5-mavzu. Ish vaqti. Dam olish vaqti.
Ish vaqti
Dam olish vaqti
Ish vaqti
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi−ish vaqti hamda dam olish vaqtlari tо‘g‘risida. Mehnat huquqi bо‘yicha ish vaqti tushunchasi. Ish vaqtining normal muddati. Besh kunlik ish xaftasi. Olti kunlik ish haftasi. Bayram va dam olish kunlari arafasidagi ish muddati. Navbatchilik.
Ish vaqti rejasi, ish vaqtining kalendar davri. xar kungi ishning boshlanishi va tugashi. Mehnat sharoiti uta zararli va uta ogir ishlarda band bulgan xodimlar uchu nish vaqtining cheklangan muddati. Smenali ish, ish vaqtini taksimlash va ish almashish, ish tartibi, ish vaqtini xisoblash. Ish vaqtini hisoblash turlari.
О‘zR qonunlari bо‘yicha dam olish tushunchasi va turlari. Dam olish va ovkatlanish uchun tanaffuslar. Dam olish kunlari. Dam olish kunlari ishga jalb qilishni cheklash. Bayram kunlari. Bayram kunlarida ishga jalb qilishning istiqlolli holatlari.
Ta’til olish huquqi. Yillik uzaytirilgan mehnat ta’tillari. Yillik qо‘shilgan ta’tillar. Ta’til olish huquqini beruvchi stajni hisoblash. Ta’til muddati.
Ta’til berish tartibi. Ta’til berish muddati va navbati. Ish xaqi saklangan xolda beriladigan ta’tillar. Ishdan bо‘shash paytida ta’til huquqidan foydalanish. Xodimning ta’tilga chiqish huquqi tо‘g‘risidagi О‘zR qonunlariga rioya qilish ustidan nazorat. Haq tо‘lanadigan ta’tillar tо‘g‘risida XMT Konvensiyasi 1936 yil, Ijodiy ta’tillar berish Tartibi (Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qaroriga 7-Ilova).
Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq о‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bо‘lgan vaqt ish
vaqti hisoblanadi.
Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bо‘lishi mumkin emas.
Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
Korxonada ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilingan taqdirda M K ning 123-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qо‘llaniladi.
Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yeshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining о‘ziga xos xususiyatlari va о‘zga holatlarni inobatga olib, mehnat tо‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan
mehnatga tо‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan
muddati belgilanadi.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:
о‘n sakkiz yeshga tо‘lmagan xodimlar (242-modda);
I va II guruh nogironi bо‘lgan xodimlar (220-moddaning uchinchi
qismi);
noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bо‘lgan xodimlar
(117-modda);
alohida tusga ega bо‘lgan ishlardagi xodimlar (118-modda);
uch yoshga tо‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayetgan ayellar
(228-1 modda).
Ish vaqtining haftasiga о‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati mehnat jarayenida sog‘lig‘iga fizikaviy, kimeviy, biologik va ishlab chiqarishning boshqa zararli omillari ta’sir etadigan xodimlar uchun belgilanadi.
Korxonadagi bunday ishlarning rо‘yxati va ularni bajarishda ish vaqtining muayyan muddati tarmoq (tarif) kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida belgilab qо‘yiladi, agar ular tuzilmagan bо‘lsa, - ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qо‘mitasi yeki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib, mehnat sharoitlariga baho berishning О‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan uslubiyati asosida belgilanadi.
Mehnat sharoiti о‘ta zararli va о‘ta og‘ir ishlarda band bо‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining muddati chegarasi О‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zо‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bо‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyet xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga о‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
Bunday xodimlar rо‘yxati va ular ish vaqtining aniq muddati О‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Xodim bilan ish beruvchi о‘rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chog‘ida ham, keyinchalik ham tо‘liqsiz ish kuni yeki tо‘liqsiz ish haftasi belgilab qо‘yilishi mumkin.
Ish beruvchi MK da (229-modda), shuningdek mehnat tо‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodimning iltimosiga kо‘ra tо‘liqsiz ish vaqtini belgilab qо‘yishi shart.
Tо‘liqsiz ish vaqti sharti bilan ishlash xodimning yillik asosiy mehnat ta’tilining muddatini, mehnat stajini hisoblashni hamda boshqa mehnat huquqlarini biron bir tarzda cheklashga asos bо‘lmaydi va ishlangan vaqtga yeki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda haq tо‘lanadi.
Ish haftasining turi (ikki kun dam olinadigan besh kunlik ish haftasi yeki bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi) va ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati, ishning boshlanish va tugash vaqti, ishdagi tanaffuslar vaqti, sutka davomidagi smenalar soni, ish kunlari hamda ishlanmaydigan kunlarning navbat bilan almashinishi, xodimlarning smenadan smenaga о‘tish tartibi) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari, boshqa lokal normativ hujjatlar bilan, bu hujjatlar bо‘lmaganda esa, - xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan belgilanadi.
Xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari (131-modda) arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Soat 22-00 dan to soat 6-00 gacha bо‘lgan vaqt tungi vaqt deb hisoblanadi.
Agar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga tо‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi.
Ishlab chiqarish sharoitlariga kо‘ra zarur bо‘lgan hollarda, xususan ishlab chiqarish uzluksiz bо‘lgan joylarda, shuningdek bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi sharoitida smena bо‘lib ishlanayotgan joylarda tungi ish muddati kunduzgi ish muddatiga tenglashtiriladi.
Xodimlarni tungi vaqtdagi ishga jalb etish MK ning 220-moddasi beshinchi qismida va 228, 245-moddalarida belgilangan cheklashlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Hisobga olinadigan davrdagi ish vaqtining muddati ish soatlarining normal miqdoridan oshib ketmaydigan shart bilan korxonada ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilinishi mumkin (115-118-moddalar). Bunda hisobga olinadigan davr bir yildan, kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati esa о‘n ikki soatdan ortib ketmasligi lozim. Ish vaqtini jamlab hisobga olishni qо‘llanish tartibi, shuningdek hisobga olinadigan davr mobaynida xodimlarga har oyda tо‘lanadigan ish haqi miqdorini tenglashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar jamoa shartnomasida belgilanadi, agar u tuzilmagan bо‘lsa, - ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qо‘mitasi yeki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Ish vaqtini jamlab hisobga olish ayrim toifadagi xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish xususida belgilangan cheklashlarga (220-moddaning beshinchi qismi va 228, 245-moddalar) rioya qilgan holda joriy etiladi.
Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.
Ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qо‘llanishi mumkin.
Ish smenasining muddati о‘n ikki soatdan iborat bо‘lganda, shuningdek mehnat sharoiti о‘ta og‘ir va о‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yо‘l qо‘yilmaydi.
Ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish MK ning 220-moddasi beshinchi qismida va 228, 245-moddalarida belgilangan cheklashlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun kompensatsiya va haq tо‘lash MK ning 157-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida tо‘rt soatdan (mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda - bir kunda ikki soatdan) va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bо‘lmasligi lozim.
Ish beruvchi har bir xodimning haqiqatda ishlagan ish vaqtini, shu jumladan ish vaqtidan tashqari ishlagan vaqtini о‘z vaqtida aniq hisobga olib borishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |