Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet32/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Mavzu bo’yicha topshiriqlar:

1.Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning kelib chiqishini o’rganish.


2.Suv va quruqlikda yashovchilar sinfining umumiy biologik va morfologik tavsifini o’rganish.
3.Sinfning sistematikasini o’rganish.
4.Amfibiyalarning skeleti tuzilishini va mulyajini tayyorlashni o’rganish.
15-Mashg’ulot. Amfibiyalarning qon aylanish, asab, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimlari. Ko’payishi va rivojlanishi.
Turning sistematik holati:

Tip. Xordalilar – Chordata


Kenja tip. Umurtqalilar-Vertebrata yoki bosh
skeletlilar – Craniata
Katta sinf. To’rt oyoqlilar - Tetrapoda
Sinf. Suvda va quruqlikda yashovchilar-Amphibia
Turkum. Dumsizlar – Ecaudata yoki Anura
Tur. Ko’l baqasi – Rana ridiruda Pall


Jihozlar:

  1. Yangi o’ldirilgan baqa

  2. Tayyor preparatlar: Baqaning yorilgan organlari o’rganish.

  3. Tablitsalar: baqaning tashqi tuzilishi; ichki organlarining joylashishi; hazm qilish sistemasi; nafas olish organlari; qon aylanish sistemasi; ayiruv sistemasi, erkak va urg’ochisining ko’payish organlari; bosh miyasi.

  4. Preporaval jihozlar (skalpel, qaychi, pintset, preparaval nina, kantselyariya tug’nag’ichi).

  5. Vannochkalar.

  6. Shisha naychalar.

Texnik ko’rsatmalar. Imkon darajasida qulay bo’lishi uchun, yirik, yangi o’ldirilgan baqadan foydalanish kerak. Hayvonni mashg’ulot boshlanishidan 20-30 minut oldin o’ldirish kerak. Buning uchun zich yopilgan idish olib, xloroform yoki efirni paxtaga tomizib idishga tashlanadi va hayvon joylashtiriladi.
Ishning mazmuni.
Ovqat hazm qilish sistemasi: og’iz-tomoq bo’shlig’i: tishlari; qizilungach; oshqozon; o’n ikki barmoqli ichak, ingichka, to’g’ri ichak; jigar; o’t pufagi; oshqozon osti bezi.
Nafas olish organlari: hiqildoq yorig’i, hiqildoq, bronxlar, o’pkalar.
Qon aylanish sistemasi: uchkamerali yurak (ikkita yurak oldi qismi va bitta qorinchasi); qorin aortasi; ikkita aorta yoyining bo’lishi; oldingi kovak vena; keyingi kovak vena; qon aylanishning ikkita doirasi; tablitsa va preparatdan qon aylanish sxemasini kuzatish.
Ayiruv organlari: buyraklar; siydik yo’li; siydik pufagi.
Ko’payish organlari: urug’don; urug’ yo’li; urug’ pufagi; tuxumdon, tuxum yo’li, yog’ tanacha..
Markaziy nerv sistemasi: bosh miya (oldingi miya yarim sharlari va uning hidlov bo’lagi, oraliq miya, o’rta miyaning ko’ruv bo’lagi, miyacha, uzunchoq miya) orqa miya.



40-rasm. Ichi yorilgan holatdagi baqa:


1-yurak; 2-o’pka; 3-jigar; 4-o’t pufagi; 5-oshqozon; 6-oshqozon osti bezi; 7-o’n ikki barmoqli ichak; 8-ingichka ichak; 9-to’g’ri ichak; 10-taloq; 11-kloaka; 12-siydik pufagi; 13-buyrak; 14-siydik yo’li; 15-o’ng tuxumdon (chapi olib tashlangan); 16-yog’simon tanacha; 17-o’ng tuxum yo’li; 18-tuxum yo’linig bachadon qismi; 19-orqa aorta; 20-keyingi kovak vena; 21-uyqu arteriyasi; 22-chap aorta yoyi; 23-o’pka arteriyasi.


Ichki organlarining joylashishi
Gavda bo’shlig’ining oldingi qismida uch kamerali yurak joylashgan. Hozir o’lgan baqada yurak urishi davom etaveradi. Qoramtir rangdagi yurak oldi bo’lmasi va och rangdagi qorinchasi yaxshi seziladi. Yurakning yon tomonida qoramtir-kul rang yupqa devorli o’pka joylashgan. Qoidaga ko’ra ular yorish vaqtida puchayadi, shuning uchun deyarli sezilmaydi. Uni yaxshi ko’rish uchun, rezina nokka shisha tayoqcha ulab, hiqildoq yorig’idan havo yuboriladi. Havoga to’lgan o’pkaning yupqa devorlarini va undagi kapillyar tomirlar to’rini ko’rish mumkin. Yuragining pastki tomonida katta uch bo’lakli jigari joylashgan. Jigar bo’laklari orasida yumaloq, yashil-to’q tusdagi o’t pufagi ko’rinadi.
Jigarning ostida, gavdaning chap tomonida o’n ikki barmoqli ichakka tutashgan oshqozoni joylashgan. Oshqozon bilan o’n ikki barmoqli ichak orasida, ichak tutqichlarida to’q-sariq rangli oshqozon osti bezi joylashgan, o’n ikki barmoqli ichagi bir necha burmali bo’lib, ingichka ichakka tutashadi.
Baqa ichagining yo’g’on qismi deyarli sezilmaydi, aksincha to’g’ri ichak aniq ajralib turadi. Ingichka ichak tutqichida yumaloq taloq joylashgan bo’lib, bundan qonning shaklli elementlari hosil bo’ladi. To’g’ri ichakning kloakaga ochilgan joyida serbar, ikki pallali, yupqa devorli siydik pufagi joylashgan.
Buyraklar qorin bo’shlig’ining orqa tomonida joylashgan bo’lib, ichak yopib turadi, erkak baqalarda jinsiy organlari ham joylashgan. Pintset yordamida ichakni ko’tarsak (urg’ochilarida tuxumdon ham) buyrak va uning yonida ko’p bo’lakli yassi yog’ tanachalari ko’rinadi. Bu yog’ tanachalari urug’ va tuxum hujayralarini oziqlantirishda sarflanadi. Urg’ochi baqalarni yorganda, ichak tagida juft ovol tanacha-tuxumdonlar joylashgan bo’lib, ular tuxum bilan to’la bo’ladi. Yetilgan tuxumlar, tuxumdon devorini teshib, tana bo’shlig’iga tushadi. So’ng tuxum yo’lining voronkasi orqali tuxum yo’liga va bu orqali kloaka teshigidan tashqariga chiqariladi. Shuni ta’kidlash lozimki, urg’ochilarida jinsiy organlari kuchli rivojlanganki, hattoki ichakni ham yopib turadi. Shuning uchun ichakni ko’rish uchun tuxumdon va tuxum yo’lini bir chekkaga surish lozim.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish