Reja: Metallurgiya sanoatining asosiy tarmoqlari



Download 28,43 Kb.
Sana25.05.2023
Hajmi28,43 Kb.
#943450
Bog'liq
Reja Metallurgiya sanoatining asosiy tarmoqlari (1)


Kon mashinasozligi
Reja:

1.Metallurgiya sanoatining asosiy tarmoqlari.


2.Rangdor metallurgiya tarmog‘i.
3.Qora metallurgiya tarmog‘i.
4.Mamlakatimizdagi asosiy xom ashyo bazalari.
5.Rangdor metallurgiya asosida hosil bo‘lgan energiya ishlab chiqarish siklini shakllantirishi.
6.Mamlakat iqtisodiyotida metallurgiya sanoatining mavqei.

Rangdor asl va nodir metallarni qazib olish, boyitish va eritishni o‘z ichiga oladigan rangdor metallurgiya uning keng tarmoqlari O‘zbekistonning dunyoviy ahamiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy sohalaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz xududida zahira buyicha ancha istiqbolli, qazib olishning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari qulay bo‘lgan qator miss, polimetall, folfram, molebden konlari, alyuminiy va magniy xom ashyolari boshqa rangdor hamda nodir metallar topilgan.


O‘zbekistonning rangdor metallurgiyasi ancha yosh ishlab chiqarish tarmoqlaridandir. Shunga qaramay uning hissasi O‘rta Osiyo Respublikalarida ishlab chiqarilgan rangdor metallarning 2.3 qismidan ko‘pi to‘g‘ri keladi.
Konlarni ishga solish jarayonida Respublikamizda 1935 yillarda volfram, molebden, 1941 yilda flyuorit, 1952 yilda qo‘rg‘oshin, rux, 1956 yilda esa mis qazib chiqarish va boyitish va hamda ularni konsentratlarini tayyorlash sanoati vujudga keldi. Dastlabki davrlarda O‘zbekistonning rangdor metallurgiyasi rudalarni qazib chiqarish, boyitish, hamda tayyorlangan konsentrantlarni boshqa Respublikalarga tayyor mahsulot olish uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, endilikda u mazkur sanoat hamma ishlab chiqarish bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi to‘la siklli sanoat tarmog‘iga aylandi.
Bu sanoatning korxonalari Olmaliq, Mirintov (Zarafshon), Navoiy tog‘ metallurgiya kombinatlari, O‘zbekiston qiyin eriydigan va issiqqa bardoshli qotishmalar kombinati (Chirchiq) Ingichka hamda Qo‘ytosh, kon boshqarmalari, “O‘zbekiston oltini” kombinati va boshqalardir.
Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinati rangdor metallurgiyaning yirik korxonalaridan biridir. Bu kombinat mis, polimetal rudalarni qazib olish, boyitish, mis va rux eritish korxonalarini birlashtiradi.
Mis, Qalmoqqir va Sarichekuv konlaridan qazib olinadi hamda kombinat tarkibiga kiruvchi boyitish fabrikasi boyitilib, mis zavodida eritiladi. Qo‘rg‘oshin kon va Oltintopgan polimetall konlaridan qazib olinadigan rudalar qo‘rg‘oshin, rux boyitish fabrikasida boyitiladi. rux konsentrantlari kombinat tarkibidagi rux zavodida eritiladi. Qo‘rg‘oshin konsentrantlari esa eritish uchun xozircha Respublikadan tashqariga chiqarilmoqda. Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinatining rux va qo‘rg‘oshin sanoati bilan bog‘liq korxonalari tarkibiga sulfat kislotalari ishlab chiqaruvchi korxona xam kiradi.
Umuman Respublikamizda rangdor metallurgiyaning mis, rux va qo‘rg‘oshin tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari juda yaxshi.
Mis sanoatining istiqboli ishlab turgan Qalmoqqir, Sarichekuv konlarida hamda shu nihoyadagi Dalneye, Baliqti kabi konlarini ishga solish bilan cheklanmaydi. Respublikaning bir qator boshqa nohiyalarida ham istiqboli mis konlari topilgan. Ulardan muhimlari Janubiy O‘zbekistondagi Xandiza Charchar, Buxoro viloyatidagi Qizilqum, Farg‘ona vodiysi va boshqa joylardagi mis konlaridir. Bu 15 dan ortiq mis konini ishga solish, mis sanoatini xom ashyo bazasini kengaytiradi, yangi boyitish fabrikalari qurish, Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinatidagi mis zavodini quvvatini oshirish imkonini beradi. Qalmoqqir mis konlari negizida tugal metallurgiya sikliga ega bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidir. Kombinatning mis majmuasiga Qalmoqqir mis koni (1954) ruda boyitish fabrikaga (1957) metallurgiya zavodi (1962) dan qurg‘oshin-rux kompleksi Qurg‘oshinkon (1950), Oltintopgan (1955), Chlata (1971), Ruda boyitish fabrikasi (1954) metallurgiya zavodi (1970) dan iborat.
O‘zbekistonda mis, qo‘rg‘oshin va rux sanoatining bir yerda joylashganligi muhim qulayliklar tug‘diradi. Bu esa ularning chiqindilaridan xalq xo‘jaligida foydalanish, rangdor metallurgiya konlari o‘rtasida bog‘lanish va ularning kime sanoati bilan koorperasiyasini amalga oshirish imkonini beradi.
Mis metallurgiya kombinati Olmaliq ammofos zavodiga sulfat kislotasi yetkazib bermoqda, kimyo sanoati korxonalarida sintetik tolalar, qishloq xo‘jaligi uchun zaharli kimyoviy moddalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish komponentlari bilan ta’minlab turibdi.
O‘zbekiston rangdor metallurgiyasining kata ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir tarmog‘i volfram, molebden rudalarini qazib olish, boyitish va ular asosida qiyin eriydigan va o‘tga chidaydigan qotishmalar tayyorlash sanoatidir.
Volfram, molebden konsentratlari Chirchiqdagi O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli qotishmalar kombinatida eritiladi. Kombinat Hamdo‘stlikdagi eng yirik kombinatlardan biri bo‘lib, xilma-xil mahsulotlar (volfram va molibden simlari qattiq qotishmalar propan, tog‘ jinslarini parmalaydigan asosblar) ishlab chiqariladi.
O‘zbekiston rangdor metallurgiyasining eng ahamiyatli tarmoqlaridan biri oltin sanoatidir. Bu tarmoq ancha boy va nodir xususiyatlarga ega bo‘lgan yirik oltin konlariga ega.
O‘rta Osiyoda xususan O‘zbekiston hududidan oltin qazib olish undan turli taqinchoqlar, zargarlik buyumlari bezaklar yasash mil.av. VI-V asrlardayoq bo‘lganligi arxeologik topilmalardan ma’lum. Sochma va tugma oltin konlari mavjud bo‘lib, sochma oltin X-XI asrlarda Chotqol, Chirchiq, Norin, Koson, Suh, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib borilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Ma’lumki, O‘zbek oltini markazga olib ketilgan 30 yillarda “O‘zbekoltinnoyobmet” tresti tashkil etildi. O‘sha davrda Ohangaron, Chirchiq daryo vodiylarida, Qurama tog‘larida oltin izlovchilar, oltinli qumni yuvish usulida olganlar. 1950 yillardan boshlab razvetka qilish kuzaytirilib, Qoraquton, Bichanzor, Pirmirob, Guzaksoy, so‘ngra Kuchbuloq, Murintov, Chormiton, Marjonbuloq, Kauldi, Qizilolmalisoy, Sarmich va boshqa konlar topildi.
1970 yil Chodak oltin koni ishga tushirildi. O‘sha yillari oltin qazib olish uch marta ko‘paydi. 1972 yil Kuchbuloq koni va Angren oltin ajratish fabrikasi quvvatlarida ishlay boshladi. 1977 yil Kauldi, 1980 yil Marjonbuloq oltin qazib olish kompleksi, 1989 yil Zarmitan va Qizilolmalisoy konlari foydalanishga topshirildi.
Mustaqillik yillarida «O‘zbekiston” birlashmasi negizida O‘zRning Qimmatbaho metallar davlat qo‘mitasi tashkil etildi va bu qo‘mita 1994 yil O‘zbekiston uyushmasi (“O‘zolmosoltin”) ga aylantirildi.Navoiy shahrida bo‘lgan «Qizilqumkamyobmetalloltin” konserni (1991) faoliyat ko‘rsatmoqda.
Garchi O‘zbekistonda qadim-qadimdan oltin qazib chiqarilgan bo‘lsada, uning asosiy konlari hozirgi o‘n yilliklar davrida izlab topildi va ishga solindi. Hozirgi paytda Nurota, Chotqol tog‘lari yon bag‘irlari va markaziy Qizilqumdagi Marjonbuloq, Chodak, Murintov konlaridan oltin qazib olinmoqda. Zarafshon shahrida yirik oltin tayyorlash kombinati ishlab turibdi. 1991 yildan boshlab Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinati tarkibida yo‘ldosh asl metallar (oltin, kumush) ni ajratib oladigan sex ishga tushirildi. Buyuk Britaniyaning «Lonro” firmasi bilan hamkorlikda markaziy Qizilqumda oltin rudalari konini ishga tushirish va oltin ajratib olish bo‘yicha katta korxona-“Amantayu Golfiluz” qo‘shma korxonasi loyihasi amalga oshirildi. O‘zbekiston oltinni sifati jihatidan yuqori bo‘lib, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida olingan oltin yombilar London rangli metallar birjasining sertifikatini olgan (1994). Bu qimmatbaho resurslar endi mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiyotini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda alyuminiy sanoatini rivojlantirish uchun ham zarur sharoit va zahiralar mavjuddir.
Respublikada shuningdek, surma, qalay va boshqa rangdor metall konlari ham aniqlangan.
Qora metallurgiya barcha iqtisodiy nohiyalar va butun Respublika xo‘jaligini har tomonlama majmui rivojlantirish uchun zarur moddiy negizdir. Qorametallurgiya mahsuloti xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida texnika taraqqiyotini belgilab beruvchi mashinasozlik sanoati uchun xom ashyo, uning asosiy poydevori hisoblanadi.
O‘rta Osiyodagi birinchi zamonaviy metallurgiya zavodi qurilishi ulgum xalq xashari yo‘li bilan 1942 yilda boshlangan, 1944 yilning 5 martida zavoddan dastlabki eritmasi olindi. 1945 yilning fevralida esa 2-marten pechi, 1949 yilda 3-marten pechi mahsulot bera boshladi. 1978 yil avgustda quvvati yiliga 250 ming tonna elektr bilan po‘lat eritish (EPES) mahsulot bera boshladi.
Zavod tamg‘ali propan mahsulotlari quvuri bilan birga 50 ga yaqin xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarilmoqda.
70-yillar ikkinchi yarmida O‘zbekiston metallurgiya zavodida elektr quvvati yordamida po‘lat eritish sexi va yangi prokat sexi ishga tushirildi. Po‘lat eritish sexidagi texnologik jarayonlarni boshqarish avtomatlashtirilgan. Zavoda keng iste’mol buyumlari, (sirlangan metall idishlar va hakozo) ishlab chiqaradigan sex ham ishlaydi.
Korxona ishlab turgan barcha yillar davomida po‘lat va prokat ishlab chiqarish uzluksiz ko‘payib bordi. 1946 yilda 23 ming t. Po‘lat va 3000 t. Prokat ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar 1965 yilda tegishli ravishda 368 ming t. Po‘lat va 255 ming t. Prokatni, 1990 yilda esa 1015 ming tonna pulat hamda 955 ming t. Prokatni tashkil qildi. 2005 yil 607.3 ming t. Va 562.2 ming t. Tayyor prokat ishlab chiqarildi.
Toshkentdagi «Ikkilamchi qora metall” zavodida (Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida) temir-tersaklarni qayta ishlash maxsus korxonalar hamda sexlar qurildi.
O‘zbekiston shaxar va qishloqlarini to‘la gazlashtirish va ichimlik suvi bilan ta’minlash rejalari Bekobod metallurgiya zavodida metall quvurlar tayyorlaydigan maxsus sexning ishga tushurilishiga olib keldi. Gaz va suv quvurlari ishlab chiqarish yanada kengaydi.
Zavodni kelajakda yanada kengaytirish va qayta tuzish jarayonida ishlab chiqariladigan prokat turlarini mahalliy extiyojlarga qarab o‘zgartirish mo‘ljallanadi. Bekobod zavodining quvvatini yanada oshirish davr talabidir, chunki bu korxona xozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikalarida yig‘ilib qolayotgan temir-tersakning choragini ham qayta eritib ulgura olmayapti.
Respublika xududida qora metallurgiyani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan temir va marganes rudalari, flyus materiallari va o‘tga chidamli xom ashyolar ham topilgan. Bu xom ashyolar asosida kelajakda to‘la sikli qora metallurgiya sanoatini barpo etish mumkin.
"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati ("NKMK" AJ) jahonda oltin ishlab chiqaruvchi peshqadam kompaniyalar o‘ntaligiga kirib, yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayonini o‘zlashtirgan, O‘zbekiston konchilik sanoatining eng yirik korxonasi hisoblanadi. Kombinatning “999,9” soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylandi.[1]
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida NKMK rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Amaldagi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilish hamda yangi qayta ishlash quvvatlarini qurish natijasida kombinat mahsulot ishlab chiqarishda salmoqli yutuqlarga erishdi.
"NKMK" AJning asosiy bo‘linmalari:
- Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq shahri);
- Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri);
- Janubiy kon boshqarmasi (Nurobod shahri);
- “1-GMZ” kon boshqarmasi (Navoiy shahri);
- Navoiy mashinasozlik zavodi.
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida kombinat tomonidan qurilib foydalanishga topshirildi:
3-gidrometallurgiya zavodi (3-GMZ)
4-gidrometallurgiya zavodi (4-GMZ)
5-gidrometallurgiya zavodi (5-GMZ)
7-gidrometallurgiya zavodi (7-GMZ)
"NKMK" AJ respublikamizning eng yirik sanoat korxonasi bo‘lib, zamonaviy konchilik asbob-uskunalari va texnologiyalar bilan jihozlangan, malakali muhandis, mutaxassis kadrlarga ega.
Kombinat zamonaviy sanoat klasteri bo‘lib, unda ilm-fan va texnologiyalar integratsiyasining yangi shakllarini amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratilgan. Kombinatning Innovatsiya markazi va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida maʼdanni qazib olish va qayta ishlashning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati – ishonchli hamkor, yuqori sifat, samaradorlik va barqarorlik kafolati.
Kombinat o‘zining shonli tarixi davomida dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi xorijiy hamkorlari tomonidan eʼtirof etilib, zamonaviy kon-transport va texnologik uskunalarni joriy etish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish, yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik tajribasiga ega.
Hozirgi globallashuv jarayonlarida raqobatbardoshlikni oshirish va xalqaro integratsiyani kuchaytirish maqsadida, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida boshqaruvning aksiyadorlik jamiyati shakliga o‘tildi. Korxonada kombinat faoliyatini takomillashtirish, uni ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyasiga va xalqaro moliya bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, xalqaro standartlar talablariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoatining bayroqdori bo‘lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Uchquduq hududida uran rudasini qazib olish va qayta ishlash maqsadida tashkil etilgan edi. XX asr 30–50 yillarida geologlarning Qizilqumda olib borgan tadqiqotlari natijasida Uchquduq hududida yirik uran konlari topildi. O‘sha paytda sobiq Ittifoqning atom sanoati uchun zarur bo‘lgan uranni qazib olish ishlarini tezlashtirish maqsadida bu yerga ko‘plab soha mutaxassislari yuborildi. Uchquduqda uran konlarini o‘zlashtirish ishlari boshlab yuborildi.
O‘zbekiston hududi qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan. Bu yerda qadim davrlardayoq yer osti boyliklari qazib olingani barchaga maʼlum. Qizilqum sahrosi kengliklarida tosh davriga mansub mehnat qurollarining topilishi mazkur hududlardagi yer osti boyliklari paleolit davridayoq ibtidoiy odamlar tomonidan o‘zlashtira boshlanganligini bildiradi. Jumladan, Qoratov tog‘laridan topilgan va arxeologlar tomonidan o‘rganilgan neolit davriga oid Uchtut chaqmoqtosh shaxtasi inson hayotiy faoliyatining eng qadimgi yodgorliklaridan hisoblanadi. Vatanimiz hududlarida odamlar azaldan mis, bronza, temir va boshqa metallarni qazib olib, ulardan mehnat qurollari va uy jihozlari yasashgan.
O‘zbekiston zamini oltin, kumush, uran, mis, polimetallar, temir, fosforit, kaolin kabi foydali qazilmalarning ko‘plab turlari zaxira va resurslariga boy. Yurtimiz yer osti tabiiy boyliklari orasida gaz, neft, ko‘mir kabi yoqilg‘i-energetika resurslari mavjudligi mazkur boyliklar qiymatini yana-da oshiradi.
O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoatining bayroqdori bo‘lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Uchquduq hududida uran rudasini qazib olish va qayta ishlash maqsadida tashkil etilgan edi. XX asr 30-50 yillarida geologlarning Qizilqumda olib borgan tadqiqotlari natijasida Uchquduq hududida yirik uran konlari topildi. O‘sha paytda sobiq Ittifoqning atom sanoati uchun zarur bo‘lgan uranni qazib olish ishlarini tezlashtirish maqsadida bu yerga ko‘plab soha mutaxassislari yuborildi. Uchquduqda uran konlarini o‘zlashtirish ishlari boshlab yuborildi.
1958-yil 20-fevralda sobiq Ittifoq hukumatining qarori bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati (1967-yil 1-yanvarga qadar korxona O‘rta mashinasozlik vazirligining 2-sonli kombinati deb nomlangan) tashkil etildi. 1958-yilda Uchquduq uran konlarining bir qismini sanoat yo‘sinida o‘zlashtirish boshlandi. Vaholanki, ularning ishlatilishi birmuncha murakkab edi. Bu yerda uran qazib olish ishlari birinchi bor olib borilayotganligi, qolaversa, uran zaxiralarining murakkab kon-geologik sharoitlarda joylashganligi tadqiqot va konni o‘zlashtirishning mutlaqo yangi texnologik usullari, eng samarali uslublarini qo‘llashni talab qilar edi. Shu sababli, konda ochiq va yer osti ishlari bir vaqtda olib borildi.
XX asr 50-yillarida sobiq Ittifoqning maxsus ilmiy tadqiqot ins­tituti xodimlari olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida Uchquduq urani fizik-kimyoviy xususiyatining o‘ziga xosligi, texnik tuzilishi (sxemasi) bilan boshqa uran konlaridan ajralib turishi aniqlandi. Uchquduqdan uran maʼdani va boshqa yer osti konlarini izlab topish maqsadida tajriba sexi tashkil qilindi. Gidrometallurgiya zavodi qurilishi uchun temir yo‘lga yaqin bo‘lgan Karmana (hozirgi Navoiy shahri) hududi tanlandi. Buning bir qancha omillari: birinchidan, bu yerda Karmana temir yo‘l stansiyasining mavjudligi, ikkinchidan, Zarafshon daryosiga yaqinligi, uchinchidan, yangi issiqlik elektr stansiyasini barpo etish uchun imkoniyat mavjudligi edi. Shuningdek, yangi tashkil etilgan kombinatni malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida “Taboshar” (Tojikiston) va “Moylisoy” uran konlaridan sohaning tajribali mutaxassislari jalb etildi.
XX asr o‘rtalarida geologlar mamlakatimiz zaminidagi qazilma boyliklarni qidirib topishda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Geologlarning O‘zbekiston hududida yirik oltin konlari mavjudligi haqidagi ilmiy-nazariy taxminlari o‘zining to‘laqonli tasdig‘ini topdi. Mashhur geolog olim Ibrohim Hamroboyevning 1958-yilda chop etilgan “G‘arbiy O‘zbekistonda magmatizm va postmagmatizm jarayonlari” asari G‘arbiy O‘zbekistonda oltin va bir qator qimmatbaho metall bo‘lgan konlarni aniqlashga asos bo‘ldi. Maʼlumki, Ibrohim Hamroboyevning geologiya fani ravnaqiga qo‘shgan katta hissasi uchun yangi topilgan mineralga uning nomi – “Khamrabaevit” berildi. Butun umrini O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning geologiyasi, yer osti konlarini o‘rganishga bag‘ishlagan olim magmatik jinslarning petrologiyasi va geokimyosi yechimlari, metasomatik mahsumiy o‘zgarishlari, maʼdanlarning paydo bo‘lishi va metallogeniyasi, yer po‘s­ti chuqurligi bilan bog‘liq magmatizm va metallogeniya masalalarining o‘zaro aloqadorligi kabi nihoyatda dolzarb muammolar yuzasidan serqirra izlanishlar olib borib, ulkan kashfiyotlarni amalga oshirdi.
XX asr 50-yillarida O‘zbekiston Geologiya xizmati xodimlari – geologiya-mineralogiya fanlari doktori, akademik H.M.Abdullayev, geologiya-­mineralogiya fanlari doktori H.T.To‘laganov rahbarligida keng qamrovli tadqiqotlar boshladilar va asosiy eʼtiborni O‘zbekistonning g‘arbiy qismiga qaratdilar. Keyingi metallogenik izlanishlarni olib borgan geologiya-mineralogiya fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya instituti direktori K.L.Babayev, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika instituti direktori, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, akademik I. H. Hamroboyev va geolog, oltin konlari bo‘yicha mutaxassis L. Z. Peyli Nurota tog‘lari va Qizilqum sahrosida oltin olish istiqbollarini tasdiqlashdi. Shundan so‘ng Qizilqum sahrosini geologik o‘rganish uchun katta mablag‘ ajratilib, dala ishlariga yuqori malakali mutaxassislar jalb etildi. Tomditov tog‘larining janubi-sharqida geofizika va razvedka partiyasining rahbari Yu. N. Mordvinsev, partiyaning katta geologi P. V. Xramishkin hamda partiyaning katta geofizigi S. I. Lukyanov tomonidan geofizik va geokimyoviy usullarni keng tatbiq etgan holda qidiruv ishlari olib borildi. Natijada, tarkibida oltin miqdori yuqori bo‘lgan bir qator konlar aniqlandi. 1958 yilda “Muruntov” koni maydonida ariqlar (kanal) yordamida nafaqat tomirlar (jila) tarkibidagi, balki tomir atrofidagi maydonlarda ham sanoat metali mavjud bo‘lgan birinchi kvars tanalari qazib olindi. Bu holat ishning tubdan burilishiga zamin yaratib berdi.
“Muruntov” konining ochilishi xalqaro geologik jamoatchilik tomonidan XX asrning ikkinchi yarmidagi qimmatbaho metallar sohasida qilingan eng katta kashfiyot sifatida tan olindi. Bugungi kunda ham ushbu ulkan kon iqtisodiyotimiz rivojida o‘zining mustahkam o‘rniga ega.
“Muruntov” koni ochilishidan boshlab, ushbu konda tog‘ va burg‘ilash ishlari batafsil o‘rganildi. Xususan, chuqur va o‘ta chuqur bo‘lishi kutilgan konda oltinning umumiy hajmi, imkoniyatlari va kelajakda izlab topilishi bo‘yicha juda sinchkov va og‘ir ishlar qilindi. 1965-yildan 1969-yilgacha bo‘lgan qisqa vaqt ichida kon sanoat ishlab chiqarilishiga tayyorlandi, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi va Amudaryo daryosidan suv quvurining birinchi bosqichi tortildi. Rudani qazib olish, qayta ishlash maj­mualari foydalanishga topshirildi va ochiq kon qazish ishlari boshlandi. 1967-yilning 5-martida “Muruntov” ochiq konida birinchi portlatish ishlari amalga oshirildi.
“Muruntov” koni – Markaziy Qizilqumda joylashgan yirik kon bo‘lib, Navoiy shahridan 180 km. shimolda, Zarafshon shahridan 40 km. sharqda, Tomditovning janubiy etagida joylashgan. Oltin zaxiralarining ko‘pligi, ruda qazib olish texnologik sharoitlarining qulayligi uchun kon “Asr moʻjizasi” deb tan olindi. Ibrohim Hamroboyev rahbarligidagi geologlarning nomi “Muruntov” konini topgan olim sifatida tarix zarvaraqlariga muhrlandi. “Muruntov” konini ochganligi uchun Ibrohim Hamroboyev boshchiligidagi bir guruh geologlar 1969-yilda sobiq Ittifoqning davlat mukofoti bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, “Tomdibuloq” va “Chormitan” oltin konlarining ochilishi akademik Ibrohim Hamroboyev nomi bilan bog‘liq. “Chormitan” konini ochganligi uchunu “Konning ilk kashfiyotchisi” diplomi bilan ham taqdirlandi.
XX asr 60-yillarida geolog olimlar tomonidan Tyan-Shan tog‘larining Ural tog‘lari bilan genetik bog‘liqligi to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy qarashlar ilgari surildi. Tyan-Shan tog‘lari Qizilqum cho‘llari tomon davom etib, Quljuqtog‘, Bukantog‘ maydonlarida yer yuzasiga chiqishi va yer ostida yana Amudaryo quyi oqimi tomon davom etib, Sulton Uvays tog‘lari yer yuzida paydo bo‘lgani aniqlandi. Qizilqum va Sulton Uvays tog‘larida Ural tog‘lariga xos oltin, temir, nikel kabi konlarning ochilishi muhim ahamiyat kasb etdi.
1964-yilda tashkil etilgan Qizilqum geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi geologlari ham sahrodagi oltin, uran va boshqa konlarni qidirib topishda o‘zlarining katta hissalarini qo‘shdilar. Minglab ishchilar, muhandislar, olimlar, turli darajadagi rahbarlarning fidokorona mehnati bilan Qizilqum sahrosini o‘zlashtirish boshlandi. Qizilqum kengliklarida o‘sha vaqt bilan solishtirganda, zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan posyolka va shaharlar barpo etildi. Inson qadami yetgan sahro go‘zal maskanlarga aylandi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinatidek yirik sanoat korxonasining barpo etilishida o‘z yurtini sevuvchi, vatanparvar, matonatli va metin irodali, eng murakkab muhandis-texnikaviy va ijtimoiy masalalarni hal etishga qodir fidoyi kishilarning beqiyos mehnati singdi. Ular kombinat tashkil etilgan birinchi kunlardanoq, uning porloq istiqboli va kelajakda, albatta, shu yurt ravnaqi va xalqimiz farovonligi uchun xizmat qilishini bilib, bor kuch-g‘ayrati va bilimini uning rivojiga sarfladilar.
Kombinatni tashkil etish va “Muruntov” konini o‘zlashtirish ishlarini tashkil etishda xalqimizning asl farzandi, atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidovning katta hissasi bor. Sharof Rashidov 1959-yildan to 1983-yilgacha O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi bo‘lib ishlagan davrida o‘zining noyob aql-zakovati, boy bilim va tajribasi, yuksak insoniy fazilatlari bilan katta obro‘-eʼtibor qozongan edi. Sharof Rashidov 1969-yilda Zarafshonda oltinni qayta ishlaydigan zavodni ishga tushirish va unda birinchi oltin qo‘ymani olishda shaxsan ishtirok etadi. Qizilqum sahrosida Navoiy, Zarafshon, Uchquduq va Zafarobod kabi shahar va posyolkalar qad ko‘tardi. O‘sha vaqtda davrning nihoyatda qaltisligiga qaramasdan, Sharof Rashidovning vatanparvarligi va dovyurakligi tufayli yangi tashkil topgan shaharlarga o‘zbek xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy, shuningdek Zarafshon va Uchquduq nomlarining berilishi katta jasorat edi.
Buyuk shoir nomi bilan ataluvchi Navoiy shahrining bunyod etilishi Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil topishi bilan bevosita bog‘liq. 1958-yil 3-sentyabrda Karmana stansiyasi yonida tashkil etilgan shaharga buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy nomi berildi.
Sahro bag‘ridagi moʻjiza hisoblangan Zarafshon shahrining barpo etilishida, bu yerda odamlarga barcha shart-sharoitlar yaratib berilishida ham Sharof Rashidovning g‘amxo‘rliklarini qayd etish joiz. Sharof Rashidov Navoiy kon-metallurgiya kombinatini barpo etishda jonbozlik ko‘rsatgani, har bir qurilish inshootini borib ko‘rgani, ular loyihalariga o‘z takliflarini bildirganliklarini alohida taʼkidlab o‘tish kerak.
Albatta, Qizilqumning bepoyon kengliklaridagi qazilma boyliklarini o‘zlashtirish, Navoiy kon-metallurgiya kombinatini tashkil etish, uran va oltin ishlab chiqarish korxonalari hamda konchilar uchun zamonaviy shahar va shaharchalar barpo etishda SSSR O‘rta mashinasozlik vaziri bo‘lib ishlagan Yefim Pavlovich Slavskiy (1957-1986-y.), kombinatning birinchi direktori Zarab Petrosovich Zarapetyan (1958-1971-y.), kombinat direktorlari Anatoliy Anatolyevich Petrov (1971-1985-y.) va Nikolay Ivanovich Kucherskiy (1985-2008-y.)lar rahbarligidagi matonatli mehnat jamoasining xizmatlari katta bo‘ldi. Qizilqumdagi boyliklarni o‘zlashtirishda faol qatnashgan minglab muhandis, quruvchi, energetik, konchi va metallurglarning sharafli nomlari kombinatning shonli tarixiga zarhal harflar bilan bitildi.
Uchquduq shahrining tarixi bu yerda uran konining ochilishi bilan bog‘liq. Qizilqumda uran konlari topilishi, o‘z navbatida, bu yerda aholi yashash joylari ham barpo etilishiga olib keldi. Uchquduq shahrining qurilishi 1956-yil bahorida boshlanib, dastlabki uy-joylar harbiylar tomonidan baraklar shaklida barpo etildi. O‘zbekiston hukumatining 1959-yil sentyabrdagi 343-sonli qarori bilan Uchquduqqa shahar tipidagi posyolka maqomi berildi. 1960-61-yillarda Uchquduqqa yuk tashish va passajir poyezdlar uchun temir yo‘l o‘tkazildi. Shaharni barpo etishda Qizilqumni zabt qilishga birinchilardan bo‘lib kelgan turli millat vakillari jasorat ko‘rsatib mehnat qildilar. Uchquduqda yana bir muhim masala, yaʼni ijtimoiy soha obyektlari, iqtisodiyot tarmoqlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashi uchun asosiy turdagi yoqilg‘i-energetika resurslari bilan taʼminlash dolzarb hisoblangan.
Kon-metallurgiya sanoatida birinchi bor Uchquduqda uran yer ostida eritmaga o‘tkazish usulida olina boshlandi. 1964-yil dekabrda Navoiy shahrida 1-gidrometallurgiya zavodining birinchi navbati ishga tushirildi va uran rudasini qayta ishlash boshlandi. Konchilar tomonidan rudani qazib olish uchun ochiq va shaxta usullaridan foydalanildi. Buning uchun o‘n bitta karyer va yer osti ishlarini olib borish uchun o‘n to‘rtta shaxta qurildi. 1962-yildan “Uchquduq” geotexnologik koni solnomasi boshlandi. Bu vaqtga kelib, uranga ehtiyoj ortib borishi sababli “Uchquduq” konidagi sayoz va og‘ir kon-geologik sharoitlarida joylashgan uran rudasini qazib chiqarishning anʼanaviy ochiq va yopiq usullari yaroqsiz bo‘lganligi uranni yer ostida eritma hosil qilish yo‘li bilan olishni taqozo etdi. Natijada shu kabi konlarni ishga tushirishning texnologik usulini yaratish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari boshlab yuborildi. Mazkur yangi texnologik usul – uranni yer osti quduqlarida eritib saralash. Bu usul bilan qattiq material tarkibidagi elementlar eritmalar yordamida ajratib olinadi. Chunki ajratib olinadigan elementlar boshqa ishlanadigan materiallarga qaraganda yaxshiroq eriydi. Bu g‘oyaga kovlanayotgan konlarning drenaj quduq va xandaq suvlariga uranni eritib o‘tish holatlari turtki bo‘ldi.
Uran qazib chiqarishning mazkur ilg‘or usuli kombinat mutaxassislarining saʼy-harakatlari bilan amaliyotga joriy etila boshlandi. 1969-yildan boshlab mazkur texnologiya keng tatbiq etilishi natijasida oldinlari ochiq kon usulida ishlash uchun yaroqsiz hisoblangan “Aytim” konida yangi 102- va 103-uchastkalar ishga tushirildi. 1977-yilda 104-uchastkada va ruda murakkab geologik-gidrogeologik sharoitlardagi katta chuqurliklarda joylashgan 48-, 66-konlarda ham tajriba-sanoat ishlari olib borildi.
Kombinatda 80-yillar o‘rtalaridan 102-uchastkada birinchi marta havo bilan to‘yingan qatlam suvlari yordamida rudani eritib olishning butunlay yangi (mini-reagent) texnologiyasi qo‘llanildi. Bu qazib chiqarish tannarxini sezilarli darajada tushirish imkonini berish bilan bir qatorda sof ekologik texnologiyalarni ishlab chiqishga zamin yaratdi. 1987-yildan keyin sobiq Ittifoqda siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, shuningdek, konversiya boshlanishi munosabati bilan jahon bozorida uranga talab kamaydi. Qizilqumda uranni qazib olish anchagina qisqarganiga qaramasdan, faqat ushbu texnologiya tufayli yer ostida quduqli (skvajinli) eritmaga o‘tkazish uchastkalari saqlab qolindi. Uran rudasi qazib olinadigan yer osti konlari va karyerlar sekin-asta yopilib, yuqori malakali xodimlarning taqdiri muallaq bo‘lib qolgan edi.
Qizilqumda minglab ishchilar, muhandislar, olimlar hamda rahbarlarning fidokorona mehnatlari tufayli odam yursa oyog‘i, qush uchsa qanoti kuyadigan sahro o‘zlashtirildi. Qizilqum chinakam go‘zal maskanga aylandi, zamonaviy infratuzilmaga ega shaharlar bunyod etildi. 1965-yilda konchilar uchun Zarafshonda birinchi uylar foydalanishga topshirildi. O‘zbekis­ton SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1972-yil 20-iyuldagi farmoni bilan Zarafshonga shahar maqomi berildi. Bugungi kunda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq shaharlari sahro bag‘ridagi go‘zal maskanlarga aylandi.
1964-yilda “Muruntov” koni oltin tarkibli rudalarini qazib chiqarish va qayta ishlash tarmog‘ini yaratish ishlari boshlandi. 1967-yil 1-martida “Muruntov” karyerida birinchi ommaviy portlatish amalga oshirildi va “Muruntov” konini ochiq usulda o‘zlashtirish boshlandi. 1967-yilda akademik B.N.Laskorin va bir guruh olimlarning loyihasi asosida 2-gidrometallurgiya zavodi qurilishi boshlandi. Konchi va metallurglarning olib borgan ishlari natijasida 1969-yil 21-iyun kuni birinchi marta tozalangan sof oltin olishga erishildi. 1969-yil 21-iyulda esa tarixiy voqea – birinchi marta “Muruntov” konidan 11 kilogramm 820 grammlik sof oltin yombisi olindi. Qizilqum hududi O‘zbekistonning yirik oltin maʼdanli vohasiga aylandi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati esa jahonda oltin ishlab chiqaruvchilar o‘nligiga kirdi. 1971-yildan boshlab zavodda 999,9 probali sof oltin olinishi boshlandi. 1972-yil 2-oktyabrda 2-gidrometallurgiya zavodining ikkinchi navbati, 1975-yil may oyida esa uchinchi nav­bati ishga tushirildi. 1979-yil sentyabrida zavodda tayyor mahsulot sexi, yaʼni oltinni affinaj qilish sexi tashkil etildi.
1963-yilda Navoiy shahrida kon-metallurgiya sanoati hamda barpo etilayotgan sanoat korxonalarini yetuk va malakali mutaxassis kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Toshkent politexnika institutining kechki o‘quv maslahat punkti ochildi. Kechki o‘quv maslahat punktida to‘rtta: fuqaro sanoat qurilishi, noorganik moddalar texnologiyasi, elektr taʼminoti, metall qirqish va mashinasozlik texnologiyasi mutaxassisliklari mavjud bo‘lgan. 1966-yilda kechki o‘quv maslahat punkti Toshkent politexnika ins­titutining Umumtexnika fakultetiga aylantirildi. Shuningdek, 1971-yil 17-dekabrda Markaziy kon boshqarmasida O‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi. Unda kombinat uchun zarur texnik mutaxassislar tayyorlandi.
SSSR davrida Navoiy kon-metallurgiya kombinati kabi yirik korxonalarni mahalliy kadrlar bilan taʼminlash masalalariga panja ostidan yoki ularga “ishonmaslik” kayfiyati bilan qaralardi. O‘zbekistondagi kon-metallurgiya sanoati korxonalari uchun mutaxassislar faqat Toshkent politexnika institutida tayyorlanardi. O‘zbekiston hududida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Ittifoq maqomidagi tashkilot bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Markazga bo‘ysunardi. Bu korxonaning faoliyatidan O‘zbekiston iqtisodi va byudjeti uchun foyda juda kam bo‘lgan. Garchi kombinat mamlakatimizning tabiiy va iqtisodiy resurslaridan foydalansada, undan olinadigan soliq tushumlari bevosita Ittifoq byudjetiga borib tushardi. O‘sha paytda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida jahon andozalariga javob beradigan yuqori sifatli oltin olinardi. Maʼlumotlarga qaraganda, 1980-yillar oxirlarida kombinat SSSRda olingan oltinning salkam 50 foizini bergan. Lekin bu boyliklar to‘laligicha Markazga olib ketilar, O‘zbekistonga esa hech qanday nafi tegmasdi. Chunki mustabid tuzumning mustamlakachilik iskanjasida siqib qo‘yilgan O‘zbekiston o‘z zaminidan olinadigan birorta boylikning egasi emasdi Buning ustiga, Ittifoq korxonalari O‘zbekistonning ijtimoiy muammolarini hal etishga yordam berishni xohlamasdi va uning neʼmatlaridan mustaqil foydalana olmasdi. Masalan, kadrlar masalasi ular tomonidan Rossiya, Ukraina, Belarus kabi respublikalardan mutaxassislar va ishchilar jalb qilish orqali hal qilinardi. O‘sha davrda ishchi-xodimlar o‘rtasida mahalliy aholi vakillari ulushi juda kam darajada edi.
Xalq o‘z mehnati va aql-zakovati bilan yaratgan neʼmatlardan to‘liq o‘zi bahramand bo‘lishi uchun doim kurashib keldi va bunga ishonib yashadi. 90-yillar boshiga kelib, mamlakatimiz katta yaratuvchanlik va chinakam tarixiy o‘zgarishlar, yaʼni mustaqillikka erishish ostonasida turardi.

Xulosa
Shunday qilib, 50–80-yillarda respublikada foydali qazilmalarni qazib olish va ularni qayta ishlash bo‘yicha kon-metallurgiya sanoatining eng yirik korxonasi – Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etildi va o‘zining taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.


Adabiyotlar


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” 2017 yil. 3 iyun PQ–3031-son qarori.
2. A.A.Pulatov Yosh voleybolchilar tezkorlik-kuch sifatlarini shakllantirish uslubiyati. // Uslubiy qo‘llanma. – T.: 2008. – 38 b.
3. A.A.Pulatov, SH.X.Israilov Voleybol nazariyasi va uslubiyati. //O‘quv qo‘llanma. –T.: 2007. – 148 b.
4. Шнайдер В.Ю. Методика обучения игре в волейбол. // Пособие для ст-в фак-в физ-ры. – М.: Олимпия. Человек. 2008. - 55 с.
5. Ю.М.Юнусова Теоретические основы физической культуры и спорта. //Учебное пособие. –Т.: 2005. – 260 с.
6. Ю.Д.Железняк, А.В.Чачин, Ю.П.Сыромятников Волейбол. //Примерные программы для ДЮСШ и СДЮШОР. М.: Советский спорт, 2009. - 130 с.
7. The Mini-Volleyball Handbook is a modified and expanded version of the Newest Soft Volleyball Handbook published in Japan in 2008 pg.
Download 28,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish