Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi


O‘zbekistonda olib borilayotgan savdo siyosati



Download 2,87 Mb.
bet7/16
Sana23.07.2022
Hajmi2,87 Mb.
#842766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Спурай9ё Карим Хисобот

O‘zbekistonda olib borilayotgan savdo siyosati

O‘zbekiston tashqi savdo siyosatiga ahamiyat beradigan bo‘lsak, ushbu siyosatni olib borishdan maqsad

  • mamlakatimiz eksport hajmini oshirish,

  • eksport tovarlarida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushini oshirish hamda iste’molchilarni sifatli import mahsulotlari bilan ta’minlash,

  • import evaziga iqtisodiyotda raqobat muhitini oshirishdan iboratdir.

O‘zbekistonning tashqi savdo siyosati 4 bosqichda amalga oshirildi. Uning birinchi bosqichi 1991-1994 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqich asosida O‘zbekistonning bojxona tarif tizimi yotadi. Ushbu bosqichda O‘zbekiston importga nisbatan yuqori darajada bo‘lmagan (bojxona qiymatidan 5-10 %) import tariflarini, eksportga nisbatan esa 40%gacha bo‘lgan yuqori eksport bojlari hamdaeksportga notarif(kvota, litsenziya, to‘siqlar) cheklovlar qo‘yish siѐsatini qo‘lladi. Mamlakatimiz 1994-1996 yillarni olgan tashqi savdo siyosatining 2 bosqichida esa importni liberallashtirish siyosatini qo‘lladi. Bu davrda mamlakatimiz barcha import bojlarini bekor qildi. Eksportni boshqarishning notarif usulidan tarif usuliga o‘tildi va xomashyo mahsulotlariga eksport boji foizini oshirib, xomashyo bo‘lmagan eksport mahsulotlariga nisbatan soliq imtiyozlari taqdim etish bilan bu davrda tashqi savdoni tartibga soldi. Mahsulotlarning bir qator turlariga nisbatan eksport va import bojxona bojlari faol qo‘llash bilan 3 bosqich 1996-1997 yillarda amalga oshirildi. Eksportlar fikriga ko‘ra, import bojlari foizi shartnoma qiymatining 5%idan 50 %igacha o‘sdi. Eksport bojlari foizi pasaytirilib, eksportni rag‘batlantirish maqsadida moliyaviy vositalarni qo‘llash asosida kvota va litsenziyaga asoslangan eksport mahsulotlari nomi kamaytirildi.1998 yildan hozirga paytgacha olib borilayotgan tashqi savdo siyosati 4 bosqich hisoblanib, unda importga nisbatan tariflar o‘rnatish hamda texnik barerlar qo‘yish, aksizsolig‘i, QQS, bojxonada rasmiylashtirish uchun tushumlar joriy qilish bilan davlatimiz tomonidan tashqi savdo tartibga solinmoqda. Eksport nisbatan siyosatda esa eksportyorlar uchun soliq va bojxona imtiyozlarini yaratish, eksportni litsenziyalash va eksport mahsulotlariga cheklovlar qo‘yish orqali tartibga keltirib kelinmoqda. Ammo Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Miromonovich tomonidan 2017-yil 15-dekabrda qabul qilingan «Tashqi bozorda milliy mahsulotlarimiz raqobatbardoshligini oshirish va eksportni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra maxsus mahsulotlardan tashqari eksport bojining barcha turlari bekor qilindi. 2017yilda ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining 3-yo‘nalishi Iqtisodiyotni liberallashtirish va rivojlantirishdir. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha tashqi savdoni yanada liberallashtirish va samarali bozor iqtisodiyotini shakllantirish maqsadida bojxona bojlari stavkasi 2 marta kamaytirildi. 8 mingdan ortiq import tovarlariga bojxona boji, 3550 turdagi mahsulotlarga esa import boji va 1122 turdagi mahsulotlarga aksiz soliq stavkasi 0 darajaga tushirildi. Bundan ko‘zlangan maqsad ichki mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishdir. 2017-yil natijalariga ko‘ra yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarning eksportdagi ulushi 28,5 %dan 34,5 %gacha o‘sdi. Eksport hajmi esa 11,3 milliard AQSh dollariga teng bo‘ldi va tashqi savdo balansi saldosi esa 519,5 million AQSh dollariga teng bo‘ldi. 2021-yilda esa bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 16 foizga o‘sib, 42,1mlrd. AQSh dollarni tashkil etdi. Bunda eksport hajmi 10 foizga oshib, 16,6 mlrd. AQSh dollariga yetgan bo‘lsa, import 20.4 foizga o‘sib, 25,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Shuningdek, iqtisodiy faollikning ortishi va ichki hamda tashqi tovarlar narxlarining o ‘zgarishi natijasida 2021-yilda tashqi savdo balansining manfiy saldosi 46,3 foizga ortib, 8,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Birgina Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida olib borilgan tashqi savdo aloqalariga nazar solsak, 2017-yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar savdo aylanmasi 21 million 162 ming AQSh dollarini tashkil etgan. 2021-yilda esa 7,6mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Rossiyaga eksport hajmi jami eksportning 12,4%iga yetib, 2,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lib, bu esa 2020-yilga nisbatan 38,6%ga oshgan, import hajmi esa jami importning 21,4%iga teng bo ‘lib. 5,5 mlrd AQSh dollarni tashkil etgan holda, 30,8 foizga ko‘paygan. (1.1-jadval)

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish