Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi


Tashqi savdo siyosatining maqsad va vazifalari



Download 2,87 Mb.
bet5/16
Sana23.07.2022
Hajmi2,87 Mb.
#842766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Спурай9ё Карим Хисобот

Tashqi savdo siyosatining maqsad va vazifalari

Mamlakatning savdo siyosati uning mahalliy tovarlar va xizmatlarni jahon bozoriga siljitish bo‘yicha va ichki bozorni xorijiy mahsulotlarning raqobatidan himoyalash bo‘yicha davlat chora-tadbirlari tizimidir. Ushbu siyosatning qonunchilik asosi uch darajaga ega. Birinchisi mamlakatning milliy qonunchiligi, ikkinchisi uning boshqa mamlakatlar bilan, odatda, Jahon savdo tashkiloti(JST) me’yorlari asosidagi ikki tomonlama kelishuvlari, uchinchi daraja JSTning xalqaro tashqi savdo qonunchiligining majburiy me’yorlarini mamlakat tomonidan qo‘llanishidir. Shunday qilib, JSTga a’zo-mamlakatlarning tashqi savdo qonunchiligining asosini ushbu tashkilotning me’yorlari va qoidalari tashkil qiladi. Shular asosida jahonda ko‘p tomonlama savdo tizimi, ya’ni GATT (JST) hujjatlari to‘plamida amalga kiritilgan xalqaro tovarlar va xizmatlar savdosini tartibga solish choralari va qoidalari tizimi amal qiladi, deyish mumkin. Jahon savdo tashkiloti tashqi savdo uchun quyidagi asosiy prinsiplarni o‘rnatadi:
- ichki bozorni, asosan, bojxona tariflari yordamida himoya qilish;
- tariflarni bog‘lab qo‘yish;
- xorijiy tovarlar va xizmatlar uchun eng qulay milliy rejimdan foydalanish.
GATTning 1-moddasiga binoan eng ko‘p qulaylik rejimi (EQR) shunday ta’riflanadi: - olib kirish yoki olib chiqishga, yoki ular bilan bog‘liq ravishda, yoki chet elga import yoki eksport uchun to‘lovlarni o‘tkazishga solinadigan istalgan turdagi bojxona bojlari va yig‘imlariga nisbatan, shuningdek, bojlar va yig‘imlarni undirish usuliga nisbatan va olib kirish yoki olib chiqish bilan bog‘liq ravishda rasmiyatchiliklarni tartibga solishning barcha qoidalariga nisbatan istalgan boshqa mamlakatdan kelib chiqqan yoki istalgan boshqa mamlakatga mo‘ljallangan istalgan tovarga nisbatan istalgan ahdlashayotgan taraf tomonidan taqdim etilgan istalgan ustunlik, qulaylik, imtiyoz yoki immunitet darhol va so‘zsiz barcha boshqa ahdlashayotgan taraflarning hududidan kelib
chiqqan yoki barcha boshqa ahdlashayotgan taraflarning hududlariga mo‘ljallangan xuddi shunday tovarga taqdim etilishi zarur.7 Shu bilan birga, EQRdan ayrim istisnolar mavjud: bu ayrim mamlakatlarning boshqa mamlakatlar uchun yoki o‘zining maxsus rejimga ega dengiz orti hududlari uchun an’anaga aylangan preferensiyalari; rivojlanayotgan mamlakatlar guruhiga kiritilgan istalgan mamlakatning import mahsulotlariga ustunliklar; chegara oldi savdosini rivojlantirish maqsadlaridagi ustunliklar; bojxona ittifoqlari va erkin savdo hududlari doirasidagi preferensiyalar. Shunday qilib, EQR o‘zga mamlakatning bozoriga kirishda kamsitilmaslikka qaratilgan. Lekin bu, masalan, xorijiy mahsulot O‘zbekiston bozoriga kirishda o‘zbek mahsulotlari bilan bir xil rejimdan foydalanadi, degani emas. Eng ko‘p qulaylik rejimi shuni bildiradiki, misol sifatida Rossiya bitta xorijiy mamlakatning mahsulotiga boshqa xorijiy mamlakatning xuddi shunday mahsulotiga nisbatan ko‘proq qulaylik berishi kerak emas, ushbu prinsipdan muhim istisno sifatida esa Belorussiya va Qozog‘iston mahsulotlari (ushbu mamlakatlar Rossiya bilan Bojxona ittifoqida ishtirok etadi) va boshqa MDH mamlakatlarining mahsulotlari (bu erkin savdo zonasi) hisoblanadi. Bundan tashqari EQR mamlakatga milliy bozorni himoya qilish choralarini qo‘llashga to‘sqinlik qilmaydi, biroq bu GATT (JST)ning tegishli qoidalari asosida amalga oshirilishi zarur. Milliy rejim ta’rifi GATTning 3-moddasida mustahkamlangan va u quyidagicha ifodalanadi: ―... tovarlarning ichki sotuvlariga, sotish to‘g‘risidagi taklifga, xaridiga, tashishga, taqsimlashga yoki foydalanishga tegishli bo‘lgan ichki soliqlar va boshqa ichki yig‘imlar, qonunlar, qoidalar va talablar va tovarlarni aralashtirishni, qayta ishlashni yoki ulardan ma’lum miqdorlarda yoki ulushlarda foydalanishni talab qiluvchi miqdoriy tartibga solishning ichki qoidalari mahalliy ishlab chiqarish uchun himoyani tashkil qiluvchi tarzda import qilingan yoki mahalliy tovarlarga qo‘llanishi kerak emas. Masalan, Rossiya uchun bu Belorussiya va Qozog‘iston mahsulotlari Rossiyada nafaqat bojsiz, balki barcha boshqa to‘siqlarsiz sotilishini anglatadi (boshqa MDH mamlakatlarining mahsulotlari singari, lekin milliy rejimdan qator istisnolar mavjud). Milliy rejim xalqaro xizmatlar savdosida alohida ahamiyat kasb etadi, chunki xizmatlarning ko‘pgina turlari bitta joyning o‘zida, ya’ni iste’molchining bozorida sotiladi va iste’mol qilinadi, shuning uchun har bir mamlakat istalgan boshqa mamlakatning xizmatlariga va xizmatlar yetkazib beruvchilariga xuddi shunday mahalliy xizmatlarga yoki xizmat yetkazib beruvchilarga taqdim etilgan rejim kabi qulay rejimni taqdim etishi muhimdir. Dunyoning turli mamlakatlari o‘z savdo siyosatini amalga oshirish uchun turli xil vositalardan foydalanadi. Boj himoyasining o‘rtacha darajasi mahsulotlar importining qiymatli miqdori bo‘yicha o‘lchangan import bojining o‘rtacha darajasi hisoblanadi. Notarif cheklovlarning o‘rtacha darajasi ushbu cheklovlarga tushadigan eksport yoki importning qiymatli ulushi hisoblanadi. Ushbu cheklovlarning intensivlik darajasi ham hisobga olinadi. Yuqori intensiv miqdoriy cheklovlar sifatida mahsulotlarning eksporti yoki importiga o‘rnatilgan cheklovlar, miqdoriy kvotalar, eksport yoki importni litsenziyalash hisoblanadi. Past intensiv miqdoriy cheklovlarga avtomatik litsenziyalash hamda moyil kvotalar kiradi.
Davlatning savdo siyosati proteksionistik, o‘rtacha va ochiq bo‘ladi. Davlat savdo rejimining xarakteri, ko‘pincha, umumiy ko‘rsatkich orqali aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkich boj tarifining o‘rtacha darajasini va miqdoriy cheklovlarning intensivligini hisobga oladi. Boj tarifining o‘rtacha darajasi 10%dan pastroq bo‘lsa va miqdoriy cheklovlar importning 25%idan kam ulushiga o‘rnatilgan bo‘lsa, mamlakatning savdo rejimi nisbatan ochiq bo‘ladi.

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish