Tanishuv o’qish
matndan o’zi uchun foydali va qiziqarli ma’lumotlarni olish
hamda umumiy mazmunini tushunishni nazarda tutadi. O’qishning mazkur turida
axborotning 75 foizigacha tushunarli bo’lishi lozim. Bunday matnlarning hajmi
katta, tili ravon bo’lishi tavsiya etiladi. Tanishuv o’qishni nazorat qilishga
qo’yiladigan topshiriqlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: (1) matnning
asosiy mazmunini bayon eting; (2) matnning tayanch so’zlarini toping; (3) muallif
xulosalari uchun asos bo’lib xizmat qiladigan faktlarni sanab o’ting; (4) matnda
aks ettirilgan hodisalarning qaysilari asosiy, qaysilari ikkinchi darajali ekanligini
aniqlang va h.k.
O’rganuv o’qish
– matnni, jumladan, tilning ifodaviy vositalarini o’rganish,
tahlil qilishni nazarda tutadi. O’qishning ushbu turi o’zlashtirilgan axborotni to’liq
tushunish va keyinchilik uni qaytadan tiklashni taqozo etadi. Tushunish yuqori
darajaga yetkaziladi. Matnning qiyinchilik tug’dirgan, tushunilmagan qismlarini
takror o’qish mumkin. O’rganuv o’qish avval sinfda, so’ngra uyda bajariladi.
Tushunganlikni tekshirish usullaridan biri sifatida tarjimadan foydalaniladi.
Odatda, matnning qiyinchilik tug’diradigan qismlarinigina tarjima qilinadi.
Matnning xajmi unchalik katta bo’lmasligi tavsiya etiladi. Matn qamrovidagi
axborot sinchiklab o’rganiladi. O’rganuv o’qishda o’quvchi matn mazmuni
bo’yicha o’z munosabatini bildirishi, tanqidiy fikrlashi, izohlay olishi, axborotlarni
qiyosiy tahlil qila olishi lozim.
Kuzatuv o’qish
– matn mazmuni haqida umumiy tasavvur hosil qilishga
qaratilgan o’qish turidir. Mazkur o’qishda o’quvchi ko’proq sarlavha, kichik
sarlavhachalardan boshlab, matnni to’liq va tezlikda o’qib chiqishi talab etiladi.
64
Kuzatuv o’qishda til materialini tanish bo’lishi, o’quvchi matndan muayyan
axborot(raqam, tsitata kabi)larni qidirishi talab etiladi. Kuzatuv o’qish matndan
qo’yilgan savolga javob topish, o’qish jarayonida o’zlashtirilgan axborotni
keyinchalik, albatta, ishlatilishi lozim ekanligini tushunilishiga asoslangan o’qish
turidir.
Mazkur o’qish turlaridan ingliz tili ta’limida qo’shimcha va foydali sohaviy
axborotlar olishda keng foydalaniladi.
Ingliz tilini amaliy maqsadda egallash nafaqat undan kelgusida kasbiy
faoliyatda foydalanish, balki o’quvchining umumiy madaniyati, tafakkurini
rivojlanib borishiga imkon yaratadi. Buning uchun ingliz tili darslarini
samaradorligini yanada oshirish, o’quvchilarni tili o’rganilayotgan mamlakat(lar)
jug’rofiyasi, tarixi, iqtisodi va siyosiy tuzumi, adabiyotidan hamda mutaxassislikka
oid sohaviy manbalardan muntazam boxabar etib borishni taqozo etadi. Yuqoridagi
vazifalar ham o’qishga axborot olishda asosiy vosita sifatida qarashga undaydi.
Nofilologik oliy o’quv yurti talabalari ixtisoslikka oid ilmiy matnlarni
o’qishga ehtiyoj sezadilar. Biroq, bunday matnlarni o’qish oddiy so’zlashuv yoki
badiiy uslubdagi matnlarni o’qishga qaraganda ancha murakkabroq kechadi.
Buning sababi ixtisoslikka oid matnlarda rasmiy belgilar, sohaviy atamalarning
ko’proq uchraydi. O’quvchi bunday matnlarni o’qiganda noma’lum so’z ma’nosi
kontekstga tayangan holda aniqlay olsa, tayanch so’zlarga suyangan holda matn
asosida berilgan topshiriqlarga javob qaytara oladi.
Birinchi kursdan boshlab o’quvchilar o’z kasbiy sohalariga oid matnlarni
o’qishni o’rganib borishlari lozim. Chet til o’qitish metodikasida o’qishga
mo’ljallangan matn mazmuniga quyidagi talablar qo’yiladi: (1) matnning
tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor beriladi (chet til o’rgatish maqsadlaridan biri
tarbiyalashdir, jamiyat axloq qoidalarini singdirish, ya’ni ma’naviy tarbiya
berishga qaratilgan matnlar tanlanadi); (2) o’quvchilarning hayotiy bilimlarini
oshirish, ya’ni dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan matnlar saralanadi. Bu
o’quvchini bilish faoliyatini o’stirishda muhim shartlardandir. Axborotga boy
65
matnni o’qish o’quvchida joziba uyg’otadi. Chunki o’quvchi bilishga oshiqadi,
bilishga moyilligi rag’batlantirilsa, ushbu o’quv predmetiga uning qiziqishi oshadi;
(3) o’qishga tavsiya etilgan matn ilmiy, ya’ni undagi ma’lumotlar voqealikni
ob’ektiv aks ettiradigan bo’lishi talab etiladi; (4) tanlanayotgan matn o’quvchi
yoshiga mos tushishi lozim. O’quvchi ehtiyojini qondirish chet tilda nutqiy
faoliyatga undashning muhim chorasidir. Xullas, matn mazmuni o’quvchining
ma’naviy saviyasiga muvofiq bo’lishi, bilish va hissiy talablariga javob berishi
kerak.
Birinchi o’quv yilida, odatda, dasturda ko’zda tutilgan ijtimoiy-maishiy,
o’quv-ta’limiy va madaniy sohadagi matnlarni o’qish bilan birga, kollej
mutaxassisligiga oid sodda sohaviy matnlarni o’qish ham mashq qilinadi. Birinchi
kursda o’qish bo’yicha quyidagi dasturiy talablar qo’yiladi:
O’quvchi va talabalarini umumiy saviyasini va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish
uchun ko’proq ijtimoiy-siyosiy, badiiy asl nusxadagi matnlarni o’qish;
O’quvchilar kasbiy manfaatlaridan kelib chiqib, ularning umumiy bilimdonligini
oshirish uchun xizmat qiladigan ilmiy-ommabop, kasbiy xarakterga ega bo’lgan
matnlarni o’qish;
Shu kunning yangiliklari, olim va yoshlarning xalqaro aloqalarini, yangi ixtiro
va texnologiyalar, ekologik masalalardagi ma’lumotlarni o’zida aks ettiruvchi
ijtimoiy-texnikaviy yo’nalishdagi matnlarni o’qish;
Ikkinchi o’quv yilida ingliz tili ta’limida asosiy e’tibor kasbiy tayyorgarlikka
qaratiladi. Jumladan, mazkur o’quv yilida ixtisoslikka oid matnlarni ko’proq
o’qishga beriladi.
Uchinchi o’quv yilida kasbiy tayyorgarlik bo’yicha ishlar davom ettiriladi.
Bunda o’quvchilar ijtimoiy-maishiy, o’quv-ta’limiy va ixtisoslikka oid matnlarni
o’qiydilar. O’qish uchun ko’proq ixtisoslikka oid ilmiy matnlar tanlanadi.
Ikkinchi va uchinchi kurslarda o’qish bo’yicha quyidagi dasturiy talablar
qo’yiladi:
*o’z sohasi bo’yicha keng axborot beruvchi, o’quvchilar bilimlarini
66
*chuqurlashtirishga qaratilgan, bo’lajak ixtisoslik bilan keng miqiyosda bog’liq
matnlarni o’qish;
*muayyan ixtisosliklar uchun mo’ljallangan ilmiy-texnikaviy axborotlarga boy,
kasbiy fanlardan o’quvchilarni qiziqtirayotgan amaliyotni tegishli sohalariga
oid ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan matnlarni o’qish (aloqa,
transport, mashinasozlik, elektron-xisoblash texnikasi, moliya, savdoga oid va
b. matnlar).
Shunday qilib, ingliz tili bo’yicha olib boriladigan amaliy ishlarning asosini
mutaxassislikka oid sohaviy matnlarni o’qish tashkil etadi. Shu o’rinda alohida
ta’kidlash joizki, ingliz tili o’rganishda asosiy e’tibor qo’shimcha, foydali axborot
olish va ixtisosiy nutqni shakllantirishni bosh omilga aylantirilsagina, u ijobiy
natija beradi.
Xullas, o’qish amaliy maqsaddan tashqari, umumta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi maqsadlarni ro’yobga chiqishida ham katta rol o’ynaydi. Bunda
o’quvchilarning kuzatuvchanligi oshadi, ularning til materiali va matn mazmunini
analiz/sintez qilish qobilyatlari takomillashadi. Ovoz chiqarib o’qish tallaffuzni
o’rgatishda, tinglab tushunishda muhim bosqich sanaladi. Bundan tashqari, o’qish
gapirish malakalarini shakllantirishda ham vosita sanaladi. O’qilgan matnlar
mazmuni bo’yicha savol-javob mashqlarini bajarish, hikoya qilib berish, suhbat
kabilardan keng ko’lamda foydalaniladi. O’quvchi o’qish orqali gapirishga
ma’lumot-material to’playdi. Ularni inglizcha gapirib berishga tayyorlaydi.
Uzluksiz ta’lim tizimida ingliz tili fanidan o’qish malakalarini egallash,
birinchidan, o’quvchilarni shu tilda nutqiy muloqot qilishga tayyorlasa,
ikkinchidan, o’zi egallayotgan ixtisoslikni mukammal egallashni, umumiy
saviyasining o’sishini ta’minlashga xizmat qiladi.
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida o’qishni o’rgatishning
o’ziga xos xususiyatlari mavjudki, ularni alohida ta’kidlab o’tish joizdir:
1. Ingliz tilida o’qish materiali sifatida ijtimoiy-maishiy, badiiy, siyosiy,
madaniy, o’quv-ta’limiy va ixtisoslikka oid sohaviy matnlar tanlanadi.
67
2. Oliy ta’lim tizimi ingliz tili ta’limida o’qishning o’rni va roli, unga
qo’yiladigan dasturiy talablar o’rta maktabnikidan yuqoriroq bo’ladi. Uch yil
davomida oliy ta’lim tizimida o’qiladigan matnlarning murakkablik darajasi ortib
boradi.
3. Ingliz tilida o’qish o’quvchilarini shu tilda nutqiy muloqot qilish, o’z
ixtisosligi bo’yicha qo’shimcha sohaviy axborotlar olishni ta’minlaydi, ularning
umumiy saviyasini oshiradi.
4. O’quvchilar ingliz tilida nafaqat o’quv yurti ixtisosligiga oid matnlar, balki
mamlakatimiz va tili o’rganilayotgan mamlakatlar haqidagi axborotlardan
muntazam boxabar bo’lib boradilar.
5. O’qish bo’yicha mavzular tanlash o’quvchi va talabalarning mutaxassislik
xususiyati, o’quv yurtining yo’nalishi(profili)ga bog’liq bo’ladi, ingliz tilida
o’qishni o’rgatish amaliy maqsad va ta’limiy vosita sifatida talqin qilinadi.
Chet til, jumladan, ingliz tili o’qitish metodikasida
yozuv
ni o’rgatishga doir
ilmiy tadqiqotlarda qimmatli fikrlar bayon etilgan (J.J. Jalolov, G. Mahmudova
va S. Yoqubova, Th. Anderson and K. Forrester, J.A. Hefferman and J.E. Lincoln,
B.F. Clause va b.).
Yozuv deganda, so’zlarni yozish uchun tilning grafik (tovush-harf munosabati
yoki harfning ma’no bildirish xususiyati) va imlo (orfografik) tizimi hamda fikrni
ifoda etish uchun so’zlarni yozma shaklda bir-biriga bog’lash ko’zda tutiladi.
Boshqacha aytganda, yozuv nutqiy faoliyatning reproduktiv turi bo’lib, fikrni
grammatik va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozma bayon etishni nazarda
tutadi.
Yana bir ta’rifga ko’ra, harf va harf birikmalaridan foydalangan holda
so’zlarni yasash yozish texnikasi, nutqda lisoniy vositalarni qo’llab yozma fikr
bayon etish esa yozma nutq deyiladi. Faoliyat nazariyasiga binoan yozuv, gapirish
singari, fikrni shakllantirish va ifoda etish usulidir. Yozayotgan o’quvchi o’zining
va boshqalarning fikrini yozma bayon qiladi. Yozuvda ma’no, tovush va harfiy
timsollar o’zaro bog’lanadi.
68
Yozma nutq harf va so’zlarning ma’lum qonuniyat asosida o’zaro birikuvi,
tinish belgilari, har xil ajratishlar – abzats, paragraf va gaplarni to’g’ri ifodalash
orqali farqlanadi. Yozma nutqning to’g’riligi imlo savodxonligi, so’zni to’g’ri va
o’rinli qo’llash, gap qurish malakalarini shakllanganligida namoyon bo’ladi.
Yozish deganda esa nutqda til belgilarini qayd qilish tushuniladi.
Boshqa bir
ta’rifda yozish nutqning til belgilarini yozma qayd qilish ma’nosida ta’riflanadi.
Fikrni yozma bayon qilish bevosita husnixat, imlo va boshqa tushunchalar
bilan ham uzviy bog’liq. Husnixat (kalligrafiya) tushunchasi tarkibiga – tovush va
tovush birikmalarini yozuvda tasvirlaydigan yozuv-chizuv vositalari majmuasi
(harflar, harf birikmalari, harf osti va usti belgilari) kiritiladi.
Imlo (orfografiya) − so’z va gaplarni yozish jarayonida tinish belgilarini
to’g’ri ishlatishga doir qoidalarni o’z ichiga oladi.
Yozuv nutq faoliyatining o’ziga xos turi bo’lib, u axborotni aloqaning grafik
kanalini hisobga olib kodlash yoki grafik shakldagi nutqning vujudga kelishidir.
Tilshunos va metodistlar insonning axborot olishi va etkazishi asosan og’zaki
(gapirish, tinglab tushunish) va yozma nutq (o’qish, yozuv) orqali amalga
oshirilishini ta’kidlaydilar.
Psixologlarning ko’rsatishicha, har qanday tilda axborotni yozma ravishda
kodlash anchayin qiyin faoliyat hisoblanadi. Yozuv faoliyatining og’zaki nutq va
o’qishga nisbatan hayotda, ayniqsa, ingliz tilini o’rganishdagi rolini cheklanganligi
ma’lumdir. Biroq bugungi tezkor hayotimizga kompyuter texnologiyasi, internet
resurslari, elektron xabarlardan foydalanish, o’qitishda nazoratning test
topshiriqlarini kompyuter orqali bajarishni amalga oshirish kabilarni kirib
kelganligi yozuvning ahamiyatini oshirdi.
Uzluksiz ta’lim tizimida ingliz tili yozuvini o’rgatishga qo’yiladigan dasturiy
talablar haqida ayrim fikrlarni bayon etishga ehtiyoj tug’iladi. Joriy davlat ta’lim
standarti, dasturi va darsliklarni sinchiklab o’rganish natijasida yozuv bo’yicha
quyidagi vazifalarni belgilashga erishildi:
69
Maktabgacha
tarbiya
muassasalari
(bog’cha)da
yozuv
malakalari
shakllantirilmaydi. Mazkur o’quv yurtida nutq faoliyati turlaridan gapirish va
tinglab tushunish o’zlashtiriladi. Og’zaki nutq amaliy maqsad maqomiga ega
bo’ladi;
Yozuv malakalari o’rta maktablarda muntazam singdirib boriladi va uch
bosqichda amalga oshiriladi. O’rta maktabning boshlang’ich bosqichida yozuvni
o’rgatishda asosiy e’tibor tovush-harf munosabati va yozish texnikasiga bog’liq
ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilsa, o’rta bosqichda e’tibor imloga va
yozma nutqni o’zlashtirishga qaratiladi.
Yuqori bosqichda esa e’tibor − imlo va yozma nutq ustida ishlashni
takomillashtirishga qaratiladi. O’rta umumta’lim maktabi o’quvchisi oldiga
o’rganilgan til materiali doirasida qabul qilingan yozuv tartib-qoidalariga rioya
qilgan holda, diktantlar yozish, yozma shaklda o’z fikrini bayon qila olish,
do’stlarga xat yozish, elektron pochtadan foydalanish, o’z shaxsi haqidagi
ma’lumotlarni yoza olish (anketalarni to’ldirish), tabrik va qutlovlar yozish,
o’qigan hamda tinglangan matn yuzasidan qisqacha sharhlar yoza olish
vazifalari qo’yilgan;
Mutaxassisligi ingliz tili bo’lmagan nofilologik oliy o’quv yurtlarida ham yozuv
faoliyatiga boshqa nutq faoliyati turlarini o’rgatish va mustahkamlashda vosita
sifatida munosabatda bo’linadi.
Ingliz tili ixtisos sifatida o’rgatiladigan oliy o’quv yurti (va fakultetlari)da esa
yozuv maqsad vazifasini bajaradi.
AL va KHKda yozma kommunikativ faoliyat o’rta maktabda shakllantirilgan
ko’nikma va malakalarni rivojlantirishni ko’zda tutadi. O’rta maktab va
nofilologik
oliy
o’quv yurtlarida yozuv ko’nikma va malakalari
takomillashtirilib boriladi va, asosan, mazkur faoliyat bo’yicha quyidagi
ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishga e’tibor qaratiladi:
O’rganilayotgan til grafikasini o’zlashtirishda davom etish va uning zamirida
yozuv ko’nikmalarini shakllantirish;
70
Imloviy to’g’ri yozish va orfografik bilim hamda ko’nikmalarni egallashni
davom ettirish;
Reproduktiv darajada nutqni yozma shaklda qayd etish uchun ingliz tilida
yozma mashqlar bajarish;
Yozuv o’quvchilarni ingliz tili ustida mustaqil ish olib borishlarida, xususan,
o’qilgan matnlar yuzasidan rejalar tuzish va qisqacha xulosalar yozish hamda
boshqa ko’nikma va malakalarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Yuqoridagi o’quv yurtlarida yozuv faoliyati bo’yicha dasturiy talablarga
keladigan bo’lsak, ular quyidagilardan iboratligi ko’rsatib o’tilgan:
1. O’quvchi va talabalardan matn mazmunini yozib olish ko’nikmalarini
o’zlashtirish;
2. O’qilgan yoki tinglangan matn bo’yicha yozma shaklda reja tuzish;
3. Tabriknoma va qutlov maktublarini yoza olish (tug’ilgan kun, bayram va
h.k.);
4. Ma’lum bir rasmiy qog’ozlarni to’ldira bilish malakalari (ism, familiya, jins,
yosh, fuqorolik, adres va boshqa ma’lumotlarni yozish);
5. Xatlar yozish (tili o’rganilayotgan mamlakatdagi do’stiga xat yozish,
do’stining ish faoliyati, hayot tarzi, mamlakatdagi urf-odatlar haqida va boshqa
ma’lumotlarni so’rash);
6. Mutaxassisligi bo’yicha inglizcha matnlarni qisqacha mazmunini yoza olish
malakalari talab etiladi.
Oliy o’quv yurtlarida yozuv ko’nikmalari ham bosqichma-bosqich
shakllantirib boriladigan faoliyatlardan biri ekanligini yuqorida ta’kidlab o’tildi.
Birinchi o’quv yilida namunaga qarab yozish yetakchi o’rinni egallaydi. Bu
bosqichda husnixat, imlo, tinish belgilar sohasida to’g’ri va savodli yozish
ko’nikmalari hamda yozma nutq malakalari hosil qilinadi. O’quvchilar yozuvni
o’rganishda o’z fikrini yozma bayon etish, tasvirlash, xabar yetkazish, mavzu
yuzasidan axborot berish, maktub yozish kabi mashqlarni bajaradilar. Matnning
asosiy so’z va iboralarini yoza olish, savol tuzish, matn bo’yicha reja tuzish, ularni
71
nomlash, matnni o’qish jarayonida kerakli ko’chirmalar olish malakasi kabilar
dasturiy talablar sifatida belgilangan. Shuningdek, mazkur kursda o’quvchilar
tavsiya etilgan mavzu bo’yicha annotatsiyalar yozishadi. Yozma fikr bayon etish,
odatda, aktiv leksik va grammatik material asosida bajariladi.
Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda andozaga tayanmagan holda mustaqil
yozuv malakalari shakllantirib boriladi. Jumladan, ixtisoslikka oid kichik matnlarni
tuzish ikkinchi o’quv yilida amalga oshiriladi. Uchinchi o’quv yilida esa yozuv
faoliyati bo’yicha o’quvchi turli diktant, bayon, xatlarni yoza bilishi dasturiy talab
sifatida belgilangan. II-III kurslarda suhbat rejasini tuzish, matnning qisqacha
mazmunini yozish, ixtisoslik bo’yicha adabiyotlardan referat va annotatsiyalar
yozish, xizmat doirasidagi qog’ozlarni to’ldirish, rasmiy va norasmiy xatlarni
yozish kabi malakalarni rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.
Yozuvni o’rgatish masalalarini tahlil qilishda uning boshqa nutq faoliyati
turlari, shuningdek, til materiali bilan o’zaro aloqalariga to’xtalish joizdir. Yozuv
murakkab psixofiziologik faoliyat bo’lib, unda deyarli barcha analizatorlarning
ishtirok etishi kuzatiladi. Yozuvni o’rgatish nutq faoliyatining boshqa turlarini
mukammal egallashda o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Ayniqsa, yozuv faoliyati
gapirish bilan yaqin aloqada bo’ladi. Gapirishda, asosan, ma’no va tovush
timsollari ishtirok etsa, yozuvda ma’no, tovush timsollariga harfiy timsollar
qo’shilib, bir-biri bilan o’zaro bog’lanadi. Grafik timsollar o’zlashtirila borganda
yozuv ko’ruv analizatori nazoratiga o’tadi. Gapirish esa ko’proq eshitish
analizatoriga tobe bo’ladi. Ichki nutq tezligidan ko’ra yozuv surati sekinroq
kechadi. Keltirilgan ilmiy mulohazalar asosida ingliz tilini o’rganishda, avval
og’zaki nutq, keyin esa yozma nutq o’rgatilganda ijobiy samaraga erishiladi, degan
xulosaga kelish mumkin.
Tovush-harf munosabati, harflar, imlo singari til hodisalari yozuvda o’rgatish
ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, tovush-harf
munosabatlari va imlo yuzasidan o’tkaziladigan mashqlar o’qish texnikasini ham
tezroq egallab olishga yordam beradi. Yozish va o’qish texnikasini o’rgatish
72
zaminida bir-biriga o’xshash psixologik hodisalar yotadi. Sababi, yozuv va o’qish
aynan grafik (harfiy) kodga asoslanadi, ya’ni yozuvda diqqat, asosan, so’z
timsolini yaratish yoki tiklashga, o’qishda ularni tanib olishga qaratiladi. Har ikki
holatda
yozuvni va o’qish texnikasini o’rgatishda tovush-harf analizini qo’llash,
ayniqsa, bu ikki ko’nikmaning takomillashuvi hamda ularning har birini
o’zlashtirilishini engillashtirish, yozuv va o’qish texnikasini o’rgatishni muvoziy
ravishda olib borishga asos bo’ladi. Bunda yozuv o’qishdan yoki o’qish yozuvdan
bir oz o’zib ketishi mumkin. Biroq, o’qish oldidan ham, yozuv oldidan ham
og’zaki shaklda mashqlar bajarish talab etiladi.
Demak, ingliz tili o’qitish
jarayonida yozuv ikki tomonlama ahamiyatga ega bo’ladi: birinchidan, u yozma
nutqni o’zlashtirishga imkon bersa, ikkinchidan, og’zaki nutq va o’qish
malakalarini hosil qilish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Nofilologik oliy o’quv yurti va o’rta maktablarda inglizcha yozuvni o’rgatish
bo’yicha quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
1. O’rta maktab o’quvchilari o’z faoliyatlarida yozuvdan foydalanishga
ehtiyoj sezadilar. Yozuv ta’limiy vosita sifatida o’rgatiladi.
2. Oliy o’quv yurtlari ingliz tili ta’limida yozuv o’rta maktabda
shakllantirilgan ko’nikma va malakalarni takomillashtirishni ko’zda tutadi. O’rta
maktab va oliy o’quv yurtlarida ingliz tilida yozuvni o’rgatishning metod va
usullari, yozish mexanizmlari, xatolarni bartaraf etish kabilarda nisbatan
o’xshashlik kuzatiladi.
3. Ingliz tili ta’limida yozuvni o’rgatish nutq faoliyatining boshqa turlarini
egallashda o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Nutq malakalari
gapirish, tinglab tushunish, o’qish va yozuvni o’rgatish
bo’yicha bayon etilgan fikr va mulohazalar asosida ingliz tilini o’rgatishga doir
quyidagi metodik xulosalarni chiqarish mumkin:
1. Nutq faoliyati turlarini o’rgatish o’qitish bosqichlariga qarab farqlanadi.
2. Ko’zda tutilgan dasturiy talablarga muvofiq nutq faoliyati turlari (gapirish,
tinglab tushunish, o’qish va yozuv) turli maqomlarda o’rgatiladi. O’rta maktab
73
ingliz tili ta’limida o’qish amaliy maqsad maqomiga ega bo’lsa, tinglab tushunish
va gapirish oraliq maqsad va vosita sanaladi. Yozuv esa maktabda o’qitish vositasi
maqomini oladi.
3. Ikkala o’quv yurti sharoitida nutq faoliyatining asosiy turlarini muvoziy
tarzda, o’qishning bir qadar ustuvorligi bilan o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
4. Oliy o’quv yurti talabalarining ingliz tiliga bo’lgan qiziqishlari o’rta
maktabdagiga
qaraganda
yuqoriroq
darajada
bo’lishi
uning
kasbiy
yo’naltirilganligi bilan izohlanadi.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |