б 7 rasm Shunday qilib, qo'zg'almas ostsillogrammani hosil qilish uchun yoyish davrini ' ’' (chastotasini) signal davriga (chastotasiga) karrali qilib olish zarur. Ostsillograf konstruktsiyasida bunday imkoniyat nazarda tutilgan. Biroq yoyish chastotasini oddiy tanlash etarli emas. Signal va yoyish kuchlanishlari turli manbalardan kelishi sababli va generatorlarning noturg'unligi tufayli biror vaqtdan so'ng o'rnatilgan davrlar tengligi buziladi. Bunday masala ostsillograf yoyish generatorini tadqiq qilinayotgan signal chastotasi bilan yoki chastotasi tadqiq qilinayotgan signal chastotasiga (karrali) teng bo'lgan maxsus signal bilan sinxronlashtirilganidagina hal etilishi mumkin. Tuzilish sxemasida sinxronlash signalining uzatilishi ko'rsa- tilgan, bunda sinxronlash signali yoyishni ishga tushirish qurilmasiga kuchaytirgich Ydan keladi, bu tashqi sinxronlash rejimidir. 6.3-rasmda yoyish generatorini ENT modulyatori bilan ulovchi zanjir ko'rsatilgan. Bu zanjir yoyilmaning teskari yo'li e-c-a da elektron dastani yopish (berkitish) uchun xizmat qiladi. Teskari yo'l chizig'i ekranda xalaqitni yuzaga keltiradi. Ttes = 0bo'lgan ideal holatda nur e nuqtadan a nuqtaga bir onda ko'chadi va teskari yurish chizig'i yorqinligi nolga teng bo'lishi kerak. Amaliyotda teskari yo'l vaqti uzunligi nolga teng bo'lishi mumkin emas, elektron nur teskari yo'l vaqtida chekli tezlik bilan ko'chadi va aniq ko'rinadigan teskari yurish yo'lini yuzaga keltiradi. Shu sababli ostsil- lograflarda elektron nurni teskari yo'l vaqtida majburiy yopish (o'chirish) qo'llaniladi, buning uchun yopish generatoridan trubka modulyatoriga maxsus so'ndiruvchi impulslar beriladi. Turli tipdagi ostsillograflarning strukturaviy sxemalari bir- biridan ba'zi jihatlari bilan farqlanishi mumkin, biroq ular 6.8-rasmda tasvirlangan umumlashgan sxemaga asosan mos keladi. Ostsillograf uchta kanal X, Y va Z ga ega. Y kanal vertikal og'ishni boshqaradi va attenyuator, dastlabki va oxirgi kuchaytirgichlar, sekinlatish liniyasiga ega. Sekinlatish liniyasi signalni sekinlashtirish uchun xizmat qiladi, bu esa ba'zan impulsli signallarni kuzatishda zarurligi keyinroq ko'rsatiladi.
X kanal kirish ulab-uzgichiga (pereklyuchatelga), kuchaytirgich X, ishga tushirish qurilmasi, yoyish generatori va oxirgi kuchaytirgich X ga ega. Kirish pereklyuchateli yo sinxronlash signalini dastlabki kuchaytirgich Y dan ulanishini, yoki signalni chiqish qisqichi X dan berilishini ta'minlaydi. X ning kirishiga yo tashqi sinxronlash signali, yoki tadqiq qilinayotgan signal berilishi mumkin. Ostsillograf yoyish generatori bilan ishlayotganda P1 va P2 pereklyuchatellar pastki holatiga o'rnatiladi, sinxronlash signali yoyishni ishga tushirish qurilmasiga keladi. Oxirgi kuchaytirgichdan arrasimon kuchlanish ENT ning X plastinalariga keladi. P1 va P2 ni yuqori holatiga o'rnatilganida yoyish uziladi. Bu holda signalchiqish X dan kirish pereklyuchatellari va kuchaytirgichlar kaskadi orqali ENT ga keladi. i"KaiMiY "1 Kanal Z ENT nurining yorqinligini boshqarish uchun xizmat qiladi. U kuchaytirgich-cheklagich va nur yorqinligini boshqarish qurilmasini o'z ichiga oladi. Signal uning chiqishidan ENT modulyatoriga keladi. ; Signal parametrlarini o'lchashlar aniqligini i oshirish uchun ostsillograf tarkibiga amplituda ;va davomiylik kalibratori kiritiladi. Kalibrator isignali, odatda, ostsillografning old paneliga :chiqarilgan bo'ladi va ulash kabeli yordamida i kanal Y kirishiga berilishi mumkin.