The ministry of higher and secondary specialized education of the republic of uzbekistan the regional center for retraining and professional



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/26
Sana06.03.2022
Hajmi0,85 Mb.
#484613
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
Akademik litseylarda ingliz tili o\'qitish metodikasining qiyosiy tahlili

og’zaki nutq
ni o’rgatishdir. Mazkur o’quv yurtining 
dasturiy talablariga binoan, o’quvchilar ingliz tilida og’zaki axborot berish, 
suhbatlasha olish va o’rganilgan mavzuga bog’liq ingliz tilidagi nutqni tinglab 
tushuna olish malakalarini egallashlari talab etiladi.
Chet til o’qitish metodikasida og’zaki nutqni o’rgatishga doir bir talay ilmiy-
tadqiqot ishlari olib borilgan (I.A. Zimnyaya, A.P. Lebedova, L.M. Sizova, E.I. 
Passov, V.I. Andriyanova, N.I. Jinkin, A.A. Leontev, T.V. Ryabova, A.A. 
Alxazishvili, S.A. Butyugina, B.Ya. Lebedinskaya, O.I. Moskalskaya, G.M. Uayzer, 


52 
A.D. Klimentenko, Z.M. Tsvetkova va b.). Turli o’quv yurtlarida ingliz tilida 
og’zaki nutq(gapirish va tinglab tushunish)ga qo’yiladigan dasturiy talablar, uning 
tilshunoslik (lingvistik) va ruhshunoslik (psixologik) asoslari, juftnutq (dialog) va 
yakkanutq(monolog)ni o’rgatish, nutq faoliyatini reproduktiv hamda retseptiv 
egallashga doir masalalar tadqiq etilgan. Shuningdek, ingliz tili o’qitishning turli 
bosqich va tashkiliy qismlarida og’zaki nutqni o’rganishdan ko’zda tutilgan maqsad 
hamda vazifalar belgilab berilgan, og’zaki nutq malakalarini shakllantirish uchun
tavsiya etilgan. 
Ushbu tadqiqotlar hozirgi kunda ham o’z ilmiy qimmatini yo’qotganicha 
yo’q. Biroq, bugungi kunning talabi mazkur faoliyat turini o’rgatishga doir 
masalalarni zamonaviy metodika talablari nuqtai nazardan ko’rib chiqishni taqozo 
etmoqda.
Og’zaki nutq faoliyat sifatida juda murakkab psixofiziologik jarayon bo’lib, 
uning asosini bosh miya qobig’i birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro 
aloqasi tashkil etadi. Og’zaki nutq, ma’lumki, gapirish va tinglab tushunishdan 
iborat. Gapirish fikrni og’zaki bayon etish maqsadida muayyan tildagi leksik, 
grammatik va talaffuz hodisalarini qo’llash jarayonidir. Gapirish oqibatida fikr 
bayon etiladi. Fikrni bayon etish niyati (ichki turtkisi) esa gapirishga sabab bo’ladi. 
Chet til o’qitish metodikasida gapirish tushunchasiga fikrni bayon etish jarayoni, 
aytish, og’zaki muloqot, fikr izhori natijasi deb ham qarash mumkin.
Gapirish faoliyatiga berilgan ta’riflardan yana birida unga u yoki bu til kodi 
yordamida og’zaki shaklda amalga oshadigan fikr va hissiyotning ifodasi degan 
ta’rif ham berilgan. Bir qarashda gapirishni fikrni yozma ifodalashdan farqi u yoki 
bu milliy til kodi hisoblanmish – tovush va harfdan foydalanishdek tafovut 
mavjuddek ko’rinadi. Aslida esa og’zaki nutqni ro’yobga chiqishida bir qancha 
tildan tashqari bo’lgan (ekstralingvistik) omillar ham o’zining ta’sirini ko’rsatadi. 
Bunday 
omillarga 
nutq 
faoliyati 
sodir 
bo’ladigan muhit (vaziyat), 
so’zlovchilarning yosh xususiyatlari, rivojlanish darajasi, suhbat mavzui, 
tinglovchining nutqning idrok etishdagi diqqati, mimika, imo-ishoralar kabilarni 


53 
ko’rsatish mumkin. Ekstralingvistik omillar ta’sirida so’zlovchi muloqot 
jarayonida turli til vositalarini tanlaydi. Og’zaki nutqdagi go’zallik tovushlarning 
aniq va to’g’ri talaffuzida, ohangning me’yorida, ovozning baland-pastligini o’z 
o’rnida qo’llashda, tovushlarning qisqa va cho’ziq talaffuzida, mantiqiy urg’udan 
o’rinli foydalanish kabi omillarda ko’rinadi. Og’zaki nutqni nazorat qilish 
anchayin qiyin kechadi. Chunki u bir yoki bir necha kishilar tomonidan amalga 
oshirilishi mumkin. 
Gapirish nutq faoliyatining turi sifatida o’zining ijodiyligi bilan ajralib 
turadigan murakkab fikrlash jarayoni bo’lib, unda so’zlovchi o’z fikr va his-
tuyg’ularini til hamda ekstralingvistik vositalar yordamida ifodalashga harakat 
qiladi.
Psixolingvistikaga oid tadqiqotlarda gapirish uch tarkibli nutqiy faoliyat 
sanaladi. Dastavval, gapirishga moyillik, ichki turtki (motivatsiya) bo’lishi taqozo 
etiladi, ya’ni fikrni bayon etishga ehtiyoj tug’iladi. Fikrni izhor qismida esa 
analiz/sintez amallari ishga tushadi, gapiruvchi xotirada tayyor turgan so’zlar 
(leksika)ni, grammatik birliklarni tanlaydi. Bu holatda, odatda, ona tili va ikkinchi 
til hodisalari o’rtasida o’xshashlik (transpozitsiya) hamda o’zaro farq qilish 
(interferentsiya) hodisalari ham kelib chiqadi. Gapirishning uchinchi qismi ijro, 
bayon etish, talaffuz qilish, tashqi nutqda uni ifodalashdir. Uchala qismning amal 
qilishi gapirish faoliyatini yuzaga kelishiga turtki bo’ladi (N.I. Jinkin, I.A. 
Zimnyaya). 
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida gapirishga qo’yiladigan 
dasturiy talablarni yoritishdan avval mazkur faoliyatni ingliz tili o’qitishning ayrim 
bosqich va tashkiliy qismlaridagi o’rni haqidagi fikrlarga bir oz to’xtalish 
o’rinlidir.
O’quvchilarga ingliz tilida gapirishni o’rgatish maktabgacha ta’lim 
muassasalari (bog’cha)da amaliy maqsad maqomiga egadir. Mazkur o’quv 
muassasalarida og’zaki nutq, ayniqsa, gapirish malakalarini shakllantirishga asosiy 
e’tibor qaratiladi. 


54 
O’rta umumta’lim maktablarida esa gapirish oraliq maqsad sanaladi, ya’ni 
maktab ingliz tili ta’limining dastlabki bosqichida ular gapirish va tinglab 
tushunish (og’zaki nutq)ni o’rganadilar, o’qish hamda yozuv (yozma nutq) o’qitish 
vositasi bo’lib xizmat qiladi. O’rta va yuqori bosqichlarda o’qish va tinglab 
tushunish (retseptiv nutq) amaliy maqsad maqomini egallaganda, gapirish vosita 
vazifasini bajaradi. 
O’rta umumta’lim maktablari va nofilologik oliy o’quv yurtlarida gapirishni 
o’rgatish matnlarni o’qish va tinglab tushunish orqali o’zlashtirilgan axborotlar 
asosida olib boriladi. Mazkur o’quv yurtlarida ko’proq mustaqil, darsdan tashqari 
o’qilgan matnlar mazmunini yakkanutqda gapirib berish asosiy o’rin egallaydi. 
Yakkanutq og’zaki fikrni bayon etish, o’qilgan yoki tinglangan matn 
mazmunini aytib berish, hikoya qilish, og’zaki muloqot yuritish kabi faoliyatlardan 
tashkil topadi. 
Mavzu doirasidagi yakkanutq (1) shaxsiy hayot (yoki til) tajribasini ishga 
solish, (2) fikr va mulohazalarni izchil bayon qilish, (3) aytilayotgan axborotni 
yaxlit holatga keltirish, (4) o’quv nutqiy vaziyat (O’NV) bo’yicha o’z 
munosabatini bildirish kabilarni o’z ichiga oladi. 
Ingliz tilida olib boriladigan muloqot kelajakdagi ixtisoslik faoliyati bilan 
bog’liq kasbiy bahs xarakteriga ega bo’ladi. Bunday muloqot shakllarini tashkil 
qilishda, ayniqsa, o’yinlarning o’rni beqiyosdir. Bunday o’yinlarda fikr 
almashinuvi, suhbat va bahslarda ishtirok etish davomida o’quvchilar ingliz tilida 
quyidagi malakalarni o’zlashtirib oladilar: 
1.Axborot so’rash, auditoriyada axborot bilan chiqish, muhokama 
qilinayotgan masalalar bo’yicha o’z fikr va mulohazalarini bildirish, 
bahslashish, gaplarni bexato tuzish; 
2.Muloqotda etiket mezonlariga amal qilish, iltimos, minnatdorchilik 
bildirish, uzr so’rash, qo’shimcha ma’lumotlar so’rash, suhbatdoshini muloqotga 
tortish, muayyan qolipdagi nutqiy namunalardan foydalanish;


55 
3.Muloqot jarayonida ixtisoslikka oid so’z va iboralarni qo’llash, ilmiy
tushunchalarni ifodalovchi iboralardan keng foydalanish. 
4.
Dasturda ko’rsatilgan mavzular bo’yicha ijtimoiy-maishiy, siyosiy, 
madaniy, o’quv-ta’limiy va kasbiy sohalar bo’yicha muloqot jarayonida axborotlar 
olish va berish, suhbatdoshni muloqotga tortish, fikr almashish; 
5.
O’qilgan yoki tinglangan matn mazmuniga tanqidiy baho berish, o’z 
fikrini bildirish va h.k. 
Oliy o’quv yurtlari dasturida ingliz tilida gapirishni o’rgatish oraliq ta’limiy 
maqsad bo’lishi bilan birga, u ta’lim vositasi vazifasini ham o’taydi. Vosita 
maqomida u boshqa nutq faoliyati turlarini o’rganilishiga ko’maklashishi nazarda 
tutiladi. 
Gapirish juftnutq (dialog) va yakkanutq (monolog) shakllarida o’rganiladi va
ular o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Juftnutq ikki shaxs(suhbatdosh)ning bevosita 
muloqoti, ya’ni bir talay fikrlar zanjiridan iborat shaklda ro’yobga chiqadigan 
jarayondir. Odatda, hayotiy sharoitda juftnutq ko’pincha tayyorlanmagan holda 
sodir bo’ladi. Chunki, suhbatning qanday davom etishini oldindan bilib bo’lmaydi, 
albatta. Juda kam hollardagina so’zlovchi kelajakdagi suhbatda nimalar haqida 
gapirishni o’ylab oladi. Juftnutqning axborot almashish maqsadidagi juftnutq, reja-
juftnutq va munozara juftnutq turlari mashq qilinadi.
Axborot almashish juftnutqida suhbatdoshlar o’z fikr-mulohazalarini bir-
birlariga etkazadilar. Bunday juftnutq ko’proq ingliz tili o’qitishning ilk 
bosqichlarida qo’llanadi. Chunki mazkur juftnutqda oddiy yoki miqdor jihatdan 
kamroq til materialining qo’llanilishi kuzatiladi.
Birga faoliyat ko’rsatishni mo’ljallaydigan reja-juftnutq esa shaklan va 
mazmunan biroz murakkabroq bo’ladi. Shu sababli mazkur nutqni ta’limning o’rta 
bosqichida o’rgatish maqsadga muvofiqdir. 
Munozara juftnutq fikrlarni dallilash, ularga tanqidiy yondashish, 
suhbatdoshni ishontira olish, isbotlash kabi faoliyatlar bilan bog’liq bo’ladi. 
So’zlovchining diqqati nutqning mazmundorligi, mantiqiyligiga qaratiladi. Nutq 


56 
malakalari takomillashgan darajaga yetkaziladi. Munozara juftnutqni ko’proq 
ingliz tili ta’limining yuqori bosqichida o’rgatish tavsiya etiladi. Ingliz tili o’qitish 
amaliyotida mazkur juftnutq turlarining har qaysisi uchun alohida-alohida til 
materialini tanlash talab etiladi.
Juftnutq deduktiv (umumiydan xususiyga yo’nalgan holda) va induktiv 
(xususiydan umumiyga tomon) usullarda o’rgatiladi. Deduktiv usuldagi juftnutq 
namuna asosida o’rganiladi. Bunda namunaviy juftnutq, avvalo, tinglab tushunish 
uchun taqdim etiladi, so’ngra yod olinadi, keyinchalik leksik o’zgarishlar bilan 
qismma-qism o’rganib boriladi va, nihoyat, juftnutqda mustaqil ijro etiladi.
Induktiv usuldagi juftnutqni o’rgatishda eng kichik birliklardan boshlab, 
mustaqil fikr yuritila boshlanadi. Mazkur turdagi juftnutqda nutqiy mashqlar 
bajarish bilan birga, til materialini o’zlashtirishga ham e’tibor beriladi.
Juftnutqni retseptiv, reproduktiv va konstruktiv bosqichlarda o’rgatish 
qoidalashtirilgan. Retseptiv bosqichda o’quvchi diktor yoki o’qituvchi nutqini 
tinglaydi yoki o’qiydi, shu asosda nutqni tushunib oladi. Reproduktiv bosqichda 
o’qilgan matn yoki audiomatn yod olinadi, taqlid yo’li bilan yoki ayrim qismlarini 
o’zgartirib aytilishi mumkin. Konstruktiv bosqichda o’quv nutqiy vaziyatdan 
foydalanib, juftnutq bo’yicha mustaqil suhbat tashkil etiladi. 
Amaliyotda yakkanutqni o’rgatish ko’pincha juftnutqqa qaraganda osonroq 
kechadi, degan fikrlar mavjud. Chunki, yakkanutq oldindan belgilangan reja 
asosida amalga oshiriladi. O’quvchi o’z fikrini bayon etishga kirishar ekan, nima 
haqida gapirishni bila oladi, uni oldindan rejalashtiradi. Juftnutqda esa, odatda, 
suhbatdoshning nima deyishini oldindan bilib bo’lmaydi. Ba’zida suhbat davomida 
mavzudan chetga chiqish hollarini ham kuzatish mumkin. Shuningdek, tabiiy 
suhbat hamma vaqt ham biror mantiqiy reja asosida davom etavermaydi. Juftnutq 
yana shunisi bilan ham murakkab-ki, unda navbati bilan, goh suhbatdoshning 
nutqini tushunish, goh o’z shaxsiy fikrlarini bildirish malakalarini qo’llashni talab 
etiladi. Yakkanutqda esa faqatgina o’z shaxsiy fikrini bildirish talab etiladi, xolos. 
Yakkanutq va juftnutq yana struktural modellarni tanlashda ham bir-biridan farq 


57 
qiladi. Juftnutqda asosiy o’rinni savollar egallasa, yakkanutqda muloqotni 
savollarsiz ham amalga oshirish mumkin.
Nihoyat, juftnutqdagi yana bir qiyinchilik – suhbatdoshlar faqatgina 
savollariga javob beribgina qolmay, balki, o’z navbatida, nutq oqimining davom 
ettirishi, uning rivoji uchun imkon, sabab-vaj topishi ham talab etiladi. Aks holda 
amaliyotda suhbatni to’xtab qolishi kuzatiladi. Bularning barchasi, birinchidan, 
juftnutqni o’rgatish yakkanutqdan keskin farq qilishi, ikkinchidan, juftnutqda 
yakkanutqni o’rgatishda uchramaydigan qiyinchiliklar mavjud ekanligini e’tirof 
etish mumkin. 
Yakkanutq uchun ichki turtki (stimul) bo’lib, gapiruvchi beradigan 
axborotning hajmi va xususiyatini o’zi belgilaydi, axborot berishda til vositalarini 
mustaqil tanlash imkoniga ega bo’ladi. Juftnutqda esa stimullar ko’p bo’lib, 
ularning bir qismini ichki, bir qismini esa tashqi stimullar tashkil qiladi.
Yakkanutqni 
puxta 
o’zlashtirishda darsliklardagi matnlarning o’rni 
beqiyosdir. Dastlab o’quvchilar darslikdagi matnlarni o’qishadi, unga yozma 
tayyorlanishadi va darsda fiklarini og’zaki ifoda etadilar. Qisqasi, o’quv matnlari 
kollej o’quvchilarning og’zaki nutqi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Matnni 
qanday tushunganlik asosan darsda og’zaki usulda tekshiriladi, ya’ni o’quvchilar 
savollarga javob beradilar, matnni muayyan qismlarini qaytaradilar. Shundan 
keyingina yakunlovchi yumush vazifasida o’quvchilar matnni, odatdagidek, 
imkoni boricha matnga yaqin holda yakkanutqda gapirib beradilar.
Yakkanutq malakasini o’stirish o’z nutqiga isbot, bahs elementlarini 
kiritishni, shuningdek, mulohaza xajmini yanada kengaytirishni nazarda tutadi. 
Muloqotning asosiy shakli sifatida yakkanutqni o’rgatish KHKda ingliz tili 
o’qitishning yetakchi vazifalaridan biridir. 
Nutq mexanizmlarining mushtarakligi tufayli gapirish va fikrni yozma bayon 
etishda umumiylik kuzatiladi. Jumladan, fikrni yozma bayon qilishda ham 
gapirishdagi nutq mexanizmlarining ishtirok etishi kuzatiladi. Fikrni og’zaki bayon 
etishning asosiy qo’zg’ovchi va shakllantiruvchi omillari yozuv faoliyatida ham 


58 
kuzatiladi. Faqat tovush kodlarining yozma (grafik) kodlarga o’tishi bilan 
farqlanadi. Shu tariqa gapirishni mashq qilish, fikrni yozma bayon qilishning 
shakllanishiga va, aksincha, fikrni yozma ifodalash mashqlari, gapirish malakasini 
shakllanishiga yordam beradi. 
Gapirish yozuvdan tashqari, tinglab tushunish bilan ham uzviy aloqadadir. 
Nutq faoliyatining mazkur turlari umumiy psixologik jihatlarga egadir. Gapirishda 
fikrni ifodalash avval ichki nutqda, keyin esa tovush kodida sodir bo’ladi. Tinglab 
tushunishda esa nutq mexanizmlari teskari yo’nalishda harakatlanib, tinglovchi 
idrok etilgan tovush signallarini avval ichki nutqda takrorlaydi, tovush xotirada 
saqlangan dinamik stereotip bilan mos tushishi natijasida tinglab tushunish sodir 
bo’ladi. Xullas, gapirish va tinglab tushunish uchun ichki nutqning rivojlanganligi 
muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham taniqli psixolog N. I. Jinkin 
tinglab tushunish gapirish jarayonida, gapirish esa tinglab tushunish jarayonida 
shakllanadi, degan g’oyani ilgari surgan.
 
Ingliz tili o’qitishda tinglab tushunishni o’rgatish asosiy vazifalardan biridir. 
Inson ma’naviy kamolotga, odatda, ko’rish, eshitish (tinglash) va o’qish 
faoliyatlari orqali erishadi.
Psixolingvistikada tinglab tushunishga tovush kanali bo’ylab keladigan
axborot kodini ochish(rasshifrovka qilish)dan iborat jarayon, deb ta’rif 
beriladi. “Tinglab tushunish uch bosqichli faoliyat bo’lib, 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish