Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet40/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Ishning mazmuni:

Kaltakesak dumli amfibiyalar-triton salamandraga biroz o’xshash bo’ladi, uning tanasi amfibiyalarga nisbatan sezilarli darajada bo’limlarga bo’linadi. O’tkir va harakatchan boshi gavdadan qisqa bo’yin orqali ajralgan. Kaltakesakning gavdasi uzun va ingichka dum bilan tutashgan. Oyoqlari amfibiyalardan sezilarli farq qilmaydi. Orqa oyoqning tizza bo’g’imi amfibiyalarga o’xshab yon tomonga emas balki oldinga yo’nalgan bo’lib, bu oyoqni vertikal holatini ta’minlaydi. Barmoqlari o’tkir tirnoqlar bilan qurollangan. Kaltakesakning uzunchoq tanasi harakatli umurtqalar, hamda rivojlangan muskullari hisobiga harakatchan bo’ladi.
Sudralib yuruvchilar terisi, amfibiyalarnikiga qarama-qarshi holatda quruq, teri bezlari kam, ba’zida umuman bo’lmaydi (toshbaqada). Kaltakesaklar sonining chekkasida son teshiklari deb ataluvchi qator teshiklari bo’lib, urchish davrida ulardan ipsimon shilimshiq modda chiqadi. Son teshiklarining ahamiyati aniq emas, Yosh timsohlarning ter bezlari kam sonda bo’ladi (54-rasm).

54-rasm. Kaltakesakning anal sohasi:
1-son teshiklari; 2-anal qalqonchalari; 3-anal teshigi; 4-qorin qalqonchalari.
Kaltakesakning tanasi har xil kattalikdagi va shakldagi shoxsimon tangacha va qalqonlar bilan qoplangan. Bo’yin va yelka qismlari yumaloq va rombsimon, tananing yon tomonlari esa ko’ndalang-qator yirik tangacha bilan qoplangan, qorin qismi ham yirik qalqon bilan qoplangan.
Bosh qismida shoxsimon qalqonchalar bo’lib, ularning shakli va joylashish hayvonning sistematik holatini aniqlashda muhim rol’ o’ynaydi. Masalan: yashil va tirik-tug’ar kaltakesaklarning bosh qismidagi qalqonchalarning joylashishi va shakliga qarab ishonch hosil qilish mumkin.

55-rasm. Kaltakesakning bosh qismining yuqoridan (A) va yon tomonidan (B) ko’rinishi:
1-jag’aro qalqonchalar; 2-oldingi va keyingi burun qalqonchalari; 3-burun peshona qalqonchalari; 4-peshona oldi qalqonchalari; 5-peshona qalqonchasi; 6-ko’z usti qalqonchalari; 7-peshonatepa; 8-tepa qalqonchasi; 9-tepaaro qalqoncha; 10-ensa qalqonchasi; 11-oldingi yonoq qalqonchasi; 12-orqa yonoq qalqonchasi; 13-yuqori qovoq qalqonchalari; 14-quloq qalqonchasi; 15-lab usti qalqoni; 16-ko’z osti qalqoni; 17-yuqori markazdagi qalqonchalar; 18-mo’ylov osti qalqonchalar; 19-pastki lab osti qalqoni; 20-jag’ osti qalqonchasi; 21-orqa markaziy qalqonchalar.
Boshning oldingi qismida katta og’iz, uning ikki yon tomonida ko’zlari joylashgan bo’lib, unda yuqorigi va pastki qovoqlar, hamda uchinchi (pirpirovchi) parda ham bo’ladi. Tashqi burun teshiklari boshning oldingi uchida joylashgan bo’lib, ichki burun teshiklari xoanalar orqali og’iz bo’shlig’iga ochilgan bo’ladi.
Boshning ikki yon tomonida katta eshitish teshikchasi bo’lib, ustki tomonidan nog’ora parda bilan qoplangan. Nog’ora pardasi teri yuzasidan biroz pastroqda joylashgan. Sudralib yuruvchilarda amfibiyalardan farq qilib, aniq ko’rinib turuvchi-teri bo’rtmasi bo’lib, bu tashqi quloq murtagi bo’lib hisoblanadi.
Og’iz ochilgan kaltakesakning yuqorigi va pastki jag’larida mayda tishchalari bo’lib, ular ham qanotsimon suyakda joylashgan. Tishlari shakli va tuzilishiga ko’ra bir xil ekanligini darhol payqab olish mumkin. Og’iz bo’shlig’ining tubda, zich, uchi ayri tili joylashgan bo’lib, uning asosidan hiqildoq yorig’i boshlanadi.
Gavdaning keyingi qismida ya’ni, dumning boshlang’ich qismida ko’ndalang klaoka teshigi joylashgan. Ko’chilik vakillarida kloaka oldida katta anal qalqonchasi joylashgan, ba’zida bir qancha mayda anal oldi qalqonchalari bilan qoplangan.
Teri qoplami: Amfibiyalar teri qoplamidan tubdan farq qiladi. Epidermisning ustki qismi hamma vaqt shox moddaga aylanib turadi va to’kilib tushadi. Uning regeneratsiyasi epidermisning ostki tirik qismi hisobiga bo’ladi, tashqaridan teri shox qalqonchalar bilan qoplangan, epidermisning shox hosil qilishi va shox o’simtalarining bo’lishi hayvonni qurib qolishdan himoya qiluvchi muxim moslanishdir. Biroq reptiliyalar terisidan suv o’tmaydi degan fikr noto’g’ri. Cho’l zonasida yashovchi reptiliyalar suvni terisi orqali kam bug’lantiradi, lekin timsohlarda esa nam yo’qotilishining 75% teri orqali bo’ladi. Reptiliyalar terisi tanaga jips yopishgan bo’lib, amfibiyalardagi singari teri osti limfa qavatini hosil qilmaydi. Reptiliyalarda teri bezlari deyarli yo’q.
Kaltakesaklar son qismining chekkasida qator teshiklar joylashgan bo’lib, urchish davrida ulardan ipsimon shilimshiq massa chiqadi, teri bezlari timsohlarning voyaga yetmaganlarida rivojlangan bo’lib, pastki jag’larida va kloaka atrofida joylashadi. Ilonlarda ham teri bezlari boshlang’ichi bo’ladi, toshbaqalarda nisbatan yaxshi rivojlangan.
Yorish
Yorish uchun mo’ljallangan kaltakesakning mum qo’yilgan vannaga qornini yuqoriga qilib, oyoqlarini nina yoki to’g’nag’ich bilan vannaga berkitiladi. Shundan so’ng anal qalqonchasidan boshlab, jag’ning chekkasiga qorinni o’rta qismidan to’g’ri qilib kesiladi. Oldingi va keyingi oyoqlarga yaqin joyda, terini ko’ndalangiga kesib, hosil bo’lgan teri parchalarini vannacha tubiga qadaladi. Muskullar terining ichki yuzasiga mustahkam birikkan bo’lib, shuning uchun terini kesishda nihoyatda ehtiyot bo’lish kerak.
Muskullarning ixtisoslashganligini kaltakesakda aniq ko’rish mumkin.
Kaltakesakning qorin qismining pastki tomonida juft to’g’ri qorin muskullari o’tadi.
Ko’krak qismi juft ko’krak muskullari bilan qoplangan. Pastki jag’ning chekkasida kuchli ko’ndalang muskul seziladi.
Jihozlar orqali ko’krak qismidagi tashqi muskullar ajratib olinsa, yaxshi rivojlangan qovurg’alararo muskullarga e’tibor berish zarur. Qorinning to’g’ri muskullari va qovurg’alararo muskullar orasida yupqa qavatli muskul tolalari bo’lib-ichki qiyshiq muskullar joylashgan hisoblanadi. Bundan tashqari kaltakesakning yelka terisi olinganda boshqa muskullarini ham ko’rish mumkin.
Shundan so’ng ko’krak muskullari bilan birga ko’krak tog’ayi ham kesiladi. Qorin terisini kesganda pigmentlangan ichki devoriga e’tibor berish lozim, bu tashqi qorin pardasi hisoblanib, qorin devoridagi muskullarga ichki tomonidan zich yopishib turadi. Ehtimol qora rangdagi pigmentlar quyosh nurining ma’lum qismini ichki organlarga zararli ta’siridan himoya qiladi (ko’pchilik tungi kaltakesaklarning terisida qorin pigmentlari yo’q).
Ichki organlarning umumiy joylashishi. Ichki bo’shliqning yuqori tomonida yurak joylashgan.

56-rasm. Ichi yorilgan kaltakesak:
A-erkagi; B-urg’ochisi; 1-yuragi; 2-o’pka; 3-jigar; 4-traxeya; 5-qizilungach; 6-qalqonsimon bez; 7-tilosti suyagi; 8-o’t pufagi; 9-o’t yo’li; 10-oshqozon; 11-o’n ikki barmoqli ichak; 12-oshqozon osti bezi; 13-yo’g’on ichak; 14-taloq; 15-urug’don; 16-urug’don ortig’i; 17-urug’ yo’li; 18-buyrak; 19-siydik pufagi; 20-tuxumdon; 21-tuxum yo’li.

U nozik yurak atrofi pardasi-perikard bilan qoplangan. Uning yon tomonida juft yupqa devorli o’pka joylashgan, sal keyinroqda qo’ng’ir ikki bo’lakli jigari mavjud bo’lib, qorin bo’shlig’ining deyarli o’rta qismini egallaydi.


Yurakni yuqori qismida uzun traxeya joylashgan bo’lib, uning yonidan halqum o’tadi. Traxeyaning yuqori qismida uncha katta bo’lmagan qalqonsimon bez joylashgan. Pastki jag’ bilan traxeyaning oldingi qismini til osti tog’ayi qoplab olgan. Ehtiyotlik bilan ko’rilsa, uning uzun o’simtalarini topish qiyin emas. Yurakning pastki tomonida traxeya ikkita kalta o’pkaga kiruvchi bronxlarni hosil qiladi. O’pka yurakning ikki tomonida joylashgan xalta ko’rinishida bo’ladi. Jigar-qizilo’ngachni, oshqozonning ma’lum qismini va ingichka ichakning bir qismini qoplab turadi, uning ichki tomonida kanali ichakka borib ochiluvchi o’t pufagi joylashgan.
Qizilo’ngach kengroq oshqozonga ochiladi. Ingichka ichakning oldingi qismi bo’lgan o’n ikki barmoqli ichak bir muncha bukilishni hosil qiladi va uning qovuzloqlariga zich tanacha shaklidagi oshqozon osti bezi joylashgan.
Ingichka ichak yo’g’on ichak bilan tutashgan bo’lib, ularning chegarasida boshlang’ich ko’richak bo’lib, o’txo’r toshbaqalarda yaxshi rivojlangan. Oshqozonning orqa uchi yoniga, qorin pardasi burmasiga, kichik, qizil tanacha shaklidagi taloq joylashgan.
Uzunchoq shakldagi buyraklar qorin bo’shlig’ining orqa tomonida joylashadi va chanoq suyaklari bilan yopilgan. Buyraklardan ingichka siydik yo’llari chiqadi va kloakaga ochiladi.
Sudralib yuruvchilarning siydik yo’li metanefretik buyraklar taraqqiy etishi bilan hosil bo’ladi va volf kanaliga gomolog bo’lmaydi. Kloakaning qorin tomonidan siydik pufagi chiqadi.
Buyrakning yonida juft yog’ tanachalari joylashgan.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish