Mehnat shartnomasining mazmuni Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bо‘yicha, shuningdek mehnat tо‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan quyidagilar belgilanadi:
ish joyi (korxona yeki uning bо‘linmasi);
xodimning mehnat vazifasi - mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan lavozim; ishning boshlanish kuni;
mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish muddati;
mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari.
Mehnat shartnomasini tuzish paytida xodimlarning qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlari darajasi pasaytirilishi mumkin emas.
Mehnat shartnomasi yezma shaklda tuziladi.
Mehnat shartnomasining shakli О‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shartnomani
hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bо‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi.
Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari kо‘rsatiladi.
Mehnat shartnomasi xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega bо‘lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanib, imzolangan muddati
qayd etib qо‘yiladi. Mansabdor shaxsning imzosi imzoning haqiqiy va vakolatli ekanligini ta’kidlash tariqasida korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Mehnat shartnomalari:
nomuayyan muddatga;
besh yildan ortiq bо‘lmagan muayyan muddatga;
muayyan ishni bajarish vaqtiga mо‘ljallab tuzilishi mumkin.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati kо‘rsatilmagan bо‘lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga
mо‘ljallab qayta tuzilishi mumkin emas.
Muddatli mehnat shartnomalari:
bajarilajak ishning xususiyati, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan tarzda, nomuayyan muddatga mо‘ljallangan mexnat shartnomalarini tuzish mumkin bо‘lmagan hollarda;
korxona rahbari, uning о‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bо‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bilan;
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda tuzilishi mumkin.
Ishga qabul qilishga о‘n olti yeshdan yо‘l qо‘yiladi. О‘n besh yeshga tulgan shaxslar ota-onasidan birining yeki ular о‘rnini bosuvchi shaxsning yezma ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, о‘rta maxsus, kasb-hunar о‘quv yurtlarining о‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish
jarayonini buzmaydigan yengil ishni о‘qishdan bо‘sh vaqtida bajarishi uchun -
ular о‘n besh yoshga tо‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota- onasining о‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga
qabul qilishga yо‘l qо‘yiladi.
О‘n sakkiz yeshga tо‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish MK ning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etishga yо‘l
qо‘yilmaydi.
Quyidagilar ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish
deb hisoblanadi:
ushbu Kodeks 6-moddasining birinchi qismi talablarining buzilishi;
ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart bо‘lgan shaxslarni (belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarni; homilador ayellarni va uch yeshga tо‘lmagan bolalari bor ayellarni - tegishincha ularning homiladorligi yeki bolasi borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar.
Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bilan ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etishning sababini asoslab uch kun muddat ichida yezma javob berishi shart, bu javob ishga qabul qilish huquqiga ega bо‘lgan mansabdor shaxs tomonidal imzolangan bо‘lishi lozim.
Asoslantirilgan javob berish haqidagi talablarni qondirishni rad etish xodimning ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy ravishda rad etilganligi ustidan
shikoyat qilishiga tо‘siq bо‘lmaydi.
О‘zaro yaqin qarindosh yeki quda-anda bо‘lgan shaxslarning (ota- onalar, aka-ukalar, opa-singillar, о‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bо‘ysunib yeki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bо‘lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.
Bu qoidadan istisnolar О‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanishi mumkin.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayetgan shaxs quyidagi
hujjatlarni:
pasport yeki uning о‘rnini bosadigan boshqa hujjatni, о‘n olti yeshgacha bо‘lgan shaxslar esa, - tug‘ilganlik tо‘g‘risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani;
mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayetgan shaxslar bundan mustasno. О‘rindoshlik asosida ishga kirayetgan shaxslar mehnat daftarchasi о‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani;
harbiy xizmatga majburlar yeki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yeki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yeki maxsus tayergarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bо‘lgan ishlarga kirayetganda oliy yeki о‘rta maxsus о‘quv yurtini tamomlaganligi tо‘g‘risidagi diplomni yexud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan g‘uvohnomani yeki
boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayetgan shaxsdan qonun hujjatlarida kо‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.
Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, о‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan
mustasno.
Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga о‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni yezishi shart. Xodimning iltimosiga kо‘ra mehnat daftarchasiga
о‘rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga о‘tkazilgandavrlar haqidagi yezuvlar kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari
(sabablari) mehnat daftarchasiga yezilmaydi.
Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat
shartnomasi asos bо‘ladi.
Korxona rahbarini ishga qabul qilish korxona mulki egasining huquqi bо‘lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek о‘zi vakil qilgan organlar orqali yeki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi,
boshqaruvi yexud boshqa organlar orqali amalga oshiradi.
Korxona rahbari korxona mulkdori unga bergan vakolatlar doirasida xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi.
Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining
mazmuniga tо‘la muvofiq ravishda chiqariladi.
Buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
Ishga qabul qilish huquqiga ega bо‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yeki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan bо‘lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yeki rasmiylashtirilmaganligidan qat’i nazar, ish boshlangan kundan e’tiboran
mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi u imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Xodim shartnomada belgilab qо‘yilgan kundan boshlab о‘zining mehnat vazifalarini bajarishga kirishmog‘i lozim.
Agar mehnat shartnomasida ishning boshlanish kuni haqida shartlashilmagan bо‘lsa, xodim mehnat shartnomasi imzolangan ish kunining
(smenaning) ertasidan kechikmay ishga tushmog‘i lozim.
Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin:
xodimning topshirilayetgan ishga layeqatliligini tekshirib kо‘rish;
xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi.
Dastlabki sinovni о‘tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bо‘lishi lozim. Bunday shartlashuv bо‘lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.
Xomilador ayellar, uch yeshga tо‘lmagan bolasi bor ayellar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar ishga qabul qilinganda, shuningdek olti oygacha muddatga ishga qabul qilish haqida xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzilganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga kо‘ra ishda bо‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.
Dastlabki sinov davrida xodimlarga mehnat tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari va korxonada о‘rnatilgan mehnat shartlari tо‘liq tatbiq etiladi.
Dastlabki sinov davri mehnat stajiga kiritiladi.
Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni uch kun oldin yezma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Bunday holda ish beruvchi mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz bо‘lgandagina bekor qilishi mumkin.
Mehnat shartnomasini bekor qilish tо‘g‘risida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ogohlantirish muddatini qisqartirishga
faqat shartnoma taraflarining kelishuvi bilan yо‘l qо‘yiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan yeki mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilab olingan ogohlantirish
muddati mobaynida xodim mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish tо‘g‘risida berilgan arizani qaytarib olishga haqlidir.
Agar dastlabki sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi ham mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bо‘lsa, shartnomaning amal qilishi davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda yо‘l qо‘yiladi.