59
talaffuzni bilish umumiy mazmunni tushunishda, grammatikani egallash
mazmunni aniq tafsilotlari bilan fahmlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Qisqasi, tinglab tushunish deganda, so’zlovchining nutqini bevosita yoki
texnikaviy vositalar yordamida eshitib idrok etish yoki fahmlash tushuniladi.
Boshqacha
qilib aytganda, tinglab tushunish o’zgalar nutqini (jonli tarzda yoki
mexanik yozuvdagisini) idrok etish hamda mazmunini fahmlab etish ma’nosini
ifodalaydi.
Tinglab tushunishda eshitish sezgisi va analizatori orqali axborot olishning
asosiy manbalari sifatida muallim nutqi, auditiv-texnikaviy qurollardan –
magnitafon yozuvi, radio eshittirish,
ovozli diafilm, kino (video) film yoki undan
parcha hamda televizion ko’rsatuvlar xizmat qiladi. Tinglab tushunish uchun
manba sifatida muallim, audiokasseta, radioeshittirish, ovozli dia- yoki kinofilm va
kinoko’rsatuvlardagi inglizcha nutq asos bo’lib xizmat qiladi. Audiomatn bir marta
tinglab tushuniladi. Ikki va undan ortiq marta tinglanganda, har bir holatda yangi
o’quv topshirig’i beriladi. Masalan, (1) Listen and answer the questions; (2) Listen
and give attention to ...; (3) Listen and find ... va h.k.
Tinglab tushunish ingliz tili o’qitishda ta’lim
maqsadi va vositasi tarzida
o’rganiladi. Tinglab tushunish maqsad sifatida tilni amaliy o’rganish – ingliz tilida
axborot olishni nazarda tutadi. Tinglab tushunish ta’lim vositasi sifatida til
materiali (leksik, grammatik va talaffuz birliklari)ni nutqda qo’llashni nazarda
tutadi.
Tinglab tushunish nutq faoliyatining asosiy turlaridan biri sifatida maktab va
oliy o’quv yurti sharoitiga tatbiqan maqsad va vosita tarzida o’rgatiladi: (1) og’zaki
muloqotni egallash, ya’ni bir paytning o’zida gapirish va tinglab tushunishda
suhbatdoshlar navbatma-navbat gapirish va tinglab
tushunish amallarini
bajaradilar; (2) tinglab tushunish kommunikativ faoliyatning alohida turi sifatida
egallanadi, boshqacha aytganda, og’zaki hikoya, kinofilm tarzida tinglanadigan
nutqdagi axborot(informatsiya)lar o’zlashtiriladi.
60
Tinglab tushunishning muvaffaqiyati bir qator omillarga bog’liq bo’lib,
ulardan eng muhimlari jumlasiga tinglovchining individual yosh xususiyatlari,
idrok qilish sur’ati, sharoiti (tezlik,
axborotlar miqdori va xajmi, idrok qilish
tayanchlari) kabilarni kiritish mumkin.
Yuqoridagi fikr va mulohazalar asosida og’zaki nutqni o’rgatish
masalalarining tahlili quyidagi lingvometodik xulosalarni chiqarishimizga imkon
beradi:
1. Og’zaki nutqni o’rgatish o’rta maktabda shakllangan ko’nikma va
malakalar asosida rivojlantiriladi.
2. Og’zaki nutq ta’limning amaliy maqsadi maqomida emas, balki muloqotni
ta’minlovchi vosita sifatida o’rgatiladi.
3. Og’zaki nutqni o’rgatishda o’quvchilarining lingvistik tayyorgarligi, yosh
xususiyatlari va motivatsion jihatini e’tiborga olib o’rta maktabda o’rganilgan
“O’quvchi tevarak-atrofi”, “Vatanimiz O’zbekiston”, “Tili o’rganilayotgan
mamlakat(lar)” va ularga qo’shimcha ixtisoslikka oid sohaviy mavzular olinadi.
Og’zaki nutqni o’rgatishda til tajribasini ishga solish,
fikr va mulohazaga
munosabat bildirish kabi malakalar shakllantiriladi.
Ingliz tili ta’limidagi gapirish mavzulari tinglab tushunish uchun ham
dahldordir. Tinglab tushunish adaptiv tarzda o’rgatiladi, ya’ni o’quvchilarning
umumiy saviyasiga moslashtiriladi.