TibbiyotdaNarkotik xossaga EGA bo‘lgan moddalardan meditsinada foydalanish



Download 139,79 Kb.
bet1/22
Sana04.01.2021
Hajmi139,79 Kb.
#54597
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Microsoft Word Document


TibbiyotdaNarkotik xossaga ega bo‘lgan moddalardan meditsinada foydalanish

Asqarov I.R. k.f.d. professor Xamdamova M. D.

Xozirgi kunda 20000dan ortiq kimyoviy moddalardan turli farmakologik preparatlar, eruvchan va uchuvchan moddalar va dori-darmonlar ko‘rinishida foydalaniladi. Bular orasida narkotik tabiatiga ega bo‘lgan moddalar aloxida o‘rin tutadi. Farmakologik sinflanishiga ko‘ra “V” guruxiga (markaziy nerv tizimiga kuchli ta’sir etib, tirik organizmni moyilikka chaqirish xususiyatiga ega bo‘lgan preparatlar guruxi) kiruvchi dori preparatlari bo‘lib, ularni ishlab chiqarish, chakakna va ulgurji savdoda aylantirish, tibbiyotda ko‘llanilish jarayonlari davlat va sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratidadir. Yuqorida keltirilgan jumlamizning isboti sifatida O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PQ 4438-sonli “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarorini keltirish mumkin. Qaror ijrosiga ko‘ra 2019-yilning 1-dekabridan boshlab, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan (narkotik tabiatga ega ) dorilarning chakana savdosi faqat ijtimoiy dorixonalar, tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.

Meditsinada narkotik xossaga ega bo‘lgan preparatlardan umumuiy og‘riq qoldiruvchi vositalar, ya’ni jarroxlik amaliyotidagi narkoz preparatlari sifatida qo‘llaniladi. Bu guruhni umumiy og`riq qoldiruvchi vositalar – umumiy anestetiklar deb ham yuritiladi. Chunki ular odam yoki hayvonga qaysi yo`l bilan yuborilmasin butun organizmda og`riq sezuvchanligining yo`qolishi va boshqa o`zgarishlar bilan davom etadigan narkoz holatini keltirib chiqaradi. Narkoz – bu narkoz moddasi ta`sirida es-xush, sezgilarning hamma turi (og`riq, harorat, taktil), orqa miya reflekslari butunlay yo`qolgan, tana mushaklari bo`shashib, harakatsizlangan, shuning bilan bir vaqtda nafas va yurak faoliyati bir me`yorda saqlangan holat. Bu holat asta-sekin bosqichma-bosqich boshlanadi. Narkoz moddalarining bunday ta`siri ularning fizik-kimyoviy xossalariga, yuborish yo`llariga, usuliga, miqdoriga va boshqalarga bog`liq.

Ilk og‘riqsizlantirish vositalari sifatida afyun, kanop, sikuta va boshqa turdagi o‘simliklardan damlama, qaynatma dori ko‘rinishida tayyorlangan yoki suyuqlik shimdirilgan uxlatuqchi gubkalar (ularning yondirilishidan ajralib chiqqan gaz uyqu chaqiruqchi vazifasini o‘tagan) ko‘rinishida foydalanilgan. Narkotik xossaga ega bo‘lgan narkoz moddalarining tarixiga nazar tashlasak, birinchi bo`lib azot (I)-oksidning narkoz holatini keltirib chiqarishi to`g`risida 1779-yilda Daviy tomonidan aytilgan va faqat 1844-yilda Uells narkoz moddasi sifatida qo`llagan. 1842-yilda xirurg Long jarrohlik operatsiyalarida dietil efirni ishlatgan va bu to’g`risida faqat 1852-yilda maqola chop etilgan. Stomatolog Morton esa 1846-yilda efirning narkoz moddasi sifatida ishlatib tishni og`riqsiz olib tashlagan va bu to`g`risida 1846-yilda o`z maqolasida xabar bergan. Shu sababli 1846-yilning 16-oktyabri narkozning kashf qilingan kuni deb rasmiy qabul qilingan.

Narkoz vositalarining MNTga ta`sir etish tartibi quyidagicha:

I bosh miya II orqa miya III uzunchoq miya




Download 139,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish