Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet43/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Vistseral skeleti.
Yuqori jag’: yuqori jag’, jag’aro suyaklar.
Pastki jag’: tish suyagi, qo’shuv suyagi, burchak va burchak usti suyaklari.
Til osti apparati: til osti suyagi va uning ikki juft shoxchalari.
Umurtqa pog’onasi.
Umurtqa bo’limlari: to’rt bo’limga bo’lingan: bo’yin, bel-ko’krak, dumg’aza va dum. Protsel umurtqalar va uning tuzilishi, atlant va epistrofeyning tuzilishi.
Ko’krak qafasi.
To’sh, to’sh usti suyagi, qovurg’alar.
Kamarlar skeleti.
Yelka kamari: karakoid, kurak, umrov
Chanoq kamari: yonbosh suyagi, quymich suyagi, qov suyagi, quymich kosasi, dumg’aza umurtqalari.
Erkin oyoqlar skeleti.
Oldingi oyoqlar: yelka, bilak va tirsak, bilaguzuk, kaft barmoq falangalari.
Orqa oyoqlar: son, katta va kichik boldir, tovon, barmoq falangalari.
Sudralib yuruvchilarning turli vakillarida skelet tuzilishi xilma-xil bo’lganligi tufayli, o’rganish kaltakesak misolida beriladi, lekin ilonlar va toshbaqalar skeleti ham qarab chiqiladi.
Miya qutisi
Sudralib yuruvchilarning bosh skeleti, amfibiyalarning bosh skeletiga nisbatan deyarli to’liq, suyakka aylanganligi bilan harakterlanadi. Faqat eshitish va hidlov bo’limlarida bir nechta tog’ay elementlar saqlanadi. Bosh skeleti tarkibiga almashinuvchi va ko’p sonli qoplovchi suyaklar kiradi.
Echkemar bosh skeletining ensa qismida to’rtta ensa suyagi bo’ladi, bular asosiy, ikkita yon va ustki ensa suyaklardir. Bu suyaklar kelib chiqishiga ko’ra almashinuvchi katta ensa suyagi bo’lib, ensa teshigini o’rab turadi. Asosiy va yon ensa suyaklari birgalikda yagona ensa burtmasini hosil qiladi (62-63-rasmlar).

62-rasm. Kaltakesakning bosh skeleti: ustki tomonidan (A), ostki tomonidan (B), yon tomonidan ko’rinishi (V) va uning pastki jag’i:
1-ensa teshigi; 2-yon ensa suyagi; 3-yuqorigi ensa suyagi; 4-asosiy ensa suyagi; 5-ensa bo’rtmasi; 6-asosiy ponasimon suyak; 7-dimog’ suyagi; 8-xoana; 9-qoldiq parasfenoid; 10-tepa suyagi; 11-tepa organi uchun teshik; 12-peshona suyagi; 13-burun suyagi; 14-jag’aro suyak; 15-ustki jag’ suyagi; 16-peshona oldi suyagi; 17-yosh suyagi; 18-ko’z usti suyagi; 19-ko’z atrofi suyaklari; 20-tangacha suyak; 21-ko’zning keyingi suyaklari; 22-yonoq suyagi; 23-burun teshigi; 24-kvadrat suyagi; 25-tang’lay suyagi; 26-qanotsimon suyak; 27-pog’ona suyak; 28-ko’ndalang suyak; 29-qo’shuv suyagi; 30-tish suyagi; 31-burchak suyagi; 32-burchak usti suyagi; 33-toj suyagi.
Birinchi bo’yin umurtqasi-atlas bilan harakatchan qo’shiladi. Eshitish bo’limida almashinuvchi suyaklardan mustaqil holda faqat juft quloq oldi suyagi bor, ustki quloq suyagi asosiy ensa suyagiga, quloq orti suyagi esa yon ensa suyaklariga qo’shilib ketadi. Ko’zlararo to’siq yupqa parda ko’rinishida bo’ladi va ko’z-ponasimon suyagiga mos keladi. Hidlov bo’limida suyaklar yo’q. Asosiy ensa suyagiga serbargina asosiy ponasimon suyak qo’shilib turadi. Bu suyak barcha amniotalarda miya qutisining asosini tashkil qiladi. Miya qutisi tubining oldingi qismida juft dimog’ suyaklari joylashgan (63-rasm).

63-rasm. Echkemarning bosh skeleti: ustki tomonidan (A). va ostki tomonidan (B) ko’rinishi.
1-jag’aro suyak; 2-burun suyagi; 3-peshona oldi suyagi; 4-peshona suyagi; 5-yosh suyagi; 6-ko’z usti suyagi; 7-tepa suyagi; 8-yuqorigi ensa suyagi; 9-asosiy ensa suyak; 10-yon ensa suyagi; 11-tangachasimon suyak; 12-kvadrat suyagi; 13-peshona orti suyagi; 14-yonoq suyagi; 15-yuqorigi jag’ suyagi; 16-dimog’; 17-tang’lay suyagi; 18-ko’ndalang suyak; 19-qanotsimon suyak; 20-asosiy ponasimon suyak; 21-asosiy ensa teshigi; 22-kvadrat-yonoq suyagi; 23-ensa bo’rtmasi.
Miya qutisining qopqog’i ko’p sonli qoplag’ich suyaklardan iborat, bulardan ba’zilari pastki tomonga tushib bosh skeletini yon tomonidan yopib turadi. Bularga toq tepa, juft peshona, toq burun suyaklari kiradi. Peshona suyaklarining oldida odatda juft peshona oldi suyagi va ko’zoldi suyagi, ularning ostida ko’z kosasining oldingi devorida juft ko’z yoshi suyagi bo’ladi.
Miya qutisining yuqorida aytilgan qoplag’ich suyaklaridan tashqari uning chakka yoylari tarkibiga kiruvchi suyaklari ham bor. Pastki chakka yoy tarkibidagi kvadrat-yonoq suyagi reduktsiyalanganligi sababli yon chakka yoylari tashqi tomondan ochiq qoladi, yonoq suyagi saqlanadi.
Vistseral skeleti.
Kvadrat suyagining oldingi tomonida qanotsimon suyak uning oldida esa tanglay suyagi joylashgan, u ustki jag’ suyagi va dimog’ suyagi bilan qo’shiladi. Bu suyaklardan faqat kvadrat suyagi almashuvchi suyaklar qatoriga kiradi. Qanotsimon suyakdan yuqoriga qarab ustunsimon suyak chiqadi va tepa suyagiga tegib turadi. Bu suyak hozir yashayotgan sudralib yuruvchilardan kaltakesaklarda va gatteriyada saqlangan. Qanotsimon suyakdan yana ko’ndalang suyak chiqadi va oldingi tomonda ustki jag’ suyagi bilan qo’shiladi. Ikkilamchi ustki jag’ vazifasini jag’aro va ustki jag’ suyaklari bajaradi.
Pastki jag’ birlamchi qo’shilish suyagi va qoplovchi tish suyagi, burchak suyagi, burchak usti hamda toj suyaklaridan tashkil topgan. Jag’aro ustki jag’ va tishsimon suyaklarida (toshbaqadan tashqari) oddiy konus shaklidagi tishlar joylashadi. Til osti va jabra yoylari xuddi amfibiyalardagi singari o’zgarib ketadi.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish