7-Mavzu: Mehnat intizomi.
Reja:
Mehnat intizomi tushunchasi.
Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi.
Mehnat intizomi tushunchasi.
Mehnat intizomi- bu mehnat munosabatiga kiruvchilarning maxsus qonun - qoidalarda belgilangan, hamma uchun majburiy bо‘lgan tartiblarga rioya qilishidir.
Ish beruvchi tomonidan shu korxonaning ichki kun tartibida, Nizomida belgilangan qoida-tartiblar har bir xodim tomonidan bajarilishi shart.
Xodimning aybi bilan о‘ziga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini bajarmaslik yoki yetarli darajada bajarmaslik mehnat intizomini buzish deb taniladi.
Ish beruvchi va xodimning о‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasini amalga oshirishda, mehnat vazifasini vijdonan bajarishda korxonada о‘rnatilgan mehnat tartibiga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qо‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Intizom tо‘g‘risida Ustav va Nizom qabul qilinadi. Bu hujjatlarda xodimning va ish beruvchining burchlari kо‘rsatilgan.
Xodim о‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini о‘z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika havfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab asrashi shart.
Ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonunlar va boshqa normativ xujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi shart.
Korxonada doim ishlagan, mehnat intizomiga, mehnat tartibiga bо‘ysungan xodimlarga har xil turdagi rag‘batlantirishlar qо‘llaniladi. Rag‘batlantirishlar qatorida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi, jamoa shartnomada, kelishuvlarida, ichki mehnat tartibi qoidalarida kо‘rsatilganlar kiradi.
О‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasiga binoan, xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qо‘llashga xaqli:
1. xayfsan;
2. о‘rtacha oylik ish haqining о‘ttiz foizidan ortiq bо‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga о‘rtacha oylik ish xaqining ellik foizidan ortiq bо‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
3. mehnat shartnomasini bekor qilish.
Xayfsan berish barcha xodimlarga nisbatan qо‘llanishi mumkin.
Barcha xodimlar ichki mehnat tartibi qoidalariga asosan javobgarlikka tortiladilar. Rahbar va mas’ul xodimlar, shuningdek, ma’muriy idora xodimlari maxsus Nizomlar va qoidalarga asosan intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
Odatda jarima о‘rta ish haqidan 30 miqdorida solinadi. Lekin mehnat intizomini muntazam ravishda buzganlik, uzurli sabablarsiz ishga kelmaganlik, ishga mast holda kelganlik uchun xodimga uning о‘rtacha ish haqining 50 foizidan ortiq bо‘lmagan miqdorda jarima solinishi mumkin.
Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qо‘llanilmaydi.
Har bir nojо‘ya xatti - harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qо‘llanishi mumkin.
Intizomiy jazo bevosita nojо‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bо‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida qо‘llaniladi.
Nojо‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy о‘tganidan, moliya-xо‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa, sodir etilgan kundan boshlab ikki yil о‘tganidan keyin jazoni qо‘llab bо‘lmaydi. Jinoiy ish bо‘yicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi.
Intizomiy jazo berilgani tо‘g‘risidagi buyruq xodimga tilxat orqali ma’lum qilinadi. Zarur hollarda undan barcha xodimlar xabardor qilinishlari mumkin.
Agarda intizomiy jazo berilgan kundan boshlab bir yil davomida xodim yangi intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. Agar intizomiy jazo olgan shaxs yana boshqa nojо‘ya harakatlar sodir etmasa va о‘zini halol xodim sifatida kо‘rsatsa, ma’muriyat о‘z tashabbusi bilan, bevosita rahbarning, mehnat jamoasining iltimosnomasi bо‘yicha jazoni bir yil muddat о‘tmasdan olib tashlashi mumkin.
Intizomiy jazo chorasi amalda bо‘lgan muddat davomida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qо‘llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |