Ta`sir mexanizmi. Narkoz moddalarining asosiy farmakologik ta`siri markaziy nerv tizimiga qaratilgan bolib, kimyoviy preparatlar yordamida anesteziologlarga markaziy nerv tizimini (to’liq yoki qisman )boshqarish imkoniyatini beradi. Ularning ta`siri natijasida birinchi galda bosh miya po`stlog`ining faoliyati susayadi va narkozning birinchi davri boshlanadi. Narkoz moddalarining qondagi konsentratsiyasi ortib borgan sari bosh miya po`stlog`ining idora etadigan, nazorat qilish faoliyati zaiflashadi. Bu narkozning ikkinchi qo`zg`alish davriga to`g`ri keladi. Uchinchi davrda esa orqa miya faoliyati butunlay tormozlanadi, vaqtinchalik qaytar falajlikka uchraydi. Bunda uzunchoq miyada joylashgan hayot uchun zarur markazlar (nafas, qon-tomir harakati va hk) faoliyati saqlanadi, chunki ularning narkoz moddasiga sezuvchanligi kamroq. Narkoz moddasining qondagi miqdori haddan tashqari ortib ketsa, uzunchoq miya markazlari ham tormozlanadi, falajlanadi. Bu narkozning zaxarlanish qaytmas falajlik davri deyiladi. Buni oldini olish va bartaraf etish tadbirlari ko`rilishi shart. Xulosa qilib aytganda, narkoz davrida kuzatiladigan bosqichlar, o`zgarishlar narkoz moddasining qondagi konsentratsiyasiga va markaziy nerv tizimi bo`limlarining sezuvchanlik darajasiga ko`p tomonlama bog`liq. Jarrohlik amaliyotining xavfsiz, asoratsiz, muvaffaqiyatli o`tishini asosan anestiziologning mahorati ta`minlaydi.
Narkoz holatini kelib chiqishi bo`yicha bir necha nazariyalar mavjud. Masalan, narkoz moddasining bunday ta`siri ularning fizik-kimyoviy (yog`da eruvchanligi) xususiyatlariga (Overton va Mayer), nerv hujayralari sitoplazmasining vaqtinchalik koagulyatsiyaga uchrashiga (Bernar va Berkfort), hujayra pardasida moddaning egilishi natijasida membrananing o`tkazuvchanligini buzilishiga va boshqa jarayonlarga bog`liq. I.V. Makarovning fikricha, narkoz holati qo`zg`alish impulsining sinapslardan o`tishini buzilishi sababli yuzaga keladi. Aloya (1991-y) fikricha, umumiy anestetiklarga xos bo`lgan katta ahamiyatli neyrofiziologik samara hujayralar ta`sir bo`sag`asining oshishidir. Narkoz moddalari neyronlarning o`z-o`zidan paydo bo`ladigan qo`zg`atilgan faolligini pasaytiradi. Ular aksonlar va sinapslar orqali impulslar o`tishini buzadi.
Quyidagi jadvalda narkozning komponentlari va ular uchun mos ravishda yurtimiz sharoitida eng ko‘p qo‘llaniladagan narkoz preperatlari qatori jadval ko‘rinishida keltirilgan.
№
|
Komponent nomi
|
Komponent ma’nosi
|
Komponent preparatlari
|
1
|
Premedikatsiya
|
Narkoz borishini yengillashtirish (tinchlantirish) uchun bajariladigan ilk vosita
|
Atropin, Diazepam,
Fenazepam
|
2
|
Anesteziya
|
Sezuvchanlikni yoqotish (Transkvilizatorlar- tinchlantiruvchi vositalardir)
|
Lidakain 10%,Tetrapain gidroxlorid, Longakain,
Ketamin, Kalipsol, Profol 1%, Tiopentanal Na, Sibazon, Predion, Dormikum,Azot (I) oksid, Siklopropan, Ftoratan, Izofluran, Ftorotan,
|
3
|
Analgeziya
|
Og‘riqsizlanirish
|
Narkotik analgetiklar- Morfin 2%, Omnoporol 2 % va 1 %, Promedol 1% va 2%, Fentalin (Suffentalin) 0,005%
Nonarkotik analgetiklar-
Analgin, Paratsetamol 1%
|
4
|
Miorelaksatsiya
|
Muskul to‘kimalarining bo‘shashishi
|
Ditilin, Arkuron,
Arduvon
|
5
|
Gemodinamika
|
Qonning tomirlararo xarakatlanishi asosida
|
Sevofluran,
|
Do'stlaringiz bilan baham: |