To‗rtinchi avlod davomida, yuqori tezlikda ishlovchi gi kompyuter tarmoqlari
ham yaratildi. Bu bir necha kompyuterlarni o‗zaro muomala qilish va ma‘lumot
almashish uchun birgalikda ishlashiga imkon berdi. Lokal hisoblash tarmoqlari (LHT)
kompyuterlarni tashkilot yoki universitet shaharchasi ichida ommaviylashdi.
Aynan
shu tarzda global tarmoqlar ham (WAN) katta masofalarda joylashgan kompyuterlarni
ulash uchun ommalashdi. Bular kompyuter tarmoqlari va taqsimlangan tizimlarga olib
keldi.
Dasturiy ta‘minot sohasida to‗rtinchi avlodning yangi texnologiyalariga mos
holda, ayrim yangi ishlanmalar ham paydo bo‗ldi. Masalan, dasturchilar xususiy
kompyuterlar uchun bir qancha operasion tizim ishlab chiqdilar. Ularning orasida MS-
DOS, MS-Windows va Apple kompaniyasidan firmaga oid Mac OS tizimlari mashhur
edi. Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi sohasida malakasi bo‗lmagan odamlarga
mo‗ljallanganligi uchun kompaniyalar ancha do‗stona foydalanuvchi grafik
interfeysini (GUI) ishlab chiqdilar. Foydalanuvchi grafik interfaysi (GUI)
foydalanuvchilar ―sichqoncha‖ yordamida tanlay oladigan belgichalar (rasmlar) va
menyu (tanlov ro‗yxati) dan iborat. Shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaruvchilar va
dasturiy ta‘minot ishlab chiquvchilar PKlarni qudratli vositaga aylantirish uchun
shaxsiy kompyuterlar asosida bir qancha yangi takliflar ishlab chiqdilar. Ularning
orasida hujjatlarga, elektron jadvallarga ishlov berishni soddalashtirish imkonini
beruvchi, matnlarga ishlov berishning kuchli paketlari alohida o‗ringa ega bo‗lib, u
ustun va qator ko‗rinishida, tashkil etilgan ma‘lumotlarni hamda grafik paketlar ustida
engil manipulyasiya o‗tkazish
va tahlil qilishga imkon berar, bu esa rasm va
diagrammalarni chizishni osonlashtirishga imkon berardi. To‗rtinchi avlod davrida
ommalashgan yana bir o‗ta foydali konsepsiya terminalning bitta oynasida bir qancha
oyna (daricha)lar bilan ishlay olish imkoniyati edi. Bu xususiyat foydalanuvchilarga
terminalning bitta ekranida bir vaqtning o‗zida ilovalarning bir qancha qanchasi
holatini alohida darchalarda kuzatish imkonini berdi.
Katta kompyuterlar uchun dasturiy ta‘minot sohasida ko‗p prosessori operasion
tizimlar va dasturlashtirishning parallel tillari ommalashgan asosiy texnologiyalar
qatoriga qo‗shildi. Ko‗p prosessorli operasion tizim yordamida meynfreym tizimlarida
bir nechta prosessordan foydalanishi mumkin (asosiy prosessor va tobe prosessorlar),
shu tariqa, tobe prosessorlar foydalanuvchilar terminallari va periferiyali qurilmalarni
boshqara olishlari mumkin, bu esa asosiy prosessorni asosiy dasturlarga ishlov
berishga
jalb
etilishiga,
umumiy
samaradorlik
oshishiga
imkon
beradi.
Superkompyuterlar,
shuningdek,
bu
tizimda
foydalaniladigan
ko‗p
sonli
prosessorlardan maksimal unumdorlik olmoq uchun ko‗p
prosessorni operasion
tizimdan ham foydalanadilar. Bir vaqtning o‗zida dasturlash tillari dasturchilarga o‗z
ilovalarini bu ko‗p prosessorli tizimlar qismlari parallel ravishda bajara oladigan tarzda
yozishga imkon berib, ushbu ko‗p prosessorli tizim imkoniyatlaridan samarali
foydalanishga qo‗shimcha ravishda yordam berdilar. Ushbu turning eng kuchli tili
ADA edi.
To‗rtinchi avlodda UNIX operasion tizimi ham keng yirik ko‗lamli tizimlarda
foydalanish uchun o‗ta ommalashdi. Bundan tashqari, kompyuter tarmoqlarining
tarqalishi munosabati bilan bir necha kompyuterning bir-biri bilan muomalaga kira
olishi va o‗sha tarmoq resurslaridan birgalikda foydalanishga imkon berish uchun bir
qancha yangi funksiyalar mavjud operasion tizimga ulandi.
To‗rtinchi
avlod
davomida
ommalashgan
ayrim
boshqa
dasturiy
texnologiyalarga S dasturlashtirish tili, dasturiy ta‘minlashning ob‘ektga yo‗naltirilgan
loyihalashtirilishi va ob‘ektga yo‗naltirilgan dasturlashtirishlar kiradi. S tili o‗zida
assembler samaradorligi bilan yuqori darajali dasturlashtirish tillari xususiyatlarini
jamlaydi. Dasturiy ta‘minlashning ob‘ektga yo‗naltirilgan loyihalashtirilishining asosiy
vazifasi dasturni umumlashtirish va ob‘ekt deb ataluvchi dasturiy kodlarning takroriy
foydalaniladigan qismlarini birlashtirish yo‗li bilan
dasturiy tizimni yaratish
hisoblanadi. Dasturiy ta‘minlashning ob‘ektga yo‗naltirilgan loyihalashtirilishini
engillashtirish (osonlashtirish) uchun dasturlashtirishning bir qancha ob‘ektga
yo‗naltirilgan tillari kiritildi. Ulardan SQQ eng ommaviy ob‘ektga yo‗naltirilgan til
sifatida paydo bo‗ldi.
To‗rtinchi avlod kompyuterlarining xarakterli xususiyatlari quyidagilar
hisoblanadi.
1. PK meynfeymlar yoki uchinchi avlod mini EHMlariga nisbatan kichik va
arzon edi.
2. To‗rtinchi avlod meynfreymlari va superkompyuterlari uchun ular turgan bino
(xona) kondisioner bilan ta‘minlanishi talab qilinishiga qaramay, xususiy
kompyuterlarga kondisioner talab etilmaydi.
3. Ular uchinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kam energiya (quvvat)
sarflardi.
4.Ular uchinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ishonchliroq, apparatlarning
ishlamay
qolishga moyilligi kamroq, texnik xizmat ko‗rsatishga kam xarajat talab
qilardi.
5. Ular uchinchi avlod kompyuterlariga taqqoslaganda tez ishlar, birlamchi va
ikkilamchi saqlanishiga ko‗rakatta xotiraga ega edi.
6. Ular umumiy foydalanishga mo‗ljallangan mashina edi.
7. Ularni tayyorlash elektron sxemaning alohida komponentlarini qo‗lda
yig‘ishni talab qilmasdi, bu esa yig‘ish bosqichida inson mehnati ulushi va moliyaviy
xarajatlar pasayishiga olib keldi. Shu bilan birga, BIS va SBIS fishkalar tayyorlash
uchun o‗ta murakkab texnologiya va qimmatbaho qurilmalar talab qilinar edi.
8. Bitta kompyuter uchun yozilgan dasturni boshqa kompyuterga oson
o‗tkazuvchi va bajaruvchi dasturlashtirishning yuqori standart tillaridan foydalanish
9. Foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI) kompyuterni endi o‗rganayotgan
foydalanuvchilarga kompyuterdan foydalanishni tez o‗rganishga imkon berdi.
10. PK-ilovalar PKni ofis uchun ham, uyda foydalanish uchun ham kuchli
vositaga aylantirdi.
11. Kompyuterlar tarmog‘i disklar, printerlar v.b.
kabi resurslarni bir qancha
kompyuterlar va ularning foydalanuvchilari tomonidan birgalikda foydalanishga
imkon berdi. Ularga, shuningdek, geografik jihatdan olis joylardagi kompyuterdan
foydalanuvchilar orasidagi o‗zaro aloqalar bilan bog‘liq takliflarning bir qancha yangi
turlarini ham qo‗shdilar. Korporativ ishlarni ta‘minlovchi kompyuterlar (computer
Supported Cooperative Working - CSCW) yoki guruhli ishlar ana shunday takliflardan
biri hisoblanib, uzoq (olis) joylarga joylashgan bitta loyihada ishlovchi bir necha
a‘zolar kompyuter tarmoqlari yordamida bir-birdari bilan hamkorlik qiladilar.
12. Ixchamlashtirilgan dasturiy ta‘minotga qo‗shimcha ravishda bu tizim ham
apparatning ustqurmasi funksiyasini bajaradi. Bunda foydalanuvchilarga mablag‘larni
faqat o‗z ehtiyojlari va qimmatini hisobga olgan holda, apparat va dasturiy
ta‘minlashning konfigurasiyasiga investisiyalashga imkon beradi.
13. To‗rtinchi avlod PKlari kompyuter narxlarini hatto alohida shaxslar uylarida
shaxsan foydalanish imkonini beradigan darajaga keltirdilar.
14. To‗rtinchi avlodning superkompyuterlari bu tizimda
foydalaniladigan katta
miqdordagi prosessorlarda ilovadarning turli qismlariga parallel ravishda ishlov
berishga imkon yaratdi. Bu o‗z navbatida, katta vaqt sarfini talab qiladigan ilovalar
bilan ancha tez ishlashga imkon berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: