1. Qaysi qatorda holat fe’li berilgan?
A)qizardi B)So'zlamoq C)chopdi D)Yiqilmoq
2. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari...
A)O’timli fe’llar.
B)O‘timsiz fe'llar.
C)Fe’l nisbatlari.
D) Fe’l mayllari
3. Qaytmoq fe’lidan qaysi qo‘shimcha orqali orttirma nisbat hosil qilish mumkin?
A. -tir B. -giz C. -dir D. -ar
4. 1.U sumkasidan kitobini chiqardi. 2. U doim aylanishga chiqardi.
Ushbu gaplardagi –ar qo`shimchasini izohlang. A. 1-gapda orttirma nisbat, 2-gapda aniq nisbat
B. 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda orttirma nisbat
C. 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda birgalik nisbat
D. Har ikkala gapda orttirma nisbat
5. Ushbu so`zlardan qaysilari orttirma nisbatda?
1) shoshir; 2) gapir; 3) botir; 4) chaqir; 5) pishir;
6) eskir; 7) ichir; 8) tushir;
A.1, 2, 3, 5 ,8 B. 2, 3, 5, 7, 8
C. 1, 3, 5, 7, 8 D. 1, 4, 5, 6, 7
6. Fe’lning harakat va holat jarayonida bajaruvchining qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi shakllari qanday ataladi?
A. fe’l mayli shaklari B. fe’lning vazifa shaklari
C. fe’lning nisbat shakllari
D. fe’lning harakat tarzi shakllari
7. Qaysi nisbat fe’li harakat bajaruvchisining birdan ortiq ekanligini ifodalaydi?
A. birgalik nisbat B. o‘zlik nisban
C. majhul nisbat D. orttirma nisba
8. Nisbat yasovchi qo`shimchalar vazifasiga ko`ra qaysi qo`shimchalarga kiradi?
A) so`z yasovchi B) lug`aviy shakl yasovchi
C) munosabat qo`shimchasi D) sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha
9. Fe’llarning barcha nisbatlarini qaysi nisbat shaklidan hosil qilish mumkin?
A. aniq nisbati B. orttirma nisbat
C. majhul nisbat D. o‘zlik nisbat
10. Quyidagi izohlardan qay biri to`g`ri?
A) –tir faqat bir bo`g`inli fe’llarga qo`shiladi
B) –t unli bilan tugagan so`zga va r, y undoshlari bilan tugagan bir bo`ginli fe’llarga qo`shiladi
C) –dir jarangli undosh bilan tugagan bir bo`g`inli yoki z tovushi bilan tugagan fe’llarga qo`shiladi
D) A, B, C
11. O’timli fe’llar qatorini aniqlang.
A) o’qitmoq, yozmoq, bajarmoq, supurmoq
B) kiyinmoq, quvonmoq, joylashmoq, uxlamoq
C) ishlamoq, qaramoq (unga), ekilmoq, terilmoq
D) B, C
12 Yemoq va demoq fe`llariga qaysi nisbat qo`shimchasi qo`shilsa, bitta y tovushi orttiriladi?
A) aniq B) majhul C) birgalik D) B va C
13. Qanday so`zlarga –illa qo`shimchasi qo`shganda –ulla shaklida yozi-
ladi? A) tarkibida u unlisi bor so`zlarga B) tarkibida o unlisi bor
so`zlarda C) –illa qo`shimchasi faqat –illa tarzida yoziladi D) A, B
14 Qaysi fe`llar doimo chiziqcha bilan yoziladi?
A) takror fe`llar B) qo`shma fe`llar C) juft fe`llar D) A va C
15. Qaysi qatorda sof fe’lga misol keltirilgan?
A) she’r yodlash B) uyga qayt C) qaqragan cho`llar D) yukni ortib
16. Qo`shma fe`llarning xususiyat(lar)ini toping.
1.Birdan ortiq asosdan tashkil topinshi 2.asoslar orasiga boshqa qo`shimchalar qo`shib bo`lmasligi 3.birga bitta so`roqqa javob bo`lishi 4. doimo chiziqcha
bilan yozilishi
A) 1 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4
17. Sen men aytgan joyga borgin, xo'pmi? Sof fe'l tarkibidagi qo'shimcha qaysi bandda to'g'ri izohlangan? A) o'tgan zamon sifatdosh shakli ko'rsatkichi
B) maslahat ma'nosidagi kelasi zamon.qo'shimchasi
C) buyruq maylining II shaxs ko'rsatkichi D)nisbat qo'shimchasi
18. Boshlamoq ko'makchi fe'li ravishdoshning qaysi shakliga qo'shiladi?
A) -i(-b) B) -a(-y) C) -gach D) -(i)b,-ay)
19 O’zlik nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Ular mening hujjatlarimni qayerga joylashdi.
B) Yangi ariqqa suv ochish marosimi kechqurun o’tkaziladimi?
C) Bu – men tug’ilgan o’lka.
D) Sochlar taraldi, qoshga o’smalar qo’yildi, qo’lga xinolar surildi
20. Ko`makchi fe`lning qaysi shakli harakatning boshlanishini bildiradi?
A) boshlamoq B) olmoq C) yotmoq D) chiqmoq