6-Mavzu. Raqamli bojxonada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalar. Reja



Download 64 Kb.
bet1/2
Sana19.05.2023
Hajmi64 Kb.
#940747
  1   2
Bog'liq
6-maruza


6-Mavzu. Raqamli bojxonada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalar.
Reja.
1.Raqamli bojxona tushunchasi.
2. Raqamli bojxonaga o‘tishning maqsadi.
3.Bojxonani raqamli transformatsiya qilishning o‘ziga xos jihatlari.

Bugun mamlakatimiz ilg`or, rivojlangan davlatlar safidan mustahkam o`rin egallashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar esa xalqimizga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish maqsadida qilinmoqda. Keyingi yillarda O`zbekistonning shaxdam odimlari dunyo hamjamiyati tomonidan alohida e`tirof etilmoqda.


Hayotimizning har jabhasida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida aholi farovonligini ta`minlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati yuksaltirish kabi bir qator ezgu g`oyalar mujassam. Bu bojxona tizimidagi o`zgarish va yangilanishlarda ham namoyon bo`lmoqda.
Xususan, tizimga “Raqamli bojxona” tamoyili keng joriy qilinayotgani tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining ham vaqtini, ham xarajatini tejashga xizmat qilmoqda.
Keng miqyosda joriy qilinayotgan “Xavflarni boshqarish”, “Yagona darcha”, “E-tranzit”, “Bojxona va yuk operasiyalari” kabi bojxona axborot tizimlari va elektron xizmatlar ko`magida bojxona nazorati hamda rasmiylashtiruviga sarflanayotgan vaqt tobora qisqarib bormoqda.
Xususan, “Bojxona va yuk operasiyalari” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bu borada alohida ahamiyatga ega.
Axborot tizimini joriy etishdan asosiy ko`zlangan maqsad bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan bojxona va yuk operasiyalarini elektron boshqarish, yuk operasiyalarida bojxona organi mansabdor shaxsining majburiy qatnashishidan qisman voz kechish, tovarlar harakati hisobining nazorati yo`qolishini oldini olish, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlariga sarflanadigan vaqtning sezilarli darajada qisqartirilishiga erishish, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga keng qulayliklar yaratishdan iborat.
Tizimning eng muhim vazifasi esa bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan bojxona va yuk operasiyalarini elektron boshqarishni joriy etish orqali bojxona ombori egalariga ishonch bildirish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga qulayliklar yaratish, shuningdek tovarning transportda ko`p vaqt turib qolishini oldini olishdir.
Ahamiyatlisi, bojxona nazoratiga ilg`or texnologiyalar tatbiq etilishi natijasida deklarasiyani rasmiylashtirish vaqti eksportda 1,7 barobarga, importda esa 1,4 barobarga qisqartirildi. Shu bilan birga, 76 foiz bojxona yuk deklarasiyalari soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan, bu ko`rsatkich eksportda 84 foizni va importda 74 foizni tashkil etadi.
Bojxona sohasida amalga oshirilayotgan ulkan o`zgarishlar, keng ko`lamli islohotlar haqli ravishda xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e`tirof etilmoqda.
Birgina tadbirkorlik faoliyatini yanada liberallashtirish, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish va tadbirkorlarga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida muhim islohotlar o`tkazilyapti.
Biroq, tahlillar ilg`or raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali bojxona tartib-taomillarini yanada soddalashtirish mumkinligini ko`rsatmoqda. Joriy yilning 27 aprel kuni qabul qilingan “Bojxona ma`muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni ayni maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Farmonning asosiy maqsadi bojxona ma`muriyatchiligini yangi bosqichga olib chiqish, bojxona va yuk operasiyalarini raqamli transformasiya qilish orqali inson omilini keskin qisqartirish, bojxona sohasini ochiqlik, shaffoflik hamda ishonchlilik tamoyillari asosida korrupsiyadan holi tizimga aylantirish hisoblanadi.
Farmonga asosan bojxona ko`rigi jarayonlarini qamrab olgan mobil elektron tizim ishga tushiriladi, bojxona xizmatlari to`liq raqamlashtirilgan holda, «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi orqali ko`rsatiladigan xizmatlar soni 40 taga etkaziladi.
Bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni birgina Toshkent shahar bojxona boshqarmasi misolida tahlil qiladigan bo`lsak, 2022 yilning 7 oyi davomida 194 ming 831 ta bojxona yuk deklarasiyasi rasmiylashtirilib, ular bo`yicha 11 trillion 304 milliard so`mlik bojxona to`lovlari davlat byudjetiga o`tkazildi.
Tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan salkam 1 mlrd. 211 million AQSh dollaridan ziyod mahsulot xorijga eksport qilindi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash, ularga bojxona to`lovlari bo`yicha imtiyozlar berish yo`nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 10 dan ortiq turdagi ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xomashyo, texnologik asbob-uskunalar, maishiy texnika va ularning qismlari kabi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida 8 trln. so`mdan ortiq bojxona to`lovlaridan imtiyozlar berildi.
Bojxona postida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, noqonuniy tovar-moddiy boyliklarning yurtimiz hududiga kirib kelishining oldini olishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, o`tgan davrda 2019 ta holatda 150 mlrd. so`mdan ortiq tovarlarning noqonuniy yo`l bilan kirib kelishining oldi olindi. Ular bo`yicha 20 mlrd. so`mdan ziyod qo`shimcha bojxona to`lovlari hisoblanib, davlat byudjetiga undirilishi ta`minlandi.
Bir so`z bilan aytganda, bojxona ma`muriyatchiligini yanada takomillashtirish maqsadida xalqaro me`yor va standartlarni milliy qonunchilikka implementasiya qilishga qaratilayotgan muhim e`tibor, sohada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar mamlakatning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga, uning investision salohiyatini oshirishga, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga va bojxona organlari faoliyati shaffofligini ta`minlashga xizmat qilmoqda.
Soʻnggi 5 yilda davlat bojxona xizmati organlari faoliyati ham tubdan yangilandi. Eng avvalo, tizimga “Raqamli bojxona” tamoyilining keng joriy qilinayotganligi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining ham vaqtini, ham xarajatlarini tejashga xizmat qilmoqda.
Keng miqyosda joriy qilinayotgan “Xavflarni boshqarish”, “Yagona darcha” kabi bojxona axborot tizimlari va elektron xizmatlar koʻmagida bojxona nazorati va rasmiylashtiruviga sarflanayotgan vaqt tobora qisqarmoqda.
Ahamiyat bering, bojxona nazoratida ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etilishi natijasida bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti eksportda 1,7 barobar, importda esa 1,4 barobar qisqartirildi. Shu bilan birga, 76 foiz BYUDlar soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan, bu koʻrsatkich eksportda 84 foizni va importda 74 foizni tashkil etadi.
Biroq, tahlillar ilgʻor raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali bojxona tartib-taomillarini yanada soddalashtirish mumkinligini koʻrsatmoqda.
Prezidentimizning tegishli Farmoniga muvofiq 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab bojxona nazoratini olib borishda “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Bojxona postida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, noqonuniy tovar-moddiy boyliklarning yurtimiz hududiga kirib kelishini oldini olishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan, oʻtgan davrda 227 ta holatda 1 mlrd. 948 mln. soʻmdan ortiq tovarlarning noqonuniy kirib kelishini oldi olingan. Ular boʻyicha 8,1 mlrd soʻmdan ziyod qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblanib, davlat byudjetiga undirilishi taʼminlangan.
Bunda maqola raqamli bojxona tushunchasi va uning mohiyati bo‘yicha fikr va mulohazalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari faoliyatida amaliyotga joriy etilayotgan tashqi iqtisodiy faoliyatni bojxona tartibga solish sohasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyalarning bojxona operatsiyalari jarayonidagi ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Bunda asosiy e'tibor raqamli texnologiyalar, elektron shakldagi hujjatlar va bojxonani raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish, hamda raqamli texnologiyalarning bojxona huquqiy munosabatlarida tutgan o‘rniga qaratiladi.

Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish