Kvadratorli vattmetrlarni o'nlab gertslardan 1 MGs gacha chastotalar diapazonida qo'llaniladi. Ularning afzalliklari shuki, ko'rsatishlari kuchlanish va tok shakliga bog'liqmas holda chastota va fazaviy siljishga kam bog'liqdir. Xatoligi 1,5...2% ni tashkil etadi. Asosiy kamchiligi - termoo'zgartgichlar xarakteristikalarining to'la identik bo'lish talabidir. Raqamli vattmetrlar
Oxirgi yillarda o'lchash texnikasida o'lchash jarayonlarini avtomatlashtirish quvvatni o'lchash vositalariga ham tatbiq etilmoqda. Quvvatni o'lchash vositalarini avtomatlashtirish zarurati quyidagi ikki sababga ko'ra: birinchidan, avtomatik nazorat tizimlarining rivojlanishi bilan, ikkinchidan, istalgan termorezistorli vattmetrning asosiy elementi bo'lgan ko'prikli sxemalarni balanslash bilan bog'liq ishlarni boshqarishning murakkabligi bilan yuzaga keladi. Raqamli vattmetrlarda quvvat o'zgartirgichlarning turli xillari, shu jumladan, termorezistorli o'zgartirgichlar ham qo'llaniladi. Vattmetr sxemasining asosiy elementi mikroprotsessordir. UPT qabul qiluvchi termoelektrik o'zgartirgichning chiqish kuchlanishini ARO' blokining turg'un ishlashini ta'minlaydigan qiymatgacha o'zgartiradi. O'lchanayotgan quvvatning qiymatiga proportsional bo'lgan kuchlanish vaqt-impulsli o'zgartirgich (sxemada ko'rsatilmagan) yordamida vaqt oralig'iga o'zgartiriladi va tayanch chastota impulslari bilan to'ldiriladi. Vattmetrning mikroprotsessori ish rejimlarini avtomatik boshqarish va o'lchash chegaralarini avtomatik almashlab ulagich o'z ichiga oladi. O'zgaruvchan tok quvvati kalibratori vattmetrning o'zini o'zi kalibrlashi uchun foydalaniladi. O'zgarmas tok kalibratori quvvatning o'rta va katta darajalarini o'zgartirgichlar bilan ishlaydigan raqamli vattmetrni kalibrlash uchun qo'llaniladi. Vattmetrning barcha uzellari ichiga o'rnatilgan o'zgarmas tok ta'minot manbasidan ta'minlanadi. Qabul qilish o'zgartirgichi standart yuqori chastotali raz'yomli koaksial liniya (yoki to'lqin o'tkazgich), yutuvchi element, teroelektrik modul, «taqqoslash namunasi»dan iborat. Yutuvchi element issiqlik o'tkazuvchi (berilliyli) keramikadagi yupqa plyonkali rezistordan iborat. Koaksial traktning markaziy o'tkazgichi zanglamas po'latdan yasalgan yupqa devorli trubkadan iborat bo'lib, tashqi muhitning yutuvchi elementga ta'sirini bartaraf etadi. O'YuCH da yo'qotishlarni kamaytirish uchun trubka mis va kumush bilan qoplanadi. Yutuvchi element zich o'tirganligi hisobiga markaziy o'tkazgich bilan elektr kontaktga ega bo'ladi. Uning boshqa oxiri kumush qoplamali moslovchi mis ekranga payvandlangan. Moslovchi ekranda diametrni pog'onali o'zgartirish ko'zda tutilgan, bu yutuvchi elementni butun chastotalar diapazonida trakt bilan moslanishini ta'minlaydi. Termoelektrik modul teshikli diskdan iborat bo'lib, shunday joylashganki, uning issiq payvandi moslovchi ekranning tashqi sirti bilan yutuvchi element payvandlangan joyida issiqlik kontaktiga, sovuq payvandi esa «taqqoslash namunasi» bilan kontaktga ega. Termoelektrik modulning chiqishlariga ulash kabelining simlari payvandlanadi. Modulni tashqi tasodifiy issiqlik ta'sirlaridan himoyalash uchun ichki va tashqi ekranlarda foydalaniladi. Tashqi ekranda qovurg'alar mahkamlangan bo'lib, ular ekran bilan birgalikda radiatorni hosil qiladi. Radiatorning qo'llanilishi o'zgartirgichning sochish quvvatini oshirish imkonini beradi. Raqamli vattmetrda mikroprotsessor qo'llanishi tufayli bir qator avtomatlashtirilgan operatsiyalar: o'lchash chegaralarini avtomatik tanlash; nolni avtomatik o'rnatish va o'zini o'zi kalibrlash amalga oshiriladi; bundan tashqari, vattmetr axborot-o'lchash tizimiga ulanganida axborotning umumiy foydalanish kanaliga chiqarilishi ko'zda tutilgan. Nazorat savollari Tok yoki kuchlanishning amplitudali, o'rta, o'rta kvadratik, to'g'rilangan o'rta qiymati deb nimaga aytiladi?
Kuchlanishni (tokni) qanday koeffitsientlari amplitudali va o'rta, o'rta kvadratik va to'g'rilangan o'rta qiymatlar orasida aloqani o'rnatadi?
Nosinusoidal signalni o'lchashda nima sababdan metodik xatolik paydo bo'lishi mumkin?
Analog elektron voltmetrlarning qurilish sxemalarini keltiring.
Amplituda o'zgartgich ishini tushuntiring.
Nima uchun amplitudali o'zgartgich eng yuqori chastotali?
O'rta kvadratik o'zgartgich qanday ishlaydi?
Har xil chastota diapazonida quvvatni o'lchashning asosiy usullarini sanab o'ting.
Elektrodinamik vattmetrning ishlash printsipini tushuntirib bering.