Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet44/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Umurtqa pog’onasi.
Umurtqa pog’onasi sudralib yuruvchilarda to’rt bo’limdan bo’yin, bel-ko’krak, dumg’aza va dum bo’limlaridan iborat. Ko’pchilik sudralib yuruvchilarda umurtqalar oldingi tomoni ichiga botib kirgan (protsel) tipda. Ayrim vakillarida orqa tomoni botiq (opistotsel) tipda va hattoki ikki tomoni botiq (amfitsel) tipdagi umurtqalar bo’ladi. Ba’zi hollarda (toshbaqalarda) umurtqalar har-xil formada bo’lish mumkin. Sakkizta bo’yin umurtqalari tana umurtqalaridan farq qilib, ulardan oldingi ikkitasi hamma amniotalardagi singari alohida tuzilishga ega. Birinchi bo’yin umurtqasi atlas yoki atlant deb ataladi.
Atlantning tanasi yo’q va ikki qismga bo’lingan halqa shakliga ega. Bu halqaning old tomonining pastki qismida bitta qo’shilish yuzasi bor va unga bosh skeletining yagona ensa bo’rtmasi harakatchan tarzda qo’shilib turadi. Ustki bo’limining o’rtasidagi teshikdan orqa miya o’tsa, pastki teshikka tishsimon o’simta kirib turadi, bu o’simta epistrofey deb ataladigan ikkinchi bo’yin umurtqasiga birikadi. Aslida tishsimon o’simta atlantning tanasi hisoblanadi. Demak, atlant o’z tanasi atrofida aylanadi. Atlantning bunday tuzilishi boshning o’ta harakatchanligini ta’minlaydi. Qolgan bo’yin umurtqalari odatdagidek tuzilgan, bularning keyingilarida kalta qovurg’alar bo’ladi (64-rasm).

64-rasm. Echkemarning dastlabki ikkita bo’yin umurtqasi:
A-atlant; B-epistrofey; 1-yuqorigi yoy; 2-orqa miya kanali; 3-yuqori ostist o’simta; 4-epistrofeyning tishsimon o’simtasi; 5-umurtqa tanasi.
Ko’krak va bel bo’limlari umurtqalari bir-biridan aniq ajralmagan va odatda ko’krak-bel bo’limi deb ataladi. Bu bo’limning oldingi ko’krak qismi umurtqalaridan chiqqan qovurg’alar to’sh suyagiga birikadi. Keyingi bel bo’limi umurtqalaridan chiqqan qovurg’alar to’shga borib yetmaydi. Umurtqalarning ustida ustki yoy bo’lib ostist o’simta hosil qiladi.
Ustki yoylarning oldingi va keyingi qismlarini asosidan oldingi va keyingi qo’shilish o’simtalari chiqadi. Bu o’simtalar yon umurtqalarning qo’shilish o’simtalari bilan birikadi. To’shning pastki tomoniga qoplovchi to’sh usti suyagi birikadi, uning oldida qoplag’ich umrov suyagi bo’lib, ichki uchlari esa to’sh usti suyagining o’simtasi bilan birikadi.
Chanoq kamari yaxshi rivojlangan va uning ikkala pallasi o’rtasida bir-biri bilan tog’ay parda orqali birikadi. Chanoqning har qaysi pallasi quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarga xos bo’lgan uchta suyakdan tashkil topgan; yonbosh suyagining qorin tomonida quymich va qov suyaklari joylashadi. Bu suyaklarning uchalasi ham quymich kosasini hosil bo’lishda ishtirok etadi. Quymich kosasiga son suyagining boshi kirib turadi. Sudralib yuruvchilarning chanog’i yopiq: chap va o’ng qov va quymich suyaklari o’zaro qo’shilib ketgan.
Oyoqlar skeleti quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning oyoqlari singari tipik besh barmoqli sxema asosida tuzilgan. Oldingi oyoqning ustki bo’limi bitta yelka suyagidan tashkil topgan, undan keyin tirsak va bilak suyaklaridan tuzilgan bilak bo’limi keladi. Bilaguzuk ikki qator bo’lib joylashgan mayda suyakchalardan iborat.
Kaft beshta uzunchoq suyakdan iborat. Bularga beshta barmoqning falangalari birikadi. Oxirgi falangalardan tirnoqlar o’sib chiqqan. Sudralib yuruvchilarda oyoq kafti harakatini ta’minlovchi bo’g’im ikki qator bilaguzuk suyaklari orasida bo’ladi. Bu interkarpal deb ataladigan bo’g’imni hosil qiladi va bukilishni mustahkamlaydi.
Umurtqalar tanasining yon tomonida chuqurchalari bo’ladi, bularga qovurg’alarning boshi kirib turadi.
Dumg’aza bo’limi ikkita umurtqadan tashkil topgan (65-rasm). Bu umurtqalarning ko’ndalang o’simtasi kuchli rivojlangan va chanoq suyaklariga birikadi. Dum bo’limi umurtqalari juda ko’p bo’lib, bularning o’lchami dumni uchiga borgan sari kichrayib boradi. Deyarli barcha dum umurtqalarining tanasi yupqa tog’aysimon qavatlar bilan ajralgan bo’lib, avtotomiya holatida uzilishini ta’minlaydi (65-rasm).

65-rasm. Kaltakesakning dum umurtqasining tuzilishi, oldidan (A) va yon tomonidan (B) ko’rinishi:
1-umurtqa tanasi; 2-yuqorigi ostist o’simta; 3-oldingi qo’shiluv o’simtasi; 4-orqa qo’shiluv o’simtasi; 5-ko’ndalang o’simta; 6-pastki ostist o’simta; 7-pastki yoy.
Ko’krak qafasi
Sudralib yuruvchilarda, amfibiyalardan farq qilib ko’krak qafasi shakllangan bo’lib, quruqlik umurtqalilarida nafas olish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bu kaltakesaklarda yaxshi seziladi. Tushi tog’ay bo’lib, shaklan rombik plastinkaga o’xshaydi. Qovurg’alar distal qismining embrion davrida qo’shilib ketishidan hosil bo’lganligini ko’rsatadi. Tushning tashqi tomonidan besh juft qovurg’alar kelib birikadi.
Juft oyoqlar va ularning kamar skeleti.
Kaltakesakning yelka kamari yassi karakoid suyagi hamda, unga bir tomondan kurak va ikkinchi tomondan birikkan to’sh suyaklari tutashib turadi. Karakoidning old tomoniga tog’ay prokarakoid qo’shilgan. Kurak suyagining ustki tomonida ko’krak usti tog’ayi bo’ladi. Karkoid va kurak suyaklarining qo’shilish joyida qo’shilish chuqurchasi bor. Yaxshi taraqqiy etgan to’sh suyagiga bir necha qovurg’alar kelib qo’shiladi (66-rasm).

66-rasm. Kaltakesakning yelka kamari va ko’krak sohasi:
1-dastlabki to’rtta ko’krak qovurg’alari; 2-to’sh suyagi; 3-karakoid; 4-umrov suyagi; 5-kurak suyagi4 6-kurak usti suyagi; 7-ko’krak usti suyagi.
Shunday qilib sudralib yuruvchilarda amfibiyalardan farqli ravishda ko’krak qafasi paydo bo’ladi va yelka kamari o’q skeletiga tayanch bo’ladi. Keyingi oyoqning proksimal bo’limi-son suyagi, pastki tomonida katta va kichik boldir suyaklaridan tashkil topgan. Boldir bo’limi tizza bo’g’imi orqali birikadi. Bu bo’g’im ustida kichkina suyakcha-tizza kosasi bor. Tovon oldi suyagi proksimal qismidagi suyakchalar boldir suyaklariga, distal qismidagi suyakchalar esa tovon suyaklariga qo’shilib ketgan. Shuning uchun ham tovon bo’limi boldir bilan tovon oralig’ida emas, balki tovon oldi suyaklarining proksimal va distal qatorida joylashgan. Bunday bo’g’im sudralib yuruvchilar uchun harakterlidir va intertarzal bo’g’im deb ataladi. Tovon beshta suyaklardan iborat va bularga beshta barmoq falangalari birikkan bo’lib ularning uchida tirnoqlar bor.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish