Texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendentsiyalari


Beshinchi avlod (1989-hozirga qadar)



Download 440,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana14.05.2023
Hajmi440,05 Kb.
#938740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja Texnik vositalarning tushunchasi va rivojlanish tarixi 2

 
Beshinchi avlod (1989-hozirga qadar) 
Elektron 
komponentlarni 
yanada 
miniatyuralashtirish 
(kichiklashtirish) 
tendensiyasi, mikroprosessorli chiplar quvvatining keskin ortishi, shuningdek, tezkor 
xotira va qattiq diskning o‗tkazish qobiliyatining oshishini beshinchi avlod davrida 
davom etdi. BIS texnologichsi beshinchi avlodda SBIS (Ultra-Large-Sckale 
Integration) texnologiyasiga aylandi, natijada o‗n million elektron komponentlarga ega 
mikroprosessorli chiplar ishlar chiqarila boshlandi. Aslida, mikroprosessorlar tezligi va 
tezkor xotira va qattiq disk o‗lchami deyarli har o‗n sakkiz oyda ikki martaga 
ko‗paymoqda edi. Natijada uchinchi va to‗rtinchi avlod tizimining katta 
meeynfreymlarida topilgan ko‗pgina funksiyalar beshinchi avlod mikroprosessori 
arxitekturasining bir qismi bo‗lib qoldi. Oxir oqibat bu arzon narxlaridagi o‗ta kuchli 
va qulay kompyuterlarga va meynfreymlar uchun an‘anaviy katta tizimlarning 
tugashiga yo‗l ochdi. Oxirgi vaqtlarda prosessorlar ishlab chiqaruvchilar ancha kuchli 
(tez) bir yadroli prosessorli chiplar o‗rniga ko‗p yadroli prosessor chiplari tayyorlay 
boshladilar. Ko‗p yadroli chiplar parallel ravishda katta ishlarga ishlov bergani 
hisobiga umumiy ish unumdorligini oshirdilar. 
Kompyuter texnologiyasi sohasidagi harakatlar sur‘atining tezligi munosabati 
bilan biz hao yil hatto arzonroq narxlarda ham yanada qulay va kuchli kompyuterlar 
ishlab chiqarilayotganini ko‗rmoqdamiz. Ularning orasidan portativ noutbuklarni 
alohida ta‘kidlamoq lozim. Ular o‗z foydalanuvchilari uchun hatto sayohatlarda ham 
hamroh bo‗laoladi, kuchli stol PK va ishchi stansiyalari, kuchli serverlar, kuchli 
supurkompyuterlar va cho‗ntak kompyuterlari shular jumlasidandir (kompyuterlarning 
bu turlari bilan batafsilroq tanishish uchun 20-bobga qarang). 
Ma‘lumotlarni saqlash texnologiyasi ham rivojlandi: yaqinda joriy etilgan 
tizimlardagi katta tezkor xotira va disk xajmi shular jumlasidandir. Hozirgi paytda 
PKlarning tezkor xotiraning bir qancha gigabaytiga (GB) va qattiq diskning 80 dan 
320 gigabaytgacha (GB) sig‘imlisi juda keng tarqalgan. Bundan tashqari 4 dan 64 
gigabaytgacha tezkor xotiraga ega ishchi stansiyalar va qattiq diskning bir necha yuz 
gigabayt sig‘imlilari oddiy xol hisoblanadi. RAID texnologiyasi (Redundant Arrag of
Inepensive Disks – uncha qimmat bo‗lmagan disklar massivi) anchagina disklar 
yig‘indisini bitta katta disk sifatida ko‗rsatadi. U shu tarzda katta ishonchlilik bilan 
ko‗proq joy taklif qila oladi. Beshinchi avlod davrida optik disklar (kompakt-disk 
sifatida ma‘lum) ommaviy portativ tashuvchilar ga aylandi.
Yirik ko‗lamli tizim s ohasida beshinchi avlod parallel qayta ishlov berish 
texnologiyasiga asoslangan yanada kuchli supurkompterlar paydo bo‗lganini ko‗rdi. 
Ularda bir necha prosessorlardan foydalanilgan va bu parallel kompyuterlar ikki turda 
– hamkorlikda foydalaniladigan xotirali va taqsimlangan xotiralidir. Parallel 
kompyuterning umumiy xotirasida yuqori tezlikli shina yoki aloqa tarmog‘ini bir 


necha prosessor umumiy tezkor xotiraga biriktiradi, taqsimlangan xotirali 
kompyuterda esa parallel aloqa tarmog‘i har biri o‗z xotirasiga ega bo‗lgan bir necha 
prosessorga birlashtiradi. Bu tizimlar masalani mayda masalalarga bo‗lish va ularni 
parallel ravishda tizimning bir necha prosessorida bajarish uchun parallel 
dasturlashtirish usulidan foydalanadi. Ishga tushirish mexanizmi prosessorlari parallel 
kompyuterda aloqa uchun hamkorlikda foydalaniladigan xotiradan foydalanadi, bu 
paytda taqsimlangan xotirali parallel kompyuter aloqa uchun xabarlarni uzatish 
mexanizmidan foydalanadi. Parallel kompyuterlarning taqsimlangan xotirasi 
hamkorlikda foydalaniladigan parallel kompyuterlar xotirasiga nisbatan yaxshilangan 
ko‗lamlilikka ega (uning xususiyati yanada ortib borishi mumkin) va yuqori tezlikdagi 
kommunasiyalanadigan tarmoqni ko‗llash bilan kuchli ishchi stansiya bilan birga 
qurilgan. Bu klasterli texnologiya hisoblanadi. 
Beshinchi avlod davrida Internetda mos texnologiyalar va ilovalarni qo‗llay 
boshladilar. Bu kompyuterdan foydalanuvchilarga er sharining turli joylarida bo‗la 
turib, ob‘ektning elektron pochtasidan foydalangan holda (e-mael sifatida ma‘lum) bir 
necha daqiqada yozishmalarni amalga oshirish imkonini berdi. Axborotlarning ulkan 
okeanini Word Wide Web (WWW sifatida ma‘lum) orqali kompyuterdan 
foydalanuvchilar uchun olish imkoniyati yaratildi. Bundan tashqari, elektron 
kommersiya (tijorat), virtual kutabxonalar va hokazolar shu davrda yuzaga keldi. 
Beshinchi valod kompyuterlarining ulkan quvvati va katta sig‘imli hotira 
qurilmasi ularni matnliega axborotlar, grafika, animasiya, audio va video ma‘lumotlar 
bilan ishlovchilar multimediya ilovalarining keng spektrlari uchun o‗ta foydali va 
ommalashgan instrumentga aylantirdi. Umuman, multimediyali axborotlar uchun 
ma‘lumotlar hajmi oddiy matnli axborotga nisbatan ancha ko‗p, chunki grafikalar, 
animasiyalar, raqamli shakldagi OAV audio yoki videolari oddiy matnni taqdim 
etishdagiga nisbatan ancha ko‗p miqdordagi bitlarni talab qiladi. Shuning uchun 
maltimediali kompyuter tizimlari yanada tezroq prosessor, ma‘lumotlarni saqlashning 
yanada yirikroq qurilmasini, yanada tezkor xotirani, yaxshi grafik terminalni hamda 
multimediali amaliy dastur bilan bog‘liq har qanday audio yoki videoni ko‗rsatish 
uchun zarur bo‗ladigan kiritish-chiqarish qurilmalarini talab qiladi. Multimediali 
kompyuter tizimlarining mavjudligi beshinchi avlod davrida multimediali ilovalarning 
o‗ta tez o‗sishiga olib keldi. 
Operasion tizimlar sohasida beshinchi avlod davomida ommaviylikka erishganlar 
yangi konsepsiyalar qatoriga mikroyadrolar, ko‗p oqimlilik va ko‗p yadroli operasion 
tizimlar kirdi. Mikroyadro texnologiyasi dizaynerlarga operasion tizimlarni modul 
prinsipi bo‗yicha modellashtirish va loyihalashtirish imkoniyati kirdi. Bu operasion 
tizimlarni ishlab chiqarish va joriy etishni, mavjudlariga o‗zgarishlar kiritish yoki 
yangi xizmatlar kiritishni osonlashtiradi, shuningdek, foydalanuvchilarga o‗z shaxsiy 
xizmatlarini joriy etish va foydalanishga imkon beradi. Ko‗p oqimli texnologiya 
parallelizm hisobiga takliflar unumdorligini oshirishning ommaviy ususi hisoblandi. 
An‘anaviy operasion tizimlarda MP (SP) rejalashtirishning asosiy birligi jarayon 
hisoblanadi, ko‗p oqimli operasion tizimlarda MP (SP) rejalashtirishning asosiy birligi 
oqim (potok-izchillik) hisoblanadi. Bunday operasion tizimlarda jarayon o‗z 
yo‗riqnomalari va 
ma‘lumotlariga, shuningdek, almashinuvning bir necha 
oqimlarining bir yoki umumiy manzilli bo‗shliq (makon)lariga ega bo‗lgan manzilli 
makondan iborat bo‗ladi. Shu tariqa, bu tizimlar yangi oqim yaratishi, prosessorni 


oqimlar orasida yo‗naltirishi va resurslarni o‗sha jarayon yo‗nalishlari orasida 
jarayonlar orasidagiga nisbatan samaraliroq taqsimlashi mumkin, bu esa tizimlarning 
yanada tezroq ishlashiga va yuqoriroq umumiy unumdorligiga olib keladi. Ko‗p 
yadroli operasion tizim bir vaqtning o‗zida multi yadroli chipda har bir yadro uchun 
alohida qayta ishlash dasturi asosida bir necha dasturni ishga tushirishi mumkin.
Dasturlashtirish tili sahasida beshinchi avlod davrida ommalashgan konsepsiyalar 
O‗AVA dasturlashtirish tili va MPI (Mtssage Possing Interface) va PVM (Parallel 
Virtual Machine) kabi dasturlashtirishning parallel kutubxonasi hisoblanadi. O‗AVA 
asosan World Wide Web da foydalaniladi. U O‗AVA – appletlarni veb-sahifalar 
asosida saqlash bilan dinamik axborotlarga ega bo‗lishga va veb-axborotlardan 
foydalanuvchilar bilan interfaollikda bo‗lishga imkon beradi. MPI va PVM 
kutubxonalar standart parallel dasturlar ishlab chiqarishga imkon beradi, bunda 
dasturchi boshqa parallel kompyuterlarda bitta parallel kompyuter uchun ishlab 
chiqilgan parallel dasturni oson o‗tkaza va bajara oladi. MPI parallel kompyuterlarning 
taqsimlangan xotirasi uchun, PVM parallel kompterlarning bo‗laklanadigan xotirasi 
uchun foydalaniladi. 
Beshinchi avlod kompyuetrlarining xarakterli xususiyatlari quyidagilar 
hisoblanadi: 
1.
Portativ kompyuterlar (noutbuk deb ataluvchilar) to‗rtinchi avlod 
kompyuterlariga nisbatan ancha kichik va qulay bo‗lib, foydalanuvchilarga hisoblash 
vositalaridan hatto sayohat paytida ham foydalana olish imkonini beradi. 
2.
Beshinchi avlodning stol PK (ShK) va ishchi stansiyasi to‗rtinchi avlod PK 
(ShK)ga nisbatan bir necha marta kuchli. 
3.
Beshinchi avlod meynfreym va superkompyuterlar o‗zlari joylashgan bino 
(xona) zarur tarzda konunsioner bilan ta‘minlanishini talab qilsa noutbuk stol ShK va 
ishchi stansiyalar uchun kondisoner talab qilinmaydi. 
4.
Ular o‗tmishdoshlariga nisbatan kam energiya sarflaydi. 
5.
Ularning aparat qurilmalari o‗tmishdoshlariga nisbatan kam buziladi, texnik 
xizmat ko‗rsatishga uncha ko‗p xarajat talab qilmaydi. 
6.
Beshinchi avlodning yirik ko‗lamli tizimlaridan ko‗pchiligi issiq (ishlab 
turganida) almashuv funksiyasiga ega, bu esa ishlamay qolgan komponentni, tizimni 
o‗chirmasdan, yangisiga almashtirish imkonini beradi. 
7.
Ularda o‗z o‗tmishdoshlariga nisbatan birlamchi va ikkilamchi saqlash 
qurilmasi tez va katta. 
8.
Ular universal mashina hisoblanadi. 
9.
Ularni ishlab chiqarish elektron sxemaning alohida komponentlarini qo‗lda 
yig‘ishni talab qilmaydi, bu esa yig‘ish bosqichida inson qo‗l mehnati va moliyaviy 
xarajatlarni pasaytiradi. Shu tariqa, bu tizimni sanoat ishlab chiqarishi oson va arzon. 
Shu bilan birga SBIS chiplar ishlab chiqarish uchun o‗ta murakkab texnologiya va 
qimmatbaho uskunalar talab qilinadi (jahondagi bir necha tashkilotlardagina mavjud). 
10.
Yuqori darajali dasturlashtirishning standart tillaridan foydalanish bitta 
kompyuter uchun yozilgan dasturlarni boshqa kompyuterda bajarish uchun o‗tkazishni 
engillashtiradi. 
11.
Multimediyali 
funksiyalardan 
foydalanuvchilar 
uchun 
qo‗shimcha 
foydalanuvchilar interfeyslari tizimni hatto bolalar tomonidan ham o‗zlashtirlishini 
osonlashtiradi. 


12.
Yangi va yanada kuchli ilovalar shu jumladan, multimediali ilovalar har bir 
sohada tizimni yanada foydaliroq qiladi. 
13.
Internet ko‗lamining kengayishi Internet-vosita va ilovalar bilan birgalikda 
bu tizimlarni oddiy odamlar hayotiga ham ta‘sir etadigan qilib qo‗ydilar. 
14.
Bu tizimlar ham maydalangan dasturiy ta‘minot konsepsiyasidan 
foydalanadi. Bu esa foydalanuvchilarga o‗z ehtiyojlari va kerakli hisoblagan apparat 
va dasturiy ta‘minotga mablag‘ sarflashlarini ta‘minlaydi. 
15.
Keng narx diapazonidagi kompyuterlar turlarining o‗ta katta miqdori bilan 
bugun biz deyarli hamma turdagi foydalanuvchilar uchun kompyuterlarga egamiz
hatto foydalanuvchi yosh bola yoki jahonga mashhur olim bo‗lsa ham. 
Yuqorida ta‘riflangan beshchi avlod kompyuterlarining asosiy texnologiyalari va 
funksiyalari ko‗rsatilgan. 
Hisoblash texnikasi tarixi yozuvlari besh avlodning bo‗linishini, keyingi bir necha 
o‗n yil davomida hammasi qanchalik tez o‗zgarib ketganligini ko‗rsatadi. Bu sohadagi 
texnologik taraqqiyot davom etmoqda. Aslida, hisoblash texnikasining tarixda eng tez 
o‗sish davri hali oldinda bo‗lishi mumkin. 

Download 440,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish