4.Davlat tuzumi.
Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari.
Italiya davlat tuzumiga ko'ra parlamentar respublika bo'lib, davlat tepasida prezident turadi. Prezidentning vakolat muddati 7 yil. Qonun chiqaruvchilik hokimiyati deputatlar palatasi bilan senatdan iborat bo'lgan parlamentga tegishlidir. Ijrochilik hokimiyatini vazirlar kengashi amalga oshiradi.
5.Xo'jaligi:
Ikkinchi jahon urushiga qadar sanoat ishlab chiqarilishining o'sish sur'atlari va darajasi jihatidan Italiya boshqa mamlakatlardan ancha orqada edi. Biroq 50 yillarning o'rtalaridan va 60 yillardan boshlab sanoat o'sa boshladi. Agrar-industrial mamlakat industrial agrar mamlakatga aylandi. Bunda davlatning iqtisodiyotiga faol aralashuvi katta rol o'ynaydi.
A). Sanoati
Italiya foydali qazilmalarining asosiy turlari-ko'mir, neft, temir rudasi bilan yomon ta'millangan. Mamlakatning energetikasi chetdan keltiriladigan neft, koks va ko'mirga, tabiiy gaz va gidroresurslarga tayanadi. Mamlakatda issiqlik elektr stansiyalar va Atom elektir stansiyalar (AES) ishlab turibti.
Mashinasozlik-transport mashinasozligi avtomobillar, motorollerlar, velospedlar, kemalar ishlab chiqarishi ayniqsa yuksak darajada rivojlanga.
Qora va rangdor metallurgiya- chetdan keltiriladigan temir- tersak va cho'yanga, koks, temir rudasi, legirlovchi metallarga asoslangan. Cho'yanga qaraganda po'lat ancha ko'p eritiladi. Eng yirik kombinatlar Taranto, Genuya, Neapol portlarida joylashgan. Temir-tersakni qayta erituvchi metallurgi korxonalari katta mashinasozlik zavodlari yonida qurilgan. Elektr metallurgiyasi-po'lat va alyuminiy eritish Alp tog'laridagi GESlar yaqinida vujudga kelgan.
Kimyo sanoati-chetdan keltiriladigan neft va fosforitlarga, tabiiy gazga, oltingugurt va boshqa maxalliy xom ashyolarga asoslangan. Neft kimyosi jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda, neft krekingi asosida plastmassa va sintetik tola ishlab chiqarishi ayniqsa ko'paymoqda.
To'qimachilik sanoati-ip gazlamalar va sintetik tola gazlamalari ishlab chiqaradi. Bu tarmoq Milan shahri va uning atrofida to'plangan.
B).Qishloq xo'jaligi
Dehqonchilik eng katta axamiyatga ega. Italiya uzumning yalpi hosili jihatidan dunyoda birinchi, zaytun va sitrus mevalarining yangi hosili jihatidan Yevropada ikkinchi o'rinda turadi. Sisiliya orolining sohillari apelsin va limon yetishtirishi bilan ajralib turadi. Asosiy don ekinlar-bug'doy makkajo'xori va sholi, texnika ekilaridan qand lavlagi va nasha ekiladi. Chorvachilik-nisbatan sust rivojlangan. Qoramollar Shimoliy Italiyada boqib ko'paytiriladi. Apenin, Sisiliya va Sardiniyaning yem-xashak o'simliklari kam bo'lgan tog'li rayonlarida dehqonlar qo'y, echki va xachir boqadilar.
V) .Transporti
Mamlakat ichida yuk va passajir tashishda avtomobil transporti asosiy rol o'ynaydi, temir yo'l transporti ikkinchi o'rinda turadi. Temir yo'llarning elektrlashganlik darajasi jihatidan Italiya dunyoda oldingi o'rinlardan birida turadi.
Dengiz transporti mamlakatning tashqi aloqalarida yetakchi rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |