Gazsimon narkoz moddalarining kimyoviy tarkibi.
Bu guruhga taalluqli narkoz moddalari yengil uchuvchan suyuqliklarga nisbatan bir qator ustunlikka ega. Chunonchi, ular nafas yo`llarini ta`sirlantirmaydi, narkoz qo`zg`alish davrisiz tezda boshlanadi, ichki a`zolarga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi, narkoz berish to`xtatilgandan keyin uyg`onish tezda namoyon bo`ladi va asoratlar kuzatilmaydi. Gazsimon narkoz moddalarining asosiy kamchiligi, xirurgik narkoz davrida tana mushaklarining bo`shashishi to`liq bo`lmaydi, narkoz holati yuzakiroq o`tadi. Shu sababli ular ko`pincha kuchliroq ta`sirli ingalyatsion (efir, ftorotan) va noingalyatsion (tiopental-natriy, ketamin va hk), ayrim hollarda mushaklarni bo`shashtiruvchi (miorelaksantlar) bilan birga kuchli og`riq bilan kechadigan xastaliklarda (miokard infarkti, o`tkir pankreatit va hk) ishlatiladi.
Azot (I)-oksid - rangsiz xavodan og`irroq, suvda eruvchan gaz. Kislorod bilan ma`lum nisbatda (70-80 % azot (I)-oksid va 20-30 % kislorod) yuborilganida qo`zg`alish davrisiz va xech qanday asoratsiz xirurgik narkoz boshlanadi. Narkoz uncha chuqur bo`lmay tana mushaklari yaxshi bo`shashmaydi. Narkoz berish to`xtatilsa 10-15 daqiqa mobaynida organizmdan nafas yo`li orqali chiqib ketadi. Nafas yo`llarini ta`sirlantirmaydi. Narkoz holati yuzaki bo`lgani sababli kuchli narkoz moddalari (efir, ftorotan) hamda miorelaksantlar (ditilin, tubokurarin) bilan birga jarrohlik amaliyotida, ginekologiyada, stomatologiyada, urologiyada hamda kuchli og`riq bilan kechadigan xastaliklarda (stenokardiya, miokard infarkti, o`tkir pankreatit va hk) ishlatiladi. Ayrim hollarda emotsional qo`zg`alish, ko`ngil aynish va qusishni oldini olish maqsadida trankvilizatorlar (diazepam), neyroleptiklar (droperidol) qo`llanadi. Azot (I)-oksid nerv sistemasining og`ir kasalliklarida, surunkali alkogolizmda ishlatilmaydi. Azot (I)-oksid (Nitrogenium oxydulatum). 10 litr hajmli atmosfera bosimi ostidagi suyuqlik holida chiqariladi. Ballonda “tibbiyotda ishlatish uchun” deb yozilgan. Tuzilish formulasi:
(13)
Siklopropan - nafas yo`llarini qitiqlamaydi, qo`zg`alish davrisiz xirurgik narkoz davri tez boshlanadi. Bu borada azot (I)-oksiddan kuchliroq. Narkoz chuqurroq bo`ladi. Narkoz berish to`xtatilsa uyg`onish davri tezda boshlanadi, asoratlar deyarli kuzatilmaydi. Siklopropanning eng katta kamchiliklaridan biri tez yonuvchan, portlovchi xususiyatidir. Bundan tashqari miokardni katexolaminlarga sezuvchanligini oshiradi, katta dozalarda zaxarlanishda nafas va yurak faoliyati zaiflashib, to`xtashi mumkin. Shu sababdan siklopropan tibbiyot amaliyotida deyarli ishlatilmaydi. Siklopropan (syclopropane). 1 - 2ml hajmli metall ballonlarda chiqariladi. Tuzilish formulasi: (14)
Do'stlaringiz bilan baham: |