Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi


Zamonaviy bosqichda hududiy bosh boshqarmaning oldida turgan muammolar



Download 2,87 Mb.
bet3/16
Sana23.07.2022
Hajmi2,87 Mb.
#842766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Спурай9ё Карим Хисобот

Zamonaviy bosqichda hududiy bosh boshqarmaning oldida turgan muammolar.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillaridayoq iqtisodiyotning tarmoq tarkibi shakllanishiga muhim e’tibor qaratdi. O‘zbekiston mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft-gaz-kimyo, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to‘qimachilik kabi mutlaqo yangi tarmoqlari barpo etildi. Asaka va Pitnak shaharlarida «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar, Samarqandda «Isuzu» avtobuslari va «MAN» kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha zavodlar ishga tushirildi. Neft-gaz-kimyo tarmog‘ida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmui, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va bir qator boshqa yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar qurildi.1 So‘nggi yillarda bu sohalar yanada takomillashmoqda, elektroenergiya sohasiga ko‘proq e’tibor qaratilib, aholini to‘liq elektroenergiya bilan ta’minlash va shu sohada eksportni ko‘paytirish uchun Surxondaryo viloyatida IES qurish, avtomobilsozlik sohasida diversifikatsiya qilish va mamlakatni “yashil” hududga aylantirish, elektromobillarni omma orasida rivojlantirish maqsadida Namangan viloyatida avtomobil zavodini qurish, 2020-2021-yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish2 chora-tadbirlari olib borilmoqda. Bu haqida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev - “...mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari tarkibi va hududlarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish so‘zsiz hal qiluvchi faoliyat yo‘nalishiga aylanishi zarur3” – deb qat’iy ta’kidlab o‘tdilar.
Men TerDU “Iqtisodiyot (Tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” talabasi Karim Suraiya Surxondaryo viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bosh boshqarmasida 14-fevraldan 28-maygacha ilmiy stajirovka o‘tadim. Ushbu jarayonni men boshqarmaning umumiy nizomi bilan tanishishdan boshladim. Nizomga ko‘ra quyidagi faoliyatlarni amalga oshiradi.

  1. Umumiy qoidalar

Globallashuv jarayonida jahon iqtisodiyotining tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: tarmoq, takror ishlab chiqarish, hududiy, ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalar . Tarmoq – bir xil mahsulot beruvchi korxonalar guruhi. Tarmoqlarning quyidagi guruhlari ajratiladi: qishloq xo‘jaligi; kon sanoati; qayta ishlash sanoati; iqtisodiy infratuzilma; xizmatlar ko‘rsatish. Iqtisodiyotning tarmoq tarkibi mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning real holatini aks ettiradi. Tarmoqlar tarkibi va ularni qayta qurish muammolari, ayniqsa, bir iqtisodiy bosqichdan boshqasiga o‘tish davrida, davlat iqtisodiy siyosatining asosiy muammolaridan biriga aylanadi. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning uchinchi ustuvor yo‘nalishida “...tarkibiy va institutsional o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash4” - deb belgilab qo‘yilganligidan, mamlakatimizda YaIMning tarmoq tarkibini takomillashtirish masalasi naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini anglash mumkin. Respublikamizda tarmoq iqtisodiyoti rivojlanishini takomillashtirish, milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni diversifikatsiyalash jarayoni bilan birga davom ettirish iqtisodiy rivojlanish strategiyalarining ilmiy-uslubiy va amaliy asoslarini ishlab chiqish lozim bo‘lib, u mavzuning dolzarbligini belgilaydi hamda ilmiy-amaliy asoslangan xulosalar, tavsiyanomalar ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.


  1. Download 2,87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish