The ministry of higher and secondary specialized education of the republic of uzbekistan the regional center for retraining and professional


III BOB O’RTA UMUMTA’LIM MAKTABI VA NOFILOLOGIK



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/26
Sana06.03.2022
Hajmi0,85 Mb.
#484613
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
Akademik litseylarda ingliz tili o\'qitish metodikasining qiyosiy tahlili

III BOB O’RTA UMUMTA’LIM MAKTABI VA NOFILOLOGIK 
OLIY O’QUV YURTLARIDA INGLIZ TILIDA NUTQ FAOLIYATI 
TURLARINI O’RGATISHNING QIYOSIY TAHLILI 
III.1. O’rta umumta’lim maktabi va nofilologik oliy o’quv yurtlarida 
ingliz tilida og’zaki nutqni o’rgatish bo’yicha talablar 
Insonning har qanday faoliyati, jumladan, nutqiy faoliyat ham, tuzilishiga 
ko’ra undovchi (motivatsion), yo’llovchi va ijro qismlaridan iboratdir. Nutqiy 
faoliyatning motivatsiyasi shaxs harakatining murakkab aloqalaridan tashkil 
topgan bo’lib, u ehtiyoj, maqsad tufayli sodir bo’ladi. Nutqiy faoliyatga asosan 
ichki va tashqi motivlar sabab bo’lishi mumkin. Nutqiy faoliyatning ichki 
turtkisiga o’quvchining bilish-kommunikativ ehtiyoji sababchi bo’lsa, muallimning 
tashqi motivi o’quvchilarga turtki beruvchi, qo’zg’atuvchi, dalda beruvchi, 
kuchaytiruvchi omillardan hisoblanadi.
Shaxs fikrining shakllanish jarayoni nutqni ifodalashning vosita va usullarini 
tanlashdan iboratdir.
Faoliyatning ijro, amalga oshirish bosqichi gapirish, tinglab tushunish, o’qish 
va yozuv sifatida namoyon bo’ladi. Fikr nutq faoliyatining predmeti, til uning 
vositasi, nutq esa chet til amaliyoti uchun fikrning shakllanish va ifodalanish usuli 
deb belgilanadi.
Chet tilda nutq faoliyatining reproduktiv (gapirish, yozuv) va retseptiv 
(tinglab tushunish va o’qish) turlarini egallash bir-biridan farq qiladi. Nutq 
malakalariga qo’yiladigan talablarni yoritishda, avvalo, bilim, ko’nikma va malaka 
tushunchalarini tahlil etish zaruriyati tug’iladi.
Hozirgi zamon chet til o’qitish metodikasida nutqiy malakalarni egallash nutq 
faoliyati nazariyasi (psixolingvistika) ma’lumotlariga muvofiq tahlil etiladi. 
Bilimlar – odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyoti jarayonida to’plagan 
umumlashgan tajribasidir. Didaktik atama 
bilim
ta’lim maqsadiga muvofiq 
keladigan, o’zaro bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan axborot (ma’lumot)lar 


50 
tizimini ifodalaydi. Chet til metodikasida bilim tushunchasi qamroviga nutqda 
leksika, grammatika va talaffuzni o’zlashtirish va ularga oid sodda qoidalarni bilish 
kiradi. Bizningcha, bilimning bosh mezoni uning amaliyotga bevosita tatbiq 
etilishidir. Bilim nutq faoliyati uchun o’ta zarur bo’lgan, uni takomillashib 
borishida vosita vazifasini bajaradigan omillardan biridir.
Nutq malakalarining yana bir tarkibiy qismi – 
ko’nikma
dir. Ko’nikma hosil 
qilish ish-harakat yo’l va usullarini bilib olish, ularni amaliyotda qo’llay bilishdir. 
Ko’nikma bilimdan farq qiladi. Har qanday ko’nikma bilimni talab qiladi. Biroq 
bilim hamma vaqt ham ko’nikmaga bog’liq bo’lavermaydi. Bilim muhokamalar 
orqali shakllanib boradi. Bular aqliy va jismoniy bo’lishi mumkin. Masalan, 
o’quvchi grammatik qoidalarni bilishi, ularni istalgan vaqtda takrorlab borishi 
mumkin-u, lekin ulardan amaliyotda foydalana olmasligi mumkin. Shularni 
hisobga olib, biz ko’nikmani amaliy faoliyatga taalluqli hodisa deyishimiz 
mumkin. 
Ruhshunoslikda keng tarqalgan ta’riflardan birida ko’nikmani “ongli 
avtomatlashgan 
harakat” 
sifatida 
baholanadi. 
Huddi 
shunday 
talqinni 
ta’limshunoslikda ham uchratish mumkin: ya’ni ko’nikmaga “u yoki bu harakatda 
bilimlarni ongli va to’g’ri qo’llash” deb qarash ham mavjud. Yana bir talqinda 
ko’nikma “u yoki bu harakatni bir xil sharoitda ko’p marta takrorlash natijasida 
hosil qilinadigan ongli faoliyatdagi avtomatlashgan qism” deb ta’riflanadi. Ingliz 
tili ta’limida ko’nikma o’quvchilarning olgan bilimlariga asoslanib qo’yilgan 
vazifa va shartlarga binoan bajaradigan harakatlar yig’indisi, ya’ni ko’nikma hosil 
qilish, mehnat qilish yo’l va usullarini bilib olish, o’z bilimlarini amalda qo’llay 
bilish demakdir. Qisqasi, ko’nikma ilgari egallangan tajribalar asosida muayyan 
faoliyat yoki harakatni ongli ravishda takrorlanishi yoki amalga oshirilishi, mashq 
qilish natijasida bajariladigan harakatlar yig’indisi hisoblanadi. 
 
Ruhshunoslik va ta’limshunoslikda mavjud nuqtai nazarlarga ko’ra 
malaka
inson olgan bilim va ko’nikmalarni amaliy faoliyat chog’ida sobitqadamlik bilan 
ijodiy qo’llay olish qobilyatidir. Malaka avtomatlashgan ko’nikma bo’lib, biror 


51 
ishni amalda qiyinchiliksiz, ortiqcha bilim va iroda kuchi sarflamasdan bajara 
olish, boshqacha aytganda, muayyan harakatlarni bajarish jarayonlarining 
tezlashishi yoki qisman avtomatlashuvidir. Avtomatlashuv (avtomatizatsiya) til 
birligining nutqda erkin qo’llanishidir.
Ta’lim jarayonida bilim, ko’nikma va malakalar o’zaro uzviy bog’lanadi. 
Lekin bunda yetakchi rolni, albatta, bilim egallaydi. O’quvchilar bilimlar asosida 
muayyan ko’nikma va malakalarni egallaydilar. Ko’nikma va malakalarning 
umumiy hamda farq qiluvchi tomonlari mavjud. Umumiyligi shundaki, ko’nikma 
va malakalar o’quvchilarning olgan bilimlari asosida bajariladigan faoliyat 
usullarini tashkil etadi, boshqacha aytganda, ushbu bilimlar amaliyotga o’tadi. 
Ko’nikma va malakalar ham, o’z navbatida, bilimlarni egallash jarayoniga o’zining 
ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Demak, egallangan bilim mashq yordamida ko’nikmaga, so’ngra doimiy 
mashqlar vositasida malaka darajasiga ko’tarilar ekan. Bilim asosida ko’nikma va 
malaka hosil bo’lishi fanda anchagina tadqiq etilgan sohalardan biridir. Bilim, 
ko’nikma va malaka ingliz tili o’rganishda o’ziga xos munosabat kasb etadi va 
o’quv predmetining xususiyatini aks ettiradi. Bu jarayonlar nutqiy faoliyatni 
vujudga kelishida muhim omillardan biridir. Chet til o’qitish metodikasida nutq 
malakalari gapirish, tinglab tushunish, o’qish va yozuv faoliyatlari bilan bog’liq 
holda tadqiq etiladi.
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida ingliz tili o’qitishning 
amaliy maqsadlaridan biri 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish