3-Mavzu: Mehnat huquqining tizimi,funksiyalari Mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solish va uning tamoyillari.
Jamoat shartnomasi va kelishuvlari.
Mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solish va uning tamoyillari.
Mehnat huquqi meyorlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga mehnat huquqi munosabatlari deyiladi. Ammo bu ta’rif mehnat huquqi munosabatlari mohiyatini tо‘la ochib bermaydi, chunki ularning ta’sir doirasiga kiradigan bir qator о‘ziga xos va farqli xususiyatlar hisobga olinmagan.
Birinchidan, mehnat huquqi munosabatlarida u yoki bu shaxs biror korxona, muassasa va tashkilotda ijtimoiy mehnatda qatnashish orqali о‘zining mehnat qilish huquqini amalga oshiradi.
Ikkinchidan, mehnat munosabatlari yuzaga kelishining yuridik asosi bir tomondan xodim, ikkinchi tomondan korxona, muassasa, tashkilot о‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki kontrakt hisoblanadi. Birinchisi ma’lum bir ishni bajarish majburiyatini oladi, ikkinchisi esa unga mehnat sharoitini yaratib berish va ishlagan ish haqini tо‘lash majburiyatini oladi.
Uchinchidan, mehnat munosabatlari har ikki tomonning ixtiyoriy roziligi natijasida yuzaga keladi.
Shuning uchun mehnat huquqi munosabatlari deyilganda ixtiyoriy rozilik va mehnat shartnomasi yoki kontrakt asosida yuzaga keladigan fuqarolarning ijtimoiy mehnatda qatnashuvi bо‘yicha yuridik munosabatlarni tushunmoq kerak. О‘zaro bog‘liq fuqarolik huquqiy munosabatlardan farqli ravishda mehnat munosabatlarining asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:
xodimning mehnat jamoasiga mansub bо‘lishi va uning tarkibida jamoa oldida turgan vazifani bajarishda ishtirok etishi;
ma’lum mehnat turini bajarish, ya’ni yakka tartibda belgilangan aniq vazifani emas, balki ma’lum ixtisos, malaka, lavozim bо‘yicha hamma turdagi ishlarni bajarishi;
belgilangan mehnat intizomiga amal qilish (bunda xodim ichki mehnat intizomiga, ya’ni xodimlarni birgalikda faoliyat kо‘rsatish shartlariga bо‘ysunadi);
Mehnat huquqi munosabatlarining mazmuni tomonlarining subyektiv huquq va majburiyati bо‘lib, xodimlarning asosiy huquqi va majburiyatlarini amalga oshirish va aniqlash imkoniyatini beradi. Respublika mehnat qonunchiligida xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e’tiborga olgan xolda:
xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘lig‘ini himoya qilinishini ta’minlaydi;
ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasini yuksalishiga kо‘maklashadi.
Ish beruvchining subyektiv huquqi va majburiyati nizom va ustavlarda kо‘rsatilib qо‘yiladi. Bu huquq va majburiyatlarni tо‘rt guruhga bо‘lish mumkin:
mehnat jamoasini vujudga keltirish va kelajakda uning ishlarini tashkil etish (kadrlarning kasb tayyorgarligi va qayta tayyorlash bо‘yicha xodimlarni qabul qilish va о‘tkazish huquqi va majburiyati va h.k.);
mehnat sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq (xodimga ma’lum ish о‘rni biriktirish, ularni attestatsiyadan о‘tkazish, ishini oqilona tashkil etish);
mehnatga haq tо‘lashni tashkil etish va uni takomillashtirish bilan bog‘liq (mehnatga haq tо‘lashni yaxshilash, ustama va qо‘shimcha haq tо‘lashni joriy etish huquqi va majburiyati);
alohida о‘rnak kо‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish va intizom vakolatini amalga oshirish, keltirilgan zararni undirish bilan bog‘liq.
Mehnat munosabatlarining amal qilishiga asos mehnat shartnomasi yoki kontrakt bо‘lib, unda har ikki tomonning hohishi ifodalanadi; fuqaroning mazkur korxona, muassasa, tashkilotga ishga kirishi, uni ishga qabul qilishi sо‘raladi.
О‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida majburiy mehnat ya’ni biron-bir jazoni qо‘llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.
Kuyidagi ishlar ya’ni:
harbiy yoki muqobil xizmat tо‘g‘risidagi qonunlar asosida;
favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan.
Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bо‘lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.
Mehnatga oid munosabatlarning subyektlari ish beruvchi va xodim hisoblanadi.
Ishga qabul qilishga О‘zbekistonda xodimlarga 16 yoshdan yо‘l qо‘yiladi. Fuqarolarning mehnat munosabatlariga kirishining zaruriy sharti mehnat huquqiy layoqati bо‘lib, u 16 yoshga tо‘lganda boshlanadi. Ayrim hollarda 15 yoshga tо‘lgan shaxslar ham ishga qabul qilinishi mumkin.
Maktab о‘quvchilarini asta-sekin mehnatga kо‘nikma hosil qilib borishi zarurligi hisobga olinib, qonunda 14 yoshga tо‘lgan, balog‘at yoshiga yetmaganlarni ham ishga qabul qilish holatlari nazarda tutilgan.
Ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan О‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bо‘lmagan shaxslar mehnatga oid munosabatlarning subyektlari bо‘lishi mumkin.
Har bir xodim quyidagi huquqlarga ega:
О‘zbekistonda mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik haqidan oz bо‘lmagan miqdorda haq olish;
muddatlari chegaralangan ish vaqtini о‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq tо‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;
havfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;