilgan kreditlar;
investitsiya, lizinga va ijarga joylashtirilgan mablag’lar;
bino va inshoatlar.
Bankning boshqa banklardagi mablag’lari va berilgan kreditlarni yuqori
likvidli aktivlarga aylantirish bo’yicha ikkilamchi moliya bozorlari amal qilmaydi,
depozitlarga joylashtirilgan va berilgan kreditlarning muddatlari tugagandan so’ng
bankka qaytariladi. Shundagina bank ulardan yuqori likvidli mablag’lar sifatida
foydalanishi mumkin, ayrim hollarda berilgan kreditlar va unga hisoblangan foiz
to’lovlari o’z vaqtida qaytmasligi oqibatida bankning moliyaviy holatini battar
og’irlashtiradi.
Agar, bank majburiyatlarni bajarish uchun etarli darajada yuqori likvidli
mablag’larga ega bo’lsa, u likvidligi ta’minlangan hisoblanadi. Biroq, bu juda
murakkab jarayon hisoblanadi, buning murakkabligi shundaki, birinchidan, jalb
qilingan mablag’larning asosiy qismi likvid aktivlarga joylashtirilishi bankning
likvidligini oshirishga xizmat qilsada, uning foyda darajasini pasayishiga sabab
bo’ladi.
Ikkinchidan, bank mijozlarning naqd pul va pul o’tkazmalari bo’yicha
ehtiyojlarini to’liq aniqlash imkoniyati mavjud emas, shuningdek, bankning
vakillik hisobvarag’iga likvid aktiv sifatida kelib tushadigan mablag’lar hajmini
aniq summasini rejalashtira olmaydi.
Banklar likvid mablag’larni aktivlarni boshqarishning fond va taqsimlash
usullari orqali ta’minlab borishlari mumkin, biroq jamiyatda ro’y beradigan ko’zda
tutilmagan holatlar unga bevosita va bilvosita ta’siri natijasida likvid mablag’lar
bilan bog’liq turli muammolar vujudga keladi. Xususan, moliyaviy-iqtisodiy
inqirozlar, mijozlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchi va milliy valyutaning sotib
50
olish qobiliyatini pasayishi, bank mijozlari moliyaviy barqaroroligining zaiflashuvi
va boshqa holatlar shular jumlasidandir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank likvidligini ta’minlash uchun zarur
bo’lgan mablag’lar hajmini aniqlash juda qiyin. Bank likvid mablag’larga bo’lgan
ehtiyojini baholash uchun juda yuqori aniqlikdagi bashorat ko’rsatkichlariga ega
bo’lishi lozim. Ayniqsa, banklar kredit portfeli talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozit mablag’lari hisobidan shakllantirilgan bo’lsa bankning likvidligini
ta’minlash masalasi yanada murakkab bo’ladi.
Bu jarayonni quyidagi shartli misol yordamida ko’rib chiqamiz. Misolning
tushunarli bo’lishi uchun bankning shartli bitta mijozining hisobvarag’i bo’yicha
amalga oshiriladigan operatsiyalarni olamiz
10
.
1.Bankning ―A‖ mijozi tomonidan sotilgan tovar moddiy qimmatliklari uchun
bankdagi hisobvarag’iga 100 mln so’m mablag’ kelib tushdi va quyidagi
buxgalteriya yozuvi amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |