Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi



Download 2,87 Mb.
bet6/16
Sana23.07.2022
Hajmi2,87 Mb.
#842766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Спурай9ё Карим Хисобот

II. ASOSIY QISM

  1. Huquqiy asoslar va vazifalar

Vazirlikning hududiy boshqarmalari vazifalari va funksiyalari
Vazirlik hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • mamlakatning va hududning ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanishining istiqbolli ustuvor strategik yo‘nalishlari, uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlar va hududlarni kompleks rivojlantirish, tuzilmaviy o‘zgartirishlar, iqtisodiyot tuzilmasini diversifikatsiya qilish dasturlari asosida hududning sanoat salohiyatini va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish

  • tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;

  • hududning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunligi”ni inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;

  • shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sig‘imlari hamda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojini prognoz qilish va shu asosda urbanizatsiya ko‘lamlarini belgilash — mavjud shaharlarni kengaytirish yoki yo‘ldosh shaharchalarni yaratish yuzasidan takliflar tayyorlash;

  • agrar sektorda tuzilmaviy o‘zgartirishlar, qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlash sohalarini chuqur tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;

  • hududlarda sanoat zonalarini tashkil etish, ularni joylashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.


Vazirlikning hududiy boshqarmalari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tizimli tahlil qilish va rejalashtirish sohasida:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilib boradi;
nomutanosibliklar, zaxiralar va ishlab chiqarishga jalb qilinmagan mineral xomashyo resurslari, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlaydi;
mamlakatni rivojlantirish maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hududlar iqtisodiyoti va sanoatini isloh qilish, barqaror va muvozanatli rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
hududlarni kompleks rivojlantirish, shuningdek, hududlar iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqadi;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan dasturlarni va prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;
asosiy turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarini o‘rganish, shuningdek, ularni muvofiqlashtirish va ta’sirchan choralar belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
b) kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring olib boradi;
aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, ularning daromadlari o‘sishini va xarid qobiliyatini oshirishni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
aholining alohida qatlamlarini manzilli himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har bir mahalla kesimida o‘rgangan holda, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish choralarini ko‘radi;
faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tiklash va ishlab turgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
tuman va shaharlar iqtisodiyoti o‘sishiga turtki beradigan soha va yo‘nalishlarni belgilash va tadbirkorlikni shu sohalarda rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
v) qishloq xo‘jaligi sohasida:
agrar sektorda tuzilmaviy o‘zgartirishlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishlari va ko‘rsatkichlarini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
g) ijtimoiy soha va inson kapitalini rivojlantirish sohasida:
hududlar demografik jarayonlari, aholining bandlik darajasi va tuzilmasi, aholi turmush darajasi, xizmat ko‘rsatish, turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalari, madaniyat va sportni rivojlantirishni tizimli tahlil qilib boradi;
aholiga sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy madaniy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish, aholi bandligini ta’minlash, demografik omillar va hududning istiqbolli iqtisodiy rivojlanishi asosida aholini ish bilan band qilishning progressiv shakllarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
xizmat ko‘rsatish va turizm sohasini rivojlantirish, ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi va sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish, aholi bandligini oshirishni ta’minlash, xizmat va turizm sohasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;
d) sanoatni, jumladan eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish sohasida:
hududlar sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral xomashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, eksportbop mahsulotlar hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;
hududiy rivojlanish dasturlarini shakllantirish va ularni amalga oshirish, yangi quvvatlarni tashkil qilish va mavjudlarini modernizatsiya qilish ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;
eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarini investitsiya va sanoatni rivojlantirish dasturlariga kiritish, xususan ularni ilg‘or resurs tejamkor va energiya samarador texnologiyalar asosida modernizatsiya, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
hududlarda sanoat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, shu jumladan hududiy rivojlanish, yangi quvvatlarni tashkil qilish va mavjudlarini modernizatsiya qilish dasturlari bajarilishini doimiy tahlil qiladi va monitoringini amalga oshiradi;
sanoatda foydalanishga qayta tiklanadigan, shu jumladan muqobil va past sifatli yoqilg‘ilarni ishlatadigan energiya manbalarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
hudud sanoatining rivojlanish holati, shu jumladan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, kooperatsiya jarayonlarini kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;
e) sanoat zonalarini rivojlantirish sohasida:
sanoat zonalari hududida joylashtirish uchun ma’muriy kengash qarorlariga asosan taqdim etilgan investitsiya loyihalarini tanlash bo‘yicha tanlov amalga oshirish ustidan doimiy monitoring o‘rnatadi;
sanoat zonalari hududida loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, shu jumladan ishlab chiqarishni tashkil qilish ustidan monitoring o‘rnatish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
sanoat zonalari jozibadorligini oshirish va ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
j) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va infratuzilmani rivojlantirish sohasida:
hududlarni qurilish, yo‘l-transport, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish holatini tizimli va kompleks tahlil qiladi;
hududlarda yo‘l-transport, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hududiy investitsiya dasturlari, investitsiya loyihalari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini shakllantiradi va uning bajarilishi ustidan doimiy monitoring amalga oshiradi;
ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni, jumladan kommunal sohani (suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik manbai, sanitar tozalash) rivojlantirish bo‘yicha tegishli dasturlarga kiritish uchun takliflar ishlab chiqadi;
qurilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha dasturlar amalga oshirilishi natijalari haqida tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;
hududlarda iqtisodiy organlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
z) vazirlik va idoralarning barcha hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
makroiqtisodiy siyosat, iqtisodiy va ijtimoiy rejalashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va tuzilmaviy islohotlarni amalga oshirish sohasida vazirlik va idoralarning barcha hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hududlarda kambag‘allikni qisqartirish borasida ishlab chiqiladigan dasturlar, amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni muvofiqlashtiradi;
hududlarda sanoat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari, investitsiya dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, investitsiya loyihalari bajarilishini doimiy tahlil qiladi va monitoringini amalga oshiradi;
vazirlik va idoralarning barcha hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining davlat dasturlari, investitsiya dasturlari, sanoatni rivojlantirish dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari, investitsiya loyihalari amalga oshirishda o‘zaro samarali faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Manba: https://lex.uz/acts/-4776766?ONDATE=11.03.2021%2000

Manba: https://lex.uz/acts/-4776766?ONDATE=11.03.2021%2000
Vazirlikning hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlar va shtatlar jadvallari Vazirlik bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.


  1. Download 2,87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish