Tarmoq kelishuvlari tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarining boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) о‘rtasida, taraflarning taklifiga kо‘ra esa О‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan ham tuziladi.
Hududiy kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) о‘rtasida, taraflarning taklifiga kо‘ra esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ham tuziladi.
Jamoa kelishuvining amal qilish muddatini taraflar belgilaydi, u muddat uch yildan oshib ketmasligi lozim.
Har bir fuqaroning mehnat qilish huquqini amalga oshirish davlat tomonidan kafolatlanadi. Davlat ish bilan ta’minlashni, ishdan nohaq bо‘shatilishning oldini olishni, ishga joylashtirishni, mehnatga haq tо‘lashni ta’minlashni, yangi kasbga (mutaxassisslikga) bepul о‘qitishni va boshqa mehnat qilish huquqini amalga oshirishni kafolatlaydi. 16 yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bо‘lgan shaxslar agarda hech qayerda ishlamasalar, ishlash uchun ish joy qidirib yurgan bо‘lsalar, davlat ularni ishsiz deb e’tirof etadi. Ishsiz deb e’tirof etilganlar mahalliy mehnat organlarida rо‘yhatga olingan paytdan boshlab о‘n kun ichida о‘zlariga taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgach ish qidirayotganlar deb e’tirof etilmaydi va shu kundan keyin ishni yana takroran ishsiz sifatida rо‘yhatga olinishi mumkin.
О‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash tо‘g‘risida” 1998 yil 1 may qonuniga binoan ish bilan ta’minlanish fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, о‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bо‘lgan, ularga ish haqi keltiradigan faoliyatidir.
Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qо‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash taqiqlanadi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va mehnat qonunchiligiga binoan mehnat qilish huquqi ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Ish bilan band bо‘lmagan jismoniy shaxslar javobgarlikka torilmaydi.
Yollanib ishlayotgan, shu jumladan ishni tо‘liqsiz ish vaqtida haq evaziga bajarayotgan, shuningdek haq tо‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bо‘lgan fuqarolar; betobligi, mehnat ta’tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishning tо‘xtatib qо‘yilganligi munosabati bilan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyida bо‘lmaganda xodimning ish joyi saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bо‘lmagan fuqarolar; о‘zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a’zolari, fermerlar va ularning ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a’zolari; Qurolli Kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari va qо‘shinlarida xizmatni о‘tayotgan, shuningdek muqobil hizmatni о‘tayotgan fuqarolar; ta’lim tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan fuqarolar; qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar, qonunga binoan ish bilan ta’minlangan deb hisoblanadilar..
О‘n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bо‘lgan yoshdagi, ishga va ish haqiga ega bо‘lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organlarida rо‘yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan о‘tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi.
Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish tо‘g‘risidagi qaror mahalliy mehnat organi tomonidan ular ish qidirayotgan shaxs sifatida rо‘yxatga olingan kundan e’tiboran о‘n birinchi kundan kechiktirmay qabul qilinadi.
Mehnat organlarida rо‘yhatga olingan kundan boshlab о‘n kun ichida taklif etilgan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan shaxslar va rо‘yhatga olingan kundan boshlab о‘n kun ichida maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz sabablarga kо‘ra mehnat organiga kelmagan shaxslar ishsiz deb e’tirof etilmaydilar.
Taklif etilgan ishdan bosh tortgan kundan yoki maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz sabablarga kо‘ra mehnat organiga kelmagan kundan boshlab о‘ttiz kalendar kun о‘tganidan keyingina shaxs ish qidirayotgan sifatida qayta rо‘yxatdan о‘tishga haqli bо‘ladi.
Fuqarolarni ishsiz sifatida rо‘yxatga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi (mutaxassisligi) bо‘lmagan shaxslar uchun dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bо‘lmagan taqdirda esa, ularning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda haq tо‘lanadigan boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bо‘lgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligiga mos bо‘lgan, yoshini, sog‘lig‘i holatini, mehnat stajini va avvalgi mutaxassisligi bо‘yicha tajribasini, yangi ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini inobatga oluvchi ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Ishsizlik nafaqasi mahalliy mehnat organida rо‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran yoziladi va tо‘lanadi.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bо‘lgan shaxslar uchun ishsizlik nafaqasi oldingi ish joyidagi oxirgi bir yilgi о‘rtacha ish haqiga foiz nisbatida belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi.
Qaramog‘ida о‘n olti yoshga tо‘lmagan bolalari va boshqa kishilar bо‘lgan ishsiz shaxslarga nafaqa miqdori о‘n foizga oshiriladi. Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi tо‘lanadi.
Ishsizlik shaxs nafaqa davrida ish qidirishi va har ikki haftada bir marta mahalliy mehnat organida yо‘qlamadan о‘tishi kerak.
“О‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2002 yil 12 avgust, 31- sonli” qaror qabul qildi.
Qaror О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 24 yanvardagi “Qariyalarni qadrlash yili” Davlat dasturi tо‘g‘risida”gi 30 sonli va 2002 yil 29 martdagi “О‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam kо‘rsatishni kuchaytirish tо‘g‘risida”gi 106-sonli qarorlarini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan bо‘lib, mehnat bо‘limlarida rо‘yxatga olingan ishsiz fuqarolarni о‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy hizmat kо‘rsatish uchun haq tо‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish tartibini belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |