Fe’l mayllari So‘zlovchining ish-harakatga moyilligi fe’l mayli



Download 12,29 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi12,29 Kb.
#560227
Bog'liq
03 Fe\'l mayllari


Fe’l mayllari
So‘zlovchining ish-harakatga moyilligi fe’l mayli deyiladi. Fe’llarda beshta mayl bor:
1) Xabar (ijro, aniqlik) maylidagi fe’llar ish-harakatning uch zamondan birida bajarilish-bajarilmasligini bildiradi: yozdi, kelyapti. Bunday fe’llar darak gapning kesimi bo‘lib keladi.
2) Buyruq-istak maylidagi fe’llar ish-harakat haqida buyruq, istak, maslahat, iltimos, orzu kabi ma’nolarni bildiradi: Bunday fe’llar -(a)y, -gin, -sin, -aylik, -ing(iz), -sinlar qo‘shimchalari yordamida yasaladi: yozay, o‘qiy, yozgin, yozsin, o‘qiylik, boring(iz). Fe’llarning zamon, shaxs-son qo‘shimchalarini olmagan shakllari ham buyruq-istak mayli shakli hisoblanadi: o‘qi, yoz, kel.
3) Shart maylidagi fe’llar biror ish-harakatning bajarilishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo‘lgan ish-harakatni, biror ish-harakatning bajarilish-bajarilmasligi haqida istak, maslahat, faraz kabi ma’nolarni anglatadi va -sa qo‘shimchasi yordamida hosil qilinadi: borsa, kelsam, yursak (eski tilda -sar shaklida bo‘lgan).
Bu mayldagi fe’llar sof shart ma’nosini (Kelsa, boramiz), orzu-istak (Qani endi, o‘qishga kirsam), iltimos-maslahat (O‘sha kishini chaqirib bersangiz), faraz (Yomg‘ir yog‘sa kerak), payt (Tashqariga chiqsam, ukam turibdi), buyruq-istak mayliga xos (Gapirsangiz-chi!) ma’nolarini ifodalaydi. Bu fe’llar edi, ekan fe’llari bilan qo‘llansa, shart ma’nosiga istak ham qo‘shiladi: Kelsa edi, o‘qisa ekan…
4) Shartli mayldagi fe’llar bajarilishi biror harakatga bog‘liq bo‘lgan harakatni bildiradi va -(a)r, -mas qo‘shimchalari bilan yasaluvchi sifatdoshga edi to‘liqsiz fe’lining birikishidan hosil qilinadi. Bu mayl bajarilishining biror sharti bo‘lgan, bajarilishi biror harakatga bog‘liq bo‘lgan harakatni bildiradi: U kelsa, men quvonar edim. Sen kelsang, men bormas edim.
5) Maqsad maylidagi fe’llar ish-harakatni bajaruvchining maqsadi, mo‘ljali, niyatini bildiradi. Bu fe’llarning o‘tgan zamon shakli, hozirgi zamon shakli va kelasi zamon shakllari bor: yozmoqchi, kelmoqchi bo‘ldim, bormoqchi bo‘lyapman, bormoqchi bo‘laman va b.
- See more at: http://onatili.uz/fel-mayllari/#sthash.8bim4h49.dpuf
Download 12,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish