Grammatika
ning til o’rganishda tutgan o’rni, nutqiy muloqotda o’ynaydigan
yetakchi roli haqida maxsus tadqiqotlar olib borilgan. Til materialining tarkibiy
qismi hisoblangan grammatika bo’yicha ilmiy manbalarda turli fikr va mulohazalar
bayon qilingan. Grammatikani (1) tilning grammatik qurilishi; (2) tilning grammatik
qurilishi haqidagi fan; (3) amaliy grammatikani, ya’ni konkret tilga oid grammatik
qoidalar, grammatik hodisalar tavsifi, grammatik ko’nikma va malakalar deb
qarovchilar mavjud.
Nemis lingvodidakti G. Xelbingning fikricha, uch turdagi grammatikani
o’zaro farqlash lozim: (1) muayyan tilga xos bo’lgan grammatik hodisalar majmui;
(2) tildagi grammatik qoidalar majmuining ilmiy tahlili, ya’ni grammatikaning
tilshunoslik fanida aks etishi; (3) nutqiy muloqot chog’ida qo’llanadigan qoidalar
tizimi.
Professor J. J. Jalolov grammatikaga (1) nutqning grammatik tomoni – tilning
gapirish, tinglab tushunish, o’qish va yozuvda uchraydigan grammatik hodisalar;
(2) til hodisalarini ta’riflovchi mavhumotlar deb ta’rif bergan.
Chet til o’qitish metodikasi tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, grammatikaga
turlicha munosabatda bo’lib kelinganligini kuzatishimiz mumkin. Grammatik-
tarjima metodi tarafdorlari til o’rganish deganda, grammatikani o’zlashtirishni
tushunganlar. To’g’ri metodda esa grammatik qoidalarni o’rgatishni umuman rad
etilgan. Ushbu metod tarafdorlari o’qitish chog’ida ona tilini chetlab o’tib, chet til
so’zi bilan predmet orasida bevosita aloqa (assotsiatsiya) o’rnatishga harakat
qilganlar. Ongli-qiyosiy metod tarafdorlari grammatikani o’rgatishga jiddiy e’tibor
berganlar. Grammatika alohida aspekt sifatida o’rganilgan. Grammatik qoidalar
sistemali ravishda o’rganilgan. Hozirgi paytda grammatikaga nutqiy muloqotni
39
ta’minlovchi vosita sifatida qaraladi. Psixolog va psixolingvistlar (B.V. Belyaev,
A.A. Artemov, I.A. Zimnyaya, A.A. Leontev, T.V. Ryabova) nutqning
shakllanishida uning grammatik qurilishi, idrok qilishda esa grammatik hodisalarni
tanib olishga e’tiborni tortadilar.
O’rta maktab va nofilologik o’quv yurtlarida ingliz tili grammatik hodisalarini
funktsional tarzda (qo’llanish nuqtai nazaridan) o’zlashtirish, so’ngra intuitiv holda
qo’llash talab etiladi.
Ingliz tili grammatikasini o’rgatishning xususiyatlaridan biri uni ona tili
grammatikasidan o’rganilgan bilimlarga asoslanishidir. Ona tilida grammatika til
amaliy o’zlashtirilgandan keyin o’rgatilib, ko’pgina hollarda nazariy va amaliy
grammatikaning qorishmasidan iborat bo’ladi.
Xorijiy til ta’limida grammatik ma’lumotlar tom ma’noda amaliy xarakterga
ega bo’ladi. O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida grammatikani
o’rgatish asosan quyidagilar bilan cheklanadi: (1) grammatik shakl, ularning
ma’nosi va qo’llanishini o’zlashtirish; (2) ushbu shakllarga oid qoidalarni bilish,
muloqot vaziyati va kontekstda ulardan foydalana olish ko’nikmalarini egallash;
(3) og’zaki va yozma fikr bayon etganda grammatik ko’nikmalarni qo’llay bilish.
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida o’quvchi va talabalar chet
til grammatikasini o’rgatish mazmunini egallaydilar. Grammatikani o’rgatish ham
leksika kabi ikki bosqichda, uni metodik tayyorlash (tanlash, taqsimot, tasnif va
taqdimot) va grammatik ko’nikmalarni shakllantirish tarzida olib boriladi.
Grammatik hodisaning yasalishi, ma’nosi va qo’llanishi alohida-alohida
grammatik birlik hisoblanadi. Mikroqo’llanish, mikroma’no va mikroshakl
tushunchalari ham fanda tadqiq qilingan.
O’quvchilar o’rganishlari zarur bo’lgan grammatik minimum o’rta, oliy
ta’limning umumta’lim hamda kasbiy fanlari davlat ta’lim standartlari va o’quv
dasturlarida keltirilgan.
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida ingliz tilini o’qitish
jarayonida
talaffuz materiali
ustida ishlash og’zaki nutq (gapirish va tinglab
40
tushunish), o’qish malakalarini shakllantirishda muhim o’rin egallaydi.
Talaffuzni o’rgatishda eshitish (akustik), aytish (motor) va ma’no
bildirish(semantika)ni o’zlashtirish, ya’ni talaffuz ko’nikmasini egallash nutqiy
muloqotning muhim shartlaridandir. Talaffuz ko’nikmasini egallash deganda, nutq
birligining tegishli tovushlar orqali ro’yobga chiqishini ta’minlovchi yaxlit lisoniy
amal tushuniladi.
Maktab sharoitida o’quvchilar ingliz tilida approksimatsiyalashgan talaffuzni
o’rganishadi. Nofilologik oliy o’quv yurtida ham ushbu printsipga rioya qilinadi.
Approksimatsiya g’oyasiga, binoan, birinchidan, fonetik materialni hajman
chegaralashga, ikkinchidan, ayrim tovushlar talaffuzining sifati til sohibinikidan
pastroq bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Talaffuzdagi taqribiylik, avvalo, ta’lim sharoiti
(ingliz tili o’rganishning sun’iy muhiti) bilan belgilansa, soniyan, talaffuz leksika
va grammatikaga nisbatan murakkabroqdir.
Ingliz tili talaffuzini o’rgatish muayyan tizim asosida olib borilishini taqozo
etadi. Talaffuzni o’rgatish kommunikativ yo’nalishda olib boriladi.
O’quvchi va talabalarga talaffuz ko’nikmalarini singdirish vazifalarini sanab
o’tamiz: (a) tinglash va eshitish ko’nikmalarini, ya’ni fonematik eshituv qobilyatini
o’stirish; (b) talaffuz ko’nikmasini, ingliz tili artikulyatsion bazasini va intonatsiya
usullarini avtomatizm darajasida egallash; (v) tashqi nutqning psixofizilogik asosi
bo’lgan ichki nutqni o’stirish va h.k.
Ingliz tili talaffuz (fonetik) minimumi leksik va grammatik materialga bog’liq
holda tanlanadi. Til materialini, odatda, aktiv va passiv minimumlardan iboratligi
ta’kidlandi. Lekin talaffuz minimumi o’zgacha xususiyatga ega ekanligi
metodikada ma’lum. Aktiv va passiv talaffuz minimumlari bir paytning o’zida
o’rganiladi. Ular murakkab nutqiy malakaning tarkibiga kirib, og’zaki nutqning
gapirish va tinglab tushunish jihatlarida namoyon bo’ladi. Talaffuzning aktiv
minimumida taqribiylikka yo’l qo’yiladi, passivda bunga yo’l qo’yilmaydi. Aktiv
minimum doirasida chegaralangan fonetik material yuzasidan ish ko’riladi,
passivda esa o’rganilayotgan ingliz tili fonemalarining variantlari ham uchraydi.
41
Talaffuz minimumi ilmiy-metodik mezonlar asosida tanlandi: ma’noni
farqlovchi fonema va intonemalar tanlanadi, talaffuzning to’liq uslubi, dialektal
talaffuz fonetik minimumga kiritilmaydi, adabiy talaffuzni o’rganish tavsiya etiladi
va h.k.
Ingliz tili leksik va grammatik materiali tarkibidagi barcha fonetik birliklar
talaffuz minimumidan joy olishi lozim. Lekin o’rganilishi oson bo’lgan talaffuz
birliklari talaffuzni o’rgatish mazmuni tarkibiga kirmaydi. Talaffuzni o’rgatish
mazmunida o’zlashtirishga maxsus vaqt va kuch talab etadigan fonetik hodisalar
yig’iladi.
Inglizcha tovushlarni talaffuz etishni o’rgatishda tovushlarni o’ziga xos
xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi, masalan, unlilarning qisqa-cho’ziqligi, ikki
unlidan iborat bo’lgan diftonglar mavjudligi kabilar.
Ingliz va o’zbek tillari fonologik sistemalarining lingvodidaktik qiyosiy
tahlilidan ayon bo’ladiki, ikkala tilda o’xshash (t-t, d-d, p-p, b-b, m-m, n-n va h.z.),
inglizchada uchramaydigan o’zbekcha tovushlar (x, q, g’), o’zbekchada
uchramaydigan inglizcha tovushlar (
,
, w, r, f, v va h.k.) mavjud. Yuqoridagi
o’xshashlik va farqlar o’quvchilarga ona tili va o’rganilayotgan tilning tovush
tarkibi, yozuvdagi ifodalanishini qiyoslash bilan ular o’rtasidagi farq va
o’xshashliklarni belgilab olish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |