Texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendentsiyalari



Download 440,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana14.05.2023
Hajmi440,05 Kb.
#938740
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja Texnik vositalarning tushunchasi va rivojlanish tarixi 2



3-Mavzu: TEXNIK VOSITALAR VA ULARNING RIVOJLANIB 
BORISH TENDENTSIYALARI
Reja: 
1.
 
Texnik vositalarning tushunchasi va rivojlanish tarixi 
2.
 
Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi 
3.
 
Ma‘lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari
Tayanch so‘z va iboralar: 
kompyuter, rivojlanish tarixi, tizimli blok, 
ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari 
1.
 
Texnik vositalarning tushunchasi va rivojlanish tarixi 
Kompyuter - inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u 
hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma'lumotlar 
ustida ham amallar bajaradi. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta ishlashdan 
iborat
 
Ixtirolar onasi zarurat hisoblanadi, degan gap kompyuterlar uchun ham amal 
qiladi. Tadqiqotchilar, kompyuterni tez va aniq hisoblash ishlarini bajaruvchi 
qurilmalar yaratish borsidagi izlanishlari oqibatida ixtiro qilganlar. 
1642 yilda Blez Paskal birinchi mexanik hisoblash mashinasini ixtiro qildi. 
Keyinchalik 1671 yilda Germaniyalik baron Gotfrid Vilgelm fon Leybnis ko‗paytirish 
amalini bajaruvchi birinchi kalkulyatorni ixtiro qildi. Mashina klaviaturasi 1880 
yillarda Amerika Qo‗shma Shtatlarida paydo bo‗ldi va biz bugungi kunda ham undan 
foydalanamiz. Taxminan shu davrda, German Xollerit kompyuterlarga ma‘lumot 
kiritish vositasi siatida 1970 yillargacha ham keng qo‗llanib kelingan perfokartalar 
konsepsiyasini tushunchasini yaratdi. Biznes mashinalari va kalkulyatorlar Evropa va 
Amerikada o‗n to‗qqizinchi asrning oxirlariga kelib paydo bo‗lidi. 
XIX asrda yashab o‗tgan Kembrij universitetining professori Charlz Babbij 
zamonaviy raqamli dasturlashtiriladigan kompyuterlarning otasi hisoblanadi. U 
matematik va statistik jadvallarni tayyorlash uchun bir guruh klerklarni ishga yolladi. 
Bu jadvallarni tekshirish uchun Babbij bir necha soat vaqt sarflashiga to‗g‘ri keldi, 
chunki, diqqat-e‘tibor, ehtiyot choralari ham inson xatolarini oldini ololmasdi. Tez 
orada unda bir xildagi mazkur ishdan norozilik paydo bo‗ldi va jaxli chiqdi. Oqibatda 
u Natijada, u jadvallarni xatosiz hisoblashni kafolatlaydigan mashina yaratish 
to‗g‘risida o‗ylay boshladi.
. Bu borada Babbij 1822 yilda ishonchli jadvallarni ishlab chiqa oladigan 
"Difference Engine"ni yaratdi. 1842-yilda Babbij o‗rtacha tezligi daqiqada 60 ta amal 
bajara oladigan istalgan matematik masalalar uchun asosiy arifmetik funksiyalarni 
bajarish uchun to‗liq avtomatik tahlil mashinasi yangi g‘oyasi bilan chiqdi. Afsuski 
mashinaning ishchi modelini qurishga uning imkoni bo‗lmadi, chunki bu davrda 
mashina ishlab chiqarish uchun zarur bo‗lgan aniq muhandislik xali mavjud emas edi. 
Biroq, uning sa‘y-harakatlari har qanday raqamli dasturlashtiriladigan kompyuter 
konstruksiyasi uchun asos bo‗luvchi bir qator tamoyillarni o‗rnatdi. 
Birinchi avtomatik hisoblash mashinalarining asosiy kamchiligi ularning 
dasturlari dasturlarni o‗zgartirish qiyin bo‗lgan taxtachalarga ulangan edi. 1940 
yillarda, doktor Jon fon Neyman dasturiy ta‘minotning xal qilinishi qiyin bo‗lgan 
muamolariini bartaraf qilishda yordam bergan ―Saqlab qo‗yiladigan dastur‖ 


tushunchasini kiritdi. Bu tushunchaning asosiy g‘oyasi operasiyalar oqimini avtomatik 
tarzda yo‗naltirish uchun buyruqlar va ma‘lumotlar ketma-ketligini kompyuter 
xotirasida saqlab qolishdir. Bu xususiyat bir kompyuterga turli dasturlarni oson
yuklash va bajarish mumkin bo‗lgan zamonaviy raqamli kompyuterlarning 
rivojlanishiga katta ta‘sir ko‗rsatdi. Mana shu xususiyati tufayli, biz raqamli hisoblash 
mashilari dasturlari saqlanadigan zamonaviy raqamli kompyuterlarga tez-tez murojaat 
qilamiz.

Download 440,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish