Vaqt intervalini o'lchash. Elektron-sanoqli chastota o'lchagich yordamida davrni o'lchashni ko'rib chiqishdan oldin vaqt intervalini o'lchash masalasini ko'rib chiqamiz, u signal davrini o'lchash bilan ko'pgina umumiy jihatlarga ega. Ilgari vaqt intervallarni ostsillografik tipdagi o'lchagichlar keng qo'llanilar edi. Kalibrlangan yoyishli odatdagi ostsillografdan bu maqsadda foydalanilishi mumkin. Intervallarni ostsillografik o'lchagichlarda o'lchashda katta qulaylik yaratadigan va xatolikni kamaytirish imkonini beradigan maxsus choralar qo'llanilar edi. Xususan, ekrandagi chiziq uzunligini uzaytirish va vaqt intervaliga mos nishonlar (metkalar) orasidagi masofani cho'zish imkonini beruvchi spiral yoyishdan keng foydalanilar edi.
Bevosita sanoq usuliga asoslangan intervallarni raqamli o'lchagichlar sinusoidal tebranishlar davrini, impulslarning kelish davrini, boshlanish («start») va tugash («stop») impulslari bilan berilgan vaqt intervallarini o'lchash uchun mo'ljallangan.
Bevosita o'lchash usuliga asoslangan asbobning tuzilish sxemasi (7.10-a rasm) ilgari ko'rib chiqilgan raqamli chas- tota o'lchagich (7.7-rasm) sxemasiga ko'p jihatdan o'xshashdir. Odatda, raqamli chastota o'lchagichlar chastotani o'lchash rejimida ham, vaqt intervalini o'lchash rejimida ham ishlashi mumkin. Davri yoki davomiyligi o'lchanishi lozim bo'lgan signal Ukir shakllantiruvchi qurilmaga keladi. Shakllantiruvchi qurilma va boshqarish qurilmasining vazifasi - tadqiq qilinayotgan signaldan tik frontli impuls Uboshq ni shakllantirishdan iborat, uning davomiyligini vaqt selektorining ochiq holati vaqti belgilaydi. Bu vaqtda selektor orqali elektron schyotchikka davrlari yuqori stabilli tayanch generatorlar bilan beriladigan va ba'zan vaqt nishonlari (belgilari) deb ataladigan Uog impulslar o'tadi. Shunday qilib, raqamli chastota o'lchagich sxemasi (7.7-rasm) davrni o'lchash uchun foydalanilishi mumkin. Bu yerda faqat uning sanoq impulslari shakllantirgan qismini vaqt darvozasini shakllantirish, tayanch generatorni esa sanoq impulslarni shakllantirish uchun qo'llash lozim.
7.10-a rasmda davrlar va vaqt intervallarini o'lchagichlarning umumlashtirilgan sxemasi ko'rsatilgan. Qaralayotgan asbobda sinusoidal signalni o'tkir uchli impulslarga o'zgartirish chastota o'lchagichdagi (7.8-rasm) kabi amalga oshiriladi. To'g'ri burchakli impulsning davomiyligi o'lchanayotgan holda differentsiallash operatsiyasini qo'llash etarli bo'ladi. Frontdan yuzaga keladigan o'tkir uchli impuls tayanch impuls Utayanch, o'lchanayotgan signalning pasayishidan yuzaga keladigan impuls intervali impuls Uint bo'ladi. Bu impulslar simmetrik triggerning ikkita kirishiga 7.10-a rasmda ko'rsatil- ganidek keladi.
library.tuit.uz/lectures/vol_opt_lin_izm_tex/metr_telekom_tizim_olchash_lot.htm /147
Do'stlaringiz bilan baham: |