Termiz davlat universiteti fuqarolik jamiyati


Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi



Download 1,34 Mb.
bet66/132
Sana19.05.2023
Hajmi1,34 Mb.
#941384
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   132
Bog'liq
Мехнат ҳуқуқ мажмуа(3)

Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi.

Mehnat shartnomasining bir tarafi (ish beruvchi yoki xodim) mehnat sohasidagi vazifalarini bajarish munosabati bilan boshqa tarafga yetkazilgan zararni О‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va mehnat tо‘g‘risidagi boshqa normativ xujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq qoplaydi.


Respublika Mehnat qonunlarida mehnat shartnomasi taraflarning moddiy javobgarlik asoslari kо‘rsatilgan:

  1. xodimga yetkazilgan zarar;

  2. ma’naviy (jismoniy yoki ruhiy azoblar);

  3. xodimning mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilish;

  4. xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar;

  5. mol-mulkiga yetkazilgan zarar turlarida bо‘lishi mumkin.

Ish beruvchining aybi quydagi xujjatlar bilan isbotlanadi:

    1. ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma;

    2. sudning qarori, hukmi, prokurorning; surishtiruv yoki dastlabki tergov organing qarori;

    3. mehnat texnik nozirining yoki mehnat qonunchiligiga amal qilish va mehnat xavfsizligi holatini nazorat qiluvchi mansabdor shaxslar (organlar)ning xulosalari;

    4. xodimning kasb kasalligiga chalinganligi haqidagi tibbiy xulosa;

    5. aybdor shaxslarni ma’muriy yoki intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi qaror;

    6. kasaba uyushmasi kо‘mitasining xodimga mehnatda mayib bо‘lganligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi uchun tо‘langan harajatlarni qoplash haqidagi qarori;

    7. boshqa xujjatlar, shuningdek, guvohlarning kо‘rsatmalari.

Har qanday xolatda ham xodimning sog‘lig‘iga zarar yetkazishda aybi yо‘qligini isbotlash majburiyati ish beruvchiga yuklanadi.
Ish beruvchiga yetkazilgan zararlar asosan mol-mulkiga nisbatan bо‘lib, u kamaygan yoki yomon xolatga kelganligi sababli, xodim bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar uchun ham, ish beruvchi boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni tо‘lashi natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy javobgar bо‘ladi.
Zarar yetkazgan taraflar, yetkazilgan zararning oxir oqibatiga, xajmiga, qonunda kо‘rsatilgan boshqa asoslariga kо‘ra zararni tо‘la qoplash, zararni undirishdin voz kechish, qisman zararni qoplashga majbur bо‘ladilar.
Barcha korxonalarda havfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bо‘lishi kerak. Ish beruvchi har bir xodimga mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga о‘tkazishda xodimni mehnat sharoitlari tо‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog‘liq holda unga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak.
Moddiy javobgarlik deyilganda xodimning aybli, huquqqa xilof xatti-harakat sodir etishi natijasida korxona, muassasa, tashkilotga yetkazilgan zararni tо‘la yoki qisman qoplashidan iborat vazifasi tushuniladi.
Korxonaga zarar yetkazganlik uchun ishchi va xizmatchilarni moddiy javobgar qilish yuridik javobgarlikning alohida turi hisoblanadi. Moddiy javobgarlikning mazkur turi moddiy javobgarlikning boshqa turlaridan (mukofotdan mahrum etish yoki uni kamaytirish, mehnatdagi ulush koeffitsentini pasaytirish kо‘zda tutilganligi, intizomiy jazo tariqasida kam haq tо‘lanadigan ishga kо‘chirish) shu jihati bilan farq qiladiki, u, birinchidan, korxona mol-mulkning tо‘la saqlanishini ta’minlashga va xо‘jasizlik hollarining oldini olishga; ikkinchidan, mehnat intizomini mustahkamlashga; uchinchidan, ishchi va xizmatchilarning ish haqini haddan ziyod kо‘p va g‘ayriqonuniy ravishda ushlab qolishlardan muhofaza qilishni ta’minlashga da’vat etilgan.
Ishchi va xizmatchilarning moddiy javobgarligini mehnat huquqlari normalari jihatidan fuqarolik bо‘yicha mulkiy javobgarlikdan farqlamoq lozim. Bu farq quyidagilardan iborat: о‘zlari moddiy zarar yetkazgan korxona bilan mehnat munosabatlarida bо‘lgan ishchi va xizmatchilargina mehnat huquqi bо‘yicha moddiy javobgarlik subyekti hisoblanadilar. Moddiy zarar yetkazgan shaxs korxona bilan mehnat munosabatlarida bо‘lmagan hollarda javobgarlik fuqarolik huquqi bо‘yicha bо‘ladi; mehnat huquqi normalari bо‘yicha faqat bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar, shunda ham, odatda, cheklangan miqdorda, fuqarolik huquqi normalari bо‘yicha esa tо‘liq miqdorda undiriladi, bunda kо‘rilgan zarar deyilganda mulkning sarf qilinganligi, yо‘qolganligi yoki buzilganligi. Shuningdek xodim о‘z majburiyatini ado etgan taqdirda olishi mumkin bо‘lgan, ammo boy berilgan foyda tushuniladi; mehnat huquqi bо‘yicha moddiy javobgarlik chegarasi huquq buzilgan xolatga, mulkning turiga, mehnat vazifasiga, ba’zi hollarda esa qilgan aybiga qarab tabaqalashtirilgan tarzda belgilansa, fuqarolik huquqi normalari esa tasodifan ziyon yetkazilgan taqdirda ham yetkazilgan zararni undirish majburiyatini nazarda tutadi; mehnat huquqida bir necha xodimning aybi bilan yetkazilgan zarar miqdori ulardan har birining aybini hisobga olgan holda belgilanadi, ya’ni ular о‘z hissalariga qarab javobgar bо‘ladilar. Bir guruh xodimlar tomonidan ataylab jinoyat qilingan hollargina bundan mustasno. Fuqarolik huquqida bir necha shaxslar tomonidan ziyon yetkazilgan taqdirda birgalikdagi javobgarlik qо‘llaniladi; mehnat huquqi normalari bо‘yicha ishlab chiqarish tavakkalchiligi toifasiga kiritiladigan yetkazilgan zarar uchuchn xodimlar moddiy javobgarlikdan ozod qilinadilar, fuqarolik huquqi normalari bо‘yicha esa bunday hollarda ham javobgarlik qо‘llaniladi; fuqarolar ishtiroki bо‘lgan fuqarolik huquqiy munosabatlarda huquqni himoya qilish uchun uch yil da’vo muddati belgilangan bо‘lsa, mehnat huquqida esa bir yil belgilangan; mehnat huquqi normalari bо‘yicha cheklangan moddiy javobgarlik hollarida yetkazilgan zarar ma’muriyatning farmoyishi bilan undiriladi. Fuqarolik huquqi normalari bо‘yicha esa yetkazilgan zarar sud orqali undiriladi.
Moddiy javobgarlikning ikki turi mavjud:
Birinchi-cheklangan moddiy javobgarlik. Bunda xodimlar о‘z mehnat vazifalarini bajarish chog‘ida korxona, muassasa, tashkilotga mulkiy zarar yetkazganliklari uchun yetkazilgan haqiqiy zarar miqdorida, ammo oylik ish haqlaridan oshmaydigan miqdorda moddiy javobgar bо‘ladilar, qonunlarda moddiy javobgarlikning boshqa miqdori kо‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ma’muriy xodimlar, agar ortiqcha pul tо‘laganligi, moddiy yoki pul qimmatliklari hisobini yuritish va saqlash notо‘g‘ri uyushtirilganligi, bekor turib qolish hollariga, moddiy yoki pul qimmatliklari о‘g‘irlanishi, yо‘q qilib yuborilishi yoki buzilishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun zarur choralar kо‘rilmaganligi oqibatida ularning aybi bilan zarar yetkazilgan bо‘lsa, ular yetkazilgan zarar miqdorida, lekin о‘rtacha oylik ish haqidan oshmaydigan miqdorda moddiy javobgar bо‘ladilar.
Xodimni qonunga xilof ravishda ishdan bо‘shatish yoki boshqa ishga kо‘chirishda aybdor bо‘lgan korxona rahbariga uch oylik maoshi miqdorida moddiy javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Ikkinchisi - tо‘la moddiy javobgarlik. Xodimning о‘zi yetkazgan zararni tо‘la hajmda qoplashdan iborat majburiyatidir. Bunda ish haqi miqdori hisobga olinmaydi. Quyidagi hollarda tо‘la miqdorda moddiy javobgarlik nazarda tutilgan:

  1. xodimning xatti-harakati bilan yetkazilgan zararda jinoyat alomatlari bо‘lgan taqdirda. Bunday alomatlar sud orqali aniqlanadi;

  2. mehnat vazifalarini bajarayotganda yetkazilgan zarar uchun qonunlarga muvofiq xodimga tо‘la moddiy javobgarlik yuklangan taqdirda;

  3. mehnat vazifalarini bajarmayotgan paytda zarar yetkazilgan taqdirda;

  4. xodim tegishli mulkni va boshqa qimmatli bir gallik ishonch qog‘ozi yoki boshqa bir gallik hujjatlarga asosan о‘z hisobiga olgan taqdirda;

  5. foydalanish uchun berilgan materiallar, buyumlar, asboblar, о‘lchov priborlari, maxsus kiyim va boshqa buyumlar kamomad bо‘lishi, qasddan yо‘q qilinishi yoki qasddan buzilishi sababli zarar keltirilgan taqdirda;

  6. zarar, mast holda bо‘lgan xodim tomonidan yetkazilgan taqdirda;

  7. xodim tо‘la moddiy javobgarlikni о‘z zimmasiga olishi tо‘g‘risida u bilan tuzilgan yozma shartnoma asosida belgilangan taqdirda. 18 yoshga tо‘lmagan shaxslar bilan bunday shartnoma tuzish taqiqlanadi.

Yozma shartnoma bо‘yicha tо‘la moddiy javobgarlik ikki turga bо‘linadi; shaxsiy va jamoa moddiy javobgarligi.
О‘ziga topshirilgan qimmatliklarni saqlash, qayta ishlash, berish, tashish bilan bevosita bog‘liq lavozimni egallagan yoki ishlarni bajarayotgan xodim bilan tо‘la moddiy javobgarlik tо‘g‘risida shartnoma tuzilishi mumkin.
Xodimlar о‘zlariga topshirilgan qimmatliklarni saqlash, qayta ishlash, berish yoki sotish, tashish yoki ulardan ish jarayonidaa foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan ayrim ish turlarini birgalikda bajargan taqdirda va agar har bir xodimning tо‘la moddiy javobgarligini chegaralash va u bilan tо‘la moddiy javobgarlik tо‘g‘risida shartnoma tuzish, iloji bо‘lmasa, bu holda jamoa moddiy javobgarligi joriy etilishi mumkin.
Moddiy zarar yetkazgan xodim yetkakzilgan zararni о‘z ixtiyori bilan tо‘la yoki qisman qoplashi mumkin. О‘rtacha oylik ish haqidan oshmaydigan miqdoridagi zarar xodimning yozma ravishdagi roziligi bо‘lgan taqdirda ma’muriyat chiqargan farmoyish asosida ish haqidan undirib olinadi.
Ma’muriyatning farmoyishi xodim zarar yetkazganligi aniqlangan kundan boshlab ikki haftadan kechikmay chiqarilishi va bu haqda xodimga ma’lum qilingan kundan boshlab bir haftadan keyin ijro etilishi lozim. Agarda xodim shu haqidan ushlab qolishga yoki uning miqdoridan norozi bо‘lsa, mehnat nizosi uning arizasiga binoan mehnat nizolarini kо‘ruvchi komissiyada qarab chiqiladi. Boshqa hollarda zararni undirib olish sud orqali amalga oshiriladi.
Yetkazilgan zarar xodimning intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilganidan qat’i nazar undiriladi.
Undirib olinadigan zararning miqdorini belgilashda quyidagilar: xodimning moddiy ahvoli, moddiy qimmatchiliklarning yaxshi saqlanishini ta’minlashda unga ma’muriyat tomonidan yordam berilgan yoki berilmaganligi, buxgalteriya hisob-kitobi darajasi, moddiy qimmatliklarning saqlanishi uchun normal shart-sharoit bor yoki yо‘qligi hisobga olinadi.
Sud aybdorlik darajasini, aniq holatlarni va xodimning moddiy ahvolini nazarda tutib undirib olinadigan zararning miqdorini kamaytirishi mumkin.



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish