Mavzu: Moslamalarda ishlov berish joyini va yo'nalishini aniqlash



Download 23,85 Kb.
bet1/2
Sana21.05.2022
Hajmi23,85 Kb.
#606480
  1   2
Bog'liq
atrabotka yaxshiyev 2


Mavzu: Moslamalarda ishlov berish joyini va yo'nalishini aniqlash

Noto‘liq (soddalashtirilgan) bazalashda ishlov berish shartlariga binoan ba’zi yo‘nalishlar bo‘yicha zagotovkani aniq o‘rnatilishi shart bo’lmaydi (7, 8 - rasm).




7-rasm. Prizmatik detallarning soddalashtirilgan bazalash varianti
Soddalashtirilgan bazalashda zagotovka 1 ta, 2 ta yoki 3 ta erkinlik darajalariga ega bo‘lishi mumkin, yoki 5 ta, 4 ta yoki 3 ta tayanch nuqtalari bo‘yicha o‘rnatilishi mumkin.



8-rasm. Silindrik detallarni soddalashtirilgan bazalash varianti
8 O‘rnatish elementlari (tayanchlar) ning asosiy va yordamchi turlari mavjud. Zagotovkani o‘rnatilganda barcha yoki bir nechta erkinlik darajasini yo‘qotuvchi elementlar asosini tayanchlar deb yuritiladi va ular zagotovkaning fazodagi holatini aniqlaydi. Ular asosan qo‘zg‘almas bo‘ladi.
Ishlov berish jarayonida faqatgina zagotovkaga qo‘shimcha bikrlik yoki qo‘zg‘almaslikni ta’minlash uchun xizmat qiluvchi detallar yoki mexanizmlar yordamchi tayanchlar deb yuritiadi.
Yordamchi tayanch zagotovkani asosiy tayanchlarga o‘rnatilgandagi holatini buzmasligi shart, buning uchun u faqat asosiy tayanchlarga o‘rnatilgandan so‘ng bikrlikni ta’minlovchi, sozlanuvchi bo‘ladi.
O‘rnatish elementlariga quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi:
1. O‘rnatish elementlarining soni va joylashuvi zagotovkani to‘g‘ri bazalashni, mahkamlanganda qo‘zg‘almasligini va bikrligini ta’minlashi kerak. Ortiqcha o‘rnatish elementlari bazalash noaniqligiga olib keladi. Masalan, yo‘naltiruvchi baza bo‘yicha 2 ta asosiy tayanch o‘rniga 3 ta ko‘zda tutilsa, zagotovka sirti 2 ta tayanchga tegadi va 3 chi tayanch bazalash xatoligiga olib kelishi mumkin. Zagotovkaning qo‘zg‘almas holatini ta’minlash uchun tayanchlar orasidagi masofa iloji borcha uzoq qilib qo‘yiladi.
2. O‘rnatish elementlari ishchi sirtlarining o‘lchamlari katta bo‘lmasligi kerak. Chunki texnologik bazani tayyorlashdagi xatoliklari va notekisliklar bazalash xatoligini ko‘paytirib yuboradi.
3. Zagotovkalar ishlov berilgan sirtlar bo‘yicha o‘rnatilganda uning sirtini buzmasligi (ezmasligi) kerak.
4. O‘rnatish elementi bikr bo‘lishi va asosiy tanaga to‘g‘ri va aniq mahkamlanishi zarur.
5. O‘rnatish elementining konstruksiyasi yeyilganida yoki singanida uni tezda almashtirishni ta’minlashi kerak.
6. O‘rnatish elementining ishchi sirti yeyilishga chidamli bo‘lishi zarur.
16 Kesish kuchlari metallarni kesib ishlash nazariyasi formulalari bo‘yicha hisoblanadi yoki normativlardan tanlanadi. Ammo yuqorida keltirilgan kesish kuchlarining o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda, mahkamlash kuchlarini hisoblash chog‘ida kesish kuchlarini K ehtiyot koffitsientiga ko‘paytirib olinadi. Bu bilan zagotovkani mahkamlash ishonchliligi oshiriladi. Bu koeffitsiyent yuqorida keltirilgan kesish kuchlarining o‘zgaruvchanligiga olib keluvchi omillarni hisobga oladi.
Bu maqsadda muayyan texnologik amal uchun K ehtiyot koeffitsiyenti differensiallangan holda aniqlanadi. K ning miqdorini quyidagi koeffitsiyentlar ko‘paytmasi ko‘rinishida yozish mumkin.
K=K0·K1·K2·K3·K4·K5·K6 (1)
bunda, K0=1,5 - kafolatlangan ehtiyot koeffitsiyenti; K1 - texnologik bazalarning holatini hisobga oladi (qora bazalar bo‘yicha K1=1,2, toza bazalar bo‘yicha K1=1,0); K- kesish asbobining o‘tmaslanishini hisobga oladi; K3 - kesish asbobiga ta’sir etuvchi zarbiy kuchlarni hisobga oladi (uzlukli sirtlarga ishlov berishda K3=1,2); K4 - kuch yuritmasidagi kuchlarning barqarorligini hisobga oladi (qo‘lda mahkamlanganda K4=1,3, mexanizatsiyalashgan mahkamlashda K4=1,0); K- qo‘lda mahkamlash mexanizmini xarakterlaydi (qulay mahkamlashda K5=1, noqulay mahkamlashda K5=1,2); K- zagotovkani burovchi moment kuchlari ta’sirida, tayanch nuqtalarining joylashuvi aniqligini hisobga oladi. Kontakt sirti chegaralangan holda o‘rnatilganida (shtoklar, plastinalar) K6=1,0 kontakt zonasi chegaralanmagan bazaviy sirtga o‘rnatilganida (tayanch-shaybalar) esa K6=1,5 ga teng bo’ladi.
17 Mahkamlash kuchlarining miqdori ko‘pincha uning yo‘nalishiga bog‘liq. Mahkamlash kuchining yo‘nalishini aniqlashda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
1. Mahkamlash kuchi o‘rnatish elementi sirtiga perpendikulyar yo‘nalgan bo‘lishi zarur.
2. Bir nechta bazaviy sirtlarga bazalanganida, mahkamlash kuchi eng katta kontakt sirtga ega bo‘lgan o‘rnatish elementiga yo‘naltiriladi.
3. Mahkamlash kuchining yo‘nalishi zagotovkaning og‘irlik kuchi yo‘nalishiga mos tushishi kerak, bu hol mahkamlash qurilmasining ishini yengillashtiradi.
4. Mahkamlash kuchining yo‘nalishi kesish kuchlari yo‘nalishiga mos tushishi kerak.
Yengil zagotovkalarga ishlov berishda kesish kuchlarini, og‘ir zagotovkalarga ishlov berishda esa ularning massasini hisobga olish zarur bo‘ladi.
Ayrim hollarda zagotovkani mahkamlash sxemasida tayanchlar ko‘zda tutiladi. Bu tayanch zagotovkaga ta’sir qilayotgan kuchlarni o‘ziga qabul qilish bilan birga mahkamlash kuchlarining pasayishiga olib keladi.
18 Mahkamlash kuchlarining qo‘yilish joyi ham quyidagi qoidalarga asosan aniqlanishi zarur:
1. Mahkamlash kuchi zagotovkani o‘rnatish elementi sirtida siljitmasligi yoki aylantirib yubormasligi zarur. Buning uchun mahkamlash kuchining qo‘yilish joyi:
a) o‘rnatish elementining markazda olinishi yoki o‘rnatish tayanchlarini birlashtiruvchi chiziqlar tutashgan joyda bo‘lishi maqsadga muvofiq (1-rasm).
b) mahkamlash kuchini qabul qiluvchi sirt o‘rnatish elementi sirtiga parallel bo‘lishi zarur.
2. Mahkamlash kuchi tayanchlardagi reaksiya kuchlari bilan eguvchi moment hosil qilmasligi kerak (1-rasm).
3. Mahkamlash kuchining qo’yilish joyi ishlov berish joyiga yaqin bo‘lishi kerak, bu ayniqsa bikrligi past zagotovkalarni mahkamlashda o‘ta muhimdir.
.Zagotovkalarni kuch ta’sirida siljishdan saqlovchi mahkamlash sxemalariMoslamalarda kesish asboblarining ishlov berish joyini va yo‘nalishlarini aniqlovchi elementlarni qo‘llash o‘lchamlar aniqligini va ish unumdorligini oshiradi. Ularning asosan quyidagi ko‘rinishlari bor:
1) kesish asbobini o‘lchamga sozlash uchun – shablon, o‘rnatgich (ustanov)
2) o‘q bo‘yicha ishlov beruvchi asboblarni yo‘naltirish uchun – konduktor vtulkalar.
3) kesish asbobining harakat trayektoriyasini aniqlovchi kopirlar.
Ishchi kesuvchi asboblarni o‘lchamga sozlash uchun ozginadan qirindi olib (ishlov berib), keyin o‘lchab ko‘rish uchun ko‘p vaqt sarf qilinadi.
Dastgohlarni sozlashni tezlashtirish uchun moslamalar konstruksiyasida, kesish asbobining holatini aniqlovchi elementlar (shablonlar va o’rnatgichlar) ko‘zda tutiladi. Tokarlik moslamalarida shablonlar, frezalash moslamalarida o’rnatgichlar ishlatiladi.
Ikkita tokarlik keskichini 1 shablon bilan o‘lchamga sozlash 1,a-rasmda keltirilgan. Keskichni o‘lchamga sozlash uchun o‘rnatish halqasi ishlatilishi mumkin (1,b-rasm).
Frezalash moslamalarida frezani o‘lchamga sozlash uchun o’rnatgichlar ishlatiladi. Bu elementlar dastgoh sozlanganida va ish davridagi sozlashlarda asbob holatini nazorat qilib turish uchun ishlatiladi va ular ГОСТ 13444-68, 13446-68 lar bo‘yicha tayyorlanadi. O‘rnatgichlar (ustanov) ning etalon sirtlari ishlov beriladigan sirtga nisbatan pastroq joylashishi kerak (2- rasm).
Sozlash uchun o‘rnatgich bilan freza oralig’iga shup kiritiladi, shup sirti shikastlanmasligi uchun u freza bilan bevosita kontaktga kirmasligi tavsiya etiladi. Shupning qalinligi ishlov berish davridagi dastgoh birikmalarining deformatsiyalanishlarini hisobga olgan holda tajriba asosida aniqlanadi. O‘rnatgichlar 20X po‘latidan tayyorlanib, HRC 55-60 gacha toblanadi va 0,8-1,2 mm chuqurlikkacha sementatsiyalanadi. Ba’zi hollarda yechib olinadigan yoki burib chetlatib qo‘yiladigan o‘rnatgichlar ishlatiladi. Burchakli o‘rnatgichlar yordamida asbob holati ikki yo‘nalish (tekislik) bo‘yicha nazorat qilinishi mumkin.
24 Zagotovkaga nisbatan asboblarni elastik egilishlaridan saqlash uchun moslamalarda yo‘naltiruvchi detallar ishlatiladi. Bular qatoriga parmalash va kengaytirish moslamalarida ishlatiladigan konduktorlik vtulkalari kiradi.
Doimiy konduktorlik vtulkalari chiqiqsiz (3,a-rasm) yoki chiqiqli (3,b-rasm) qilib tayyorlanadi va mayda seriyali ishlab chiqarishda bitta asbob yordamida ishlov berilganida qo‘llaniladi (OCT 4923). Qulfli tez almashinuvchan (3,g-rasm) vtulkalar teshikka bir nechta ketma-ket almashinadigan asboblar bilan ishlov berilganida ishlatiladi (OCT 24924).
Konduktorlik vtulkalaridan foydalanish hisobiga teshik o‘qining egilishlarini va diametr o‘lchami buzilishlarini kamaytirish mumkin. Shuning bilan birga teshiklar o‘qlari o’rinlarini belgilashga ham zarurat qolmaydi. Konduktorlik vtulkasiz ishlaganga nisbatan ishlov berilgan teshik diametrining aniqligi 50 % ga oshadi.
25 Diametri 25 mm gacha bo‘lgan vtulkalar uchun У10A, У12A, yoki 9XС markali po‘latlar HRC 62-65 gacha toblab ishlatiladi. Diametri 25 mm dan katta vtulkalar uchun 0,8-1,2 mm chuqurlikkacha sementatsiya qilingan 20 yoki 20X markali po‘latlar ishlatiladi. Agar teshik chuqurligi diametridan oshmasa konduktorlik vtulkalarining xizmat muddati 10-15 ming teshikka ishlov berishga teng bo‘ladi.
Teshik o‘qining joylashish aniqligi yuqori bo‘lishi uchun asbob bilan vtulka oralig’i iloji boricha kichik, lekin asbobning erkin harakatlanishiga xalaqit bermaydigan darajada bo‘lishi kerak. Shuning uchun parmalar va zenkerlar bilan ishlov berilganida vtulkalarning ishchi diametri kvaliteti F8 chetlanishi bilan, razvyortka bilan ishlaganda esa F7 kvalitetida val tizimining chetlanishlari bilan ishlanishi kerak. Agar teshik o‘qining joylashish aniqligi 0,05 mm dan yuqori bo‘lsa, parma o’tishi uchun vtulka teshigining dopuski H7 bo‘lishi kerak.
Asbobni yo‘naltirish aniqligini oshirish uchun baland vtulkalardan foydalansa bo‘ladi, ularning balandligi parmaning vintsimon ariqchasi qadamiga teng bo‘lishi kerak. Konduktorlik vtulkasi teshigining chegaraviy o‘lchamlarini aniqlash uchun oldin tegishli standartlar bo‘yicha asbob diametrining dopusklari aniqlanishi kerak.
Vtulka yeyilishini kamaytirish uchun uni pastki toresi bilan zagotovka orasida l oraliq qoldiriladi. Shunda kesib olingan qirindi vtulka ichidan o‘tmasdan vtulkaga kirmay ajralib tushadi. Bu oraliq l ning qiymati ishlanayotgan materialga bog‘liq. Cho’yanga parmalab ishlov berilganida l=(0,3-0,5)d; po‘lat va boshqa qovushqoq materiallarga ishlov berilganida oraliq qiymatini diametr o’lchamigacha kattalashtirish lozim. Zenkerlash uchun l≤0,3d. Bu oraliqning qiymatiga ishlanayotgan teshik o‘qining joylashish aniqligi ham bog‘liq bo’ladi.

Maxsus texnologik moslamalar 2 ta asosiy bosqichda loyihalanadi: 1) moslamani loyihalash; 2) moslamani konstruksiyalash. Birinchi bosqichda moslamaning alohida elementlari tanlanadi, asosiy parametrlari hisoblanadi va asoslanadi. Mumkin bo‘lgan konstruksiyalar variantlari texnik va iqtisodiy jihatdan tahlil qilinadi. Ikkinchi bosqichda esa tanlangan elementlar asosida moslamaning umumiy ko‘rinishi va original detallari ishchi chizmalari ishlab chiqiladi.
Loyihalashni to‘g‘ri va sifatli bajarilishi uchun konstruktor quyidagi boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
1. Zagotovka va tayyor detalning barcha texnik talablari berilgan ishchi chizmasi. Bu bilan detal haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘linadi.
2. Bajariladigan va oldingi amallar texnologik eskizlari. Ulardan detalni bazalash va mahkamlash sxemalari, hamda qaysi sirtlarga ishlov berilganligi va qaysi sirtlarga ishlov berilmaganligi aniqlanadi.
3. Asosiy va yordamchi vaqtlar, kesish ma’romlari, ishlatiladigan dastgoh va asboblar, amallar tarkibi haqidagi ma’lumotlar texnologik jarayon kartasidan olinadi.
4. Amal unumdorligi berilmagan holda, detallarni tayyorlash miqdori zarur bo‘ladi.
5. Dastgoh moslamalarining detallari bo‘yicha davlat standartlari, qo‘llanilayotgan moslamalar konstruksiyalarining albomlari, dastgoh stolining o‘rnatish sirtlari haqidagi ma’lumotlar.
Boshlang‘ich ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish asosida konstruktor moslamani yanada maqbulroq konstruksiyasini ishlab chiqsa, texnolog bilan kelishgan holda texnologik jarayonga tegishlicha o‘zgartirish kiritishi mumkin.
Loyihalanayotgan moslama konstruksiyasini, alohida elementlarini tanlash va umumiy komponovkani aniqlashda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak.
1. Moslama talab etilgan aniqlikni ta’minlashi (detalning moslamadagi holatini belgilovchi elementlarni aniqlash, tananing bikrligi, mahkamlash ishonchliligini ta’minlagan holda) kerak.
2. Moslama talab etilgan unumdorlikni ta’minlashi (ko‘p o‘rinli moslamalarni, tez ishlovchi mahkamlash mexanizmlarini qo‘llash bilan) kerak.
3. Moslama iqtisodiy jihatdan samarador (moslamani loyihalash, tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha sarf xarajatlar, bajarilayotgan amal tannarxini kamaytirish hisobiga qoplanishi) bo’lishi kerak. Agar moslama faqatgina ishchini og‘ir qo’l mehnatidan ozod qilishi mo’ljallansa bunday talab qo‘yilmasligi mumkin.
4. Moslama ta’mirlashga qulay qilib konstruksiyalanishi kerak.
5. Moslama ekspluatatsiyaga qulay (oson o‘rnatilishi va yechilishi, boshqaruv elementlarining qulayligi) bo‘lishi kerak.
6. Moslama ishchining mehnat sharoitini yengillashtirishi kerak.
7. Moslama texnika xavsizligini ta’minlashi kerak.




Download 23,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish