8.2. Sedativ dori vositalar
Ilon rauvolfiya. Rauvolfiya zmeinaya (Rauvolfia serpentina Benth.)
55
Bo„yi 50-100 sm etadigan doim yashil bo„ta. Hindiston, Tailand, Hindi-Xitoy kabi
SHarq mamlakatlarda o„sadi. O„simlik ildizida 0,5-1,3%, ildizpoyasida 1-3% alkaloidlar
saqlaydi. Alkaloidlar 25tadan ortiq bo„lib, asosiylari rezerpin va aymalin hisoblanadi. Rezerpin
mahsulotda 0,04-0,09% (alkaloidlar yig„indisida 3,08-7%) atrofida bo„ladi.
O„simlik tarkibidagi alkaloidlarning farmakologik ta‟siri ko„proq MNS ga qaratilgan
bo„lib, qon bosimini tushiradi, tinchlantiradi. Ulardan rezerpin alkaloidi farmakologik xossalari
bo„yicha neyroleptiklar guruhiga kiradi. Ruhiy va emostional qo„zg„alishlarni, bexalovatlikni,
hayajonlanishni, xotirjamlikning buzilishi, g„amginlik, telbalikni kamaytirib, tinchlantirish
xossasiga ega. Uyquni chuqurlashtiradigan, uxlatuvchi, narkoz moddalarning,
og„riqsizlantiruvchi shifobaxsh ta‟sirini kuchaytiradi, tana haroratini bir muncha tushiradi.
Bundan tashqari, qon tomir harakat markazidan impulslar chiqishini va simpatik nervlardan
ularning qon tomir silliq mushaklariga o„tishini (simpatolitik ta‟sir) kamaytirish hisobiga qon
tomirlarini kengaytirib, qon bosimini pasaytiradi. Bu gipotenziv ta‟sir, asta-sekin ruyobga
chiqadi va uzoq davom etadi.
Raunatin (Raunatinum) preparati o„z tarkibida rezerpindan tashqari aymalin va boshqa
alkaloidlarni saqlaydi. qon bosimini tushirish xususiyati bo„yicha rezerpindan kuchsizroq,
lekin unda aritmiyaga qarshi ta‟sir ham mavjud. MNS ga tinchlantiruvchi ta‟siri ham sezilarli.
Rauvolfiya ildizidan olingan bu alkaloidlar va ularning preparatlari asosan gipertoniya
kasalligining boshlang„ich davrlarida (1-va 2 bosqichda) tavsiya etiladi. Bundan tashqari,
rauvolfiya yurak ritmining buzilishi (aritmiya) bilan kechayotgan gipertoniyada yaxshi qo„l
keladi. Ular tabletkalar holida (rezerpin 0,00025 g); raunatin-0,002 g) chiqariladi va ovqatdan
keyin buyuriladi.
3. Dorivor valeriana (kadio„t). Valeriana lekarstvennaya (Valeriana officinalis L.)
Bo„yi 1-1,5 m keladigan ko„p yillik o„t o„simlik. yuvropada, Kavkazda, Sibirda va Uzoq
SHarqda o„sadi. Markaziy Osiyo davlatlarida o„stiriladi.
O„simlikning ildizi va ildizpoyasi 3-5% gacha efir moyi hamda izovalerian kislota va
boshqa bir qator moddalar saqlaydi. Valeriananing ta‟siri tarkibidagi organik moddalar
aralashmasiga bog„liq. Uning ta‟siri xilma-xil. CHunonchi, MNS ga sedativ va trankvilizator
(tinchlantiruvchi) ta‟sir etadi. Bundan tashqari, yurak faoliyatini jonlantiradi, silliq mushaklar
spazmini yo„qotadi (spazmolitik ta‟sir), jigar o„tini haydaydi, me‟da sekrestiyasini kuchaytiradi.
Tinchlantiruvchi ta‟siri MNS qo„zg„aluvchanligining pasayishi, tormozlanish jarayoni oshishi
bilan tushuntiriladi. Retikulyar formastiyaga tormozlovchi ta‟siri ham bor. Valeriana uxlatuvchi
dorilar ta‟sirini kuchaytiradi, uyqu kelishiga imkon tug„diradi. Analeptiklar keltirib chiqaradigan
qaltirashni kamaytiradi. Toj qon tomirlarni kengaytiradi va gipotenziv ta‟siri ham sezilarlidir.
O„simlik ildizidan tayyorlangan fitopreparatlar, galen preparatlari asabning buzilishi,
hayajonlanish, telbalik, halovatning buzilishi bilan kechadigan (nevroz, nevroasteniya,
vegetonevroz va b.) holatlar, uyqusizlikda, migrensimon bosh og„rig„ida tavsiya etiladi. Ayniqsa
yurak-tomir nevrozlarida, stenokardiya va gipertoniya xastaliklari boshlanayotganda naf beradi.
Asosiy preparatlari:
Valeriana damlamasi (Infusum Valerianae) 1:10 nisbatda tayyorlanadi. 2-3 qoshiqdan
kuniga ovqatdan keyin 3-4 marta ichiladi.
Valeriana nastoykasi (Tinctura Valerianae) 1:5 nisbatda tayyorlanadi. 20-30 tomchidan
kuniga 3-4 marta ichiladi. Flakonda 30 ml dan chiqariladi.
Valeriananing quyuq ekstrakti (Extr.Valerianae spissum). Tabletka holida chiqariladi (0,02
g) 1-2 tabletkadan ichiladi.
Bulardan tashqari, tarkibida valeriana saqlagan qo„yidagi kompleks preparatlar mavjud.
Validol (Validolum) Izovalerian kislotaning mentol efirida erigan mentol (25%), tabletka
shaklida (0,06g), flakonda (5 ml), kapsulada (0,05g) chiqariladi. Tabletka va kapsulalari til ostiga
quyiladi, spirtli eritmasi 4-5 tomchidan qandga tomizilib til ustiga qo„yiladi. Stenokardiyada,
nevrozda, qusishda beriladi.
Valokormid (Valocormidum). Tarkibida valeriana nastoykasi (10 ml), marvaridgul
nastoykasi (10ml), belladonna naytoykasi (5 ml), natriy bromid (4g), mentol (0,25g),
56
distillangan suv (30 ml gacha) bor. Preparat tinchlantiruvchi va spazmolitik xossalarga ega.
YUrak-tomir nevrozlarida bo„ladigan bradikardiyada beriladi.
Korvalol (Sorvalolum). Tarkibida bromizovalerian kislotaning etil efiri (2%),
fenobarbital (1,8%), natriy ishqori (3%), qalampiryalpiz efir moyi (0,14%), etil spirti (96%) va
distillangan suv (100% gacha) bor. 15-30 tomchidan 2-3 marta nevrozda, stenokardiyada,
uyqusizlikda, gipertoniyaning boshlag„ich davrida, me‟da-ichak sanchig„ida, taxikardiyada
beriladi.
Tinchlantiruvchi yig„ma (Speccis sedativae). Tarkibiga valeriana ildizpoyasi bilan ildizi,
qalampiryalpiz bargi, uchbargli leniantes (2 qismdan), qulmoq g„uddasi (1 qism). 2 osh
qoshiqdan olib qaynab turgan 1 stakan suvga solinadi, 30 daqiqadan keyin suziladi. YArim
stakandan 2 marta (ertalab va kechqurun) ichiladi.
Kamfora - valeriana tomchisi (Guttae Tinctura Valerianae cum Camforae). Tarkibida
kamfora (10g), valeriana nastoykasi (100 ml gacha) bor. YUrak-tomir nevrozlarida 25-20
tomchidan kuniga 3 marta ichiladi. Flakonda 10ml dan chiqariladi.
4. Arslonquyruq. Pustirnik pyatilopastnoy (Leonurus L.)
O„simlikning besh bo„lakli arslonquyruq (Leonurus quinquelobatis Gilib), oddiy
arslonquyruq (Leonurus sordiaca L), Turkiston arslonquyrug„i (L.turkestanicus V. Krecz. et
Kupr.) turlari ishlatiladi. Bular ko„p yillik, bo„yi 50-150 sm keladigan o„t o„simlik bo„lib,
Kavkazda, Ђarbiy Sibirda, Markaziy Osiyoda o„sadi. O„simlikning ishlatiladigan er ustki qismi
glikozidlar, alkaloidlar, efir moyi, flavonoidlar (kversetin, rutin, kvinkvilozid va b) A
provitamini, S vitamini, oshlovchi va bo„yoq moddalar saqlaydi.
O„simlik o„tidan tayyorlangan fitopreparatlar (naytoyka, damlama, cuyuq ekstraktlar)
valeriana o„simligi singari tinchlantiruvchi ta‟sirga ega. Ular laboratoriya hayvonlari harakatini
kamaytiradi, uxlatuvchi moddalar ta‟sirini uzaytiradi, analeptiklar ta‟sirini zaiflashtiradi, qon
bosimini tushiradi, kardiotonik ta‟sir qiladi. Arslonquyruq fitopreparatlari ayrim ta‟sirlari
bo„yicha valerianadan kuchliroqdir. SHunday ta‟sirga o„simlikning xamma 3 xil turi ega. Bu
preparatlar asab kasalliklarida, nevroz, vegeto - nevroz, nevraasteniya, psixoasteniya, bundan
tashqari, uyqusizlikda, gipertoniya, stenokardiyada tavsiya etiladi.
Arslonquyruq damlamasi (Infuzium Leonuri) 15,0-200 ml nisbatda tayyorlanadi. 2-3
qoshiqdan kuniga 2 marta ovqatdan 1 soat oldin ichiladi.
Arslonquyruq nastoykasi (Tinktura Leonuri) 1:5 nisbatda 70% spirtda tayyorlanadi. 30-50
tomchidan kuniga 3-4 marta ichiladi. Arslonquyruq suyuq ekstrakti (Ekstractum Leonuri
fluidum) 1:2 nisbatda tayyorlaniladi. 15-20 tomchidan kuniga 3-4 marta ichiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |