Raqamli vattmetrlar



Download 1,44 Mb.
bet7/21
Sana21.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#571361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
ТЕЛЕКОММУНИКАЦИЯ ТИЗИМЛАРИДА страницы

6.15-rasm.

a)



Kalibrlangan yoyish generatorining tuzilish sxemasi 6.15-b rasmda tasvirlangan. Boshqaruvchi qurilma bu yerda trigger bo'lib, u zaruriy davomiylikdagi to'g'ri burchakli boshqaruvchi signallar shakllanishini ta'minlaydi. Shunisi

muhimki, shakllangan boshqaruvchi signalning davomiyligi trigger tarkibiga kiruvchi elementlarga bog'liq emas. Sinxroimpuls kelganidan so'ng trigger ishga tushadi va uning chiqish kuchlanishi arrasimon impulslar shakllantirgichning ishga tushirilishini ta'minlaydi. Chiziqli o'sayotgan kuchlanish qiyoslash va muxosaralash (blokirovkalash) qurilmasiga keladi, uning signali arrasimon kuchlanish ma'lum darajaga etganida shakllanadi. Bu momentda qiyoslash qurilmasi buyrug'i bo'yicha trigger boshlang'ich holatiga qaytadi. Shunday qilib, mazkur sxemadagi yoyish kuchlanishining maksimal qiymati qat'iy o'zgarmas bo'ladi. O'zgarmas qiyoslash darajasida arrasimon kuchlanish qulochi arrasimon impulslar shakllantirgichda vaqtni beruvchi elementlar qayta ulanganida o'zgarmaydi.
Trigger qo'llanilgan yoyish generatori kutish rejimida ishlaydi. Boshqaruvchi qurilma sinxronlash va ishga tushirish qurilmasidan ishga tushiruvchi impulsni «kutadi», shundan so'ng to'g'ri yoyish yo'lining shakllanishi boshlanadi. Agar ishga tushiruvchi impulslar bo'lmasa, yoyish bo'lmaydi.
Bu ko'rib chiqilgan yoyish sxemasini uzluksiz arrasimon tebranishlarni generatsiyalash rejimiga o'tkazish mumkin.
Buning uchun bitta turg'un muvozanat holatli triggerdan foydalanish lozim. To'g'ri yo'l shakllanishida trigger turg'un holatida bo'ladi va kerakli ruxsat etuvchi kuchlanish arrasimon impulslar shakllantirgichiga beriladi. Arrasimon kuchlanish berilgan qiymatga erishganida qiyoslash va muxosaralash qurilmasi maxsus impuls bilan triggerni noturg'un holatga o'tkazadi va uni bu holatda biror vaqt davomida ushlab turadi. Impuls ta'siri tugashi bilan trigger muvozanat holatiga mustaqil qaytadi va yana to'g'ri yoyish yo'li shakllanadi. Hozirgi vaqtdagi ostsillograflarida, odatda, ikkita turg'un holatli triggerni turg'unlik rostlagichi yordamida bitta turg'un holatli ish rejimiga o'tkazish imkoniyati ko'zda tutilgan. Rostlagichning bir holati uzluksiz ish rejimini, ikkinchi holati esa kutish rejimini ta'minlaydi. Yanada murakkab ostsillograflarda ishga tushiruvchi signal yo'q bo'lganida generatorning avtotebranishlar rejimini yoki ishga tushiruvchi impulslar mavjud bo'lganida kutish rejimini avtomatik o'rnatadigan qurilmalar ishlatiladi.
6.15-b rasmdagi sxemada qiyoslash va muxosaralash qurilmasi bajaradigan yoyishni muxosaralash vazifasiga (funksiyasiga) to'xtalish lozim. Arrasimon impulslar shakllantirgichiga yangi yoyish tsikliga tayyorlanish uchun vaqt kerak. Teskari yo'l va o'tish jarayonlari tugamagunigacha boshqaruvchi impulslar arrasimon impulslar shakllantirgichiga kelmasligi lozim. Bu vaqt ichida triggerni muxosaralash zaruriy signalni ishlab chiqaruvchi qiyoslash va muxosaralash qurilmasi tomonidan bajariladi.
Pirovardda kutuvchi yoyishning amaliy qo'llanish xususiyatlarini ko'rib chiqamiz. Impulsli signallarni kuzatishda bir-biridan nisbatan katta vaqt intervallaridan keyin keladigan qisqa impulslar bilan ish ko'rishga to'g'ri keladi. т davomiylik impulslar kelish davri T dan ancha kam bo'lar ekan. Impulslar o'tkazishga moyillik (skvajnost) Q = T> 100 bo'lganida uzluksiz yoyish metodi bilan olinadigan ostsilogramma kam axborotli bo'lar ekan. Haqiqatan, 6.16-b rasmdan ko'rinib turganidek, to'g'ri burchakli shakldagi qisqa impulslar ENT ekranining kichik qismini egallaydi. Shuning uchun impulslar shaklining uchining sinishi, tushib qolishi kabi mumkin bo'lgan buzilishlarini payqash va baholash qiyin. 6.16-a rasmdagi impulslar o'tkazishga moyillik Q = 30 bilan tavsiflanadi. O'tkazishga moyillikni yanada oshirish masalani yanada murakkablashtiradi, chunki uzluksiz yoyishda ENT ekranida signalning kamida bitta davrini akslantirish mumkin, aslida esa faqat uning bir qismigina qiziqish tug'diradi. Kutuvchi yoyish bu qiyinchilikni bartaraf etishga yordam beradi.



  1. rasmda kutuvchi yoyishning ishlash printsipi ko'rsatilgan. Signaldan (6.17-a rasm) ishga tushiruvchi signallar (6.17-b rasm) shakllantiriladi. Impuls kelguniga qadar yoyish generatorining triggeri tormozlangan holatda bo'ladi. t1 momentda trigger ishga tushadi va to'g'ri yo'l boshlanadi. Tto'g'r vaqt ichida yoyish kuchlanishi 0 dan Uyomax gacha o'sadi (6.17-v rasm), keyin t2 momentda teskari yo'l boshlanadi. Tkut intervalida yoyish generatori navbatdagi ishga tushirish impulsini «kutib» tormozlangan holatda bo'ladi.

Yoyuvchi nur ENT ekranida Tto'g' vaqt ichida gorizontal bo'yicha to'la o'lchamga og'adi. Impuls ostsillogrammasi ekranning ancha qismini egallaydi va kuzatish uchun qulaydir.

  1. a, b-rasmlardan ko'rinib turibdiki, kutuvchi yoyishda ishga tushiruvchi impuls t1 momentda, ya'ni tadqiq qili- nayotgan signalning kelishidan oldin paydo bo'lishi kerak. Amaliyotda ishga tushiruvchi impuls Ui.t. ning kerakli o'zishiga tadqiq qilinayotgan signalning sekinlashtirilishi bilan erishiladi, buning uchun vertikal og'dirish kanali tarkibiga sekinlashtirish liniyasi kiritiladi (6.8-rasm). 6.8-rasmdan ko'rinib turganidek, signal shakllantirgichga sekinlashtirish liniyasiga kirishidan oldin ajratib olinadi, demak, tadqiq qilinayotgan signaldan biror vaqtga o'zadi.


i



  1. Download 1,44 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish