dasturlarini yig‘ishar va ularni berilgan vaqt intervalida paketlarda kompyuterga kiritar
edilar. Foydalanuvchilar kompyuter markazidan o‗z ishlarining echimini qog‘ozga
bosilgan holda olar edilar. Ma‘lumotlarga paketli ishlov berishga bunday yondashuv
natijasida ayrim foydalanuvchilar ayniqsa dasturchilar uchun majburiy ushlanib qolish
murakkabliklar yaratardi, chunki ular dasturdagi bir nechta
xatoni topish va tuzatish
uchun kunlab kutishga majbur edilar. Bu vaziyatni tuzatish uchun Dartmund kolejidan
Jon Kemeni va Tomas Kurs taqsimlangan vaqtlarda ishlovchi operasion tizimlar
konsepsiyasini (OS) taqdim etdi. Taqsimlangan vaqtlarga ajratilgan OS bir necha
foydalanuvchiga kompyuterga tez kirish imkoniga ega bo‗ladi va har bir
foydalanuvchi
uchun
kompyuterdan
resurslaridan
boshqalar
ham
foydalanayotganligini his qilmagan holda bir vaqtda foydalanishga imkon beradi.
Bunga kompyuterga bir vaqtda birgalikda ulangan ko‗p sonli nisbatan past tezlikda
ishlovchi mustaqil onlayn terminallardan foydalanish tufayli erishiladi. Har bir
foydalanuvchi kompyuterga to‗g‘ridan-to‗g‘ri kira olishi uchun aloxida terminaldan
foydalanadi. Taqsimlangan vaqtlarga ajratilgan operasion tizim prosessorning vaqtini
shunday taqsimlaydiki, bunda o‗z navbatida hamma
foydalanuvchilar dasturi
prosessor vaqtining bir qismiga (vaqt kesimi sifatida ma‘lum) ega bo‗ladi.
Prosessorning ishlash tezligi unga bir foydalanuvchining ishidan ikkinchisinikiga tez
izchillikda o‗tish va to ish tugamaguncha qadar vaqtning ajratilgan kvantida har bir
topshiriqning uncha ko‗p bo‗lmagan qismini bajarishga imkon beradi. Har bir
foydalanuvchi ―kompyuterda bir o‗zim ishlayapman‖ degan hayolda bo‗ladi. Vaqtni
ajratish tartibi konsepsiyasini joriy etish dasturchilar ish unumdorligini ancha
oshirishga
va
aviabiletlarni,
so‗rovnomalar
v.b.larni
interfaol
tizimlarini
rezervlashtirish tizimi sifatida on-layn ilovalar ishlab chiqishga imkon beradi.
1965 yilga qadar kompyuter ishlab chiqaruvchilar o‗z uskunalarini barcha
dasturiy ta‘minlanish bilan birga sotishar, dasturiy ta‘minlash uchun alohida haq olmas
edlar. Masalan, xaridorlar o‗zlari sotib olgan kompyuterlari bilan birga kompyuterda
saqlanuvchi hamma tillar uchun translyatorga ega bo‗lganlar. Foydalanuvchilar nuqtai
nazarida dasturiy ta‘minlash tekin edi.
1969 yilda IBM va boshqa kompyuter ishlab chiqaruvchilar o‗zlarining apparat
va dasturiy mahsulotlariga alohida narxlar belgilanganlaridan keyin vaziyat o‗zgardi.
Dasturiy ta‘minot bilan apparat ta‘minotining bunday ajratilishi
foydalanuvchilarga
o‗zlarining ehtiyojlari bo‗lgan va qadrlagan dasturiy ta‘minotgagina investisiya
qilishlariga imkoniyat yaratdi. Masalan, hozirgi paytda xaridorlar o‗zlari uchun zarur
bo‗lgan til bo‗yicha translyatorlarnigina sotib oladilar. Sotib olingan kompyuterlarda
esa barcha translyatorlar qo‗llab-quvvatlanmaydi. Bu ko‗plab dasturchi firmalarning
yaratilishiga olib keldi va dasturiy ta‘minotning mustaqil industriyaga aylanishiga
sabab bo‗ldi.
Uchinchi avlod tomonidan kiritilgan yana bir muhim tushuncha kompyuterlar
oilasining teskari bir biriga mosligi bo‗ldi. Bu davrda IBM o‗z tizimida 360 tizimini
teskari moslik bilan taqdim eta olardi, chunki o‗sha
mashina tiliga asoslangan
meynfreymlar tizimining turli o‗lchamlari edi. Bu korxonalarga priferiya jihozlariga va
yangi tizimlarini ishga tushirish va dasturlarni modifikasiyalashga sarf-xarajat
qilmasdan o‗z kompyuterlarini modernizasiyalash imkonini berdi.
Uchinchi avlod davrida mini EHMlarni ishlab chiqish va joriy etishga ham joy
ajratilgan. 1960-yillarning boshiga qadar qurilgan kompyuterlar universal tizimda
bo‗lib, faqat eng yirik kompaniyalarigina ularni sotib olish va foydalanish imkoniga
ega edi. Darvoqe, Meynfreymlar uchun katta tez va o‗ta qimmat tizimlar tomonidan
qoldirilgan bo‗shliqni to‗ldirish uchun uncha qimmat va katta bo‗lmagan
kompyuterlarga talab mavjud edi. Bir qancha novatorlar bu ehtiyojni tan oldilar va
1960 yillarda uncha katta bo‗lmagan kompyuterlar ishlab chiqarish uchun yangi
firmalar yaratdilar. 1965 yilda Digital Equipment Corporation (
DEC
)
birinchi tijorat
uchun imkoniyatli bo‗lgan minikompyuterlar
PDP
-8ni chiqardi (Programmed Data
Processor). Uni xonaning burchagiga osongina joylashtirsa bo‗lar va kompyuter
operatoridan to‗liq ish kuni talab qilmas edi. U taqsimlangan vaqt operasion tizimidan
foydalanar va shu binoning o‗zida bir necha foydalanuvchi har xil joydan undan
foydalanishga imkoniyat yaratar edi. Uning qiymati meynfremlar an‘anaviy tizimi
qiymatining chorak qismi atrofida bo‗lib, uncha katta bo‗lmagan kompaniyalar ham
kompyuter sotib olish imkoniyatiga ega edi. Bu biznes va ilmiy maqsadlar uchun
uncha katta bo‗lmagan kompyuterlarga talab mavjudligini tasdiqladi va 1971 yilda
bozorda 25 dan ortiq minikompyuter ishlab chiqaruvchilar mavjud edi.
Uchinchi avlod kmpyuterlarining o‗ziga xos tomonlari quyidagilar hisoblanadi.
1.
Ular ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ancha quvvatdi edi. Ular
sekundiga 1 mln.ga yaqin operasiyalarni bajarishga qodir edi.
2.
Ular ikkinchi avlod kompyuteriga nisbatan kichik shuning uchun kamroq joy
talab qilardi.
3.
Ular ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kam energiya (quvvat) talab
qilar va kam issiqlik tarqatar edi. Uchinchi avlod kompyuterlari
joylashtirilgan bino
avvalgidek kondisioner bilan jihozlanishi zarur.
4.
Ular ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ishonchliroq va apparatlarning
to‗xtab qolishga moyiligi kam xizmat ko‗rsatish qiymati ancha arzon edi.
5.
Ular tez ishlar, ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan axborotlarni saqlash
uchun katta birlamchi va ikkilamchi xotiraga ega edi.
6.
Ular ilmiy va tijorat maqsadlarida foydalanishga yaroqli umumiy vazifalarni
bajaradigan mashina edi.
7.
Ular tayyorlash elektron sxemasiga alohida alohida komponentlarini qo‗lda
yig‘ishni talab qilmas edi, bu esa yig‘ish bosqichida inson mehnati ulushini va
moliyaviy xarajatlarni pasayishiga olib kelardi. Shu tariqa, bu tizimni ishlab chiqarish
oson va arzon edi. Bundan tashqari integral mikrosxemalar ishlab chiqarish uchun
ancha murakkab texnologiya va qimmatbaho uskunalar zarur bo‗lar edi.
8.
Yuqori
darajali
dasturlashtirishni
tillarining
standartlashtirilishi
bir
kompyuter uchun yozilgan dasturlarni boshqa kompyuterda bajarish uchun oson
o‗tkazishga imkon beradi.
9.
Taqsimlangan vaqt operasion tizimi bu tizimni
bir necha foydalanuvchi
interfaol va bir vaqtning o‗zida foydalanishiga imkon beradi.
10.
Taqsimlangan vaqt operasion tizimi dasturlarni ishlab chiqish vaqti va
qiymatini bir necha martaga qisqartirib, dasturchilar ish unumdorligini sezilarli
yaxshilashga yordam berdi.
11.
Taqsimlangan vaqt operasion tizimi, shuningdek on-layn tizimida ishlashni
amalga oshirishga va buning natijasi sifatida bu tizimlarni yangi onlayn ilovalar uchun
qo‗llashga yordam berdi.
12.
Dasturiy ta‘minlashni apparat vositalaridan ajratish bu tizimdan
foydalanuvchilarga ular uchun va kerak bo‗lgan dasturiy ta‘minlashga investisiyalash
imkonini berdi.
13.
Uchinchi avlod minikompyuterlari hatto mayda kompaniyalar uchun ham
kompyuterga ega bo‗lish imkonini yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: