Kuchlanish va vaqt intervallarini o'lchashda yuzaga keladigan xatoliklar. Ostsillogrammaning chiziqli o'lchamlarini o'zgartirish ostsillogramma uchastkalarini ustma-ust tushirish va ko'rsatishlarni olishni nazarda tutadi. Shu sababli kalibrlash uchun ustma-ust tushirish va sanoq xatoliklari xosdir. Odatda, ustma-ust tushirish xatoligi 0,15...0,2 mm dan kam emas, sanoq xatoligi esa 0,3 mm.
Ustma-ust tushirishning ko'rsatilgan qiymati parallakssiz shkala deb nomlanadigan shkalaga mos keladi. Odatda, ekran shkalasi lyuminestsent qatlamdan 4...5 mm uzoqlikda bo'ladi. Bu holda ostsillogrammani biror burchak ostida kuzatishda parallaks tufayli xatolik yuzaga keladi, u odatda, 1% ni tashkil etadi. Bu xatolikni yo'qotish uchun zamonaviy ENTlarda shkalani ekran oynasining ichki tomoniga chiziladi yoki parallakssiz shkalalar tayyorlanadi, ularning chiziqlari shaffof materialning ikki tomonida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan. To'g'ri burchak ostida qaralganida shkalaning ikki
tomondan chizilgan chiziqlari bir-biri bilan ustma-ust tushgan bo'ladi. Qarash burchagi noto'g'ri bo'lganida parallaks tufayli tasvirning ikkiga ajralishi yuzaga keladi, bu 10.19-rasmda ko'rsatilgan. Undagi tasvir kuzatish chizig'i ekran sirtiga
Gorizontal o'q kalibrlanganda kalibrator signalining davri va o'rnatilgan yoyish koeffitsienti ma'lum. Yoyish generatorini sozlash uchun ostsillograflarda maxsus rostlash ko'zda tutilgan. Kuchlanishlarni va vaqt intervallarini o'lchash xatoligi aniqligi chiziqli o'lchamlarni ustma-ust tushirish hamda sanashdagi aniqmasliklar bilangina cheklan- maydi.
Unga kanal Y amplitudaviy xarakteristikasining va yoyuvchi kuchlanishning nochiziqliligi jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Kanal Y nochiziqliligining kuchlanishni o'lchash aniqligiga ta'siri 6.20-rasmda tushuntirilgan. Kanalning amplitudaviy xarakteristikasi (6.20-a rasm) nurning Y o'q bo'ylab og'ishining kirish qisqichlaridagi kuchlanish Ukir ga bog'liqligini ifodalaydi. Real amplitudaviy xarakteristika OBA nochiziqlidir. Uning yonida ideallashtirilgan amplitudaviy xarakteristika OB'A joylashgan. Aytaylik, kirish Y ga kalibratordan etalon kuchlanishi (a' impuls) berilgan bo'lsin (6.20-v rasm). Ikki hol bo'lishi mumkin. Birinchi holda, og'dirish koeffitsienti rostlagich shkalasi bo'yicha o'rnatilgan koeffitsientga mos bo'lganda ekranda kalibrlangan og'ish hkal ni hosil qilamiz (6.20-b rasmda a ostsillogramma). Ikkinchi holda hosil qilingan ostsillogrammaning balandligi hkal ga mos bo'lmaydi (6.20-b rasmdagi b ostsillogramma) va kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsientini o'zgartirish bilan sozlash zarur. Oxirgi natijada kirish kuchlanishi Ukir va hkal ikkala holda ham bir xilligi sababli A nuqta (uning koordinatalari Ukal, hkal) bir vaqtda real va ideallashtirilgan amplitudaviy xarakte- ristikalarga tegishli bo'ladi.
u,.
6.20-rasm.
Shunday qilib, amplitudaviy xarakteristika ancha katta nochiziqlilikka ega, biroq o'qning kalibrlanishi formal bajarilgan bo'ladi va og'dirish koeffitsienti nominal koeffitsientga mos bo'ladi. Endi agar ostsillogramma b ga mos kuchlanishni ostsillogramma o'lchamini og'dirish koeffitsientiga ko'paytirib, aniqlasak, U'kir (ostsillogramma b')ni hosil qilamiz. Aslida, xarakteristikaning nochiziqliligi sababli ostsillogramma b (6.20-b rasm) kuchlanish bilan yaratilgan bo'ladi. O'lchashning xarakteristikaning amplitudaviy nochiziqliligi bilan bog'liq absolyut xatoligi kuchlanishning o'lchangan va haqiqiy qiymatlari ayirmasi bilan, ya'ni A = U'kir-^™f" bilan, nisbiy xatolik esa d=(U'kir^fe> )/^> nisbat bilan aniqlanadi. Bu sistematik xatolikdir, biroq uni hisobga olish qiyin bo'ladi, chunki asbobning turli nusxalari uchun u turlicha bo'ladi.
Ostsillograflarni yasash amaliyotining ko'rsatishicha, kanal Y ning amplitudaviy xarakteristikasining nochiziqliligi 5 foizga teng bo'lganida kuchlanishni o'lchashdagi nisbiy xatolik 2...3% ni tashkil etadi.
Kuchlanishni o'lchashning turli omillar yig'indisiga bog'liq bo'lgan umumiy xatoligini aniqlashni endi ko'rib chiqamiz
.
Do'stlaringiz bilan baham: |