Mavzu: Oyoq va chanoq harakatlari plastikasi yelka kamari muskullari va uning harakatlanishi. Reja



Download 32,33 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2022
Hajmi32,33 Kb.
#571159
  1   2
Bog'liq
Oyoq va chanoq harakatlari plastikasi yelka kamari muskullari va uning harakatlanishi.


Mavzu: Oyoq va chanoq harakatlari plastikasi yelka kamari muskullari va uning harakatlanishi.
Reja:

1.Oyoq va chanoq harakatlari plastikasi.


2.Muskullar tasnifi.
3.Yelka kamari harakatlanishi.
4.Xulosa.

Oyoq — tayanch va harakat aʼzosi. Hayvonlarda O.ning vujudga kelishi va tuzilishi turlicha boʻlsa ham, bajaradigan vazifasi oʻxshash. Koʻp qilli halqalilarning juda sodda tuzilgan juft oyogʻi muskulli, kalta, lekin serharakatdir. Xordali hayvonlar oyogʻi toq va juft boʻladi. Quruklikda yashaydigan barcha umurtqali hayvonlarda toq O. boʻlmay-di, biroq ular suvda yashashga oʻtsa, toq O. (suzgich qanotlar) qayta vujudga kelishi mumkin (mas, ixtiozavrlar, kitlar va boshqalarda). Toq O. tufayli hayvon suvda muvozanatini saklaydi, oldinga harakat qiladi va, asosan, oʻzini-oʻzi boshqaradi. Juft O. dastlab baliqlarda paydo boʻlgan, u suvga shoʻngʻish yoki koʻtarilishni boshqaradi va muvo-zanatni saqlaydi.


Har bir O. muskullar yordamida harakatlanuvchi va bir-biri bilan tutashgan togʻayli yoki suyakli skeletdan iborat. Kuruklikda yashaydigan umurtqali hayvonlarning oyoklari 3 boʻlimdan tashkil topgan; O. kamari bilan tutashuvchi yelka (oldingi O.da) yoki son (orqa O.da), bilak (oldingi O.da) yoki boldir (orqa O.da) va panja (oldingi O.da) yoki pay (orqa O.da).
Evolyusiya jarayonida juft O. koʻp oʻzgarishlarga uchragan. Uchar kaltakesaklar, qushlar va koʻrshapalaklarda uchishning taraqqiy etishi tufayli oldingi O. kanotga, dengiz kaltakesaklari, kitsimonlar, kurakoyokli sut emizuvchilarniki kurakka aylangan va h.k. Baʼzan hayvonlarning oldingi oyoklari kovlashga (krotda), ayrimlarini-ki ushlashga (maymunlarda) moslashgan. Funksional ahamiyati kamayishi sa-babli ayrim hollarda juft O. yoʻq boʻlib ketgan (mas, ilonbalikdarning qorin suzgich qanoti, kitsimonlar va sirenalarning orka oyoklari, oyoqsiz amfibiyalar hamda barcha ilonlarning ikkala juft oyoklari va h.k.).
Odam da O. suyaklari va muskullari gavdani koʻtarib turishga va turli hamda murakkab harakatlarni bajarishga moslashgan. Shuning uchun oyoq relyefining qoʻlga nisbatan oʻziga xos boʻlishida oyoq suyaklari, muskullari aqamiyatga ega. O. dumba, son, boldir va oyoq kaftidan iborat. Dumba sohasining hajmi katta, boʻrtgan. Son hajmi oʻrta-sidan torayib borgan. Tizza qismi ol-dinga boʻrtgan, orqa sohasida tizza osti chuqurchasi joylashgan. Boldir soxasining orqa qismi muskul hisobiga boʻr-tib, pastga tomon asta kamayib boradi. Oyoq kafti koʻndalang joylashgan, pastki yuzasi yey shaklida boʻlgani uchun harakat osonlashadi.
Oyoq relyefi yosh, jins va odam krmatiga qarab turlicha boʻladi. Oyoq panjasi kaft oldi, kaft va barmoklardan tashkil topgan. Juda koʻp pishiq boylamlar va koʻplab muskullar paylari bilan yaxlitlashgan kaft oldi suyaklari yuqorida boʻrtib chiqqan gumbaz hosil qiladi. O. panjasi boylamlari va muskulining zaiflashishi O. panjasining yassilanishiga sabab boʻladi
Chanoq, tos — gavda skele/iining pastki qismi. Ch. odamda oyoqlarni, sut emizuvchilarda esa orqa oyoqlarni, tanaga birlashtiradi. Ch. umurtqa pogʻonasi va tananing yuqori qismi uchun tayanch vazifasini bajaradi; Ch. oʻng va chap nomsiz Ch. suyaklari hamda dumgʻaza va dum suyaklaridan hosil boʻladi.
CH. suyaklari birbiriga oldidan qov simfiziga oʻxshab, orqadan esa juft dumgʻazayonbosh boʻgimlari koʻrinishida dumgʻazaga birlashadi. Har bir nomsiz suyaklar (oʻsish davri oxirida qoʻshilib ketadi) yonbosh, quymuch va qov suyaklaridan tashkil topadi. Ular birlashish joyining tashqi tomonida quymuch kosasi joylashadi.
CH. tuzilishining jinsiy xususiyatlari bor. Ayollarda Ch. erkaklarnikiga nisbatan bir qadar keng va kalta boʻladi. Katta va kichik Ch. bor. Katta Ch. oldidan qorin old devori yumshoq toʻqimalari bilan, orqadan umurtqa pogʻonasi, yondan yonbosh suyak qanotlari bilan, kichik Ch. oldidan qov suyaklari, orqadan dumgʻaza va dum suyagi, yondan quymuch suyagi va yumshoq toʻqimalar bilan oʻralgan. Katta Ch.da qorin boʻshligʻi pastki qismidagi aʼzolar, kichik Ch.da toʻgʻri ichak, qovuq, erkaklarda prostata bezi va urugʻ pufaklari, ayollarda bachadon va uning ortiqlari hamda qin joylashgan. Ch. suyaklarida orqa tomondan orqa va umurtqa pogʻonasi muskullari, oldidan qorin muskullari birlashadi. Oyoq muskullari ham Ch.dan boshlanadi. Dumbaning katta muskuli Ch. sohasidagi eng katta muskul xisoblanadi. Yonboshning ichki juft arteriyalari Ch. devori va undagi ichki aʼzolarni qon bilan taʼminlaydi; dumgʻaza nervi chigallarining shoxchalari innervatsiya qiladi.
CH. sinishi Ch.ning xavfli shikastlaridan xisoblanadi. Ch. chikishi kam uchraydi; lekin bolalarda Ch. shikastlanishi natijasida boylamlar uzilishi, chanokson boʻgʻimi chiqishi koʻproq kuzatiladi. Tugʻruq vaqtida baʼzan Ch.ning qov birikmasi uzilishi mumkin. Quymuch kosasi singanda koʻpincha son chiqadi. Ch. kasalliklariga qon orqali tarqaladigan (gematogen) osteomiyelit (bunda, odatda, yonbosh suyagi qanotlari va dumgʻaza zararlanadi), brutsellyoz va revmatoid artritsa dumgʻazayonbosh boʻgʻimining zararlanishi va boshqa kiradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan uchta birlashishdan hosil bo‘lgan, katta va kichik chanoq deb yuritiladigan (pelvis major et pelvis minor) ikki qismga bo‘linadi. Ularni chegaralovchi linea terminalis chizig‘i ajratib turadi. Chegaralovchi chiziq ikki tomondan yonbosh suyagining ravoqsimon chizig‘i (linea arcuata), old tomondan esa qov ustki qirg‘og‘ining bir-biri bilan birlashishidan hosil bo‘ladi.

Katta chanoq ikki yon tomondan yonbosh suyaklarining qanotlari va orqa tomondan pastki ikkita bel umurtqasining tanasi bilan o‘ralgan bo‘lib, old tomoni suyakdan xoli, ochiq, faqat qorin devori muskullarining pastki qismidan iborat. Katta chanoq bo‘shlig‘i qorin bo‘shlig‘ining davomi hisoblanadi va u yerda bir qancha a’zolar joylashadi.


Katta va kichik chanoqlarni ajratuvchi chiziq bilan chegaralangan teshik kichik chanoqning ustki teshigi – apertura pelvis superior yoki katta chanoqning pastki chegarasidan iborat bo‘ladi. Dum suyagi lig. sacrotuberale, quymich do‘mbog‘i, quymich va qov suyaklarining pastki shoxlari hamda lig. arcuatum pubis lar bilan chegaralangan teshik kichik chanoqning pastki (chiqish) teshigi – apertura pelvis inferior deyiladi. Ana shu ustki va ostki teshiklar o‘rtasi kichik chanoq bo‘shlig‘i (yoki chanoq bo‘shlig‘i) – cavum pelvis bo‘lib, unda siydik va tanosil a’zolari, yo‘g‘on ichakning bir qismi va to‘g‘ri ichak joylashgan.
Kichik chanoqning atrof devori bir xil kattalikda va tekislikda emas. Orqa devorni dumg‘aza va dum suyaklari tashkil qilganidan uzun va keng bo‘ladi. Ikki yon devorini yonbosh, qov va quymich suyaklarining tanalari o‘zaro qo‘shilgan soha, ya’ni quymich kosasi sohasi va shu atrofdagi boylamlar tashkil qiladi. Eng kalta devor – old devor bo‘lib, u faqat qov suyaklari va simfizdan iborat.
Chanoq shakli va katta-kichikligi tegishli o‘lchovlar bilan aniqlanadi1.
Katta chanoqning old tomoni ochiq bo‘ladi, shu sababli uning faqat ko‘ndalang masofalarini o‘lchash mumkin. Ko‘ndalang masofa uch joydan o‘lchanadi:
1) ikki yonbosh suyagi oldining ustki o‘siqlari (spina iliaca anterior superior) oralig‘i (distantia spinarum) –25–27 sm;
2) ikki yonbosh suyagining ustki qirralari (crista iliaca) oralig‘i (distantia cristarum) – 28–29 sm;
A B. Erkaklar chanog‘i (pelvis masculinum). A.Old tomondan ko‘rinishi.
1–pelvis major; 2–articulatio sacroiliaca dextra; 3–os sacrum; 4–pelvis minor; 5–os coxae; 6–angulus subpubicus; 7–foramen obturatum; 8–acetabulum; 9–linea terminalis.

B-. Ayollar chanog‘i (pelvis femininum). Old tomondan ko‘rinishi.


1–pelvis major; 2–articulatio sacroiliaca; 3–os sacrum; 4–pelvis minor; 5–os coxae; 6–arcus pubis; 7–foramen obturatorum; 8–acetabulum; 9–linea terminalis.
3) ikki son suyagining katta ko‘stlari (trochanter major) oralig‘i (distantia trochanterica) – 30–32 sm.
Kichik chanoqning kirish va chiqish teshiklari hamda bo‘shlig‘ining o‘lchovini bilish uchun ular uch tomonlama, ya’ni oldindan orqaga tomon (diametr recta), ko‘ndalangiga (diametr transversa) va qiyig‘iga (diametr obligua) o‘lchanadi1.
Quyida shu o‘lchovlar ayollar va erkaklar chanog‘iga nisbatan keltiriladi.
Bu o‘lchovlardan tashqari, bir tomondagi yonbosh suyagining oldingi va orqadagi ustki o‘siqlari (spina iliaca anterior superior va spina iliaca posterior superior) oralig‘i ham o‘lchanadi. Bu masofa 14,5–15 sm ga teng keladi (138- ).
1) Oxirgi bel umurtqasi bilan dumg‘aza suyagi oralig‘idan (promontorium) simfizning ustki chetiga qadar bo‘lgan masofa anatomik kon’yugata – conjugata anatomica deb atalib, 11 sm ga teng.
2) Promontorium dan simfizning ichki tomoniga ko‘proq bo‘rtib chiqqan joyga qadar bo‘lgan masofa ginekologik kon’yugata (conjugata ginecologica) deb ataladi va o‘rta hisobda 10,35 sm ga teng.
3) Promontorium dan simfizning pastki qirg‘og‘iga qadar bo‘lgan masofa qiyiq (diagonal) kon’yugata – conjugata diagonalis deyiladi va 12–13 sm ga teng.
Chanoqning kirish qismidagi va chiqish qismidagi har bir to‘g‘ri diametr diametr recta ning o‘rtasidan bir-biriga qo‘shiladigan chiziq, ya’ni chanoq bo‘shlig‘ining qoq o‘rtasidan uzunasiga o‘tgan chiziq chanoq o‘qi deb ataladi. Ayollarda chanoq bo‘shlig‘i tug‘ruq yo‘li (kanali) hisoblangani uchun, bu o‘q tug‘ruq jarayonida yo‘naltiruvchi yetakchi rol o‘ynaydi.
Odamning chanog‘i hayvonlar chanog‘iga nisbatan kalta va keng bo‘ladi, chunki odamlarning asta-sekin ikkita orqa oyoqqa ko‘tarilib tik holatni olishi natijasida qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarning
og‘irligi qisman chanoqqa tushgan. To‘rt oyoqlab yuruvchilarda esa chanoqqa hech qanday og‘irlik tushmaydi, shuning uchun ham ularda chanoq birmuncha tor va uzun bo‘ladi.

Shakl va o‘lchovi jihatidan ayollar chanoqlari erkaklarnikidan ancha farq qiladi. Bunday jinsiy tafovut ayniqsa balog‘atga yetgandan so‘ng yaqqol bilina boshlaydi.


1. Ayollar chanog‘i erkaklarnikiga nisbatan kalta (silindr shaklida) va keng, chanoq suyaklari ancha yupqa va tekis, erkaklarda esa voronka shaklida bo‘ladi.
2. Ikki yonbosh suyak qanotlari ayollarda tashqariga yotiqroq, erkaklarda esa tikka bo‘ladi.
3. Ayollar chanog‘ining kirish qismi ko‘ndalang oval shaklda, erkaklarda oval shaklda bo‘ladi.
4. Chanoqning chiqish teshigi ayollarda erkaklarnikiga nisbatan keng. Chanoq dum suyagi ich tomonining u qadar bukilmaganligi hamda quymich do‘nglarining tashqariga qarab tarvaqaylashi hisobiga kengaygan.
5. Qov suyaklari qo‘shilgan joy (simfiz)ning ostida hosil bo‘lgan burchak ayollarda keng, erkaklarda tor bo‘ladi.
Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir necha qismga bo'lib o'rganiladi: bosh, gavda, qo'l va oyoq suyaklari. Bosh suyagi 23 ta suyaklarning birikjsrudan tashkH topgan bo'lib ikki qismga bo'linadi: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari (2- rasm). Miya qutisi suyaklariga: peshomi - I, tepa - 2, chakka - 2,
ensa - I, asosiy - I, g'alvirsimon - 1 ta suyaklar kiradi. Yuz suyaklariga: yuqorigi jag' - 2, yonoq - 2, burun - 2, ko'zyosh - 2, pastki burun chanog'i - 2, tanglay - 2, pastki jag' - 1, dimog' - I, til osti - I ta suyaklar kiradi.Pastki jag' va chakka suyaklari bir-biri bilan bo'g'im hosil qilib birikadi. Bu bo'g'im tufayli pastki jag' xilma-xil harakatlarni bajaradi va natijada odam ovqatni chaynash, so'zlash, kuylash imkoniga ega bo'ladi.
Yuqorida aytilganidek, yosh bolalarda bosh suyagi 23 ta alohida suyaklardan tashkil topgan bo'lib, ular bir-biri bilan suyak chok¬lari yordamida birikadi. Ularning birikishi bolaning 2-3 oyligi¬dan boshlab, u voyaga yetguncha davom etadi.
Tana skeleti. Odamning gavda skeleti ikki qismdan iborat: umurtqa pog'onasi va ko'krak qafasi.
Umurtqa pog'onasi 33-34 umurtqaning birikishidan hosil bo'lib, uzunligi odamning bo'yiga qarab 70-90 sm gacha bo'la¬di. Umurtqa pog'onasi odam skeletining markaziy qismi bo'lib, unga barcha suyaklar birikib turadi va u tananing asosiy tayanchi bo'lib xizmat qiladi. Umurtqa pog'onasi 5 qismdan iborat: bo'yin - 7, ko'krak - 12, bel - 5, dumg'aza - 5 va dum - 4-5 ta umurtqadan tashkil topgan (3- rasm).
Umurtqa halqasimon suyakdan iborat bo'lib, oldingi - tana qismi yo'g'onlashgan, orqa qismi ingichka yoysimon bo'ladi. Umurtqaning tanasi bilan yoyi qo'shilib umurtqa teshigini hosil qiJadi. Umurtqalarning orasida tog'aydan iborat umurtqa oraliq dis¬klar bo'ladi. Umurtqalarning bir-biri bilan tutashishi natijasida umurtqa pog'onasi kanali hosil bo'ladi. Bu kanal ichida orqa miya joylashadi.
Ko'krak qafasi suyaklariga 12 ta ko'krak umurtqasi, 12 juft qovurg'alar va to'sh suyagi kiradi (4- rasm). Bularning bir-biri bilan birikishi natijasida ko'krak qafasi hosil bo'lib, unda odam hayoti uchun muhim bo'lgan ichki organlar joylashadi.
Qovurg'alarning 12 jufti ham orqa tomondan ko'krak umurt¬qalariga birikadi. Ulardan 7 jufti haqiqiy (chin) qovurg'alar de¬yilib, oldingi tomondan to'sh suyagining yon tomoniga o'zining tog'aylari yordamida bevosita birikadi. Ulardan pastki uch jufti soxta qovurg'a deyilib, bular bir-biri bilan tog'ay yordamida o'za¬ra, so'ngra esa 7- qovurg'aning tog'ayiga birikadi. Bulardan ham pastda joylashganlari (11-12- qovurg'alar) oldingi tomondan to'sh suyagiga birikmay, qorin muskullari orasida joylashadi. Bular yetim qovurg 'alar deb ataladi.
To'sh suyagi uch qismdan: yuqorigi - dasta, o'rta - tana qismi va pastki - qilichsimon o'simtadan iborat.
tayanch-002tayanch-02 tayanch-0002
3-rasm. Umurtqa pogonasi.
A- oldindan ko'rinishi: 1- bo'yin qismi; 2- ko'krak qismi; 3- bel qismi; 4- dumg'aza qismi; 5- dum
qismi.
B- yon tomondan ko'rinishi (o'rtasidan arralangan): 1- umurtqa pog'onasining kanali; 2- bo'yin lordozi; 3- bel lordozi: 4- ko'krak
kifozi; 5- dumg'aza kifozi:
4-rasm. Ko'krak qafasi: 1-7- haqiqiy (chin) qovurg'alar; 8-10- soxta qovurg'alar; 11-12¬yetim qovurg'alar; 13- lo'sh suyagining qiIichsimon o'simtasi.
Qo'l suyaklari. Qo'l suyaklari ikki qismga: yelka kamari suyak¬lari va qo'lning erkin suyaklariga bo'linadi (5- rasm). Yelka kamari suyaklariga kurak va o'mrov suyaklari kiradi. Kurak suyagi uchburchak shakldagi yassi suyak bo'lib, ichki botiq yuzasi bilan ko'krak qafasining 2-7- qovurg'alari ustiga yopishgan bo'ladi. urakning tashqi burchagida bo'g'im yuzasi bo'lib, u yelka suyagi bilan birikishga moslashgan. O'mrov suyagi ichki tomondan to'sh suyagiga, tashqi tomondan kurak suyagiga birikadi. U yelka bo'g'imining harakatlarida muhim ahamiyatga ega.
Qo'lning erkin suyaklariga yelka, bilak panja suyaklari kiradi. Yelka suyagi uzun naysimon shaklda bo'lib, uning yuqorigi uchi kurak suyagi bilan birikib, yelka bo'g'imini, pastki uchi esa bilak¬tirsak suyaklari bilan birikib, tirsak bo'g'imini hosil qiladi.
Bilak suyaklari 2 ta naysimon, ya'ni bilak va tirsak suyaklaridan iborat. Bilak suyagi qo'lning tashqi tomonida, tirsak suyagi qo'lning ichki tomonida joylashgan. Bu suyaklarning yuqorigi uchi yelka suyagi bilan birikib, tirsak bo'g'imini hosil qiladi, pastki uchi esa bilakuzuk (kaft usti) suyaklari bilan birikadi. Qo 'I panja suyaklari uch qismdan: kaft usti, kaft va barmoq suyaklaridan iborat. Kaft usti suyaklari 8 ta bo'lib, ular 4 tadan ikki qator bo'lib joylashgan. Kaft suyaklari 5 ta bo'ladi. Barmoq suyaklari bosh barmoqda 2 tadan, qolganlarida 3 tadan bo'ladi. Oyoq suyaklari. Oyoq suyaklari ikki guruhga: oyoq kamari (chanoq) va oyoqning erkin suyaklariga bo'linadi. Oyoq kamari ikki tomondan nomsiz suyaklardan, orqa tomondan dumg'aza va dum umurtqa suyaklaridan tashkil topgan. Chanoq suyagining yuqori qismi ken¬gaygan bo'lib, katta chanoq deb ataladi, pastki qismi toraygan bo'lib, kichik cha¬noq deb ataladi. Kichik chanoq bo'sWig'ida to'g'ri ichak, siydik pufagi, qon, limfa, nerv tomirlari va tugunlari hamda jinsiy organlar joylashgan. Chanoq suyagining tashqi - yon tomonida qo 'ymich kosasi deb ataluvchi chuqurcha bo'lib, unga son suyagining yumaloq boshchasi birikib, son-chanoq bo'g'imini hosil qiladi. Bu bo'g'im orqali tananing massasi oyoq suyaklariga o'tkaziladi. Odamning chanoq suyagi ba'zi erkaklarda 1200 kg massadagi yukni ko'tara oladi. Oyoqning erkin suyaklariga son, boldir va oyoq panjasining su¬yaklari kiradi. Son suyagi eng yirik va baquvvat naysimon suyakdir. U 1500 kg gacha bo'lgan yukni ko'tarishi mumkin. Yuqorida aytilganidek, bu suyakning yuqorigi uchi yumaloq bo'lib, chanoq suyagining chuqurchasiga kirib, son-chanoq bo'g'imini hosil qiladi.tayanch-0020
5-rasm. Qo'l suyaklari. 1- o'mrov suyagi; 2¬kurak suyagi; 3- yelka suyagi; 4- tirsak suyagi; 5- bilaguzuk (kaft usti) suyaldarl: 6- kaft suyak¬lari: 7- barmoq suyaklari: 8- bilak suyagi
tayanch-3
Suyakning pastki uchi katta boldir bilan birikib, tizza bo'g'imini tashkil etadi. Tizza qopqog'i suyagi eng yirik erkin (sesama¬simon) suyak bo'lib, u tizza bo'g'imining oldingi yuzasini yopib turadi. Bu suyakka sonning to'rt boshli muskulining payi birikadi. Boldir suyaklari katta va kichik ikkita naysimon suyakdan iborat. Katta boldir suyagi boldirning ichki tomonida joylash¬gan bo'lib, uning oldingi qirrasi o'tkirroq bo'ladi. Suyakning yuqorigi uchi kengayib, son suyagining pastki uchi bilan birikishga moslashgan. Pastki uchi yumaloqlashib, ichki to'piqni hosil qiladi. Kichik boldir suyagi boldirning tashqi tomonida joylashib, uning yuqorigi uchi yo'g'onlashib, katta boldir suyagining yuqori qismiga birikadi. Pastki qismi oyoqning tashqi to'pig'ini hosil qiladi va oshiq suyagi bilan birikadi.
Oyoq panjasining suyaklari har xii katta1ikdagi 27 la suyakdan iborat bo'lib, ular uch guruhga bo'linadi: ular tovon suyaklari - 8 ta, oyoq-kaft suyaklari - 5 la va barmoq suyaklari - 14 ta (6- rasm). Odam tik yurishga o'tishi natijasida oyoq suyaklariga tu shad i¬gan massaning ortishi va xilma-xil harakatlarning bajarilishi bu suyaklar funksiyasini oshirib, ularning rivoj!anishiga va mustah¬kamlanishiga sabab bo'lgan
6-rasm. Oyoq suyaklari. .
1- chanoq suyagi; 2 - son suyagi; 3 - chanoq¬son bo'g'imi; 4- tizza qopqog'i suyagi; 5- katta boldir suyagi; 6- kichik boldir suyagi; 7- tovon suyagi; 8- oyoq kafti suyaklari; 9- panja suyaklari.
Suyaklarning birikishi
Yuqorida tan a suyaklari bayon etilganda ularning bir-biriga birikishi haqida qisqacha ma'lumot berilgan edi. Shu bilan birga, bu birikish ularning harakatlanishida muhim ahamiyatga ega.
Odam tanasidagi 206 ta suyakning hammasi bir-biri bdan ikki xii: hara¬katsiz va harakatli birikadi. Suyaklarning h,1 rakatsiz (oraliqsiz 3 uzluksiz) birikishigh bosh, umurtqa va chanoq suyaklarining bir-biri bilan tutashuvi misol bo'ladi. Ular boylamlar, tog'aylar, suyak chokJari yordamida bir¬biriga birikadi. Bosh suyagi peshona, tepa, chakka, ensa kabi alohida suyak¬lardan iborat bo'lib, bola o'sgan sari ular chok yordamida bir-biriga birikib, yaxlit bosh suyagini hosil qiladi. Bu suyaklar bir-biriga uzluk¬siz - zich birikkanligi uchun ular harakatsiz bo'ladi. Aksariyat darsliklarda umurtqa pog'onasi suyaklarning hara¬katsiz birikishiga kiritiladi. Ammo ba'zi manbalarda umurtqa pog'onasi suyaklarning yarim harakatchan birikishiga kiritilgan. Harakatli, ya'ni bo'g'im hosil qilib birikishga qo'l va oyoqlar¬ning bo'g'imlari kiradi: yelka, tirsak, kaft usti, son-chanoq, tizza, boldir-tovon hamda qo'l va oyoq panja suyaklarining bir-biri bilan bo 'g'im hosil qilib birikishi bunga misol bo'ladi. Bo'g'im hosil qilib birikuvchi ikkita suyakdan birining uchi qavariq, silliq, ikkinchisining uchi esa botiqroq bo'ladi. Bo'g'im uch qismdan: bo'g'im xaltachasi, suyaklarning birikish yuzasi va bo'g'im bo'shli¬g'idan iborat (7-rasm).
Bo'g'im xaltachasi ikki qavat - tashqi (pishiq fibroz), ichki - silliq yumshoq pardalardan tashkil topgan. Ichki sinoviy qavat¬ning pardasidan moysimon sinoviy suyuqlik (bo'g'im moyi) ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik suyaklarning bo'g'im yuzasini moylab, ular harakatini qulaylashtiradi. Bo'g'im tashqi tomondan paylar bilan o'ralib, uning mustahkamligini ta'minlaydi. Suyaklar bo'g'im yuzalarining tuzilishiga qarab bo'g'imlar shar¬simon, ellipssimon, egarsimon, silindrsimon, g'altaksimon bo'ladi. Masalan, kurak va yelka suyaklari birikib, sharsimon tuzilishga egabo'lgan bo'g'imni hosil qiladi va bu bo'g'ilT'da xilma-xil oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga, aylanma harakatlar bajariladi.tayanch-003
7-rasm. Bo'g'imr iug tuzilishi.
1- bo'g'im xa!tachasi; 2-suyaklarning bo'g'im yuzasi; 3- bo'g'im yuzasi va bo'shlig'i.
Suyaklarning tuzilishi va tarkibi
Suyaklar murakkab tuzilgan bo'lib, ular tarkibiga bareha epiteliy, biriktiruvehi, muskul va nerv to'qimalari kiradi. Suyak tarkibining asosini suyak hujayralari (osteoblastlar) tashkil etadi. Bu hujayralar suyaklarning organik qismi bo'lgan osseinni (oraliq oqsil modda) sintez qiladi va uning mineral moddalar bilan birikishini ta'minlaydi. Suyaklar ikki qavatdan iborat bo'lib, ustki qavati qattiq, zich plastinkasimon, ichki qavati g'ovaksimon tuzilishga ega. Ichki qavatida ko'plab ingiehka kanalchalar bo'lib, ularda qon tomirlari va nerv tolalari joylashadi. Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda (periost) - suyak usfi pardasi bilan qoplangan. Bu parda biriktiruvehi to'qimadan iborat bo'lib, unda juda ko'p mayda qon va limfa tomirlari, nerv tolalari bo'ladi.
Suyak usti pardasi su¬yakni oziq moddalar bilan ta'minlash¬da, uning o'sishida, singanda, yorilganda, jarohatning bitishida katta ahamiyatga ega (8-rasm). Suyaklar kimyoviy tarkibining 1/3 qismini organik moddalar - osseinlar (kollagen tolalar) va 2/3 qismini anorganik moddalar tashkil etadi. Suyaklarning anorganik moddalari tarkibida D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi elementlarning ko`pchiligi uchraydi. Shulardan ko'pi fosfat tuzlari 60% ini, kalsiy karbonat tuzi 5,9% ini tashkil etadi. Suyaklarning o'sishi. Yangi tug'ilgan ehaqaloqning bo'yi o'rta¬eha 50 srn bo'ladi. Bir yoshgacha u har oyda 2 srn dan o'sib boradi. Birinehi yoshi oxirida bo'yi 74-75 srn ga etadi. Undan keyin har yili uning o'sishi 5-7 srn ni tashkil etadi. Bolalikning ayrim davriarida bo'yga o'sish tezlashadi. Masalan, 3 yoshgacha, 5-7 yoshgacha va 12-16 yoshgacha. O'sish 20-25 yoshgacha davom etadi (uning asosiy qismi, ya'ni 90% i 15-16 yoshgacha va qolgan 10% i 20-25 yoshgacha). 25-50 yosh o'rtasida bo'yning uzunligi deyarli bir xii saqlanadi. Undan keyin har o'n yilda 1-2 srn dan kamayib boradi. Buning sababi shundaki, umurtqalar orasidagi tog'aydan iborat disklarning ziehlashishi va yupqalashuvi hamda odamda jismoniy harakatlar kamayishi natijasida suyak-muskul to'qimalarining hajmi kiehrayadi. Odam bo'yining uzunligi, asosan uzun naysimon va umurt¬qa pog'onasi suyaklarining o'sishiga bog'liq. Yuqorida aytilga¬nidek, bo'y o'sishining ko'p qismi bolalik va o'smirlik (16 yoshgacha) davrlariga to'g'ri keladi. Suyaklar ayni shu davrlarda tez o'sadi. Suyaklarning o'sishi murakkab jarayon bo'lib, bunda suyak moddalarini sintezlovehi hujayralar (osteoblastlar) va yemiruvehi hujayralar (osteoklastlar) baravariga ishtirok etadi. Suyaklarning ustki tog'ay qismida mineral tuzlar to'planishidan suyak qattiqlashib - suyakka aylanib, iehki tomonidan yemirilib bo¬radio Bolalar suyagida osteoblastlar ko'p bo'lib, ular o'sishning tezlashishini ta'minlaydi.tayanch-004
8-rasm. Suyakning tuzilishi:
1- suyak usti pardasi; 2-¬ustki qattiq plastinkasimon qavat; 3- ichki g'ovak qavat;
4- ilik bo'shlig'I Suyaklarning yoshga bog'liq xususiyatlari
Suyaklar odamning yoshiga qarab o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bola tug'ilganda uning tanasidagi suyaklarning ko'p qismi tog'aydan iborat bo'ladi. Shuning uehun yosh bolalarning suyaklari yumshoq, egiluvehan xususiyatga ega. Bula o'sgan sari suyaklarning tog'ay qismi suyakka aylana boradi. Bu jarayon odam skeletining turli qismlarida har xii keehadi.
Yangi tug'ilgan bolalarda bosh suyagi o'zaro birikmagan bir neehta suyakdan iborat bo'ladi. Shuning uehun bosh suyagining qopqog'ida, ya'ni o'zaro birikmagan suyaklar o'rtasida yumshoqtayanch-05 tayanch-005
9-rasm. Chaqaloq holaning kalla suyagi:
A- yon tomondan ko'rinishi; B- yuqoridan ko'rinishi; 1- peshona liqildog'i; 2- ens. liqildog'i; 3- yon liqildoqlar
joylar (bo'shliqlar) bo'lib, ular liqildoq deb ataladi. Katta Jiqildoq peshona va tepa suyak]ari o'rtasida joylashgan bo'lib, uning bo'yi 3,5 srn, eni 2,5 srn bo'ladi. Bu liqildoq bola J yoshga to'lib, ikkinchi yoshga o'tganda bitadi. Tepa va ensa suyaklari o'nasida kichik liqildoq va tepa-chakka suyaklari o'rtasida 2 tadan, jami 4 ta yon liqildoqlar bo'lib, bolaning 2-3 oyligidan ular suyakka aylana boradi (9-rasm). Bosh suyagi bolaning 3-4, 6-8 va 11-15 yoshlik davrida, ayniqsa tez o'sadi. Uning o'sishi va shakllanshi 20-25 yoshgacha davom etadi. Gavda suyakJarida yoshga bog'liq quyidagi xususiyatlar mavjudo Umurtqa suyaklari 17-25 yosh orasida suyakka aylanib bo'ladi. Lekin umurtqa pog'onasi dum qismining suyakka aylanishi 30 yoshgacha davom etadi. Yuqorida aytilganidek, to'sh suyagining uchta qismi bolalarda alohida suyaklardan iborat bo'lib, 20-25 yoshda ular bir-biriga qo'shilib, yaxlit to'sh suyagiga aylanadi. Kurak, o'mrov, elka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka aylanishi 20-25 yoshgacha davom etadi. Qo'l kaftining suyakka aylanishi 15-16 yoshgacha, barmoqlarning suyakka aylanishi 16¬20 yoshgacha davom etadi. Suyaklanish jarayonining normal borishi ko'p jihatdan ovqat tarkibiga, undagi oqsil moddasi, mineral tuzlar va vitaminlar yetarli miqdorda bo'lishiga hamda ochiq havoda quyoshning ultrabinafsha nurlaridan muntazam ravishda foydalanishga bog'liq. Shuningdek, jismoniy tarbiya, spon mashg'u'otlari bilan shu g'ullanish suyaklanish jarayonining normal borishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Aksincha, vitaminlar ayniqsa D vitamini yetishmas¬ligi yoki quyosh nuridan yetarli foydalanmaslik organizmda kalsiy va fosfor tuzlari aJmashinuvi buzilishiga sabab bo'ladi va suyakla¬nish jarayoni sekinlashadi. Natijada raxi! kasal/igi kelib chiqadi. Bunday kasallikka uchragan bolalarning suyagi yumshab, egiluvchan bo'Jib qoladi. Ayniqsa, oyoqlari, umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi, chanoq suyaklari egrilanib qolishi mumkin. Bu esa ularning qad-qomati normal shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Odam va hayvonlar skeletidagi o'xshashlik
Evolyutsion rivojlanish jarayonida ibtidoiy od am tik yurishi va mehnat faoliyati tufayli uning skeletida sut emizuvchi hay¬vonlarning skeletidan farq qiladigan o'zgarishlar paydo bo'ladi. Odam bosh miyasining yuksak darajada rivojlanganligi uning bosh skeleti miya qismining yuz qismiga nisbatan katta bo'lishiga olib keldi. Hayvonlar bosh skeletining yuz qismi esa miya qismiga nisbatan yaxshi rivojlangan. Chunki ular dag'al, qattiq oziq bilan oziqlanadi. Bundan tashqari, ularning jag'i hujum va himoya organ¬lari vazifasini ham bajaradi.
Odam skeletining o'ziga xos belgilaridan biri asosiy mehnat organi bo'lgan qo'lIarining tuzilishidir. Qo'lning yelka, bilak, kaft usti va panja bo'g'imlarida xii ma-xiI murakkab va nozik harakatlar bajariladi. Masalan, sportchi, raqqosa, zargar, soatsoz, rassom, haykaltarosh va hokazo mutaxassislarning qo'l bilan bajaradigan ishlarini eslash kifoya. Bunday murakkab va nozik harakatlarni bajarishda, ayniqsa, qo'l bosh barmog'ining roli nihoyatda katta bo'ladi.
Odamning tik yurishi uning chanoq suyakJari va chanoq bo'shJi¬g'ining kattalashuviga sabab bo'lgan. Shu tufayli chanoqda ko'pgina ichki organlar joylashadi va himoya qilinadi.

Odamning oyoq suyakJari hayvonlarning orqa oyoqlariga nis¬batan kuchli rivojlangan va baquwatdir. Bunga sabab odam tik yuri¬shi tufayli tana massasining ikki oyoqqa tushishidir. Bundan tashqari, od am oyoqlari bilan xilma-xil va murakkab harakatlar¬ni bajaradi (10- rasm). tayanch-006tayanch-06


10-rasm. Gorilla maymuni va odam skeletining ko'rinishi. Muskullar va ularning funksiyasi Muskullarning turlari. Ya'ni ichki organlar va qon tomirlari devorini tashkil etuvchi silliq muskullar, o'ziga xos tuzilishga ega bo'lgan ko'ndalang yo'lli yurak muskullari va ko'ndalang yo'lIi skelet muskullari. Mazkur mav¬zuda tayanch-harakatlanish sistemasining tarkibiy qismi bo'lgan ko'ndalang yo'lIi skelet muskullari va ularning funksiyasi haqida tushuncha beriladi. Odam tanasi skelet muskullari¬ning oldingi va orqa tomonidan ko'rinishi 11a va 11b- rasmlarda ifoda¬langan. Skelet muskullari tayanch-harakatlanish sis¬temasining faol qismi hisoblanadi. Muskul qis¬qarishi suyaklarni harakatga keltiradi va odamning qo'l-oyoqlari ma'lum, ishni bajaradi (yurish, yugurish, sakrash, yuk ko'tarish, ovqatlanish, so'zlash, yozish va hokazo) . Muskullar harakatini nerv sistemasi boshqaradi. Muskullar harakatini ta'¬minlovchi nerv hujayralari motoneyron deb ataladi. Ular harakatlanuvchi nerv hujayralari bo'lib, orqa miyada hamda bosh miyaning uzunchoq va o'rta miya qismlaridajoy¬lashgan. Miya markazlari¬dagi motoneyronlarning uzun tolalari, ya'ni ak¬sonlari tananing turli qis¬mlaridagi muskul tolalari bilan tutashadi. Bitta nerv hujayrasining uzun o'simtasi bir nechta mayda tolalarga bo'linib, yuzlab muskul tolalari bilan bog'langan. Ana shu bitta nerv hujayrasi uzun o'simtasining mayda tolalari bilan tutashgan.
tayanch-014tayanch014 12-rasm. Skelet muskullarining shakli.
A- duksimon; B- yarim patsimon; 4 V- ikki tomonlama patsimon; G¬ikki boshli muskul; D- serbar mus¬kul; E- ikki qorinli muskul; J- pa¬rallel tolali uzon muskul; 1- muskul¬niog payi; 2- muskulning bosh qismi; 3- muskulning qorin qismi; 4- mus¬kulning tanasi; 5- muskulning payli belbog'lari.
yuzlab muskul tolalarining jami nerv-muskul harakat birligi deb ataladi. Muskullar harakatini ta'¬minlovchi motoneyronlarning orqa miya, uzunchoq va o'rta miyadagi markazlarining funk¬siyasi bosh miya yarim sharlari po'stloq qismining oldingi markaziy egatida joylashgan nerv hujayralari harakatlanish oliy nerv markazlari tomoni¬dan boshqariladi. Agar bosh miya po'stlog'idagi nerv markazla¬rining ishi buzilsa, markaz boshqaradigan muskullar falaji yuzaga keladi. Bunda ularning tarangligi ortadi, shol bo'lgan qo'l-oyoq tarashadek qotib qoladi. Bu bosh miya shikastlanganda yob miyaga qon quyilganda yuzaga keladi. Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buzilganda, ular boshqaradigan muskullarda periferik falajlik yuzaga keladi. Bunda ulaming tonusi pasayib, shol bo'lgan qo'l yoki oyoq harakatsizlanib, osilib qoladi. Odam organizmida 600 dan ortiq skelet muskullari bo'lib, ular tana massasining o'rtacha 40% ini tashkil etadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanuvchilarda muskullar yaxshi rivojlangan bo'lib, ular tan a massasining 50% ini va undan ko'prog'ini tashbl etadi. Skelet muskullarining shakli xilma-xil: uzun, kalta, keng, rombsimon, trapetsiyasimon, piramidasimon, uchburchak, tish¬simon, duksimon, patsimon va yarim patsimon ikki boshli, ikki qorinli, tasmasimon, aylana va hokazo bo'ladi (12- rasm). Uzun muskullar asosan qo'l va oyoqlarda, kalta muskullar qovurg'alar orasida, keng muskullar ko'krakda, qorin devorlarida, aylana muskullar og'iz, ko'z atrofida joylashgan. Har bir muskulning paylardan tashkil topgan bosh va dum qismi bo'ladi. Muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o'ralgan bo'lib, bu parda fastsiya deb ataladi. Fastsiya bilan muskulning paylari orasida harakatni qulaylashtiradigan sinovia! suyuqlik bo'ladi.
Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari
Skelet muskullari odam tanasining turli qismlarida quyidagi tartibda joylashgan: bosh, bo'yin, gavda, qo'l va oyoq muskullari.
Bosh muskullari bajaradigan ishiga ko'ra, chaynash va mimika muskullariga bo'linadi. Chaynash muskullariga chakka, xususiy chaynash hamda tashqi va ichki qanotsimon muskullar kiradi. Mimika muskullariga ko'zning aylana muskuli, qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, og'izning aylana muskuli, yonoq muskuli, yuqori va pastki lablarning kvadrat muskullari, pastki labning uchburchak muskuli, og'iz burchagida joylashgan kulgu mus¬kuli va burun muskullari kiradi. Mimika muskullari odamning har xil ruhiy holatlarini ifodalashda ishtirok etadi. Vlar, ayniqsa qiziqchilarda yaxshi rivojlangan bo'ladi, chunki ular bu mus¬kullarni maxsus mashq qildiradi. Bu muskullar suyaklarga birikmaydi.
Bo'yin va gavda muskullari. Bo'yin muskullariga bo'yinning teri osti muskuli, to'sh-o'mrov so'rg'ichsimon muskuli, narvonsimon muskullar va til osti suyagi sohasidagi muskullar kirib, ular boshning turli harakatlarini ta'minlaydi. Gavda muskullari joylashishiga qarab ko'krak qafasi, qorin va orqa muskullaridan iborat. Ko'krak qafasi muskullariga ko'krakning katta va kichik mus¬kullari, o'mrov osti muskuli, ko'krak qafasining yon tomonida joylashgan tishsimon muskullar, qovurg'a]araro (tashqi va ichki) muskullar hamda ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'i o'rtasida joylashgan diafragma muskuli kiradi. Bu muskullar nafas olish, nafas chiqarishda, qo'llarni harakatlantirishda ishtirok etadi.Qorin muskullariga qorinning tashqi va ichki qiyshiq, to'g'ri, ko'ndalang muskullari, belning kvadratsimon muskuli, oraliq, chov kanali muskullari kiradi. Bu muskullar qorin devorini hosil qilishda, nafas harakatlarida, umurtqa pog'onasini bukishda, qorin bo'shlig'idagi ichki organlar bosimini saqlashda, kuchanish jarayonida ishtirok etadi. Qorin muskullari ayollarda yaxshi rivoj¬langanligi tug'ish jarayoni oson o'tishiga yordam beradi. Orqa muskullariga trapetsiyasimon, orqaning serbar muskuli, rombsimon, kurakni ko'taruvchi, yuqorigi va pastki tishsimon, umurtqa pog'onasini tiklovchi (yozuvchi) muskullar kiradi. Orqa muskullari umurtqa pog'onasi va kurak suyagi harakatlarini ta'¬minlaydi. Vlar gavdani rostlab turadi.
Qo'l muskullari yelka kamari va qo'l muskullaridan iborat. Yelka kamari muskullariga deltasimon, kurak sohasidagi muskullar kiradi. Qo'! muskullari yelka, bilak va qo'l panjasi sohasidagi muskullarga bo'linadi. Yelkaning oldingi yuzasida yelkaning ikki boshli, orqa qismida uch boshli muskuli bo'lib, ular tirsak bo'g'imida bukish va yozish harakatlarini bajaradi. Bilak sohasidagi muskullar ham bilakning oldingi va orqa qismidagi muskullarga bo'linib, oldingi qismdagilari qisqarganda qo'l panjasi bo'g'imlarida bukilish, orqa qismdagilar qisqarganda esa yozilish harakatlari bajariladi. Oyoq muskullari tanani tutib turganligi va turli-tuman hara¬katlarni bajarganligi uchun qo'l muskullariga nisbatan kuchli rivojlangan. Ular son, boldir va oyoq panjasi muskullariga bo'li¬nadi. Sonning oldingi sohasida joylashgan to'rt boshli muskul organizmdagi eng yirik, kuchli muskullardan bo'lib, son-chanoq bo'g'imida bukilish, tizza bo'g'imida yozilish harakatini bajaradi. Sonning orqa tomonida sonning ikki boshli, yarim pay, yarim pardasimon muskullari joylashgan. Vlar chanoq bo'g'imini yozishda, tizza bo'g'imini bukishda ishtirok etadi. Boldirning oldingi yuzasida katta boldirning oldingi muskuli, 2-5-barmoqlarni yozuvchi uzun muskul, bosh barmoqni yozuv¬chi uzun muskullar bo'lib, ular oyoq-panja bo'g'imlarida yozish harakatlarini bajaradi. Boldirning orqa yuzasidagi uch boshli, tizza osti, katta boldirning orqa yuzasidagi bosh barmoqni bukuvchi uzun, 2-5-barmoqlarni bukuvchi uzun muskullar, oyoq-panja bo'g'imlarida bukish harakatlarini bajaradi. Boldirning yon tomo¬nida kichik boldirning uzun va kalta muskullari joylashgan.


Download 32,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish