42
II.3. Ingliz tili materialiga oid ko’nikmalarni shakllantirishning qiyosiy
tahlili
Leksikani metodik tayyorlash tadbiri metodistlar tomonidan bajarilgach,
uning natijalari bevosita o’qitish amaliyotiga joriy etiladi. O’rgatishga
tayyorlangan leksik material yuzasidan darsda va boshqa mashg’ulotlarda muallim
ishtiroki va rahbarligida o’quvchilar leksik ko’nikmalarni egallaydilar. Mazkur
tadbir o’qitish metodikasida leksik ko’nikmalarni shakllantirish bosqichi deb
ataladi. Leksik ko’nikmalarni shaklantirish uch bosqichda o’tishi tadqiqotlarda
ko’rsatib o’tilgan. Bunda birinchi bosqich yangi so’z bilan tanishishdan boshlanib,
ikkinchi bosqichda leksika nutq jarayonida qo’llana boshlaydi. Uchinchi bosqichda
esa o’rganilayotgan so’z nutq faoliyati turlarida, malaka tarkibida o’zlashtiriladi.
Tanishish (prezentatsiya) bosqichida so’zning shakli, ma’nosi va qo’llanishi
yuzasidan mashq bajariladi. Yangi so’z ma’nosi bilan tanishish, ma’lumki, ikki
usulda amalga oshiriladi: tarjimasiz va tarjima vositasida.
Tarjimasiz usul ichki va tashqi ko’rgazmalilikdan foydalanilgan holda amalga
oshiriladi. Yangi so’z tarjimasiz usul bilan o’rgatilganda narsa, rasm, hatti-harakat
namoyish qilinib, mana bunday topshiriqlar beriladi: so’z ma’nosini fahmlab oling
(masalan, kitob ko’rsatiladi va uning nomi ingliz tilida jumla tarzida aytiladi).
Tarjimasiz usulda antonim, sinonim, so’z yasash elementlari, kontekst,
ta’riflashdan ham foydalanish mumkin. Tarjimasiz usul narsa nomini, uning hajmi,
rangi yoki harakatni ifodalovchi so’zlarni taqdim etishda kengroq qo’llaniladi.
Tarjimadan foydalanish zarurati paydo bo’lganda, uning ikki turidan
foydalanish mumkin: birinchisi oddiy (so’zma-so’z) tarjima, ikkinchisi esa tarjima-
izoh. Bunda kontekstdan ajratib olingan yangi so’zning bevosita tarjimasi
keltiriladi yoki ayrim hollarda tarjima izohlanadi.
Yangi so’z ma’nosini mustaqil tarzda o’rganish usuli ham kollej tajribasida
keng tarqalgan. Ayniqsa, o’qish malakasini egallash chog’ida yangi so’zlarning
ko’p qismi lug’at yordamida o’rganish uchun beriladi.
Leksik birlikning ma’nosi bilan tanishish uni o’zlashtirish yo’lidagi birinchi
43
bosilgan ta’limiy qadam, xolos. Ikkinchi bosqichda so’zlarni jonli nutqda qo’llash,
ya’ni ko’nikma hosil qilish uchun leksik mashqlar bajariladi. Mashqlarning asosiy
turlari: (1) lug’at tarkibini kengaytirish, (2) retseptiv va reproduktiv tarzda
o’zlashtirish, (3) turli leksik birliklar (so’z, turg’un so’z birikmasi, nutq klishesi)ni
o’rganishga bag’ishlanadi.
Yangi leksik birlikning ma’nosini ochish (semantizatsiya) chog’ida
qo’llaniladigan metodik usullar so’zning xususiyati, aktiv/passiv leksikaga oidligi,
ta’lim bosqichi va o’quvchilar saviyasi, so’zning taqdim etiladigan shakli(eshitib
yoki o’qib idrok etish), yangi birlikni tanishtirish joyi (dars, uy, darslik lug’at) kabi
omillarga bog’liq bo’ladi.
Leksikaning qo’llanishi ko’nikma hosil qilishda oxirgi bosqich bo’lib, manosi
ochilgan va nutqda ishlatila boshlagan so’zni nutq jarayonida ishlatish, ya’ni
ko’nikmani malakaga o’tish davridir. Mazkur bosqichda o’quvchi so’zni nutqda
mustaqil ishlata olishni o’rganadi. O’zlashtirganlik ko’rsatkichi leksikani nutqda
erkin qo’llay olish yoki tanib olishdan iboratdir. Fikr bayon etish va tushunishda
o’quvchi so’zni bemalol qo’llasa, yoki tanib olsa, bu leksik ko’nikmalarni
shakllanganligidan dalolat beradi. O’zlashtirganlik ko’rsatkichi leksikani nutqda
erkin qo’llash va tanib olishdan iboratdir.
Ingliz tili leksikasini o’rganishda nutq birlamchi, leksika esa vosita vazifasini
bajaradi.
Yuqoridagi bildirilgan fikrlar asosida o’rta maktab va nofilologik oliy o’quv
yurti ingliz tili ta’limida leksikani o’rgatish bo’yicha quyidagi xulosalarni
chiqarish mumkin:
1. Ushbu ikalla o’quv yurtida ham ingliz tili leksikasini o’rgatish nutq
faoliyati turlarini egallash vositasi sifatida talqin qilinadi.
2. Ingliz tiliga ajratilgan vaqt(soatlar)ning chegaralanganligi munosabati
bilan leksik minimum muayyan metodik printsiplar asosida tanlab olinadi.
3. Leksik minimumni tanlash o’qitish maqsadlariga bo’ysundiriladi.
44
4. Leksik minimumni tanlashda o’quv yurti turi, jumladan, maktab va oliy
o’quv yurti yo’nalishlari ham inobatga olinadi, jumladan sohaviy passiv leksik
minimumga alohida e’tibor beriladi.
Grammatika sohasidagi eng dolzarb masalalardan biri grammatik
ko’nikmalarni shakllantirishdir. Grammatik hodisalarni nutq faoliyati turlarida
erkin qo’llay oladigan bo’lishlari uchun o’quvchilarda grammatik ko’nikmalarni
shakllantirish talab etiladi. Grammatik ko’nikma deganda, nutqda morfologik-
sintaktik hodisalarni avtomatlashgan tarzda qo’llashni va tanib olishni ta’minlovchi
amallar tushuniladi.
Grammatik ko’nikmalarni shakllantirish taqdimot, mashq qilish, qo’llash
bosqichlaridan o’tadi. Taqdimot bosqichida yangi grammatik birlikni tanishtirish
(nutq namunasida taqdim etish), o’rni kelganda, ularni tushuntirish va dastlabki
grammatik amallarni bajarish nazarda tutiladi. Mashqlarni bajarish bosqichida
e’tibor grammatik ko’nikmani hosil qilishga qaratiladi. Grammatik hodisani nutq
faoliyati turlarida qo’llash bosqichida grammatik ko’nikmalarni malakaga
aylanishi ustida ish olib boriladi.
Grammatik materiallarni taqdim etishda induktiv va deduktiv usullardan
foydalaniladi. Induktiv usuldagi taqdimotda avval misollar beriladi va keyin
qoidaga o’tiladi. Deduktivda esa qoida (yoki nutq namunasi) berilib, so’ngra
misollarda mashq qilinadi. U yoki bu usulni tanlashda quyidagi metodik omillar
hisobga olinadi: (1) grammatik hodisaning tabiati shaklning o’xshashligi,
ma’noning oson ochilishi induktiv usuldan foydalanishni taqozo etadi. Masalan,
sifatlarning ingliz tilidagi qiyosiy va orttirma darajalarining yasalishidagi aniq
belgilarning mavjudligi induktsiyani talab etadi; (2) o’xshashlik induktsiyani,
tafovut esa deduktsiyani taqozo etadi; (3) fe’l zamonlarining birini oldin
o’zlashtirilishi keyingisiga zamin bo’ladi va h.k.; (4) yangi hodisa mikrobirliklarini
turli usullarda o’rganish mumkin. Masalan, fe’l zamonlarining yasalishi va
ma’nosi induktsiyada, qo’llanishi deduktsiyada yoki aksincha taqdim etish
mumkin.
45
Tillardagi o’xshashlik va tafovutlarni bilib olish o’quvchilarni bilim
saviyasini oshishi, xotira va mantiqiy tafakkurini rivojlanishi, ularning lingvistik
saviyasini ko’tarish uchun xizmat qiladi.
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida ingliz tili grammatikasini
o’rgatish xususiyatlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Yuqorida ko’rsatilgan ikkala o’quv yurtlarida ingliz tili ta’limida grammatikani
o’rgatish ta’limiy maqsad maqomini olmaydi. U nutq faoliyati turlarini
o’rgatishda vosita vazifasini bajaradi va alohida til aspekti sifatida
o’rgatilmaydi.
2. Ingliz tili ta’limida grammatik hodisalar o’quvchilar uchun yangilik
hisoblanmaydi. O’quvchilardan mazkur hodisalarni funktsional tarzda
(qo’llanish) o’zlashtirish talab etiladi.
3. O’quv yurti turiga qarab, aktiv va passiv grammatik minimumga turlicha
yondashiladi. O’rta maktab boshlang’ich bosqichlarida aktiv, yuqori bosqich va
nofilologik oliy o’quv yurtlari ingliz tili ta’limida passiv grammatik minimumni
o’rgatishga alohida e’tibor beriladi.
4. Ingliz tili o’qitishda grammatikaga oid nazariy ma’lumotlar hajmi o’ta
cheklangan bo’lib, ular qoida-ko’rsatma va qoida-umumlashma tarzida beriladi.
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlari o’quvchi hamda talabalariga
inglizcha talaffuzni o’rgatishda xilma-xil usullar qo’llanadi: muayyan tovushning
hosil bo’lishi(artikulyatsiyasi)ni tushuntirish, talaffuz namunasi (etalon)ni
namoyish etish, maxsus fonetik mashqlar bajarish, matnlarni ovoz chiqarib o’qish,
so’z va gaplarni fonetik tahlil qilish kabilar.
Ma’lumki, oliy o’quv yurtlariga o’quvchilar turli akademik litsey va kasb-
hunar kollejlaridan keladilar. Ularning ingliz tilini bilish darajasi, jumladan,
talaffuz ko’nikmalarini o’zlashtirish ko’rsatkichlari ham turlicha bo’ladi. Bu holat
mazkur o’quv yurtining birinchi bosqichida ingliz tili talaffuziga ko’proq e’tibor
qaratishni taqozo etadi. Shuning uchun oliy o’quv yurtlari dasturiy talablari ushbu
bosqichda ingliz tili darsining dastlabki 10-12 akademik soatini talaffuzni bir
46
me’yorga keltirish bo’yicha korrektiv kurs o’tkazishni taqozo etadi. SHu bilan
birga, korrektiv kurs ingliz tili eshitish-talaffuz va ritm, unli hamda undosh
tovushlarning klassifikatsiyasi haqida ma’lumotlarni o’quvchilarga etkazishni ham
ko’zda tutadi. Mazkur ko’nikmalarni takomillashtirish maqsadida keyingi
darslarda ham ma’lum vaqtni talaffuz ko’nikmalarini takomillashtirishga ajratish
maqsadga muvofiq bo’ladi. Talaffuzni o’rgatish bo’yicha o’tkazilgan tajribalardan
quyidagicha xulosalar chiqarildi:
O’quvchilarga inglizcha talaffuzni o’rgatishda turli usullardan foydalaniladi.
Tallaffuzi qiyin hisoblanadigan tovushlarni tushuntirishda, albatta, ularning
talaffuz etilish holati tasvirlangan rasmlarni ko’rsatib, qisqacha artikulyatsiya
qoidasi beriladi, keyin mazkur tovush ovoz chiqarib talaffuz etiladi. O’zbekcha
tovushlarga o’xshab ketadigan tovushlarni o’rgatish jarayonida ular ona tili
tovushlari bilan qiyoslanishi mumkin.
O’quvchilarga inglizcha talaffuzni o’rgatishda ko’rgazmalilikdan keng
foydalaniladi: (a) o’qituvchining nutqi, uning talaffuzi o’quvchilar uchun namuna
bo’lib xizmat qiladi, magnitafonga yozib olingan inglizcha so’z, jumla va matnlar
talaffuzi ham shunga oiddir; (b) o’quvchilar talaffuz jarayonida o’qituvchining
yoki bir-birlarining nutq organlari faoliyatini kuzatib boradilar.
Ingliz tilida talaffuz materialini o’rgatish nutqiy malakalarni shakllantirishga
ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Tovushlarni tinglash, taniy olish, farqlash orqali tinglab
tushunish malakasi rivojlansa, talaffuz materialini takrorlash (aytish), taqlid qilish
orqali gapirish malakalari takomillashtiriladi. So’zlarni matnda taniy olish, farqlash
mashqlari o’qish malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida talaffuz materialini
o’rgatish metodikasida bir qator o’ziga xosliklar mavjud:
1. Ingliz tili ta’limida approksimatsiyalashgan talaffuzni o’rgatish printsipiga rioya
qilinadi.
2. Ingliz tili ta’limida tallafuzni alohida aspekt sifatida o’rgatilmaydi. Uni nutq
faoliyati turlarini o’rgatish chog’ida egallash nazarda tutiladi.
47
3. Ingliz tili tovushlari o’quvchilar yosh xususiyatlarini va ularning bilim darajasini
hisobga olgan holda o’rgatiladi.
4. Ingliz tilida talaffuzni o’rgatishda taqlidiy-tahliliy usuldan foydalaniladi.
5. Ushbu o’quv yurtlari dasturiga ko’ra talaffuz normasining to’liq uslubini
o’rgatish qabul qilingan.
Yuqorida til materialini statik bosqichda metodik tayyorlash (tanlash,
taqsimot, tasnif va taqdimot) va dinamik bosqichda ko’nikmalarni shakllantirish
(taqdimot, mashq, qo’llanish) bo’yicha fikr-mulohazalar bayon etildi. O’rta
maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida til materialini o’rgatish bo’yicha
quyidagi metodik xulosalar qilinadi:
1. Til materiali (talaffuz, leksika va grammatika)ni o’rgatish ingliz tili
o’qitish maqsadlariga bo’ysundiriladi.
2. Til materiali aktiv va passiv minimumga ajratiladi. Ingliz tili ta’limida
passiv til minimumini o’rgatishga asosiy e’tibor qaratiladi.
3. Mazkur o’quv yurtlari sharoitida til materialini o’rgatishda o’ziga xos
metod, usul va mashqlar qo’llaniladi.
4. Til materialini o’rgatishda o’quvchi va talabalar til tajribasini hisobga
olish printsipiga rioya qilinadi.
5. Til materiali nutqda yaxlit (kompleks) qo’llanishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |