TibbiyotdaNarkotik xossaga EGA bo‘lgan moddalardan meditsinada foydalanish



Download 139,79 Kb.
bet10/22
Sana04.01.2021
Hajmi139,79 Kb.
#54597
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Microsoft Word Document

Enfluran (etran)

Ilk bor 1986 yilda ta’rif berilgan. Biroz shirin ta’mga ega shaffof suyuqlik. Qo’zg’alishlarsiz, yonishga va portlashga moyil emas. Anestetiklik xossasini yaqqol namoyon qiladi va kuchsiz analgetik sifatida ham qo’llaniladi (ftorotanga nisbatan ikki barobar kuchsiz). Preparat bilan kechadigan narkoz jarayonlarida taxikardiya va gipotenziya holatlari kuzatilib, yurak urushi chastotasining oshishi kuzatiladi. Qizilo’ngach va tomoq reflekslarini qisman yemiradi. Organizmga ta’sir kuchi va havfsiz qo’llanilishi jihatidan narkoz uchun efiri va ftorotan o’rtasida oraliq o’rinni egallaydi. Vena ichiga yuboriluvchi anestetiklar bilan kombinatsiyasidan narkoz sifatida yuborilib foydalaniladi. Tuzilish formulasi:

(9)

Izofluran (Foran)

Rangsiz suyuqlik bo’lib, yonishga va portlashga moyil emas. Izofluranni konservantlarsiz saqlash mumkin, shuning uchun ham turli agentlar ta’siriga qarshi yuqori barqarorlikka ega. Be’mor qo’zg’alish holatlarisiz tez uyquga ketishi va uyg’ongandan so’ng og’riqsizlantiruvchi xossasini saqlab qolishi izoflurlangan narkozning o’ziga xosligini isbotlaydi. Izofluranning gemodinamika va gazalmashinuviga nisbatan toksinli ta’siri yo’q, balki, muskul to’qimalarini bo’shashtirish xususiyatining yuqoriligi bilan ajralib turadi. O’zbekistonda izoflurandan eng ommabop ingalyatsin suyuqlik sifatida foydalaniladi. Foran narkozida taxikardiya va to’qimalarning qonashi kuzatilishi mumkin. Tuzilish formulasi:

(10)



Trixloretilen – ta`siri bo`yicha o`ta kuchli narkoz moddasi bo`lib, juda tez kor qiladi. Organizmga yuborish to`xtatilgandan so`ng 2-3 daqiqa o`tgach bemor uyg`onadi. Narkozning birinchi bosqichidayoq og`riqni butunlay bartaraf etadi. Nafas yo`li silliq pardalarini ta`sirlantirmaydi, bachadon faoliyatiga, homilaga ta`sir etmaydi, boshqa ichki a`zolarga (jigar, buyrak) salbiy ta`siri bilinar-bilinmas. Shu sababli trixloretilen asosan qisqa muddatli jarrohlik amaliyotlarida (flegmona, abtsess va boshqa yiringli yaralarda) hamda akusherlikda tug`ish jarayonida og`riqni qoldirish maqsadida qo`llanadi. Trixloretilen boshqa xlor saqlovchi narkoz moddalari (ftorotan) singari miokardning katexolaminlarga (adrenalin, noradrenalin) sezuvchanligini oshirib, ko`ngilsiz holatlarni (yurak aritmiyasi) keltirib chiqarishi mumkin. Jigar va buyrakning og`ir kasalliklarida tavsiya etilmaydi. Trixloretilen narkoz uchun (Trichloraetxilenum pro narcosi). 100ml dan flaqonda chiqariladi. Tuzilish formulasi:

(11)

Xloretil - yengil va tez uchuvchan suyuqlik bo`lib, bug`lari bilan nafas olinadigan bo`lsa, umumiy narkoz holatini beradi. Bunday ta`siri ancha kuchli namoyon bo`ladi va og`riqni yaxshigina qoldiradi. Narkozning qo`zg`alish davri ro`y-rost bilinadi. Bundan tashqari, preparatning narkotik ta`sir doirasi tor bo`lgani sababli zaxarlanish xavfi tug`iladi. Shuning uchun u xirurgik narkoz uchun ishlatilmaydi. Faqat narkozning birinchi davrida qisqa muddatli analgeziya (raush narkoz) olish uchun kichik jarrohlik muolajalarini bajarishda qo`llanadi.

Tibbiyot amaliyotida xloretilning boshqa xususiyati ko`proq ishlatiladi. Uning qaynash harorati juda past (120) bo`lgani uchun teriga tushganida tezda bug`lanadi va shuning natijasida to`qimani muzlatib, qisqa muddatga yuzaki og`riqsizlantiradi. Turli shikastlanishlarda, yuzaki og`riqlarda va boshqalarda keng qo`llanadi. Xloretil (Aethyli chloridum) 30ml dan ampulalarda chiqariladi. Tuzilish formulasi:



(12)


Download 139,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish