Kirish Y I
h
I
I
У
[“KanaTZ
[ Kanal X
I
Г* pereklyuchateli ♦
L
Kuchaytirgich
cheklagich
Nur yorug ligini
boshqarish
L
|
Ishga tushirish qurilmasi
|
••••>
|
Yoyish
generator!
|
|
Oxirgi kuchaytirgich
|
Kuchaytirgich
x
I :
I :
I :
I :
I :
I :
I ;
I :
I :
I ; "T"'
6.4. Elektron ostsillograf yoyishlarining turlari
Yoyishning arrasimon kuchlanishning qilinishini ta'minlaydigan eng sodda ishlashi kondensatorning
hosil
J generatorning
J zaryadlanishi va razryadlanishiga asoslangan qurilmadir. Ma'lumki, kondensatorning zaryadlanishida va razryadlanishida kuchlanish eksponentsial qonun bo'yicha o'zgaradi. ENT da nurning og'ishi bu holda notekis tezlik bilan amalga oshadi. Ostsillogramma buzilishlarini baholash uchun ushbu nochiziqlilik koeffitsienti aniqlanadi:
в = (tgai - tga2)/tgai,
(6.4)
bu yerda tgai va tga2 - yoyish kuchlanishi egri chizig'iga to'g'ri yo'l boshi va oxiriga mos a va b nuqtalarda o'tkazilgan urinmalarning og'ish burchaklari (6.9-rasm). Ideal holda, ya'ni yoyish kuchlanishi chiziqli o'sganida tgai = tga2 va в = 0
bo'ladi. в ni hisoblashda urinmaning og'ish burchaklari tangenslarini funksiyani differentsiallash, mazkur holda ushbu ifodani differentsiallash yo'li bilan topish mumkin:
(6.5)
(6.5) formula o'zgarmas tok manbai E dan R qarshilikli rezistor orqali zaryadlanadigan S sig'imli kondensatorda kuchlanishning o'zgarish qonunini tavsiflaydi. (6.5) dan olingan
(6.6)
hosila tgai va tga2 ni aniqlash imkonini beradi. t = 0 bo'lganda ,
RC yoki t = rto’g’ bo'lganda,
quyidagini hosil qilamiz:
|
в = [(1 - exp(-Tto'g'/^C)] -100%. (6.7)
|
Tto'g' - yoyilish to'g'ri yo'lining davomiyligi (i0.9-rasm). tgai va tga2 ning olingan qiymatlarini (i0.4)ga qo'ysak,
(6.7) va (6.5) dan nochiziqlilik koeffitsienti в va ta'minot manbai kuchlanishi E dan foydalanish koeffitsienti z = Uyo/E orasidagi bog'liqlikni aniqlash mumkin, bu yerda Uyo - yoyish kuchlanishining shakllangan qulochi. Agar Uyo ni zaryad kondensatoridagi Us kuchlanishning Tto'g' oxirida erishadigan maksimal qiymatiga teng deb, ya'ni Uyo = Usmax deb qabul qilinsa, u holda (6.5) ga muvofiq
Z = Uyo/E = 1 - exp(-Tto'g'/^C)
(6.8)
bo'ladi. Bu olingan ifodani (6.7) bilan taqqoslab, в = Z = Uyo/E ni, taqriban bir xil в va Z ni hosil qilamiz. Bundan kelib chiqadiki, yoyilmaning nochiziqlilik koeffitsienti 5% tartibida bo'lishiga erishish uchun ta'minot manbaidan foydalanish koeffitsienti 5% dan ortiq bo'lmasligi zarur. Agar, masalan, E = i00 V, в = 5% bo'lsa, u holda yoyish kuchlanishi bor- yo'g'i Uyo = Ex = 100^0,05 = 5 V ni tashkil etadi. Shunday qilib, arrasimon kuchlanishni shakllantirish uchun eksponentadan foydalanilganda yuqori chiziqlilikni faqat boshlang'ich uchastkada, ya'ni kichik z larda hosil qilish mumkin. Agar Uyo kuchlanish zaruriy kuchlanishdan kichik bo'lsa, u holda ta'minot manbasi kuchlanishini oshirish kerak. Bu holat ostsillografni loyihalashda noqulaylik tug'diradi. Shu sababli amaliyotda og'diruvchi kuchlanish shaklini to'g'rilash (chiziqlashtirish)ning turli usullariga murojaat qilinadi.
Yoyish arrasimon tebranishlarini chiziqlashtirishning bir necha usullari ma'lum. Ulardan eng ko'p tarqalgani kon- densator zaryad tokini uning to'g'ri yurishida stabillash bilan ta'minlash mumkin. Zaryad tokini va, demak, yoyish arrasimon kuchlanishini chiziqlashtirish chiziqli tok stabillovchi ikki qutbliliklarni yoki manfiy teskari aloqani qo'llanishi bilan amalga oshiriladi. Bunday qurilmalarning ish printsiplari impuls texnikasiga oid darsliklarda batafsil yoritiladi.
Sinusoidal yoyishda ostsillografning X kirishiga keltiriladigan kuchlanish ushbu sinusoidal qonun bo'yicha o'zgaradi:
Ux = wmisinrot. (6.9)
Bunda ENT ekranidagi shu'lalanuvchi dog' notekis tezlik bilan ko'chadi, bu esa ostsillogrammalar shaklining buzilishiga olib keladi. Y kirishiga ham Ux ga nisbatan faza bo'yicha ф burchakka surilgan ushbu
Uy = Um2sin(rot + ф)
sinusoidal signal berilgandagi sinusoidal yoyish katta qiziqish uyg'otadi.
Nurning Ux ta'sirida ko'chishi ushbu munosabat bilan aniqlanadi:
x = KxSxUx = KxexUm1sin®t>
(6.10)
(i0.ii) bu yerda Kx - gorizontal og'dirish kanalining kuchaytirish koeffitsienti, sx - ENT ning gorizontal yo'nalishda og'dirish bo'yicha sezgirligini xarakterlovchi koeffitsienti bo'lib, millimetr/volt o'lchamiga ega.
Nurning vertikal yo'nalishda ko'chishi yuqoridagiga o'xshash formula bilan aniqlanadi:
y = KySyUy = KySyUyUm2sin(rot + ф).
Bu ifodani ma'lum trigonometrik formula asosida quyidagi ko'rinishda yozish mumkin:
y = XySyUyUm2[sinrot cos ф + sin ф cosrot)].
(i0.i2)
(6.ii)
(6.ii) ga asosan
sinrof va cosrof ning qiymatlarini qo'yib, quyidagini hosil qilamiz:
(6.12)
(6.13) xil, ya'ni
(6.13) tenglama ellips tenglamasidan iborat. Agar Kx va Ky ni formuladagi maxrajlar bir KxExUmi= Ky£yUm2= R bo'ladigan qilib tanlansa, u holda aylana tenglamasini hosil qilamiz:
X2 + Y 2 = R.
Ф = 90° bo'lganda tenglama ancha soddalashadi:
(6.14) Shunday qilib, ekranda ellips yoki aylanani hosil qilish uchun ostsillograf kirishlariga bir xil chastotali sinusoidal shakldagi, biroq faza bo'yicha 90° ga siljigan signallar berish zarur. Odatda, doiraviy yoyishni amalga oshirish uchun generatordan olinayotgan sinusoidal kuchlanish fazalar siljishi ф = 90° ni ta'minlaydigan faza burgichdan o'tkaziladi. Fazaaylantirgich va uning ostsillografga ulanish sxemasi 6.10-rasmda ko'rsatilgan.
Doiraviy yoyishning o'lchashlar uchun muhim xususiyatlarini qayd etib o'tamiz. Shu'lalanuvchi dog' aylanani T = 2n/ro vaqt ichida chizadi, ya'ni bir aylanish davri gene- ratordan olinayotgan yordamchi kuchlanish davriga teng. Agar generator stabil chastotali signalni shakllantirayotgan bo'lsa, u holda shu'lalanuvchi dog'ning aylana bo'ylab aylanish davri ham stabildir. Shu'lalanayotgan dog'ning aylanish yo'nalishi fazalar siljishi burchagining ishorasiga teng. Agar Y kirishga berilayotgan sinusoidal signal fazasi X kirishga berilayotgan signal fazasidan 90° ilgari ketayotgan bo'lsa, u holda aylanish soat strelkasiga teskari bo'ladi. Agar signallarning o'rinlari almashtirilsa, aylanish yo'nalishi o'zgaradi. Bunga dog'ning ostsillograf ekranidagi harakat traektoriyasini 6.6-rasmdagi kabi yasash bilan, faqat endi arrasimon yoyish kuchlanishini sinusoidal yoyish kuchlanishi bilan almashtirib va ф = 90° ni kiritib ishonch hosil qilish mumkin.
Doiraviy yoyishni spiral yoyishga aylantirish mumkin. Spiral yoyishni hosil qilish printsipi (6.14) formuladan kelib chiqadi. Aylana radiusi R=KxsxUmi=KySyUm2. Agar Umi va Um2 larni, masalan, ikki marta kamaytirilsa, tenglik buzilmaydi, ammo aylana radiusi ikki marta kamayadi. Agar Um1 va Um2 amplitudalarni ravon kamaytirilsa, aylana radiusi sekin-asta kichrayadi va ostsillograf ekranida spiral tasviri hosil bo'ladi (6.11-a rasm). Spiral yoyilmani hosil qilish uchun zaruriy boshqaruvchi kuchlanish 6.11-b rasmda ko'rsatilgan. X kirishga beriladigan signal amplitudasi Um1 dan Um2 gacha chiziqli qonun bo'yicha o'zgaradi. Y kirishga beriladigan signalning amplitudasi ham shunga o'xshash o'zgarishi lozim. Bunday signallarni amplitudaviy modulyator yordamida hosil qilish mumkin. Mazkur holda eltuvchi signal sinusoidadan, modulyatsiyalovchi signal esa arrasimon shakldagi kuchlanishdan iboratdir. Spiralli yoyish davri Tc modulyatsiyalovchi arrasimon kuchlanish davri bilan aniqlanadi. Spiral o'ramlari soni m davr Tc = 2n/roc ning sinusoidal tebranish davri T = 2n/ro ga nisbatiga teng, ya'ni m = ro/roc
.
Shuni qayd etish kerakki, aylana radiusining o'zgarishiga qaramasdan, shu'lalanuvchi nuqtaning har bir aylanishi bir xil vaqt ichida amalga oshadi, bu esa o'lchashlar uchun spiralli yoyishdan foydalanishda ma'lum qulayliklar yaratadi.
Ostsillograf yoyishlarini sinxronlash
Yuqorida (6.4-band) qayd etilganidek, qo'zg'almas ostsillogrammani hosil qilish uchun yoyishning bir davrida sig- nalning butun sondagi davrlari aniq joylashishi lozim. Bu shartning bajarilishi yoyish generatorini tadqiq qilinayotgan signal bilan sinxronlash orqali ta'minlanadi. Bunda yoyish uzluksiz rejimda ishlaydi. Buning farqli xususiyati shundaki, yoyish generatori sinxronlash signali uzib qo'yilganidan keyin ham ishini davom ettiradi. Yoyishni sinxronizmga kiritilishi ikki bosqichda o'tkaziladi. Dastlab, yoyish generatorining xususiy tebranishlari davri (sinxronlash signalisiz), keyin esa sinxronlash signali toki ostsillogrammaning turg'un holati hosil bo'lguniga qadar, tanlanadi
.
O datda, razryadlovchi kaskad ishini boshqaruvchi qurilma sifatida avtotebranish rejimida ishlaydigan multivibra- tordan foydalaniladi. Bunday multivibrator sxemasi 6.12-a rasmda keltirilgan. Multivibrator T1 va T2 tranzistorlarda yig'ilgan. Teskari aloqa S1 va S2 kondensatorlar orqali amalga oshiriladi. Manfiy qutbli Tsinxr davrli sinxronlash impulslari T2 ning bazasiga kondensator S3 va diod D orqali keladi. Kuchlanish shakli 6.12-v rasmda ko'rsatilgan. fn uchastkada Ub2 kuchlanish eksponentsial qonun bo'yicha o'zgaradi. Sinxronlovchi signallar bo'lmaganida Ub2 kuchlanish eksponenta bo'yicha nolgacha kamayadi va momentda relaksatsion jarayon yuzaga keladi (shtrixli chiziq). Agar ?2 momentda T2 ning bazasiga tik frontli manfiy qutbli impuls kelsa, u holda nol potentsialga f2 momentda erishiladi va multivibra- torning tebranishlar davri qisqaradi va sinxronlovchi signallarning kelish davri Tsinxr ga teng bo'ladi. Shunday qilib, sinxronlanish hosil bo'lishi uchun multivibratorning xususiy tebranishlar davri sinxronlash impulslarining kelish davridan biroz ortiq bo'lishi zarur. Tsinxr va Txus davrlar orasidagi zaruriy farq multivibrator davri Txus ni eksperimental o'zgartirish yo'li bilan tanlanadi, shu bilan birga Txus ni to'g'ri tanlanganlik kriteriysi bo'lib, ENT ekranidagi ostsillogrammaning turg'unligi xizmat qiladi.
Tsinxr va Txus davrlar munosabatining sinxronlash turg'unligiga ta'siri 6.13-rasmda tushuntirilgan. Odatda, multivibrator sinxronlash impulslari ichki va tashqi sabablarga ko'ra kelib chiqadigan xalaqitlar bilan birga keladi. Bu xalaqitlar shovqin xarakterida ham, impuls xarakterida ham bo'lishi mumkin.
Agar multivibratorning xususiy tebranishlar davri Txus sinxroimpulslar kelish davri Tsinxr dan sezilarli katta bo'lsa, u holda sinxronlash impulsli kelish momentida Wb2 hali etarlicha katta va relaksatsion jarayonni yuzaga kelishi uchun AU orttirma zarurdir. Bu holda xalaqit sinxronlashtirishni buzishga qodir emas. Txus endi Tsinxr ga yaqin bo'lganida (6.13-b rasm) sinxronlash impulsining kelish vaqti juda kichik Ub2 kuchlanishga to'g'ri keladi va multivibratorni relaksatsiya jarayoniga o'tkazilishi uchun AU' qulochli impuls etarlidir.
Usinxr
Do'stlaringiz bilan baham: |